O ’qu V u sl ubiy m a jmu a


Chor Rossiyasi qo’shinlari Xivada



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Chor Rossiyasi qo’shinlari Xivada 
Muhammad Rahimxon general Kaufmanga chopar yo`llab, taslim bo`lganini 
bildirgach, harbiy harakatlar to`htatiladi. Ammo olchoq va johil polkovnik Skobelev va graf 
Shuvalov boshligida mingga yaqin rus qo`shini Shohobod darvozasini portlatib, yo`lda duch 
kelgan odamni qirib, xon o`rdasiga bostirib boradilar. Ularning asli maqsad muddaosi ko`proq 
o`lja-boyliklarni qo`lga olish, oliy martaba va nishonga ega bo`lish edi. Lekin general 
Kaufman bu “zafarli hujum”ni o`zboshimchalik sifatida qoralaydi vaayniqsa, o`zini qo`yarga 
joy olmay yurgan Skobelevni jiddiy ogohlantiradi. Ayyor general vaziyatdan silliq chiqish 
maqsadida hali rus qo`shini qadami yetmagan noma`lum sahro yo`llarini haritaga chizib 
keladi. General Kaufmanga bu harakat yoqqan bo`lsada, tullakilik qilib yosh zobitni 
taltaytirib yubormaslik uchun quriqqina qilib: “Siz ko`z o`ngimdaavvalgi xatoingizni 
to`g`riladingiz, lekin hali hurmatimni qozonganingiz yo`q“,-deydi. 
Gandimiyon sulhi.
1873 yil 12 avgustda Xiva xoni Muhammad Rahimxon bilan 
general Kaufman o`rtasida Gandimiyonda sharmandali o`zaro sulh bitimi imzolanadi. 18 
moddadan iborat bu bitim imzolanishi tufayli Xiva xonligi o`zining siyosiy mustaqilligini 
yo`qotadi: «Men kim, Xiva xoni Muhammad Rahimxon Soniy Bahodirxon o`zimni ulug` rus 
saltanatining quli deb tan olaman,-deyilgan edi o’sha bitimda. 
Turkiston general-gubernatori fon Kaufman bilan Xiva xoni o`rtasida muzokaralar 
boshlanadi. General Xivani idora qilishga oid yangi nizomni xon diqqatiga havola etadi. Rus 
davlatchiligi rusumlarini joriy etishga qaratilgan bu xujjatga binoan xonlikningda boshqaruv 
tizimi bo`lgan devon tuzish lozim edi. Devon a`zoligiga Xiva xoni tomonidan ruslarga 
xayrixoh amaldorlardan Matniyoz devonbegi, Eltuzar inoq va mehtar Abdullabiy, ruslar 
tarafidan esa bosh shtab podpolkovnigi Pojarov, artilleriya polkovnigi Ivanov, podpolkovnik 
Horoshikin va savdogar Oltinboyev tayinlanishi lozim edi. Ruslarga qarshi janglarda shijoati 
va vatanparvarligi bilan tanilgan Muhammad Murodbegi va Rahmatulla Yasovul boshilar esa 
Xivadan surgun qilinishi lozimligi ko`zda tutilgan edi. General Don Kaufman muzokaralar 
bilan bir vaqtda, 
erksevar turkmanlarni jazolash 
uchun 
general 
Golavachyov 
qo`mondonligidagi katta kuchni safarbar qiladi. Piyodalar, otliqlar, to`p va raketalar bilan 


204 
qurollangan Golavachyov jazo korpusining “Bekovich huni uchun” deya qilgan vahshiyliklari 
rus harbiy idoralari xujjatlari va mahalliy muarrihlar bitiklarida saqlanib qolgan”.1 
Sulh bitimidaAmudaryo va Orol dengizi suvliklarida o`ris kemalari boj to`lamasdan 
bemalol va emin erkin yurishi, Buxoro va Xiva kemalariga esa bunday xuquqlar rus 
hukmdorlari ruhsati bilan berilishi qonunlashtirildi. Yana xonlikning hududida ular bir necha 
o`rinda bandargoh port ko`rish xuquqini oldilar. Rus savdogarlari xonlikning hududida hech 
qanday boj to`lamasdan erkin harakat qilish, savdo-sotiq ishlarini olib borish xuquqiga ega 
bo`ldilar, ular boj to`lovlarisiz Xiva xonligi hududi orqali boshqa davlatlarga ham o`tish 
xuquqiga ega bo`ldilar. Bitimga ko`ra o`ris fuqarolarining arznomalarini paysalga solmasdan 
xonlikningning o`zi hal qiladi deb ko`rsatildi, xivaliklarning arzlarini esa mahalliy o`ris 
boshliqlari tekshiradi, deyiladi. Ayni vaqtda xonlikning 20 yil davomida Rossiyaga 2.200 
ming so`m tillo hajmida urush tovonini to`lashi shart qilib qo`yiladi. Amudaryoning o`ng 
qirg`og`iga, xonlikning taxtiga yaqin joyda Petro Aleksandrovskiy qo`rg`oni (hozirgi 
To`rtko`l) quriladi. 
Shunday qilib O’rta Osiyodagi Buxoro amirligi va Xiva xonligi o`z mustaqilliklarini 
qo`ldan boy berib, o`zi mustaqil harakat qila olmaydigan, chor Rossiyasi tarkibidagi qaram 
bir davlatgaaylanadi. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish