O ’qu V u sl ubiy m a jmu a



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Said Muzaffarxon 
ketadi. Xalq g`azabga keladi. Ayniqsaamirning chor hukumati bilan sulh tuzishga moyilligi 
vaziyatni juda keskinlashtiradi. Xalq amirdan urushni davom ettirishni talab qilib qo`zg`olon 
ko`taradi. Qo`zg`olon markazi Cho`li Malik edi. Qo`zg`olonchilar albatta, so`yil, nayza va 
shuning singari oddiy narsalar bilan qurollangan edilar. Amir Muzaffar qo`zg`olonni butun 
Zarafshon vodiysiga tarqalib ketishidan qo`rqib uni tezda bostirdi-da, darhol beklar bilan 
kengash o`tkazadi. Unda sulh tuzish yoki urushni davom ettirish masalasi muhokama qilinadi. 
Kengashda birinchi bo`lib so`z olgan lashkarboshi Usmonbek bunday deydi: “Xonlikning 
xalqi urushni davom ettirishni talab etayotgan bir paytda kofirlarga kontributsiya (tovon) 
to`lagandan ko`ra bir tomchi qon qolguncha kurashish afzalroqdir”. Bu fikrni kengash 
qatnashchilari yakdillik bilan qo`llab-quvvatladilar. Muzaffar barcha kuchlarini jamlab, 
Samarqandni qaytarib olishga kirishadi1. 15 ming otliq, 6 ming piyoda va 14 ta to`pli Buxoro 
qo`shini Zirabuloq tepaligiga kelib o`rnashadi. Qo`shinni ruhlantirish va g`alabaga chorlash 
niyatidaamir Muzaffar ularga quyidagicha murojaat qiladi: “Sodiq musulmon fuqarolari! 
Sizlarning zahmatlaringiz uchun rahmat, sizlarni ishontiramizki, g`alaba biz tomonda 
bo`lg`ay. Samarqand va Kattaqo`rg`onning qo`ldan ketishi biz uchun unchalik katta yo`qotish 
emas. Biz temuriylar avlodimiz, biz o`z yerimizni qanday qilib qaytarib olishni ko`rsatib 
qo`yamiz. Musulmonlar! Men dinimiz va Vatanimiz uchun musulmon ahlining qahramonona 
jang qilishini kofirlar ko`z o`ngida namoyon etishingizga umid qilaman. Xalq bizdan g`alaba 
kutayapti, u jangdan so`ng sizlarni qarshi olganida din va Vatan himoyasi uchun kurashgan va 
yerimizni kofirlardan tozalaganlar, deb aytsin. Zirabuloq jang maydonida halok bo`lganlar 
sharafiga shonli yodgorlik o`rnatiladi., Musulmonlar! Turkiston general-gubernatori talab 
qilayotgan 125 ming tilla (500 ming so`m) sovg`a sifatida sizlarga beriladi. Ishonchim 
komilki, sizlar mening umidlarimni ro`yobga chiqarib, samarqandliklar to`nidagi qora dog`ni 
yuvasizlar. Musulmonlar, Sizlarga zafar yor bo`lsin!”. Ushbu murojaat to`plar ovozi ostida 
o`qib eshittiriladi. 1868 yil 2 iyunda general K.P.Kaufman qo`mondonligidagi qo`shin va 
himoyachilar o`rtasida jang boshlanadi. Buxorolik mudofaachilar “Olinglar, olinglar, axir!...” 
deyishgancha dushmanga qarshi hujum qiladilar. Ammo ko`p talofat ko`rib mag`lubiyatga 
uchraydilar. Bu xabar xalq g`azabini battar kuchaytiradi. Amir qo`rqib Qizilqum tarafga 
qochib ketadi. Samarqandda chorizmga qarshi xalq qo`zg`oloni boshlanadi. Yurt himoyasiga 
shahar atrofidagi qishloq va ovullardan minglab kishilar kelib qo`shiladi. Naymanlar, 
qoraqalpoqlar, xitoy-qipchoqlar, qirq juzlar va boshqa qabilalar Jo`rabek va Bobobek 
boshchiligida Shahrisabzdan kelayotgan 20 ming kishilik qo`shin qasoskorlarga qo`shilib, 
Samarqanddagi qo`zg`olonchilar safini to`ldiradi. Natijada Samarqand chorizmga qarshi 
umumxalq kurashining o`shog`igaaylanadi. Bir necha ming kishilik qo`zg`olonchilar shahar 
qal`asida o`rnashgan chor qo`shinini qurshab olib jangga kirishadi. Ammo Shahrisabz beklari 
chor qo`shinlariga yordamchi kuchlar kelayotganidan xabar topib, Samarqandni tashlab 
chiqadi.
K.P.Kaufman Zirabuloq yaqinida Buxoro amirligi qo`shinlarini tor-mor keltirib, tezlik 
bilan Samarqandga qaytadi. 8 iyunda u Samarqandni to`plardan yoppasiga o`qqa tutishga va 
shaharni batamom yoqib yuborishga buyruq beradi. 9 iyunda Samarqandda fojyeali qirg`in 
boshlanadi. Qirg`in uch kun davom etadi. Yuzlab odamlar hech qanday so`roqsiz, tergovsiz 
otib tashlanadi. 
Samarqanddagi qo`zg`olon yakunlariga ko`ra uning boshliqlaridan 19 kishi o`limga va 
19 kishi Sibirga umrbod surgunga hukm qilinadi. Buning ustiga, qo`zg`olonchilarning 
aksariyati esa jangu-jadalning o`zidayoq qirilib ketadi. Chor qo`shinlaridan 275 kishi 
o`ldirildi va yarador bo`ladi. Boshqa joylarda bosqinchilar bunchalik ko`p talofat ko`rmagan 
edi. Shuning uchun general K.P.Kaufman “Samarqand qal`asidagi talofatni juda katta 
yo`qotish”, deb baholaydi. Bu vaqtdaamir Muzaffarning obro` va mavqei tobora tushib, taxtda 
zo`rg`a ilinib turardi. Amir Karmanaga kelib, o`z amaldorlari ishtirokidagi kengashda chor 
hukumat bilan sulh tuzishdan bo`lak chora qolmaganini ma`lum qilib: “Endilikda barcha 
qo`shin va qurol-aslahalarni, to`plarni oq podshohga topshirib, menga Makkaga hajga 
1
Samarqand uchun janglar

Samarqand fojeasi haqida batafsilroq olish uchun qarang
:

O’zbekistonning yangi tarixi

.
Birinchi kitob... 103-24-betlar


200 
borishga ruxsat berilishini undan so`rayman. Sezib turibmanki, mening o`limim yaqin, 
taqdirim va hayotim xalqning qo`lida” deb aytishni o`ziga ep ko`rgandi.
1868 yilning 23 iyunidaamir Muzaffarning elchilari Samarqandga K.P.Kaufman 
huzuriga kelib, sulh tuzishga rozilik bildiradi. Sulhga ko`ra Samarqand, Kattaqo`rg`on va 
Zarafshon daryosining yuqori qismi xonlikningdan ajratib olinib, Russiya tarkibiga kiritiladi. 
Amir tovon sifatida 500 ming so`m tilla pul to`lashga va horijiy mamlakatlar bilan mustaqil 
ravishdaaloqa o`rnatmaslikka rozilik beradi. Shuningdek Russiya savdogarlariga xonlikning 
tasarrufida bemalol savdo-sotiq ishlari bilan shug`ullanishga hamda karvonsaroylar qurishga 
ijozat etiladi. Ular to`laydigan boj miqdori buxoroliklar to`laydigandan oshmasligi kerak edi. 
Xullas, shartnoma tuzilganidan so`ng Buxoro amiri urushni rasman to`htatib, o`ris davlatiga 
tobeligini tan oldi. Bu esa vatanparvar, hur fikrli odamlarning qattiq noroziligiga sabab 
bo`ladi. Xatto amirning o`g`li Abdumalik Katta to`ra va bir necha nufuzli beklar birlashib, 
Muzaffarxon va chorizm istilochilariga qarshi kurashni davom ettiradi. Ular amirning taxtdan 
mahrum etilganini e`lon qilib, Shahrisabz va Kitobda katta kuch to`playdi. Kitob va 
Shahrisabz beklari Jo`rabek va Bobobek Katta to`rani xon deb e`lon qiladilar. Natijadaamir 
Muzaffarxonning ahvoli nihoyatda og`irlashadi. Ota-bola qo`shinlari o`rtasida Samarqand 
yaqinidagi Jom qishlog`ida sodir bo`lgan jangdaamir sarbozlari yengiladi. 
1868 yilning kuzida Buxoro amiri Muzaffar o`ziga qarshi ko`tarilgan qo`zg`olonni 
bostirish uchun general-gubernator nomiga maktub yo`llaydi. Kaufman bu maktubdan shuni 
angladiki, amirning o`g`li Abdumalik otasiga qarshi qo`zg`olon ko`tarib, Qarshi atrofida katta 
kuch to`plagan. Kitob begi Jo`rabek Shahrisabz hokimi Bobobek va Sulton Sodiq Kenisarov 
otryadlari shahzoda armiyasi tayanchlari ekan. 
O`shanda Samarqand okrugi boshlig`i, general-mayor Abramov bu uch otryad boshliqlaridan 
eng havflisi Sodiq Kenisarov ekanini aytgan. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish