11-Mavzu. Ijrochi o‘zgarmas tok motorlari



Download 304 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.04.2022
Hajmi304 Kb.
#580511
Bog'liq
11-Mavzu. Ijrochi o‘zgarmas tok motorlari



11-Mavzu. Ijrochi o‘zgarmas tok motorlari 
 
Ijrochi O‘TM lari (4.13-rasm) elektr signallarni mexanik harakatga aylantirish 
uchun mo‘ljallangan. Bunday motorlar kam inertsiyali, ya’ni boshqarish O‘TMni 
tezkorlik bilan mexanik harakatga oshiradigan bo‘lishi lozim. Odatdagi 
konstruksiyali O‘TMlarida yakor o‘zagining mavjudligi yakorning inersiya 
momentini ancha orttiradi. SHu sababli ijrochi O‘TMlar pazsiz yakorli va yakori 
bosma chulg‘amli qilib tayyorlanadi.
Umumiy maqsadli O‘TMlariga qo‘yiladigan talablardan tashqari ijrochi 
O‘TMlariga boshqarish signalining uzilishi bilan o‘z harakatini darhol to‘xtatishi 
va inersiyasining kamligi kabi maxsus talablar qo‘yiladi. 
Elektromagnit qo‘zg‘atishli ijrochi O‘TM larining ikkita chulg‘ami bo‘lib, 
ulardan bittasi elektr tarmog‘iga doimiy ulanib, uni 
qo‘zg‘atish chulg‘ami 
deyiladi. 
Valning aylanishi zarur bo‘lgan holda ikkinchi chulg‘amga, ya’ni 
boshqarish 
chulg‘amiga 
elektr signali beriladi.
Ijrochi O‘TMlarining konstruksiyasi umumiy maqsadli O‘TM larinikidan 
quyidagilar bilan farq qiladi
, ya’ni ularning yakori, staninasi va qutblari yupqa 
elektrotexnik po‘lat tunukalaridan yig‘ilgan bo‘ladi, chunki bunday motorlarning 
ishi ko‘pchilik hollarda o‘tish jarayonlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Ijrochi motorlarning 
magnit zanjiri to‘yinmagan bo‘ladi, shu sababli uning ish xarakteristikalariga yakor 
reaksiyasi deyarli ta’sir qilmaydi. 
Mustaqil qo‘zg‘atishli ijrochi motorlarning ikkita usul bilan, ya’ni yakordan 
va qutbdan boshqarish mumkin. Xarakteristikalari chiziqli bo‘lganligi va elektr 
signali uzilganda yakor tezkorlik bilan to‘xtash qobiliyatiga egaligi kabi afzalliklari 
mavjudligidan 
yakordan boshqariladigan
ijrochi O‘TM lari (4.13, b-rasm) amalda 
keng qo‘llaniladi. 
Bularda qo‘zg‘atish chulg‘ami motorning butun ish jarayonida elektr 
tarmog‘iga ulangan bo‘ladi. Yakor chulg‘ami esa
boshqarish chulg‘ami
deyiladi. 
Bu chulg‘amga boshqarish signalini berganda yakor chulg‘amidan o‘tadigan tok 


qo‘zg‘atish chulg‘ami magnit maydoni bilan ta’sirlashib, aylantiruvchi moment 
hosil qilishi natijasida yakor aylanadi. 
Ijrochi motor inersiyasini kamaytirish maqsadida quyma ferromagnit o‘zak 
ichki stator
deb nomlanadigan qo‘zg‘almas qismda joylashgan bo‘lib, yakor 
chulg‘ami esa silindrik karkasga plastmassa bilan quyib mahkamlanadi. Demak, 
yakor chulg‘ami o‘tkazgichlari plastmassa bilan mahkamlangan silindrsimon 
kavak idishdan iborat bo‘lar ekan. 
Ichi kavak yakorning inersiya momenti odatdagi yakornikidan ancha kamligi 
tufayli motorning 
yaxshi tezkorlikka egaligi uning afzalligi
bo‘lsa, qo‘zg‘atish 
chulg‘ami joylashgan o‘zak (tashqi stator) va qo‘zg‘almas ferromagnit o‘zak (ichki 
stator) orasida 
katta nomagnit oraliqqa egaligi
magnit qarshilikni oshirib zaruriy 
maydon hosil qilish uchun qo‘zg‘atish MYK ni ancha oshirish talab etilishi 
(demak, motor gabaritining nisbatan oshishi) esa 
ularning kamchiligidir

4.13-rasm. 
Ijrochi o‘zgarmas tok motorining umumiy ko‘rinishi (
a
) (bunda


– korpus; 

– 
qo‘zg‘atish chulg‘ami; 

– qutb; 
4
– ichi kavak yakor; 
5
– ferromagnit o‘zak; 
6
– podshipnikli 
qalqon; 
7
– kollektor); yakordan (
b
) va 
q
utbdan (
c
) boshqariladigan; yakordan boshqariladigan 
ijrochi motorning mexanik (
d
) va rostlash (
e
) xarakteristikalari


Bunday motorlarning FIK taxminan odatdagi konstruksiyali O‘TM lari singari 
bo‘ladi, asosiy maydoni doimiy magnit qo‘llab hosil qilinadigan motorlarda esa 
FIK yana ham yuqori bo‘ladi. 

Download 304 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish