194
askardan ortiq qo`shin Oq masjitga ikkinchi marta hujum uyushtiradi. 22 kunlik qurshov va
jangdan so`ng Chor askarlari istehkomni egallaganlar. Qal`a himoyachilaridan 74 kishi tirik
qolgan holos. Chor qo`shinlaridan bor yo`g`i 25 kishi halok bo`lgan va 46 kishi yarador
qilingan. Istehkomga «Perovskiy forti» nomi berilgan. Oq masjitdagi mag`lubiyat Qo`qon
xonligini qattiq tashvishlantirdi. Tezlik bilan Toshkentda kuch to`planib hokim Sabdalxo`ja
boshchiligida 8 ming askarlik qo`shin va ko`ngillilar Oq masjitni qaytarib olish uchun yo`lga
chiqadi. Lekin ikki o`rtadagi jangda ular yengiladilar. Vatan himoyachilaridan 192
kishi halok
bo`ladi. Qo`qon xonligi qo`shinlari yaradorlarni 92 tuyaga ortib orqaga chekinishga majbur
bo`ladilar.
1853 yilning dekabr oyida Yoqubbek boshchiligidagi 13 ming kishilik qo`shin Oq
masjitga kelib yana dushman bilan to`qnashdi. Yurt himoyachilaridan bu jangda mingga
yaqin kishi o`ldirildi va yarador qilindi. Bosqinchilar faqat 55 askarlarini yo`qotdilar. Bunday
ketma-ket mag`buliyatlar Vatan himoyachilari ruhini tushirmadi. Ular 1855 yilda yana 1500
kishilik qo`shin bilan Oq masjitga otlandilar. Ammo Chor qo`shinlariga yangi kuchlar kelib
qo`shilganini eshitib, orqaga qaytdilar.
1854 yilda Olma-ota o`rnida Verniy harbiy qal`asining
qurilishi Turkistonni
egallashda hal qiluvchi o`rin tutgan istehkomlardan bo`ldi.
1855-1857 yillardagi Qrim urushi munosabati bilan Chor ma`murlari O’rta Osiyoni
zabt etish bo`yicha katta miqiyosdagi harbiy harakatlarni olib bormadilar. Qrim urushidagi
mag`lubiyat O’rta Osiyoning Rossiya uchun siyosiy va stratyegik jihatdan qanchalik katta
ahamiyatga ega ekanligini ko`rsatdi. Rossiya O’rta Osiyo uchun
olib boriladigan raqobatli
kurashda Buyuk Britaniya qirolligini nafaqat siyosiy-iqtisodiy va stratyegik jihatdan balki
harbiy jihatdan ham mag`lubiyatga uchratish va Qrim urushidagi mag`lubiyat tufayli xalqaro
maydonda bo`ShaShib qolgan obro`sini tiklashi ham mumkin edi. Chunki hind xalqining
butun mamlakatni qoplab olgan va inglizlar tomonidan zo`rlik bilan bostirilgan 1857 yilgi
qo`zg`oloni Buyuk Britaniyaning Hindistondagi mavqei
uncha mustahkam emasligini
ko`rsatdi. Shu boisdan Rossiya hukmron doiralari o`rtasida O’rta Osiyo muammosini tezroq
hal qilishga chorlovchi xat, da`vat va takliflar 1860 yillarda tez-tez ko`zga tashlanadigan
bo`lib qoldi. Jumladan, Orenburg genyeral-gubernatori Katenin tashqi ishlar vaziriga yozgan
xatida «O’rta Osiyo mulkiga hukmronligimizni o`rnatishimiz
uchun albatta Turkiston va
Toshkentni egallashimiz shart» deb ko`rsatdi. Uning fikricha, Toshkentni qo`lga kirish
Buxoro mulklariga qurolli kuchlar bilan borish uchun albatta zarurdir.
1862 yilda «Russkiy vestnik» oynomasi sahifalarida ham Turkiston yerlarini bosib
olishga da`vat etuvchi bir qator shovinistik g`oyadagi maqolalar bosilib chiqarildi. «Golos»
deb ataluvchi liberal oynoma esa Hindistonni mustamlakagaaylantirgan inglizlardan namuna
olishga da`vat qiladi, «Kaspiyni
rus dengizigaaylantirish, O’rta Osiyoning ko`chmanchi
elatlarini o`troq yashashga o`rgatish, bu saxroyilar bilan pachakilashib o`tirmay, ularni hattoki
terror qilishga chaqirdi. Harbiy vazir D.A.Milyutin harbiy yurishlarning doimiy tarafdori edi.
Shu bois u 1864 yil oktyabrida tashqi ishlar vazirligi tomonidan podshoh uchun tayyorlangan
agressiv harakterdagi ma`ruza matnini batamom ma`qulladi. Bu matnda Rossiyaning Sharqqa
intilishi oqlanadi, «Yarim yovvoyilar» qabilalari bilan to`qnashib qolgan damlarda o`ta
tinchliksevar siyosatni saqlab qolishning imkoni yo`qligi xususida, Qo`qon xonligining tabiiy
boyliklari bo`lmish paxta, ipaq qimmatbaho ma`danlar to`g`risida gap boradi. Xullas,
oltmishinchi yillar boshlarida Turkistonni bosib olish bo`yicha g`oyaviy tayyorgarlik ko`rildi.
Endigi asosiy vazifa bu g`oyani amalga oshirishdan iborat edi.
1860 yilda polkovnik Simmerman qo`shini Qo`qon xonligining
5 ming kishilik qo`shinini tor-mor keltirib, To`qmoq va Pishpak
qal`alarini egalladi. Iliorti vodiysi Alatov okrugi deb o`zgartirildi.
Hudda shu yili 21 oktyabrda polkovnik
Kolpakovskiy otryadi Qora
Kostek daryosi yon bag`ridagi Uzun yog`och soyidagi jangda Qo`qon
xonligining 20 ming qo`shinini batamom qirib tashladi.
1861-1863 yillarda Chor qo`shinlari Qo`qon xonligiga bir necha
zarbalar berdi. Bu davrda Qo`qon
Do'stlaringiz bilan baham: