Polkovnik M.G.Chernyaev
xonligiga qarashli Yangi Qo`rg`on, Din Qo`rg`on, Merka va ikkinchi
195
marta Pishpek egallandi.
1863 yil yozida polkovnik Chernyayev Oryenburg genyeral-gubernatori Bezakning
roziligi bilan Sirdaryo yoqasidagi So`zoq qal`asini qo`lga kiritdi va uni tevarak-atrofdagi
aholisi bilan birga «Rossiyaning mulki» deb e`lon qiladi.
1864 yil boshida Verniy (Olma-Ota) istehkomidan chiqqan 2500 kishilik Chernyayev
boshchiligidagi Chor qo`shinlari 4 iyundaAvliyootani egalladi. Shahar ostonasidagi jangda
vatanparvar kuchlarning 1500 kishilik qo`shinlari va xalq qasoskorlari mag`lubiyatga
uchradilar. Himoyachilardan 307 kishi o`ldiriladi va 390 vatanparvar yarador bo`ladi.
Chernyayev bilan izma-iz Perovskiy otryadidan chiqqan polkovnik Veryovkin guruhi esa
Turkiston qal`asiga yurish qiladi va uni 12 kunda bosib oldi.
1864 yil 16 iyulga qadar Chor armiyasi qo`shinlari ikki yo`nalish bo`yicha mustaqil
harakatlarni davom ettiradi. Sibir-Yorkend tomonidan 8-G’arbiy Sibir, 21-Sibir kazak
armiyasi batareyasi, Oryenburg-Xiva yo`nalishi bo`yicha esa 4-Orenburg liniya batoloni,
1864 yildan boshlab 2- orenburg liniya batolonining I- vzvodi; 1865 yildan 6-va 9-Orenburg
liniyalari batoloni, 4-G’arbiy Sibir bataloni janub tomondan o`z harakatini davom ettirib,
shahar va qishloqlarni birin-ketin egallab bordi.
Avliyoota va Turkistonning dushman tomonidan zabt etilishi butun Qo`qon xonligini
oyoqqa
turg`azdi.
Toshkent
shahri
chorizm
bosqinchilariga
qarshi
kurashning
markazigaaylandi. Bu yerga Marg`ilondan Yusufbek Xo`janddan Mirza Ahmad Qushbegi
qo`mondonligida qo`shinlar, Andijon, Namangan, O`sh va boshqa joylardan harbiy qismlar
keltiriladi. To`plangan qo`shin va xalq qasoskorlariga Qo`qon xonligining lashkarboshisi
mullaAlimqul boshchilik qiladi.
1
Vatanparvar kuchlar to`plangan duo fotixa olib Chimkent
tomon ravona bo`ladilar.
Chimkentda bir kecha-kunduz qattiq jang bo`ladi. Muhammad Solih o`zining «Tarixi
jadidi Toshkand» asrida yozishicha; «So`ngra to`rt tomondan askarlar otdan tushdi va karnay
sadolari ostida rus askarlariga qarshi hujumga o`tiladi. Himoyachilar 2-3 ming qadam
yugurgach, dushmanning to`p va miltiqlaridan yomg`irdek yog`ilgan o`qlar ostida qoldilar».
Oqibatda 12 ming kishi holok bo`ladi va yaralanadi. Ammo general Chernyayev
boshchiligida Chor qo`shinlari urushni davom ettira olmay Turkistonga qaytishga majbur
bo`ladi. Jinay degan joyda bo`lgan jangda ham vatanparvarlarning qo`li baland keladi. Vatan
himoyachilari Iqon qal`asi uchun bo`lgan jangda ham g`alabaga erishadilar. Alimqul
boshchiligida yurt himoyachilari urushni davom ettirish maqsadida tayyorgarlik ko`rayotgan
bir paytda Buxoro amiri Muzaffarxonning Qo`qonga hujum qilganligi to`g`risida xabar oladi.
Natijada lashkarboshi Alimqul qo`shinning katta bir qismini Chimkentda qoldirib o`zi
Qo`qonga qaytishga majbur bo`ladi. Albatta bu hol dushmanga qo`l keladi va Chernyayev
1864 yil 21 sentyabrda Chimkentni jang bilan egallaydi. Shahar mudofaachilaridan ko`p kishi
qirib tashlanadi.
Shu paytga qadar ikki yo`nalishda mustaqil harakat qilib kelgan Chor armiyasining
ikki qo`shini Chimkent shahrida tutashadi. Istilo qilingan yerlar hisobiga 1865 yilda Orenburg
genyeral-gubernatorligi tarkibida Turkiston viloyati tashkil etiladi; uning tepasiga genyeral
Chernyayev qo`yiladi.
General Chernayev o`zining butun vujudi va nigohini Toshkent shahrini egallashga
qaratadi.
2
Holbuki podsho Aleksandr II bu shaharni olishni man qiluvchi qat`iy buyruq bergan
edi. Chernyaev 1864 yil 27 sentabrda yo`lga chiqadi. Bu davrda Toshkent mudofaasi
umumxalq harakatigaaylangandi. Shahar mudofaasi uchun Toshkent garnizonida 30 ming
himoyalashi, 48 mis va 15 ta cho`yan to`p bor edi. Toshkent shahar aholisi ona yurtni himoya
qilish uchun bir tanu bir jon bo`lib battol dushman bilan tengsiz jangda olishadi.
Tarixchi Muhammad Solihning «Tarixi jadidi Toshkand» asarida yozishicha Toshkent
shahar aholisi battol dushmanga qarshi qahramonlik mo`jizalarini ko`rsatgan. U shunday
hikoya qiladi; «Shahar g`ariblari, fuqarolari va qariyalari ibodatu nomozdan ko`ra qo`llaridan
kelguncha yordam berish afzalroq, savob deb, askarlarga suv, oziq-ovqat tashib turdilar.
O`sha zamonda Toshkent qalin va baland devor bilan o`ralgan bo`lib, 12 ta darvozasi bor edi.
1
Qarang:
Amir lashkar Alimqul tarixi. Alimqul jangnomasi. Nashrga tayyirlad:R.T.Shamsuddinov. P.Ravshanov. T.,1998: Hаbibullo,
Rustаmbek Shamsutdinov. «Yolqin». Tаrixiy romаn. T., «Sharq.», 2001.
2
Mazkur mavzuni yanada bilish uchun qarang: O’zbekistonning yangi tarixi. Birinchi kitob.69-91-betlar.
196
Devor ustidan ikki otliq kishi bemalol yurishi mumkin edi. Chor qo`shinlari shahar yaqinidan
turib to`plardan o`qqa tutadilar. O`z navbatida javob o`qlari ham otiladi. Bosqinchilarning bir
guruhi shahar devori atrofida qazilgan zovurga tushib oladi. Himoyachilarning uyushgan
hujumiga Chor askarlari dosh bera olmaydi. Dushman 72 kishini yo`qottadi va bu holni
ko`rgan genyeral Chernyaev Chimkentga qaytishga majbur bo`ladi. 1865 yilning 28 aprelida
Chernyaev Chirchiq yonidagi Niyozbek qal`asini jang bilan ishg`ol etadi. Toshkentlik bir
hoinning maslahatiga ko`ra Chernyaev Kaykovus arig`i to`g`onini buzib, uni Chirchiq
daryosiga burib yuboradi. Natijada toshkentliklar suvsiz qolib, og`ir ahvolga tuchadilar.
Shunga qaramay, aholi mudofaani mustahkamlashga kuch-g’ayratini ayamaydi. Ko`p o`tmay
Qo`qondan lashkarboshi Alimqul qo`shini bilan madad bergani keladi. Bu toshkentliklar
ruhini ko`tarib yuboradi. Ular qo`qonliklarni zo`r hursandchilik bilan qarshi oladilar.
Muhammad Solih ma`lumotiga ko`ra; «Toshkent amaldorlari, sardorlari, ulamo, shayxlar,
g`ariblar, gadolar, erkak-ayollar aralash ularning istiqboliga chiqib, shod-hurram kutib
oladilar». Dushman bilan jang Solor arig`i (hozirgi «Turkiston» saroyi yonidagi arig`) atrofida
davom ettiriladi. Xullas shahar himoyachilari dushmanni chekinishga majbur qiladilar. Bu
g`alaba shahar ahli tomonidan shodu hurramlik bilan karnay-surnay sadolari ostida qarshi
olinadi. Shahar xalqi Muhammad Solihning yozishicha; «Yetti yoshdan yetmish yoshgacha
erkak-xotin, yoshu qari xizmat kamarini bellariga bog`lab pishgan taomlarni boshlariga
ko`tarib, qatiq, sut, sharbat, issiq nonlar, shirin mevalarni savatlarga solib, askarlar turgan
joylarga olib kelib iltijo, tavallo va dildorlik qilib, ko`zlaridan hasrat yoshlari oqib, ko`z
yoshlari suvi bilan askarlarning yuzlaridan chang-g`uborni yuvib, artib, ko`zguday tozalab,
ovqatlarni yeb bitirishlarini iltijo qiladilar». G’alabadan ruhlangan Alimqul boshchiligidagi
vatan himoyachilari Sho`rtepada joylashgan dushman kuchlariga qarshi hujum uyuchtiradilar.
Jangda lashkarboshi Alimqul qattiq jarohatlandi va ko`p o`tmay holok bo`ladi. Bu hol albatta
jangchilarimizning ruhiy holatiga salbiy ta`sir qiladi. Buning ustiga qirq ikki kun davomida
suvsizlik va tashnalikda tish-tirnog`igacha qurollangan dushmanga qarshi olib borilgan
mudofaa jangi Toshkent shahri aholisining tinka-madorini quritadi. Ustiga ustak Chernyaev
shaharga hujumni Janubdan-Temur darvozasi yoqdan boshlab Buxoro va Xorazmdan
keladigan yordam yo`lini kesib tashladi. Shaharga chetdan yordam umuman bo`lmadi.
Alimqul vafotidan so`ng Chernyaev Toshkent shahrining jangsiz taslim bo`lishini kutadi.
Ammo shahar aholisi kurashni davom ettiradi. Toshkent shahriga Buxoro amirligidan yordam
kuchlari kelayotganligini eshitgan Chernyaev 9- mayda hal qiluvchi hujumga o`tadi va faqat
14 iyundagina qattiq janglardan so`ng shaharga yorib kiradi. Nihoyat 1865 yil 17 iyunda
qarshilik ko`rsatishning foydasizligini hisobga olgach shahar himoyachilari shaharni
topshirish uchun muzokaralarni boshlaydi. Chunki Chernyaev Shayxontohur, Beshyog`och va
boshqa aholi gavjum yashaydigan joylarga to`plarni o`rnatib, agar darhol sulh tuzilmasa
shaharni to`plardan o`q uzib kultepagaaylantiraman, deb dag`dag`a qiladi. Chernyaev
shaharning Hakim Ho`ja qozikalon, Abulqosim eshon, domullo Solihbek oxun singari nufuzli
kishilari bilan sulh muzokaralarini boshlaydi. Sulh ahdnomasiga ko`ra, shahar xalqining o`z
dinida qolishi, barcha ishlar «shariat» asosida olib borilishi, hovli, bog` va maydonlar
avvalgidek o`z egalari qo`lida qolishigi ko`rsatiladi. Ahdnomaga shaharning har to`rt;
Shayxontohur, Beshyog`och, Sebzor va Ko`kcha mavzelarining muhrlari bosiladi.
Toshkent shahrining Chernyaev tomonidan bosib olinishi Peterburgda zo`r
mamnuniyat bilan kutib olingan bo`lsada, hukumatning ayrim odamlari bundan norozi bo`lib,
tahlikaga tushgan edilar. Chunki Toshkentning bosib olinishi munosabati bilan xalqaro
matbuotda katta shov-shuvlar ko`tarilmoqda edi. Chernyaev bu holni oldini olish uchun va
o`zining bosqinchilikdan iborat vahshiyona harakatlarini oqlash maqsadidaayyorlik yo`liga
o`tib maxsus xat tayyorlattiradi. Toshkent shahri aholisi nomidan tayyorlatilgan bu xatda
guyo shahar general Chernyaevga «o`z ixtiyori» bilan taslim bo`lganligigaasosiy urg`u
berilgan edi; «Necha zamonlar va yillardan beri Turkistonda Farg`ona xonlari hukmronlik
qilib fuqarolarga ko`p jabr-zulm o`tkazgan. Ular zakot xirojlarini shariat asosida olmasdan
ortiqcha olganlar va hech qashon marhamat qilmaganlar, qadimgi urf-odat taomildan voz
kechib, ko`p yillar mansab uchun katta kishilarni o`ldirib, fitna va ig`vogarlar so`zigaamal
qilganlar. O`rtada nohaq qonlar to`kilib, ular shariatga va ulamolar so`zlarigaamal qilishdan
bosh tortadilar. Farg`ona va Turkiston zaminida ko`p vaqtlar va ko`pincha qipchoq, qozoq va
197
qirg`iz avboshlari va beboshlari hukmronlik qilib keldilar. Shuning uchun fuqaro va mamlakat
tinhligi uchun ixtiyorimiz va rag`batimiz bilan rus askarlarini olib kelib ularga shaharni
topshirdiik».
Bu xat mazmuni o`qib eshittirilgach, hamma xayron bo`lib turgan bir paytda Solihbek
oxun so`z olib bunday degan; «Bizlar voqea va hodisalarni bekitmasdan ma`lum qilamizki,
Toshkentdan Oqmasjitgacha va bu yerdan G’uljagacha bo`lgan shahar va qal`alar-Toshkentga
qarar edi. Bu joylarni rus askarlari urush va talash bilan qo`llariga kirgizdilar. Urush to`satdan
muhlatsiz va so`zsiz olib boriladi. Toshkent shahri zulxijja oyning yarmidan boshlab, safar
oyining o`n ikinchisigacha, ya`ni qirq ikki kun davomida suvsiz, ovqatsiz qoldiriladi.
MullaAlimqul lashkarboshi shahid bo`lgandan keyin sardorsiz qoladi. Buxoro, Xorazm va
Farg`onaliklar yordam bermaydilar. Toshkent fuqarosi vatanlari va din uchun qattiq turib,
urush-talashni davom ettirib, seshanba kuni yarim kecha o`tgandan keyin saharga yaqin rus
askarlari xiyobon darvozasi va qal`aning devori ustidan kiradi. Shundan keyin yana kirishib
payshanba kunigacha ikki kecha-kunduz urushib turadilar. Bu o`rtada ko`p imoratlar,
do`konlar va uy-joylarga o`t tushib, och-tashna suvsiz yakkama-yakka urush bo`lib, oxirida
yarash sulhi tuziladi».
Solihbek oxun domlaning bu xaq vaadolatli so`zlaridan genyeral Chernyaev g`azabga
keladi. U kimda-kim ushbu so`zlarga qo`shilsa, bir tomon o`tsin deb buyruq beradi.
Shaharning nufuzli kattalaridan yetti kishi; Halimboy, Berdiboy, Azimboy, Fozilboyvachcha,
mulla Muzaffarho`ja va mulla Fayzullalar Solihbek oxun domla qatoridan joy oladilar. Ular
shu zaxotiyoq hibsga olinib qamoqqa solindilar va keyichalik Sibirga surgun qilinadilar.
Bundan qo`rqib qolgan shaharning boshqa nufuzli a`yonlari Chernyaev ahdnomasiga
sotqinlarcha imzo chekishdan boshqa ilojni topa olmadilar. Chernyaev qalbaki ahdnomani
Abusaid va Hodiho`ja ismli savdogarlar qo`liga tutqazib Peterburgga eltib oq podsho
xazaratlariga topshirishni buyuradi. Rossiya hukumati o`zining Turkistondagi bosqinchilik
urushlarini oqlash va haspuchlash uchun qalbaki xujjatni ko`paytirib o`z elchilari orqali
dunyo mamlakatlariga tarqatdi va xalqaro matbuotda ko`tarilgan shov-shuvlarni shu yo`l bilan
oldini olmoqchi bo`ladi. Jumladan, Turkiyadagi rus elchixonasi qalbaki ahdnomani
Istambuldagi ko`chalarga, bozorlarga, do`konlarga, umuman aholi gavjum to`planadigan
joylarga yopishtirib chiqqan.
1866 yil yanvar oyining oxirida Chernyaev Jizzaxga yurish boshlaydi. Ammo 8-9
ming kishilik shahar himoyalashilarining ko`rsatgan qarshiligi tufayli u orqaga chekinishga
majbur bo`ladi. 1866 yil mart oyida Chernyaev Peterburgga chaqirib olinadi, uning o`rniga
genyeral Romanovskiy yuboriladi. Toshkentga yordam uchun yuborilgan Buxoro amirining
100 ming kishilik ko`shini bilan genyeral Romanovskiy qo`mondonligidagi Chor Rossiyasi
qo`shinlari o`rtasida 8 mayda Erjarda bo`lgan jangda rus qo`shinlari g`alaba qozonadi. 24
mayda rus askarlari Xo`jandda ham g`alabaga erishadilar. Avgust oyida Romanovskiy
Toshkent, Xo`jand va Chirchiqorti o`lkasini Rossiyaga qo`shib olish to`g`risida ko`rsatma
beradi. Buxoro amiri bilan muzokaralarda kelisha olmagach, Romanovskiy 2 oktyabrda
Buxoro amirligiga qarashli O`ratepa qal`asini, 18 oktabrda esa Jizzaxni bosib oladi. Jizzax
uchun jang g`oyatda dahshatli bo`lgan. Tarixchi olim Hamid Ziyoevning yozishicha bu jang
davomida “...to`kilgan odam qoni bamisoli ariq suviga o`xshab oqqan”. Romanovskiy 1866
yil 19 oktyabrda Harbiy vazirga yozgan telegrammasida Buxoro amirining Sirdaryo
vodiysidagi so`nggi tayanchi, besh kunlik qamaldan so`ng 18 oktyabr soat 12 da zarb bilan
egallandi. Himoyachilardan oz qismi qutilib qoladi, holos. Ko`plari halok bo`ladi yoki asir
olinadi. “26 bayroq, 53 qurol va juda ko`p boyliklar qo`lga tushiriladi. Bizning yo`qotishimiz,
xudoning irodasi bilan 100 kichidan kamroq bo`ldi, shu jumladan to`rt ofityer yaralandi”.
General Romanovskiy Jizzax uchun bo`lgan jangda kamida 6 ming kishi o`ldirilganligi va 2
ming kishining asir olinganligini yozgan edi. Qizig`i shundaki, Buxoro amiri rus qo`shinlariga
qarshi birgalikda jang qilishni Qo`qon xoni Xudoyorxonga taklif qilganda u turli vaj-
karsonlarni bahona qilib bu ishga bosh qo`shmaydi. Amirlik qo`shinlari Ho`jand va Jizzaxda
yengilgach, Xudoyorxon rus bosqinchi generali Romanovskiyga tabrik telegrammasi
yuboradi. Bu telegrammada biz quyidagi sharmandali jumlalarni o`qiymiz: “Oq podsho bilan
do`stlikni saqlab, turli bahonalar bilan Qo`qondan chiqmadim va o`z Chegaralarimni saqlash
uchun 35 ming qo`shinni to`plab Shaytonmuzgarda turdim. Shundan so`ng Ho`jandda turgan
198
amir o`z qo`shini va boshlig`ini olib shaharni mutlaqo bo`sh qoldirganligini eshitdim; bu
haqdagi xabarni bilib o`z qo`shinim vaartelleriyam bilan orqaga qaytdim vaagar men Oq
podsho bilan do`stlikni istamaganimda men qo`shinim bilan Shaytonmuzgardan
qaytmasdanoq, Ho`jandga kirar edim va buning oqibatida Buxoro amiri bilan kuchli raqib
bo`lur edim. Alloh yordamida Siz Ho`jandni zabt etdingiz, buni eshitib, ilgarigi do`stlikni
mustahkamlash uchun Sizni g`alaba bilan tabriklayman”.
1867 yil 14 iyunda chor hukumati bosib olgan joylarda
favqulodda Turkiston general-gubernatorligi tuziladi. Injener-
general K.P.Kaufman bosh qilib tayinlangan bu gubernatorlikning
markazi Toshkent bo`lib uning tarkibiga Sirdaryo va Yettisuv
viloyatlari ham kirgan edi. K.P.Kaufman podsho Aleksandr II dan
katta vakolatlar bitilgan “Oltin yorliq“ oladi. U mustaqil ravishda
urush e`lon qilish, sulh tuzish va boshqa huquqlarga ega edi. Shu
bois Turkiston xalqi K.P.Kaufmanni “Yarim podsho” deb atagan.
Turkiston
general-gubernatori
K.P.Kaufman
o`zi
hukmronlik
qilayotgan
hududlarda
rus
davlati
mavqeini
mustahkamlash va Turkiston o`lkasidagi qonli fojealarni
Do'stlaringiz bilan baham: |