191
5-mavzu. O’rta Osiyo xonliklarining Rossiya imperiyasi
tomonidan bosib olinishi (6 soat)
Reja:
1.
Rossiya imperiyasining O’rta Osiyo xonliklarga qarshi ekspansiyasi sabablari. O’rta
Osiyo masalasida ingliz-rus raqobati va uning keskinlashuvi sabablari .
2.
Rossiya imperiyasi qo’shinlarining Qo’qon xonligi hududlaridagi dastlabki harbiy
harakatlari. Turkiston viloyatining tashkil etilishi.
3.
Rossiya imperiyasi qo’shinlarining Toshkentga yurishi, shaharning egallanishi.
4.
Rossiya imperiyasi va Buxoro qo’shinlari o’rtasidagi dastlabki harbiy to’qnashuv.
5.
Samarqand va Kattaqo’rg’onning istilo qilinishi. Zarbuloqda Buxoro qo’shinlarining
mag’lubiyati Rossiya-Buxoro sulh shartnomalari.
6.
1873 yil Xiva xonligiga qarshi yurish.
7.
Xiva xonligini vassalga aylantirilishi. Gandimiyon shartnomasi.
Tayanch tushunchalar:
Bekovich-Cherkasskiy, Perovskiy, Raim, Kopal, Murkford,
Byorns, Stadort, Kanolli, Jeyms Ebbot, Mayyor Volf, Peroviskiy forti, amirilashkar
Alimqul, Veryovkin, Niyozbek qal’asi, Sirdaryo istehkom chizig’i, Yangi Qo’qon
istehkom chizig’i, Sibir istehkom chizig’i, Abramov, Kaufman, Gandimiyon
shartnomasi, Zirabuloq jangi.
Rossiya hukumron doiralarining Turkiston yerlariga g`arazli maqsadlarda ko`z
olaytirishlari hali o`lkada shayboniylar hukmronligi davom etayotgan davrlardan boshlangan.
Kavkaz, Volgabo`yi, Sibir va O`rta Osiyo ustidan hukmronlik qilish rus podsholarining azaliy
vaasriy orzusi bo`lgan. “Grozno`y” laqabi bilan mashhur bo`lgan Ivan IVning Moskva
uchinchi Rim, to`rtinchi Rimning esa bo`lishi mumkin emas, degan so`zlaridaana shu maqsad
ro`y-rost aks etgandi. Shu orzuni amalga oshirishni Ivan “Grozno`y”ning o`zi boshlab beradi,
1553 yili Qozon va 1556 yildaAshtarxon xonlikninglarini bosib oladi. Moskva davlati 1581
yilda Sibirdagi musulmon
podsholigiga hujum qilib, uni zabt etadi. Rus davlati O`rta Osiyo
mintaqasiga ko`z olaytirib, bu yerdagi mavjud xonliklar haqida keng ko`lamda
josuslik
ma`lumotlarini to`play boshlaydi. Bu holat «Moskva savdo kompaniyasi» deb atalgan
tashkilotning vakili Antoni Jenkinson boshliligidagi elchilarning faoliyatida yaqqol namoyon
bo`ladi. Ingliz savdogarlari Antoni Jenkinson Rishard va Robert Jonsonlar 1558-1559
yillarda, Moskva savdo elchisi Ivan Danilovich Hohlov 1621 yilda Xiva,
Buxoro va
Samarqandgaasosan o`lkani o`rganish va josuslik ma`lumotlarini to`plash maqsadida kelgan
edilar.
Lekin Turkistonni Rossiyaga qaram qilish uchun to`g`ridan-to`g`ri amaliy ochiq
harakat Pyetr I davridan boshlanadi. U o`zining Sharqqa nisbatan
tajovuzkorlik siyosatini,
O’rta Osiyo va Hindiston yerlariga suqlanib qarayotganligini yashirib ham o`tirmaydi. «Sharq
bilan aloqada Qozog`iston tasarrufi kalit va darvoza hisoblanadi. Shuning uchun millionlab
mablag` sarflasa ham Qozog`istonni bo`ysundirish yoki hech bo`lmasa u yerda Rossiya
ta`sirini o`rnatish zarurdir»
1
, deydi Pyetr I.
Harbiy tarixchi K.Abaza «Zavoevaniye Turkestana» (SPb, 1902)
asarida yozishicha,
Pyetr I Hindiston boyliklariga suqulib qarayotgan edi. U faqat qulay vaziyatni kutardi.
Bunday vaziyatni 1714 yilda turkman zodagonlarining vakili Xo`ja Nafas Peterburgga borib
Amudaryoda oltinli qumlarning ko`pligi to`g`risida bergan ma`lumoti tezlashtiradi. Oltin va
boylik vasvasasi bilan Pyetr I tajovuzkorlik siyosatini amalga oshirish maqsadida O’rta
Osiyoga 1717 yilda biz yuqorida tilga olgan knyaz
Bekovich-Cherkasskiyni
2
katta qo`shin
bilan yuboradi. Ammo Xiva xoni Sherg`ozixon tomonidan bu qo`shin batamom qirib
tashlanadi. Rossiya bilan Xiva xonligi o`rtasida dushmanlik vaziyati kuchaydi. Pyetr I O’rta
Osiyo yerlariga bo`lgan o`z tajavvuzkorligidan voz kechmadi. U Buxoroga josuslik
maqsadlarida elchi qilib italiyalik Florio Benevenini jo`natadi. Bu safar ham muvaffaqiyatsiz
1
V.P.Vejevskiy. L.I.Neplyuyev. “Orenburgskiy kray” Qozon, 1897, 1-jild 136-bet.
2
Cho’qintirish marosimida Aleksandr Bekovich-Cherkаsskiy nomini olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: