192
chiqadi va Benevenining o`zi zo`rg`a jon saqlab qoladi va faqat Pyetr I o`limidan so`ng 1725
yilda Rossiyaga qaytadi. Florio Beneveni hali Buxoroda bo`lgan chog`idayoq josuslik ishlari
bilan shug`ullanadi va rus podshosiga yozgan xatlarining chetlarida
shifrovka bilan mahfiy
xabarlarni yuboradi. Ana shu hildagi xatlardan birida bunday xabar beriladi; «Amudaryo
Samarqand tog`laridan boshlanadi vaayniqsa oltinga boy qumlari Badahshondan Giokcha
daryosiga oqib keladi. Yerli xalq tog`lardagi yirik oltinlarni qazib oladi. Shuningdek ular
loyqa soy suvlariga qo`y terisini yoyib qo`yib, so`ngra oftobda quritadilarda,
sof oltin
zarralarini terib oladilar. Bu tog`larda oltin va kumush izlash man etilgan, ularni maxsus
sarbozlar qo`riqlaydi.
Buxoro yerlarida mis, achchiqtosh, ruh va temir ham topiladi.
Xivaning Shayxjayli
tog`larida kumush ma`danlar mavjud. Mazkur kondan xabar topgan Xiva xoni Arokxon
qo`rqib ketib bir konchini tiriklayin ko`mdirib yuborgan. Chunki hazina daragi qo`shni
xonlikninglarga yetib borsa yana-g`animlik boshlanishi mumkin, edi».
Xususan, rus elchisi o`z shohiga shunday maslahat beradi; «Agar Siz o`z hazinangizni
yana boyitish niyatini hosil qilsangiz bu joylarga tadorlik qo`ring.
Chor atrofdan ko`p havf tug`ilmasligi ayon. Chunki, Xiva, Buxoro o`zbeklari, shuningdek
Paytxon (athoy)lar ham bir-birlari bilan urishib turadilar. Faqat hindlar tinch, ammo ularning
ham knyazlari o`zaro urishishadi. Toshkentliklar, qirg`izlar, qoraqalpoqlar
va qozoqlar hech
qachon Sizga halaqit bermaydilar».
3
«Aytishlaricha,-deb yozadi A.S.Pushkin-Pyetr I o`limi oldidan ikki narsani amalga
oshira olmagani uchun armon bilan ketayotganini aytgan; Prut yonidagi jangda Turkiyadan
yengilganini va Bekovichning o`limi uchun Xivadan o`ch ololmagani uchun qattiq afsus
chekkan.»
4
O’rta Osiyoni bosib olish maqsadida Pyetr I zamonidayoq Qozog`istonning zabt
etilgan hududlarida harbiy qal`alar va istehkomlar qurila boshlangan edi. 1717
yilda Omsk
1718 yilda Semipalatinsk 1720 yilda Ust-Kamenogorosk 1742 yilda Oryenburg qal`alari
quriladi. Faqat XVIII asrning o`zida Chor ma`murlari yovuz niyat bilan hozirgi Qozog`iston
hududlarida 46 ta katta va 96 ta kichik harbiy qal`a va istehkomlar qurganlar. XVIII asrning
boshlarida har uchala Juzning qozoqlari qalmiq (jungar)larning doimiy bosqini ostida og`ir
ahvolga tushib qoladi. 1723 yilda ro`y bergan og`ir ocharchilik qozoqlarning o`z
mustaqilliklarini saqlab qolishlarini havf ostiga solib qo`yadi. Oqibatda katta Juz jungarlarga
siyosiy qaram bo`lib qoladi. O`rta Juz Buxoroga ko`chib borib Buxoro xonligiga, Kichik
Juzning bir qismi esa Xiva xonligiga tobe bo`ladi. Bunday og`ir vaziyat Katta va Kichik
Juzning xoni Abulhayrxonni o`z hokimiyatini saqlab qolish va qalmiqlar xataridan saqlanish
ilinjida Chor hokimiyati bilan yaqinlashuvga majbur etadi. Ana shu tariqa 1731 yilda Kichik
Juz, 1731-1740 yillarda esa Katta Juz qozoqlarining aksariyati rus davlatining tobeligiga
o`tadi.
1
Bu Pyetr I orzu-armonlarining ro`yobga chiqishining boshlanishi edi. Qozoqlarning
rus fuqaroligini qabul qilishlari Chor mustamlakachi ma`murlarining
Turkiston yerlarini
egallash borasidagi bosqinchilik harakatlariga qulay shart-sharoitlar yaratadi. Biroq
Evropadagi davlatlar o`rtasidagi vaziyatning tobora taranglashib va chigallashib borishi, rus-
turk urushi (1806-1812), rus-shved urushi (1808-1809), rus-fors urushi (1805-1813) va
nihoyat Napolyeonga qarshi 1805-1812 yillardagi to`qnashuv va urush, qolavyersa, Chor
samoderjaviyasiga qarshi dekabristlar nomini olgan dvoryanlar qo`zg`oloni va uni bostirish
Chor hukumatining Turkistonga nisbatan bosqinchilik siyosatini ma`lum
muddatga ortga
cho`zilishiga sababchi bo`ladi. Biroq 1830 yillardan ma`lum darajada Evropadagi janjalli
voqealardan qo`li bo`shagan Chor hukumati yana o`zining ayg`oqchilik va yovuzlik
niyatlarini O’rta Osiyo hududlariga qaratadi. 1839-1840 yillarda podsho Nikolay I ning
homiyligi va fatvosi bilan Orenburg harbiy gubernatori V.A.Perovskiy katta qo`shin bilan
Xivani bosib olish niyatida yo`lga chiqadi. Maqtanchoq va
bosar-tusarini bilmaydigan
Perovskiy qo`shini tarkibida 2 ta zambarak 40 arava, 5325 askar, 10 ming tuya bor edi.
Ammo og`ir obi-havo sharoiti, yoqilg`ining yo`qligi, oziq-ovqat tanqisligi, kiyim-
3
«Fan va turmush»,1992 yil, 3-4-sonlari, 27-bet.
4
O’sha joyda.
1
«Sharq yulduzi»1990 yil, 8-sonlari, 184-bet.