Bog'liq Reja I. Kirish. II. Anqara jangi haqida ma’lumotlar
Amir Temur va Boyazid Yildirim.
Anqara jangi haqida
Reja:
I.Kirish.
II.Anqara jangi haqida ma’lumotlar.
1.Anqara jangi sabablari.
2.Jang tavsiloti.
3.Bu jangdan ko’zlangan siyosiy maqsad.
III.Boyazid Yildirim va Turk sultonligi.
1.Usmonlilar davlati tashkil topishi.
2.Yildirimning shiddatli janglari.
3.Boyazid va Amir Temur munosabatlari.
IV. Xulosa.
Dunyo bo’ylab asrlar davomida qanchadan-qancha sarkardalar o’tgan.Bu vaqt davomida esa qanchadan- qancha urushlar-u janglar bo’lib o’tgan.Lekin tarixdan o’chmas iz qoldirgan va hali hanuzgacha olimlarni o’ziga jalb qiluvchi ma’lumotlarga boy bo’lgan Anqara jangi haqida fikr yuritamiz.Bu jangning asosiy sabablari? Bu jang bo’lmasligi mumkinmidi? Bu jang orqasida qanday siyosiy maqsad bor edi? Shu kabi savollarga bugun javob izlaymiz. O’z davrining jahongiri, dunyo mamlakatlarini o’z bayrog’I ostida birlashtirgan sarkarda, Sohibqiron nomi ila ulug’langan lashkarboshi , buyuk davlat arbobi Amir Temur ibn Amir Tarag’ay ibn Amir Barqul hijriy 735-yil, Sha’bon oyining 25-sanasida (milodiy 1336-yil 9-aprelda ) Ko’hna Keshda tavallud topgan.Otasi Amir Tarag’ay Bahodir Keshning yirik oqsaqollaridan biri bo’lib Chig’atoy ulusining ko’zga ko’ringan beklaridan sanalgan va Xon huzurida uyushtiriladigan marosimlarga maxsus yorlig’ asosida chaqirilar edi.Amir Tarag’ay barlos urug’idan bo’lib, ajdodlari ham Kesh va Nasaf viloyatlarida o’z mulklariga ega bo’lgan va hokimlik qilganlar.Onasi Takina Xotun esa Buxoro shayxlarining qizi bo’lib u ham asilzodalardan sanalar edi.Ba’zi manbalarda keltirilishicha Amir Temur o’z ajdodlarini Chingizxonning avlodlariga bog’laydi.Temur tuzuklari asarida esa Amir Temur ajdodlari aslzodalardan ekanligi va ular mashhur sarkardalardan ekanligini takidlaydi.Eng qizig’i esa uning ajdodlari Chingizxonning yaqin beklaridan bo’lgan.Shu sababdan u ham kun kelib 1348-yilda Mug’uliston Xoni bo’lgan va 1361 yilda Muvarounnahrni ham egallagan Tug’luq Temur davriga kelib hamma Amirlar qochgan paytda Amir Temur uning yoniga boradi va xizmatiga kirib ‘’dorug’a’’ mansabini qabul qiladi.Amir Temur o’sha kezlarda atiga 24 yosh bo’lgan va katta siyosat ostonasiga dadil qadam qo’ygan edi.Bu ma’lumotlarni Amir Temur o’z qo’li bilan yozgan Temur tuzuklari asarida yodga oladi. 1402-yilning 20-iyulida Anqara ostonasidagi Chimbukabod mavzesida Yildirim Boyazid bilan to’qnashadi va bu jang tarixda ’’Anqara jangi’’ nomini oladi.Bu jangda ikki tarafdan umumiy hisobda 360 ming askar qatnashgan. Amir Temur tomonidan 200 ming, turk sultoni Boyazid tomonidan 160 ming qo’shin tushirilgan. Bu muhoraba Yevropa va Osiyo keyingi taqdiriga ta’sir etdi.
Amir Temur hukmronligi ostidagi hudud bo’lmish Ozarbayjonda qozg’alonchilar boshlig’i bo’lmish Qora Hojib tomonidan ikki muqaddas shahar bo’lmish Makka va Madinaga haj safariga otlangan bo’lajak hojilarni talash bilan shug’ullanadi.Bu qaroqchini jazolash uchun uning ortidan qo’shin jonatadi, biroq Qora Hojib turk sultoni Boyazidning oldiga qochadi.Amir Temur o’sha ondayoq sultonga uni qabul qilmaslik haqida xat jo’natadi.Undan keyin ham unga Qoracha Hojibni topshirish haqida talab qoyadi, lekin bu talablar e’tiborga olinmaydi va hattoki haqoratomus so’zlar bilan javob qaytaradi.O’zining kuch-qudratiga haddan ortiq baho bergan Boyazid hatto Amir Temurni jangga chorlaydi.Oz fursatdan so’ng Temur tomonidan Suriya hududini egallanishi va u yerda bo’lib o’tgan jang haqida eshitgan Boyazid zudlik bilan qo’shin tayyorgarliklarini kuchaytiradi.Bu ma’lumotlar aynan Temur tuzuklarida uchraydi.Lekin Boyazid Sohibqiron bilan jangni tezlashtirish ahdidan qaytmaydi , Amir Temur esa jangga umuman shoshilmasdi,chunki buning ortida qanday siyosiy o’yin yotganini to’laqonli anglab turgan edi.Shu yerda savol tug’iladi aynan qanday siyosiy o’yin.Bu savolga keyin to’xtalamiz.Boyazid kuchli raqibni o’z o’lkasida, ya’ni dushmanga no ’malum va o’zi uchun qulay hududda yengish osonligini anglardi.Bundan tashqari Turon zaminiga yetib borish uchun anchagina mashaqqatli yo’lni bosib o’tishini anglab Amir Temurni o’z olkasiga jangga taklif etdi.Hatto bunga yetarli bahona ham topdi.Ya’ni ‘’Turon bizning otayurt, biz otayurtga jang istab bormaymiz’’ degan ma’noda vaj ham to’qidi.Agarda u katta sonli qoshin bilan jangga otlanganda ham Temurdan tashqari shu yo’l oralig’dagi hukmdorlar va mahalliy qaroqchilar bilan juda ko’p ovora bo’lar ,bundan tashqari ko’p sonli armiyasining katta qismini yo’qotar edi va ko’zlangan jangda mag’lubiyatga uchrardi.O’z yurtida esa u katta ustunlikka ega bo’lardi.Shu sababdan ham u jangga oshiqardi, Amir Temur esa uni bu fikrdan qaytarishga ham urinib ko’radi.Chunki bu yurishdan ikki taraf ham hech qanday naf ko’rmas edi va ikki musulmon xalq urushi, ikki musulmon jangchilar to’qnashuvi musulmon olami uchun go’yo sharmandalik edi.Bu fikrlar Temurning hayolidan o’tayotgan edi go’yo.Va nihoyat bu jangga asosiy sabablardan biri bo’lmish ya’ni Boyazid tomonidan o’rtaga xotinlarni taloq qilish to’g’risidagi ahd jangni aniq bo’lib o’tishiga shubha qoldirmadi.Amir Tumur ham bu jang albatta bo’lib o’tishini anglardi va qattiq tayyorgarlik ko’rardi.Uning nazdida butun olamda bitta Alloh hukmdor kabi uning soyasi bo’lmish podshoh ham yerda bitta bo’lishi darkor edi. Amir Temur jangdan oldin Boyazidning barcha dushmanlari bilan ittifoq tuzdi. Bular sirasiga Yevropaning sharqiy davlatlari, Kichik osiyodagi ba’zi yirik qabilalar va Kavkazdagi Turk sultonligiga qaram va aziyat chekayotgan boshqa qabilalar va eng ko’p qo’llagan davlat esa Turk sultonligi zarbalaridan tobora zaiflashayotgan Vizantiya imperiyasi edi.Janglarda hech yengilmagan Jahongir yuqoridagi barcha davlatlardan askarlar,moddiy,yoki dengiz floti orqali yordam olgan.
Amir Temur jangni 1402-yil bahorida boshladi. Kichik Osiyo hududiga Amir Temurning kirib kelganligi va bu mintaqaning janubi-sharqiy hududidagi asosiy shaharlarni bir urinishda zabt etganli haqidagi xabarlar Boyazid Yildirimning qulog’igacha yetdi.Bu xabar uni shu qadar jaxlini chiqardiki zudlik bilan barcha qo’shinlar oyoqqa turg’izildi.O’sha damlarda Boyazid bu jangdan oldin ham qo’shinning bir qismi Vizantiya potaxti Konstantinopol shahri qamali uchun va yana bir qismi esa Yevropa davlatlarining ayrim shaharlari bilan janglar olib bormoqda edi.Bu hodisalar ham Amir Temurning g’alabasi uchun muhim omillardan biri bo’lib xizmat qildi .Boyazid davlat hududdidagi eng sara qo’shinlarni yig’ib Kichik Osiyoning janubi-g’arbiy hududlarga yetib borgunga qadar, Amir Temur janubiy hududlarga siljgan edi.Boyazid Amir Temurning ortidan ta’qib qilishni davom etdi . Amir Temur esa shimoli-g’arbiy hududlarga yani yirik va boliklarga to’la Anqara shahriga otlangandi yol-yo’lakay uning qo’shinlari barcha to’siqlarni mahv etib, shaharlarni talab borar edi . Amit Temurning asosiy qo’shini otliqlarda, boyazid Yildirimning qo’shyinining asosi esa piyoda askarlarda iborat edi.Amir Temur va nihoyat anqaraga yetib keldi.U taktik jihatdan qulay hududda bo’lg’uvsi tarixiy jangga shay holatda edi.va askarlari hordiq olishga ham ulgurgndi.Turk sultonining qoshini esa uzoq masofani piyoda bosib o’tib hordiq olmasdan jangga tushirildi bu omil ham Amir Temurning jangdagi g’alabasini taminlaydi, bularning barchasi Amir Temurning o’ta kuchli tadbirkorligi sabali yuz bergandi.Jang boshlandi. Amir Temur qo’shinining asosiy bo’linmalariga farzandlari Mironshoh Mirzo , Shohruh Mirzo va nabiralari Sulton Mahmud Mirzo, Pirmuhammad Mirzo va boshqa nabiralari va ishonchli Amirlari boshchilik qildi.Boyazid qo’shininig asosiy bo’linmalariga ham uning o’g’illari va ishonchli sarkardalari boshchilik qiladi.Boyazid jangga avval yanicharlar guruhini tushuradi.amir Temur ham jangga otliq ilong’or qismini tushuradi.tez fursatda esa o’ng va chap tomon qo’shinlarini Boyazid qo’shinining chap va o’ng tomon qo’shinlari ustiga tashlaydi.Amir Temur tushirgan qo’shinlar Boyazid qo’shinining o’ng va chap qanotlarini markaz qo’shinlaridan ajratib tashlaydi.Amir Temur jangda Hindiston yurishida ega bo’lgan fillardan ham foydalanadi.Turli xil portlovchi moddalardan ham foydalaniladi. Bu hujumlar yov askarlarini esankiratib qo’yadi.Ba’zi sarkardalar jang chog’ida Boyazid qo’shinidan ajrab jangni tashlab qochadilar.Bu hodisalar Amir Temur qo’shining ruhiyatini ko’taradi.jang bir necha kun davom etadi. Amir Temur jangdagi qo’shin tarkibini tez-tez almashtirib turadi.Charchagan askarlar o’rniga hordiq chiqargan askarlar jangga kiradi. Jang so’ngida omon qolgan eng sara Boyazid armiyasi bir tog’ga chekinib o’sha joydan turib jangni davom ettiradlar.Ular so’nngi nafasiga qadar o’z sultonnini himoya qiladilar. Bu harakatlarga hatto Amir Temur ham tan beradi va ularga taslim bo’lsalar omonlik e’lon qiladi,lekin jangchilar bunga ishonishmaydi va qarshilikni davom etkazadilar. Va nihoyat jangchilar butunlay qirib tashlanadi va Amir Temur Boyazidni olib kelishlarini buyuradi.
Endi yuqorida bod-bod takrorlagan siyosiy maqsad haqida so’z yuritamiz.Bilasiz o’sha davrning eng qudratli davlatlarini sanasak Temur o’lkasiga dushman va Usmoniylar imperiyasiga yuzaki yaqin bo’lgan Oltin O’rda va Misr sultonligi albatta sanab o’tmay iloj yo’q.Bu ikki makkor davlat va yana ikki buyuk imperiya tannazulidan manfaatdor kichik davlat hukmdorlari tomonidan Amir Temur va Boyazid Yildirimni bir-biriga gij-gijlash natijasida bu yirik davlatlar o’rtasida nizo solib ikki davlatni birvarakayiga zaiflashtirish edi.Shu yo’lda Oltin O’rda xoni va Temur imperiyasiga dushman hisoblanmish To’xtamishxon va yana ikki imperiya tanazzulini kutayotgan ‘’qudratli’’ Misr sultoni, Boyazid bilan mahfiy xat almashib, uni bo’lajak jangda ‘’qo’llashini’’ takidlaydi.Lekin jangda Boyazid ko’proq o’zining kuchiga ishonish zarurligini chuqur anglaydi va harbiy tayyorgaliklarni kuchaytiradi.Boyazid o’ylagandek jangda va jangdan so’ng ham bu ‘’tarafgorlar’’dan hech qanday yordam kelmaydi,va ularning bu haqda niyati ham yoq edi. Bu siyosatdon hukmdorlar o’ylagan senariy bo’yicha bu urush ko’p yillar davom etishi zarur edi.Lekin bu maqsadni anglagan Amir Temur taqdirlarni ular hali o’ylamagan tomonga burib yubordi.Ya’ni Boyazidning tarafgorlaridan ko’ra undan qutulmoqchi bo’lganlar ko’p ekan.Bular siz biladigan Yevropaning kuchli davlatlari edi.Amir Temur aynan shu davlatlarning kuchlari va imkoniyatlaridan foydalandi.Jangdan avval chuqur mulohaza qilib o’ziga tarafdorlar to’playdi va jangda bo’lishi mumkin barcha hollarga qarshi taktik rejalarni puxta o’ylab chiqdi.Ya’ni qaysi davlatlarga ishonsa bo’ladi va qaysi davlatlar sotqinlik qilish ehtimoli yuqori degan ma’noda barcha Yevropa va Usmonlilar imperiyasidan aziyat chekayotgan Osiyo davlatlari bilan ittifoq tuzdi.Natijada ularga katta shartlar qo’ydi va o’zining kuch-qudratini yanada ortirishga erishdi. Bu omillar bo’lajak jangda juda asqotti.Yevropa davlatlari nega bu shartlarga ko’nishi zarur edi? Degan savolga javob izlaymiz endi. Bu uchun Usmonlilar imperiyasi haqida batafsil bilib olishimiz zarur .
Kichik Osiyoning shimoliy-g’arbiy hududida tashkil topgan Usmon beyligi taraqqiyotiga unga qo’shni bo’lgan Vizantiya imperiyasini ta’siri katta bo’lgan.Tobora zaiflashib borayotgan imperiya, ya’ni Vizantiya hududiga qarshi bo’lgan Usmon beyligining uyushtirgan harbiy harakatlari uning hududini qo’shni davlatlar hisobiga kengayishiga sabab bo’ladi.Keng istilochilik yurishlari Usmonlilar qo’shiniga o’zga qabilalarni qo’shilishiga sabab bo’ladi, bu esa bo’lajak mustaqil davlatning qudratini yanada orttiradi.Rasman 1299-yil Usmon I tomonidan Usmonlilar davlatiga asos solindi.Bu davlat 1922-yilga qadar hukmronlik qilgan.Sulola va davlat asoschisi Usmon I davridanoq (1299-1326) qator yurishlar amalga oshirilib Bursa shahrini va uning atrofini bosib oladi ,uning vorisi O’rxon davrida Vizantiyaga qarashli Nikeya va Nikomediya shaharlari egallanadi.Shu orqali Qora dengiz bo’ylariga chiqishga erishiladi. Usmonlilar istilosiga qadar Bolqon yarimorolida:Vizantiya, Serbiya, Bolgariya, Bosniya kabi yirik davlatlar mavjud edi.Ammo siyosiy tarqoqlik va ichki ziddiyatlar bu davlatlarni turklar istilosiga qarshi birlashuviga imkon beramadi.Bolqondagi daslabki bosqinlar XIV asr o’rtalarida bo’lgan.Turklar uning asosiy qismini keyingi o’ttiz yil davomida egallaydilar.Turk sultoni Boyazid (1389-1402) bu janglarda o’zining tezkor g’alabalari bilan shuhrat qozongan. Shu sababli o’sha mashhur Yildirim ya’ni yashin,shiddatli nomlari bilan shuhrat topgan.Sultonning Konstantinopolni qamal qilishi (1391-1398) Yevropani sarosimaga solib qo’ydi.Sulton Boyazid Yildirim haqida aytadigan bo’lsak, u 1360-yil tug’ilgan, otasi Murod I, onasi Gulchechek Xotun.U taxtga o’tirgandan so’ng barcha ajdodlariga munosib tarzda qo’shni musulmon bo’lmagan davlatlarni bosib olishni davom ettirdi.Serblarga qarshi ketayotgan urushni Kosova jangi orqali nihoyasiga yetkazdi.Serbiyaga taxtiga endigina kelgan qirol Stefanni taslim etdi.bu bilan to’tamagan shiddatkor shahzoda ruminiyaga qoshin kiritdi va u davlat shag’zodasidan tovon undirdi.Uning katta o’gli Sulaymon bu davrda Vizantiyaning muhim bo’lgan Tirnavo, Nikopolis, Veldin qal’alarini va Sitsiliya orolini qo’lga kiritdi.Bu bilan Usmonlilar hatto Vengriya davlatiga sarhadlariga yetib keldilar.Boyazid qisqa muddatda ikki hududga Vengriya va dengiz kuchlarini Egey dengizidagi orollariga tashladi.Konstantinopol qamali bilan bir varakayiga u Vizantiyaning KichikOsiyodagi so’ngi qo’rg’oni bo’lmish Filadelfiyani ham bosib oldi.Bunday shiddatli janglar ortidan yanada yirik janglar boshlanmoqda edi.Vengriya qiroli Sigizmund boshchiligida Germaniya nasroniylari turklarga qarshi yurish boshlandi.Bu yirik qo’shinga Yevropaning barcha buyuk davlatlari Angliya, Fransiya, Germaniya umid bog’lab eng sara ritsarlar bo’linmalarini yubordi.Hatto Rim Papasi ham yangi ‘’salichilarni’’ qo’llab-quvvatladi.Vengriyga Italiya shimolidagi Genuya tijoratchi davlatlari ham ko’maklashdi.Bu yurishdan faqat g’alaba bilan qaytmoq zarur edi, chunki butun Yevropa taqdiri shu jangga bog’liq bo’lib qoldi.Afsuski bu jang ham 1396-yil 25-sentabrda Nikopolis uchun bo’lgan to’qnashuvda mag’lubiyatga uchradi.manashu mag’lubiyat Yevropa davlatlari o’ta kuchli qo’rquvga solib qo’ydi.Endi ularning nazdida Yevropada Boyazidga teng kela oladigan bir qahramon qolmadi.
Agarda Yildirim Boyazid mana shu tahlidda yurishlarni davom ettirganda qisqa fursatda Yevropani o’zga hududlariga ham yetib borgan bo’lardi va hattoki butun Yevropani bo’ysundirardi.Yuqoridagi ma’lumotlardan ham bilsak bo’ladiki Boyazid o’ta iqtidorli sarkadalardan biri edi.Uning qo’shini ham o’z davri uchun yuqori darajada yaxshi qurollangan va yaxshi harbiy tayyorgarliklardan o’tgan, urushlarda chiniqib, xavfni ko’zga ilmas darajaga yetgandi.Shu jihatlardan ham u o’ziga katta baho berib Amir Temurni qo’rmasdan va oxirini o’ylamasdan jangga taklif etdi. Yildirim uzluksiz muvaffaqiyatlari natijasidan sarmasd bo’lib yurganda shirinsuhan ayonlar tomonidan Amir Temurga nisbatan tahqirlovchi va past nazar bilan qarar edilar.Uni ‘’Oqsoq’’qa chiqarib Boyazidni yengilmas qahramonga ko’taradilar.Uni har taraflama kuchli va mukammal sanaydilar.Lekin Amir Temurning janglarini kuzatgan, eshitgan va tahlil qilgan sarkardalar bunga jiddiy tayyorgarlik ko’rish kerakligini aytadilar.Xalq g’amini yegan din peshvolari esa bu jangni bo’lib o’tmasligi uchun bor kuchini sarflaganlar.Biroq bu tinchliksevarlar o’ylagandek emas edi. Bu jangni faqat sarkarda va ayonlar yohud bu ikki shohning dushmanlari emas Amir Temurning o’zi ham tom manoda istagan. Amir Temur va Yildirim Boyazid munosabatlari nega ziddiyatlashgan? Tarix goh-gohida o’z sirlarini insoniyat bilan bo’lishib, uni hayratga solidi. Bu sirlarda o’ziga tortuvchi ohangrabo borki, kishi beixtiyor hayrat lazzatidan bahramand bo’ladi.Tarixning ana shunday go’zal sirlaridan biri Sohibqiron Amir Temur va turklarning buyuk sultoni Yildirim Boyazid o’rtasida uzoq yillar davomida bir-birlariga maktub yuborib turishganidir. Bu ikki sarkardani ko’pchilik o’zaro yovlar deb biladi. Ammo haqiqatdan ham shundaymi?Manbalarda bilishimizcha bu ikki sarkarda yozishmalari bizning davrga qadar yetib kelgan. Biz shu maktublarning bir turkumini tahlil qilamiz. Amir Temurning Boyazid Yildirimga yozgan ilk maktubi:
’’Ey Rum eli diyorining podshohi, Yildirim Boyazid!
Avvalo, shuni uqib olki , biz o’z kuch-qudrati ila insoniyatning katta bir qismini o’zimizga tobe’ qilgan hukmdorlarmiz. Bunday misli ko’rilmagan ishni o’z jiddu-jahdimiz bilan qildik, sen kabi iqdidorni (hokimyatni) ota-bobolarimdan me’ros qilib olmadik. Yaxshilikcha Qora Yusuf bilan Ahmad Jaloyirni yurtingda surgun qilib, chiqarib yubor.Bizga va buyruqlarimizga bo’ysunmagan hukmdorlarning oqibatlari haqida eshitgan bo’lsang kerak.Senga ham ularning boshiga kelgan musibatlar kelishidan ehtiyot bo’l ’’ Amir Temur bu maktubda Boyazidga buyruq bergan bo’lsa hamki lekin uni hokimyatini tan olganligini va bu hokimyat unikidan zaif ekanligini ko’rishimiz mumkin.Amir Temur buni anglagan va ishni tinch va yaxshilik bilan bitirmoqchi bo’lgan. Ammo Boyazid bu xatda qiyosiy darajada haqoratlanganligi sezgan va jahl otiga minib quyidagicha javob qaytargan.
’’ Ey qari ko’ppak! Sen zolim kofirlarning eng ashaddiysisan.Maktubingda bizni qo’rqitib, hiyla bilan chuv tushirmoqchi bo’libsan.Usmoli sultonlarini ajamlarning podshohlariga o’xshata ko’rma. Usmonli askarlari Qipchoq o’lkasidagi tatarlar kabi nimjon, hindlar kabi b’shang, ahmoq a yalqov emasdirlar.Usmonli askarlari Iroq va Xuroson askarlariga o’xshagan hamiyatsiz va parishon emas, balki nihoyatda g’ururli askardirlar . Shuningdek, sen Usmonli askarlarni Shom va Halab (Mamluk) askarlariga ham o’xshatma…
Bu maktub qo’lingga yetib borganidan keyin,kimda kim jang maydoniga kelmay ortga chekinsa, xotini uch taloq bo’lgay! ‘’ Ma’limotlarga qaraganda Xitoyga yurish tayyorgarliklari 1399- yildan boshlangan lekin oradagi yuzaga kelgan janglar va muammolar natijasida bu jang uzoqqa cho’zilgan. Bilasizgi Amir Temur qaysi yurtni istilo qilar ekan o’sha yurtning olimlari, hunarmandlari va shu bilan birga albatta qurollar yasovchi va ixtiro qiluvchi shaxslarni ham o’z yurtiga olib ketgan.Ularga katta maoshlar ham to’lagan.Rivoyatlarga qaraganda Amir Temurning hatto toshni ham kesuvchi qilichi bo’lgan, bu qilichni unga Temur Samarqandiy Damashq po’latidan tayyorlab bergan.Amir Temur har taraflama yetuk sarkarda bo’lganligiga shubha yuq .Bunga sabab umri davomida mingdan ortiq janglar o’tkazib deyarli hech qaysisida mag’lubiyaga uchramaganligidan bila olamiz.
Amir Temur shaxsi buyuk inson.Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’anivich Karimov ham Amir Temur tarixini tilash uning shaxsiyatini yanada keng anglash maqsadida bir qator tarixchi olimlarga uning haqidagi bilimlarni to’plashga oid buyruqlar berdi va bu ishlar samarasiz ketmadi. Shu kunga qadar Amir Temur bobomizning hayot yo’llarini yorutuvchi ko’plab asarlar yaratildi, chet tillardagi asarlar esa tarjima qilindi. Bu shaxs haqida butun jahon juda katta ma’lumotlarga ega bo’ldi va bu buyuk inson bizning o’lkadan chiqqanligini yaxshi anglab oldi.Biz farzandlar ham Amir Temur va shu singari buyuk bobokalonlarimizga munosib farzand bo’lishimiz zarur.
SHAROFIDDIN SHARIPOV Toshkent Davlat Sharqshunoslik Unversiteti AL Ijtimoiy-umanitar fakulteti o’quvchisi yosh tarixchi