O ’qu V u sl ubiy m a jmu a


-mavzu. XIX asrning 70-90 yillarida Turkiston o’lkasida xalq ozodlik



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

7-mavzu. XIX asrning 70-90 yillarida Turkiston o’lkasida xalq ozodlik 
harakatlari (4 soat) 
Reja: 
1.
 
Qo‘qon xonligidagi xalq harakatlari. Qo‘qon xonligining tugatilishi.
2.
 
XIX asr oxirlarida o’lka xalqlari turmush tarzining pasayib borishi.
3.
 
Milliy va mustamlaka zulmning kuchayishi, xalq ommasining norozilik 
harakatini kuchayishi. 
4.
 
1892 yilgi Toshkent «Vabo isyoni». Qo’zg’olonning kelib chiqish sabablari. 
Mustamlaka ma’muriyat tomonidan qo’zg’olonni ayovsiz bostirilishi.
5.
 
1898 yil Andijon qo’zg’oloni. Qo’zg’olonning tarixiy ahamiyati.Qo’zg’olon 
ishtirokchilari ustidan olib borilgan sud-tergov jarayoni.
6.
 
Xalq harakatlarining tarixiy ahamiyati. 
Tayanch tushunchalar: 
Po’latxon, Yetimxon, Darveshxon, Vabo isyoni, toshotar 
voqeasi, Muhammad Yoqub, Putenskiy, Muhammad ali eshon, Chibil bo’lis, 
Verivskiy, Korolkov, Duxovskiy, katorga
 
Qo‘qon xonligidagi xalq harakatlari. Qo‘qon xonligining tugatilishi.
Bu davrda xonlik o`z boshidan og`ir vaziyatni kechirayotgan edi. Bu davlatga 
shimoldan Rossiya, janubdan Xitoyning hujumi havf tug`dirayotgan edi. 1865 yili Sharqiy 
Turkistonda xitoyliklarga qarshi yangi milliy isyon boshlangan edi.Qo`qon xonligida bu 
isyonga xayriXohlik bildiriladi. Yoqubbek boshchiligida harbiy qo`shin Sharqiy 
Turkistonliklarga yordamga keladi va xitoyliklar bu mintaqadan quvib chiqariladi. Mustaqil 
Sharqiy Turkiston davlati vujudga keldi. Bu davlat Qo`qon xonligi va Turkiya davlatlari bilan 
yaqin aloqa o`rnatishga harakat qiladi. Ammo Yoqubbek tashkil etgan mustaqil Sharqiy 
Turkiston davlati Xitoy tomonidan 1875 yili bosib olinadi.
3
Ayni shu vaqtda Chor istilochilari Qo`qon xonligini tugatishga kirishadilar. Ular 
Turkiston, Chimkent, Toshkent va boshqa joylarni bosib olib Qo`qon xonligiga qattiq zarba 
bergan edilar. Qo`qon xoni Xudoyorxon qo`rqoq va tadbirsiz bo`lganligi uchun vatan 
himoyasi yo`lida biron arzigulik ish qilmaydi.Aksincha chor hukumati panoxida o`z taxtida 
o`tirishni o`ylardi, holos. U 1868 yili chorizm bilan sulh tuzadi vaamalda Rossiyaga qaram 
bo`lib qoladi, uning itoatkorligini taqdirlagan chor hukumati Xudoyorxonni Rossiya davlati 
ordeni bilan mukofotlaydi va unga «Aslzoda» degan fahriy unvon beriladi. Xudoyorxonning 
bu siyosati aholining g`azabini toshirib yuboradi. Buning ustiga xonning zulmi tobora 
kuchayib boradi. Natijada 1872 yili xalq qo`zg`oloni ko`tariladi. 
1876 yilgacha davom etgan bu qo`zg`olonga Marg`ilonlik Ishoq Mulla Hasan o`g`li 
boshchilik qiladi. 1872 yilda bir guruh norozi zodagonlar Xudoyorning qarindoshlaridan 
bo`lgan Po`latbekni taxtga ko`tarmoqchi bo`ladilar. U taxtdan voz kechgach, fitnachilar 
roziligi bilan, Po`latbek ismini olgan Ishoq mulla g`azovotning boshida turadi. 1873 yilda 
ungaAbdurahmon oftobachi (Qo`qonning sobiq hukmdori Musulmonqulning o`g`li), bundan 
tashqari Xudoyorxonning to`ng`ich o`g`li Nasridddin (Andijon hokimi) vaakasi Murodbek 
(Marg`ilon hokimi) kelib qo`shiladilar.Qo`zg`olonni bostirishga ojizligini payqagan 
Xudoyorxon «pushti panox impyeratur hazrati oliylari»ning qudratiga suyanadi va fon 
Kaufmanga «do`stona» murojaat qilib, iloji boricha tezlik bilan Qo`qonga o`rus qo`shini va 
zambaraklarini yuborishni so`raydi. Yurtni sotganligi uchun Xudoyorxon yaqinlariga qarshi 
g`azovat e`lon qilinadi. Xudoyorxon 1875 yil 2 iyul kuni o`z oilasi bilan Toshkentga, o`ris 
elchixonasi panoxiga qochibboradi.Tarixchi olim X.Bobobekovning yozishicha 1875 yil 
yozida, Qo`qon xoni Xudoyorxon 70 kishilik ahli ayoli, 500 ga yaqin hamrohlari, 40 arava 
3
Yusuf Alptekin. Sharqiy Turkiston da’vosi. Istambul, 1973, 126-127-betlar.

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish