44
3.Iqtsodiy qism
Aralashtirishdan oldin ba’zi komponentlarning
xajmi va massasini aniq
xisoblash kerak. Yaxshi balansga ega bo’lgan aralashmani tayyorlash uchun
quruq yog’sizlantirilgan sut qoldigi(SOMO) foiz tarkibini xisoblash muxim
axamiyatga ega. Buning uchun tarkibga kiritiladigan yog’, shakar, emulgator va
stabilizatorlarni(E/S) 100 foiz xisobidan va qoldiqni 0,15 ga ko’paytirish yo’li
bilan aniqlanadi.
Masalan, 10 og.muzqaymoq tayyorlash uchun yog’ %, 15 og shakar va 0,5
og. % E/S, talab etiladigan SOMO foiz og’irligi quyidagicha bo’ladi:
(100 – 10 – 15 – 0,5) x 0,15 og. % SOMO.
Agar SOMO miqdori aniq bo’lsa, quruq moddalarning tarkibi o’zgarmas
kattalik xisoblanadi, va qo’shiladigan ingrediyentlar
miqdorini aniqlashga imkon
beradi. Bu yerda oddiy muzqaymoqning xajmini xavo yordamida oshirish
aralashmadagi quruq moddalar tarkibining 2,5-2,7 umumiy miqdorini tashkil
qiladi. Misol uchun, yuqorida keltirilganning ko’pirtirishi quyidagicha bo’ladi:
2,7x (10 + 15 + 0,5 + 11,5) = 100%
Ko’pirtirish bilan
bir vaqtda frizerlashdan keyin, muzqaymoqning xajmi
ma’lum miqdordagi xavoni qo’shish xisobidan ko’payadi, aralashma miqdori
xajmi ikki marta ko’payadi va komponentlarning
foiz tarkibi xajmda qariyb
ikki marta kamayadi.
001.004.031. БМИ. 2014 й.
KIRISH
Eshonqulov M
Тilavov X
Ишнязова Ш.А
45
Ekologik qismi
Tabiat shunday murakkab va shu bilan birga nozik sistemaki, uni asrab
avaylash har bir insonning muqaddas burchidir. Tabiatni
ekologik jihatdan toza
saqlash kelajak avlodning o’sib ulg’ayishi uchun zamin yaratish demakdir.
Fan va texnikaning rivojlanishi natijasida rivojlangan sanoat insoniyatga
foyda keltirish bilan birgalikda unga sezilarli darajada xavf yaratdi. Har kuni havo
atmosferasida butun dunyo bo’yicha ming tonnalab toksin moddalar chiqarib
tashlanadi. Bu toksin moddalar asosan avtomobil va sanoat korxonalari tomonidan
ishlab chiqariladi. Hozirgi paytda havo atmosferasining
ifloslanishi xavfi bilan
birgalikda mavjud suv resurslarining ifloslanishi xavfi ham muammo bo’lib
qolayapti. Har xil sanoat korxonalari tomonidan ming metr kublar (m
3
) suv
havzalariga zaharli moddalari bo’lgan iflos suvlar oqizilib yuboriladi. Bu esa yer
yuzasida ichimlik suvlari zahirasining kamayishiga olib keladi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach nafaqat respublikada
iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy ahvolini yaxshilash bilan bir qatorda respublika ekologik
ahvolini yaxshilashga katta e’tibor berildi. Respublikada
bir qator ekologik
tashkilotlar tuzildi. Ularning vazifasi respublika sanoat korxonalaridagi, shu bilan
birga respublikadagi ekologik ahvolini nazorat qilishdir.
Biz oziq-ovqat sanoatiga tegishli qayta ishlash korxonasini loyihalayotgan
ekanmiz, shu korxona o’rnashadigan hududning ekologiyasiga tug’dirilishi
mumkin bo’ladigan xavfni aniqlab, ularni bartaraf qilish bizning vazifamizdir. Bu
borada bir qator tadbirlarni amalga oshirish ko’zlangan.
Qayta ishlash sanoatida qo’llaniladigan ba’zi bir qurilma,
issiqlik qurilmalari,
masalan, bug’ qozoni va shunga o’xshash qurilmalar tomonidan havo
atmosferasiga zaharli moddalar chiqarilib tashlanishi mumkin. Buning oldini olish
uchun chiqarish trubalaridagi tozalash qurilmalari o’rnatilinadi. Havo atmosferasi
ifloslanishining asosiy sababchisi bo’lmish avtotransport vositalarining barisi
ekologik toza hisoblanadigan gaz yoqilg’isiga o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: