Ноябрь 2020 10-қисм
Тошкент
TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA MAKTAB JAMOASI vA OTA - ONALAR
HAMKORLIGI
Ijobatxon Siddiqova
Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani
2-IDUM boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Kamol et kasbkim, olam uyidin
Sanga farz o‘lmag‘ay g‘amnok chiqmoq
Jahondin notamom o‘tmak biaynih
Erur hammomdin nopok chiqmoq.
”Alisher Navoiy’’
Annotatsiya:
ushbu maqolada o‘quvchilar ta’lim-tarbiyasini oshirishda o‘qituvchilar va ota-
onalarning birga hamkorlik qilishi. Sharq madaniyat o‘cho‘g‘i hisoblanadi, sababi sharqda ta’lim
va tarbiya birga beriladi va bunda xattokimahallalar ham bee’tibor bo‘lmaydi.
Kalit so‘zlar:
ta’lim, tarbiya, odob, ahloq, barkamollik, komil inson.
Alisher Navoiy qalamiga mansub bu qit’aning hayotiy sabog‘I shundaki, olam uyiga tashrif
buyurgan insonning kamolotga erishishdek muqaddas maqsadi, orzusi bo‘lishi lozim. Dunyoga
kelib maqsadsiz yashagan, insoniy barkamollikka erisha olmagan odam , oxir - oqibatda , olam
uyidan g‘amnok afsus – nadomat bilan chiqadi. Shoir aytadiki, umr g‘animatdir, barkamollik
kasb etgin, toki hayoting nihoyasida ushbu olamni g‘amgin , qayg‘uli tark etmagaysan. zero,
komillikka intilmasdan o‘tish bamisoli hammomga kirib, nopok chiqib ketmoq bilan barobardir.
Ilmning cheksiz ummonligini Navoiy asarlarini o‘qib anglaymiz. Bu ilmni beradigan dargoh esa
maktabdir . Maktab masjidga teng dargoh deb bejiz aytilmagan. Dars esa o‘quvchi uchun bir
sahna asari bo‘lishi lozim . Shundagina o‘quvchi ana shu fanlarga qiziqadi va oson o‘zlashtiradi.
Lekin barchaga ma’lumki , har bir bola birdek qobilyatli bo‘lmaydi. Ba’zi bolalar vazifalarni
o‘zlashtirishda qiyinchilikka duch keladilar. Bunday vaziyatlarda ota- onaning ma’suliyati
benihoya kattadir. Buni har bir ota - ona bilishi zarur. Farzandining ta’lim olishi, uning kelajagi
bilan qiziqish ayrim ota-onalarning e’tiboridan chetda qolayotgani afsuski ayni haqiqatdir.
”qush uyasida ko‘rganini qiladi’’ - deganlaridek, ota-onalardan asosiy talab qilinadigan narsa
ham farzandiga ko‘proq vaqt ajratishlari, farzandining har bir hatti - harakatini kuzatish,
farzandining bugunini, ertasini, kelajagini komil inson bo‘lib yashashida o‘z yordamini berishdir.
Yigirma yetti yillik faoliyatim natijasida shuni angladimki, farzandining o‘qishi bilan muntazam
qiziqadigan ota- onalarning bolasi hech ham ta’limdan orqada qolmaydi. Statistik ma’lumotlarga
qaraganda , keyingi o‘n yilda ota - onalarning o‘z farzandi tarbiyasi uchun ajratayotgan vaqti
tobora qisqarib bormoqda. Olimlar bunga sabab ota-onalar ishga ko‘p vaqt ajratayotgani ekanini
ta’kidlamoqda. Millatimizning buguni kelajagi bo‘lgan farzandlar tarbiyasiga hech kim befarq
bo‘lmasligi bugungi kunning zaruriy masalasidir.Shu o‘rinda Abdulla Avloniyning tarbiya
borasidagi qimmatli fikrlarini keltirmoqchiman: ’’Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot –yo
najot-yo halokat- yo saodat-yo falokat masalasidir’’.
Koshifiyning fikricha, bolaga mustaqil fikrlay olishni o‘rgatish juda muhim.Shunda bola
to‘g‘ri so‘z, va’daga vafo qiluvchi ,yaxshi xulqli bo‘ladi.Farzand tarbiyasi uchun ota - ona
ma’sul ,ta’lim muassasasi bu borada ko‘makchi.
Foydalanilgan adabiyotlar ;
1. A Аvloniy “turkiy guliston yohud ahloq, muallim jurnali.
34
Do'stlaringiz bilan baham: |