"turkiy guliston yohud ahloq" asaridan tarbiyaga berilgan ta'riflar



Download 50,5 Kb.
Sana12.05.2022
Hajmi50,5 Kb.
#602351
Bog'liq
Valiyeva Yulduz maqola1


"TURKIY GULISTON YOHUD AHLOQ" ASARIDAN TARBIYAGA BERILGAN TA'RIFLAR.
Valiyeva Y.A.
Jizzax Davlat Pedagogika Instituti
Nafaqat bir oila, balki yer sayyorasidagi har bir mamlakatning gullab-yashnashi, undagi yashovchi xalqlarning farog'ati ham shak-shubhasiz ta'lim va tarbiya tufaylidir.
Hayot olamida, shubhasiz, tarbiya singari insoniyatga ta'sirli narsa yo'qdir. Shu sababdan qadimdan mashhur donishmandlar tarbiya to'g'risida qimmatli fikrlarni yozib qoldirganlar. Abdulla Avloniy o'zining «Turkiy gulitson yohud ahloq» asarida inson kamolotida tarbiyaning o'rnini alohida ta'kidlab, «Janobi haq insonlarning asl hilqatda itsе'dod va qobiliyatli, yaqshi ila yomonni, foyda ila zararni, oq ila qorani ayiradigan qilib yaratgan. Lеkin bu insondagi qobiliyatni kamolga etkazmoq tarbiya vositasida bo'ladir. Agar bola yaxshi tarbiya topib, buzuq hulqdan saqlanib, go'zal hulqlarga odatlanib katta bo'lsa, bahtiyor bir inson bo'lib chiqadi. Agar tarbiyasiz, ahloqi buzilib o'ssa, nasihatni qulog'iga olmaydigan, har hil buzuq ishlarni qiladigan nodon, johil bir rasvoi odam bo'lib chiqadi»-dеb ta'kidlaydi. Alisher Navoiyning farzand tarbiyasi haqidagi fikrlari
Oilada bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosida ham munosib o’rinni egallaydi. Uning fikricha jamiyatning yetukligi, uning taqdiri va kelajak yoshlar kamoloti bilan bog’liqdir. Shunga ko’ra bola tarbiyasi ota-onalar oldida turgan olijanob vazifadir, deydi. Mana shu o’rinda Alisher Navoiyning bir baytlarini keltirib o’tsak:

Ulga erur tiflga shoista ish


Bilki kichiklikda erur parvarish
Qatraga chun tarbiyat etdi sadaf
El boshiga chiqquncha topdi sharaf

Bunga endi ozgina tushuncha berib o’tsak: Tifl ya’ni bolani kichikligidan yaxshi tarbiyalash, sadaf qatoriga kirgan qatra durlar singaridir va odamlar orasida uluglanishi, ezozda bo’lish sharafiga muyassar bo’ladi. Xuddi shuningdek, ota-ona go’yo sadaf, bolalar esa ularning bag’ridagi qatralar-durlardir.


Tarbiya – «Pedagogiya», ya’ni bola tarbiyasining fani demakdur.
Ilmi axloqning asosi tarbiya o’ldug’indan shul xususda bir oz so’z so’ylaymiz. Bolaning salomati va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmak, tanini pok tutmak, yosh vaqtidan maslakini tuzatmak, yaxshi xulqlarni o’rgatmak, yomon xulqlardan saqlab o’sdurmakdur. Tarbiya qilguvchilar tabib kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilgan kabi tarbiyani bolaning vujudidagi jahl maraziga «yaxshi xulq» degan davoni ichidan, «poklik» degan davoni ustidan berub, katta qilmog’i lozimdur. Zeroki, «Hassinu axloqiko’m» amri sharifi uzra xulqimizni tuzatmakg’a amr o’linganmiz. Lekin xulqimizning yaxshi bo’lishining asosiy panjasi tarbiyadur.
Axloqimizning binosining go’zal va chiroyli bo’lishiga tarbiyaning zo’r ta’siri bordur, ba’zilar «tarbiyaning axloqqa ta’siri yo’q, insonlar asl yaratilishida qanday bo’lsalar, shunday o’sarlar, tabiat o’zgarmas», – demishlar.
Yomon xo’ tuzalmaydi darmon ila, Ipak o’lmas ip, rangi alvon ila.
Boqing, bir daraxt mevasidur yomon, Bo’lur yaxshi payvand, parvo bilan.
Bilur har kishi aslini rangidan,
Va yokim ulangandagi zangidan».
Lekin bu so’z to’g’ri emasdur. Chunki tarbiyaning axloqga, albatta, ta’siri bo’ladur. Oramizda masal borki, «sut ila kirgan, jon ila chiqar», mana bu so’z to’g’ridur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: «Beshikdan to mozorga borguncha ilm o’rgan», – demishlar. Bu hadisi sharifning ma’nosi bizlarga dalildur. Hukamolardan biri: – «Har bir millatning saodati, davlatlarning tinch va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog’lidur», – demish. Shariati islomiyada o’z bolalarini yaxshilab tarbiya qilmak otalarga farzi ayn, o’z millatining yetim qolgan bolalarini tarbiya qilmak farzi kifoyadur. Payg’ambarimiz: «Bolalaringizni yetti yoshida namozga o’rgatingiz. Agar o’n yoshida o’qimasa uringiz», – demishlar.

Har kishining dunyoda oromi joni tarbiyat,


Balki oxirida erur dorulamoni tarbiyat.
Tarbiyat hamroh etadur hur ila ruzvonlara,
Gar desam bo’lmas xato jannat makoni tarbiyat.
Ey, Otalar! Jonlaringizdan suchuk farzandingiz,
G’ayrat aylang o’tmasun vaqt-zamoni tarbiyat.
Moyai zilli xumodur tarbiyatning soyasi,
Bizda anqo tuxmidek yo’q oshyoni tarbiyat.

Emdi ochiq ma’lum bo’ldiki, tarbiyani tug’ulgan kundan boshlamak, vujudimizi quvvatlandurmak, fikrimizi nurlandurmak, axloqimizi go’zallandurmak, zehnimizi ravshanlandurmak lozim ekan. Tarbiyani kimlar qilur? Qayda qilinur? degan savol keladur. Bu savolga, «birinchi uy tarbiyasi. Bu ona vazifasidur. Ikkinchi, maktab va madrasa tarbiyasi. Bu ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidur», – deb javob bersak, bir kishi deyurki, «qaysi onalarni aytursiz, bilimsiz, boshi paqmoq, qo’li to’qmoq onalarmi? O’zlarida yo’q tarbiyani qaydan olib berurlar», der . Mana, bu so’z kishining yuragini ezar, bag’rini yondurar. Otasiga nima dersiz, desak , qaysi ota? To’ychi, uloqchi, bazmchi, do’mbirachi, karnaychi, surnaychi, ilm qadrini bilmagan, ilm uchun bir pulni ko’zlari qiymagan, zamondan xabarsiz otalarni aytursizmi? Avval o’zlarini o’qitmak, tarbiya qilmak lozimdur», – der. Mana bu so’zni eshitgach, umid qo’llari qo’ltuqg’a urilur.


Xayr, bo’lmasa muallimchi desak, «Qaysi muallim? Maqsadi pul, maslagi shuhrat, yuqori maktablarda o’qumagan, «usuli ta’lim» ko’rmagan muallimlarni aytursizmi? Avval o’zlari dorilmuallimin»larda o’qimaklari, so’ngra dars bermaklari lozimdur», – der. Mana bu so’z insonni hayrat daryosiga g’arq qilur.
Mudarrislarga na dersiz desak, qaysi mudarris? Matlablari osh, maqsadlari chopon, darslari beimtihon, isloh yaqinidan yurmagan mudarrislarni aytursizmi? Bular o’z vazifalarini bilub, nafslaridan kechub, zamonga muvofiq ravishda darslarini isloh qilub, imtihon birla o’qutmaklari lozimdur», – der. Mana bu so’z har kimni «Alisloh» demakga majbur qilur. Bo’lmasa hukumat-chi? desak, «xayr , hukumat hammaning otasidur. O’z fuqarosining bolalarini tarbiya qilmak lozim, shuning uchun bizning Rusiya hukumati o’gay bo’lsak ham, har yerda bizlar uchun ham maktablar ochub, bolalarimizni tekin o’qitur. Lekin o’zimiz ish bilmagan, yalqov, uyda onamiz tarbiyasi, otadan pul tarbiyasi, muallimdan axloq tarbiyasi, mudarrisdan funun tarbiyasi ko’rmaganimizdan, hukumat maktablaridan ham o’z hissalarimizni ololmaymiz», – der. Mana bu so’z bizlarni tarbiyadan mahrum, huquqning na ekanin bilmaganlig’imizni bildirur.
Alhosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: «Insonlarning karami dinidadur, muruvvati aqlindadur, hasabi axloqindadur», – demishlar.
Agar bir qushning yosh bolasin olib,
Bo’lur tarbiyat birla yo’lga solib.
Onasin olib asrag’on birla rom,
Qilmas kishi sa’y qilsa mudom.
Kerak tarbiyat yoshlikdan demak,
Ulug’ bo’lsa lozim kelur g’am yemak.
Egur bemashaqqat kishi navdani,
To’g’unchi egur kuydirib kavdani.

Albatta Avloniy bobomiz bejizga tarbiya bizlar uchun yo hayot yo mamot, yo najot yo halokat, yo saodat homi falokat masalasidur deb ta'riflab òtmaydi. Biz òzbek xalqi birinchi navbatda qayda bòlmasin tarbiyamiz bilan ajralib turamiz òzligimizni òzbek ekanligimiz tarbiyamiz orqali namayon bòladi deb òylayman. Et bilan tirnoqni bir biridan ajratib bòlmaganidek ta'lim va tarbiyani bir biridan ajratib bòlmaydi, biz yosh avlodga qanchalik etiborli bòlib ilmga yònaltirsakgina bizni ertangi kunimizga bòlgan ishonchimiz mustahkam bòladi. Donishmand allomalarimiz aytganidek bolaga tarbiyani ona qornidan boshlash kerak aks holda biz kech qolgan bòlamiz, darhaqiqat bola tuģilmasdanoq ona qornida ekanligidayoq tarbiyalanishi zarur.


Xulosa qilib aytganda men Turkiy guliston yohud axloq asarini òqib chiqib òzimga juda kerakli bilimlarni oldim deb òylayman inson qanchalik kòp narsalarni bilgan sayin shunday his paydo bòlar ekan, bilmaganlarim naqadar kòp ekanligiga yana bir bor amin bòldim.

Foydalanilgan adabiyotlar


1.Abdurasulov M “O’zbek ma’rifatparvar shoirlari ilm ma’rifati haqida. T.O’qituvchi
2.Tursunov I “Istiqlolga intilgan qalblar nidosi” T.1993 yil.
3.A.Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” T.1988y.
Download 50,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish