Ноябрь 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA DARS O‘TISHDA ZAMONAvIY METODLARDAN
FOYDALANISH
Raximova Nafisa Abdusalimovna
Navoiy viloyati, Qiziltepa tuman,
13-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
boshlang‘ich ta‘lim o‘qituvchisi
Annotatsiya:
ushbu maqolada sifatli ta’limni tashkil etishda yangi metod va texnologiyalardan
foydalanish haqida so‘z boradi. Shu bilan birga masofaviy ta’limni ham rivojida amalga oshirish
mumkin bo‘lgan ishlar to‘g‘risida qisqacha fikrlar keltiriladi.
Kalit so‘zlar:
an’anaviy ta’lim, masofaviy ta’lim, ta’lim istiqbollari, o‘quvchilarning
qiziqishlari.
Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh deyishganidek, boshlang‘ich ta’limda olingan
bilim yuqori sinflarda olinadigan bilimlarga pog‘ona bo‘ladi. Poydevorni qanchalik mustahkam
qo‘ysangiz imorat ham shunchalik baquvvat va chidamli bo‘lgani kabi, boshlang‘ich ta’limda
olingan bilim ham kelajakda qurilmish imoratning poydevori kabidir.
Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar ta’lim olish jarayonini sifatli bo‘lishini ta’minlaydi.
Bolalarning olgan bilimlarini xotirada yaxshi saqlashga va ulardan unumli foydalanishga undaydi.
Texnologiyalardan foydalanish uchun esa katta materiallar bazasini yaratish kerak
deb hisoblayman. Hech birimizga siz emaski, bugun boshlang‘ich ta’limni olib borishda
texnologiyalardan foydalanish juda o‘sgani yo‘q. Buning uchun meni o‘ylashim bo‘yicha, audio,
video va jpg ko‘rinishidagi materiallarni ko‘paytirish kerak. Kitobning o‘zi bolani zeriktirib
qo‘yishi mumkin. Bu nafaqat an’anaviy ta’limda balki masofaviy ta’limda ham as qotadi.
Ayniqsa bolalar uchun edu platformasining ochilgani yangicha yondashuv kasb etdi. Menimcha,
shunday platformalarni ko‘proq yaratish va murakkab mavzularni ham osongina o‘rganishga
yordam beradigan platformalarni shakllantirish kelajak avlodni yanada ilg‘or texnologiyalardan
foydalanishga undaydi.
Birinchi navbatda savol bunday platforma, video, audio, jpg ko‘rinishidagi materiallar nega
kerak?
Sababki, ushbular orqali takrorlash ishlarini tez-tez bajarib turish mumkin. Birinchi olingan
yangi mavzu ikki kun ichida takrorlanmasa orqa miyaga o‘ta boshlaydi. uni old miyada olib qolish
va o‘z vaqtida unumli foydalanish uchun tez-tez takrorlash talab qilinadi. Bolalar mavzularni
katta yoshdagilar kabi hadeb kitob o‘qish orqali takrorlay olishmaydi. ular o‘yinlar orqali oson
va qiziqib eslab qolishi, kerak bo‘lsa, kundalik turmushda foydalana olishi mumkin.
Shunday ekan mavzu va fanlarni hayotga bog‘lab o‘tish, o‘yinlardan foydalanish bolalarni
qiziqishlarini oshiradi va foydali hisoblanadi. Ammo ba’zida haddan oshib ketsa yaxshi
oqibatlarga olib kelmaydi. Shu sababli ma’lum me’yorni ushlash joiz.
Yana bir fikr, bilamizki bolalarning masofaviy tarzda sog‘lom turmush tarziga amal qilishlarini
tashkil qilib berolmaymiz. Shu sababli, sog‘lom hayot nomli bolalar uchun alohida platforma
tashkil qilish kerak deb o‘ylayman. Bunda platformada kunlik badantarbiya mashqlari, sog‘lom
ovqatlanish, meva-sabzavotlar haqida ma’lumotlar va qiziqarli ma’lumotlar bo‘lishi mumkin.
Ichida ibratli rivoyatlar ham kirgizilishi kerak, bu ularning ham o‘qish jarayonini tezlashtiradi
ham xulosa chiqarishga o‘rgatadi.
xulosa qilib aytadigan bo‘lsam, boshlang‘ich ta’limda samarali darslarni tashkil qilish uchun
zamonaviy texnologiyalardan foydalanish katta rivojlanishga sabab bo‘la oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. “Muallim jurnali” T2020
2. Internet ma’lumotlari.
33
Do'stlaringiz bilan baham: |