Ноябрь 2020 10-қисм
Тошкент
OILADA FARZAND IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHDA SHARQ
MUTAFAKKIRLARI MEROSIDAN FOYDALANISH
Abdullayeva Kibriyo
Ravshanbekovna-NamDU doktoranti
Muhitdinova Umida-Namangan viloyati
Uychi tumani XTBga qarashli 2-maktab
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya
:ushbu maqolada oilada farzandni tarbiyalash jarayonida,uni ijtimoiy faolligini
oshirishda Sharq mutafakkirlari merosidan, asarlaridan foydalanish yoritib berilgan bo‘lib, ijobiy
natijaga erishishda tavsiyalar ham ko‘rsatib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
E’tiqod,urf-odat,an’ana,qadriyat,ijtimoiy,faollik.
O‘rta Osiyoda ta’limning barcha masalalariga Al-xorazmiy, Al- Farg‘oniy, Al-Beruniy, Abu
Ali ibn Sino, Az-zamaxshariy, Imom Buxoriy, ulug‘bek, Yusuf xos Hojib, Mahmud Koshg‘ariy,
Alisher Navoiy singari ko‘plab daholar ilm-fan, adabiyot va san’at, ta’lim-tarbiya , umuman,
farzand ijtimoiy faolligini va ma’naviyatni rivojlantirishga beqiyos hissa qo‘shganlar.
xalqimizning mard qahramon farzandlaridan Jaloliddin Manguberdi, Amir Temurning hayoti,
ularning bosib o‘tgan yo‘li, butun faoliyat yo‘li, butun faoliyati bugungi va kelgusi avlod uchun
ibratli ekanini hamisha yodda tutish lozim.Chunki, o‘sha fan arboblari-yu xalq qahramonlarining
faoliyati har tomonlama tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
vII-xII asrlar davomida Markaziy Osiyoda madaniyat, ilm-fan beqiyos rivojlana bordi. O‘sha
tarixiy davrda yuqorida zikr etilgan buyuk allomalar dunyoga keldilar. Bu ulug‘ mutafakkirlar
inson ma’naviy va tafakkur dunyosini boyitishda , insoniyat ongini, madaniy-ma’rifiy va oilani
mustahkamlashga qaratilgan qarashlarini o‘stirishda asosiy rol o‘ynadilar.
ushbu allomalarimiz asarlari darsliklarda o‘z aksini topgan.Hozirgi zamon ta’lim-tarbiyasi,
istiqlol mafkurasi ana shu merosdan oziqlansa, uning eng yaxshi sahifalarini, qoidalarini qabul qilsa,
o‘z oldiga qo‘ygan maqsad- vazifalari sharaf bilan bajarishi mumkin. Chunki ular odobnomasi,
ibratnomasi oilada bolalarni har tomonlama tarbiyalash, kamolga yetkazish, ma’naviyatimizning
ustivor iymon- e’tiqodlarimizning butun bo‘lishligini, qadrli qadriyatlarimizning qadrlanishi
garovidir.Bu borada biz albatta, madaniy me’rosimizga o‘zlarining beqiyos ulushlarini qo‘shgan
buyuk allomalarimiz Beruniy, Farobiy, ibn Sino, Mahmud Koshg‘ariy va boshqalar ijodini
o‘rganish,ularning milliy tarbiyamizga urg‘u bergan asarlarini o‘rganish kelajak avlod uchun katta
ma’rifiy- tarbiyaviy ahamiyatga molikdir. Bu silsilada Yusuf xos Hojibning nomini ham faxr va
iftixor bilan tilga olish mumkin. ularning har biri nafaqat o‘zbek milliy ta’lim- tarbiyasiga, jahon
sivilizatsiyasining rivojiga tegishli hissasini qo‘shgan o‘z davrining yetuk mutafakkiri, chuqur
bilimli, donishmand kishisi bo‘lgan. Jumladan, Yusuf xos Hojibning “qutadg‘u bilig” asari shu
yo‘lda yaratilgan durdonalardan biridir. Shoir aytganiday , asar:
Boshdan oxirigacha donolar so‘zi,
Go‘yoki tizilgan marjondek o‘zi.
Bizning xalqimiz shunday axloqiy- didaktik, adabiy- qomusiy asari borligidan har ancha
faxrlansa arziydi. “qutadg‘u bilig” -baxt va saodatga eltuvchi bilim, ta’lim degan ma’noni
bildiradi. Demak, asar nomidan ham uning pand-nasixatlari, ta’lim-tarbiyaga oid, har tomonlama
komil insonni tarbiyalaydigan yetuk ma’rifiy asar ekanligi yaqqol ko‘rinib turibdi.
“qutadg‘u bilig” — xI asr so‘z san’atining nodir namunasi bo‘lib, unda o‘z davrining
ilg‘or ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy masalalari badiiy talqin qilingan, turkiy xalqlar tarixi,
madaniyati, ilm-fani, urf-odat va an’analari, turmush tarzi, qadriyatlari xususida batafsil ma’lumot
berilgan.Asarda ilgari surilgan axloqiy xislatlarni sanab o‘tish olimning ta’lim-tarbiya, axloq
masalalarini qay darajada chuqur bilganligi adolat, ishonch, sadoqat, xushmuomalalik, shirin
so‘zlik, saxovat, mardlik, xurmat va ehtirom, tadbirkorlik, aql-zakovat, xalollik, ezgulik kabi,
xislatlar ulug‘lanadi.
“qutadg‘u bilig”da bosh masalalardan biri komil insonni tarbiyalashdir. Yusuf xos Hojib bu
asari orqali o‘z tasavvurida eng komil, jamiyatning o‘sha davrdagi talablariga javob bera oladigan
insonni qanday ko‘rgan bo‘lsa, shu asosda o‘z prinsiplarini bayon etadi. Mana shunday axloqiy
masalalardan biri oila va farzand tarbiyasi masalasidir. Bu umuminsoniy axloqiy normaga Sharq
36
Do'stlaringiz bilan baham: |