Ноябрь 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINFLARNI O‘QITISHDA GRAFIKLI ORGANAYZERLARDAN
FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI
Abulqosimova Asila Sa’dullayevna
Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani,
24-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
+9989475746907
asilaabulqosimova@gmail.com
Annotatsiya:
ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarga turli fanlardan dars berish jarayonida
qo‘llaniladigan interfaol metodlar sirasiga kiruvchi grafik organazyer (shaklli chizma)larning
turlari va ularning ta’lim berishdagi afzalliklari to‘g‘risida so‘z boradi. Shuningdek, grafik
organayzer asosida ayrim mavzular ochib beriladi.
Kalit so‘zlar:
Grafik organayzer, interfaol usul, “Yumaloq xarita”, “Muzqaymoq”, “T”
chizmasi, “Gamburger” metodi.
“Insonning tafakkuri, aqliy salohiyati ijtimoiy boylik hisoblanadi. Ular har qanday jamiyatning
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilaydi. Shunday farzandlarimiz borki, ular umumiy o‘rta ta’lim
jarayonida ma’lum yo‘nalish bo‘yicha o‘zlarining iqtidorlarini, iste’dodlarini namoyon etadilar.
Bu boylikdan oqilona foydalanish, uni to‘g‘ri yo‘naltirish lozim”
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti I.A.Karimov
Boshlang‘ich sinflarda o‘tiladigan ona tili, matematika, o‘qish, odobnoma, tabiatshunoslik
darslari o‘z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko‘ra ta’lim tizimida alohida o‘rin tutadi. Negaki
ularning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham
boshlang‘ich ta’lim darslariga o‘quvchilar qiziqishini oshirishga alohida e’tibor berish lozim.
Chunki bolalar boshlang‘ich sinflardanoq « dars » degan muqaddas so‘zdan bezib qolmasliklari
lozim. Bugungi kunda o‘quvchilarni darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish uchun tajribali
o‘qituvchilar turli didaktik o‘yinlar, interfaol metodlardan foydalanishmoqda. Ana shunday
interfaol metodlardan biri grafik organayzerlar bo‘lib, bu o‘qitish va o‘rganishning samarali usuli
ekanligi ilmiy jihatdan isbotlangan. ulardan foydalanish o‘qituvchilar uchun ham, o‘quvchilar
uchun ham juda foydali bo‘lishi mumkin, chunki ular darslarni yanada qiziqarli, oson va tushunarli
qiladi. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi: Garafik organayzerlar o‘zi nima?
Grafik organayzer (inglizcha, “graphic organizer” so‘zidan olingan) - bu ma’lumot va g‘oyalarni
osonlik bilan tartibga solish uchun ishlatiladigan o‘qitish vositasidir. Soddaroq qilib aytganda,
grafik organayzerlar turli hajmdagi matnlarni chizmalar yordamida tushuntirish demakdir.
Grafik organayzerlarni dars jarayonida qo‘llashning bir qancha afzalliklari mavjud bo‘lib,
ular:
Kattaroq yoki murakkab tushunchalarni yoki g'oyalarni kichikroq va sodda qismlarga
ajratish orqali ma'lumotni tasavvur qilish uchun osonroq tasavvur qilish yoki taqdim etishga
yordam beradi;
O'quvchilarga dars jarayonida faol ishtirok etish va mavzuni mukammal tushunish imkoni-
yatini beradi;
Aqliy hujum, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tarkibni tasniflash va birinchi o'ringa qo'yish, mu-
lohaza yuritish va hokazo kabi bilim qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi;
Mavzuga oid oldingi bilimlarni eslab qolishga va uni tezda yangi ma'lumotlar bilan boyit-
ish hamda bilimlar zanjirini davom ettirishga ko‘maklashadi;
O'z ustida ishlash, ijodkorlik, tashabbuskorlik kabi tuyg‘ularni shakllantirish imkoniyatini
beradi;
Dars jarayoni orqali o‘quvchilarning san’atga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi;
O‘quvchilar yozuvlarni yozish, tahlil qilish, o'rganish va hokazolarda grafik organayzerlar-
dan foydalangan holda dars bilan osonroq tanishishlari mumkin.
Hozirgi vaqtda ta’lim jarayoni mukammallikni, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro
do‘stona munosabatni, dars o‘tishning innovatsion texnologiyalar yordamida olib borilishini
talab qilayotgan bir davrda grafik orgayzerlardan unumli foydalanish dars mashg‘ulotlarining
38
Do'stlaringiz bilan baham: |