Buxoro Davlat Universiteti 4-3BTU-16 guruh talabasi Normuratova Nigoraning Odobnoma fanidan yozgan dars ishlanmasi:
Sinf: 4-3 BTU-16
Fan: Odobnoma
Dars mavzusi: Mehnat inson hayotini bezaydi
Dars shiori: Eng yaxshi estetik dori- mehnat (Frans)
Dars maqsadi: a) Ta’limiy: Talabalarni mehnat haqidagi tafakkurini oshirish.
b) Tarbiyaviy: Talabalarni mehnat tarbiyasiga o’rgatish
c) Rivojlantiruvchi: Mavzuga doir yangi ma’lumotlarga ega bo’lish
Dars metodi: Guruhlarga bo’lib dars o’tish.
Dars turi: No’ananaviy
Dars jihozlari: Doska, rangli rasmlar, ko’rgazmali qurollar
Dars borishi: Tashkiliy qism 3-4 minut
Men ta’labalardan O’zbekiston va Jahonda bo’layotgan yangiliklarni so’rashdan boshlayman. So’ngra auditoriyani darsga diqqatini jalb qilish maqsadida Abdulla Oripovning “ Tulki falsafasi” she’rini o’qib beraman:
“Ustoz dedi bir kun tulki tulkiga,
Nechun biz nishonmiz doim kulgiga?
O’rmonda bo’ri ham hatto Janob she’r,
Bir-birin turtishib tulkisan-a der.
Boshqalar ustidan kulmaslar nechun?
Bu hol qorong’udir biz yoshlar uchun.
“Uka” dedi shunda tulkiga tulki
Bunday hodisotning sababi shulki
Kasbini eblolmay qolsa aksari
Tulkilik qiladi hayvonlar bari
Ko’pchilik ilojsiz qolgan fursatda
Tulkilik qiladi she’r ham albatta.
Lekin bizni ishni eplolmas ular,
Shul sabab o’rmonda masxara bo’lar
Sen-chi bunday holdan aslo o’kinma
Boshqalar singari chetga bekinma
Tulkisan bunday chog’ tulkilik qilgin
“TULKI” deb kulsalar qo’shilib kulgin.
Bir nechta talabalarni she’r haqidagi fikrini so’rayman
Yangi mavzu bayoni:
“Toshni kesgan arqon”
Buyuk tabib Abu Ali Ibn Sino bolalik chog’ida matematika fanini yaxshi bilmagan ekan. Chunki bu fanni juda qiyin deb hisoblar ekan. Bir kuni ibn Sino qir-adirlarda ketayotib quduqqa duch kelibdi. Chanqog’ini qondirish maqsadida quduqqa chelak tashlabdi. Suvni tortib olar ekan, quduq og’zidagi marmarga e’tibor beribdi.
Gardish chelakka bog’langan arqon sirg’alishidan yeyilib ketgan ekan. Ibn Sino hayolga tolibdi:
“ Arqon yumshoq bo’lsa, qanday qilib mustahkam marmar toshni kesishi mumkin? Demak har qancha qiyin bo’lmasin, biror ishni uddalash uchun g’ayrat va shijoat,sabr- mehnat bilan tinimsiz mehnat qilish kerak ekan-da!
Men matematikani tushunmayman, agar harakat qilsam albatta o’rganib olaman”
Shunday qilib alloma matematikani to’la to’kis o’rganibdi.
Ibn Sino har gal qiyin vaziyatga duch kelganda marmarni kesgan arqonni esga olarkan.
Matnni o’qib bo’lganimdan so’ng, uni talabalarga tushuntiraman va Ibn Sino haqida quidagi ma’lumotlarni beraman:
Al-Qonun fit tib(14 jild), Javome ilm al musiqiy, Kitob ash shifo,Donishnoma,
Fan ash-she’r kabi asarlar yozganini aytib o’taman. Shundan so’ng talabalarga mehnat haqida nazariy bilim beraman.
So’ngra yangi mavzuni mustahkamlash uchun ularni 3 guruhga bo’laman
Yangi mavzuni mustahkamlash:
3ta guruhga bo’lingan talabalar ilm, kuch, mehnat haqida maqol, afarizm, matal kabi misollar yozishadilar.
Shundan so’ng men ularni tekshirib baholayman va darslikda keltirilgan maqollarni ularga o’qiyman:
Daryo suvini bahor toshiradi,
Odam qadrini mehnat oshiradi.
Halol mehnat- yaxshi odat, berur senga saodat.
Daraxt yaprog’I bilan ko’karar
Odam mehnati bilan.
Gapni kam so’zla ,ishni ko’p ko’zla.
Shundan so’ng eng passive 2ta talabaga Zafar Diyorning “Mehnat qo’shig’I” she’rini o’qitaman:
Mehnat- sharaf-shon ekan,
Mehnat- hayot va rohat.
Yashamoqni istasang
Ko’rsatgusi mahorat.
Shon-shuhratga berulur,
Har kim halol ishlasa
Og’ir yumush yengilur
G’ayrat oti kishnasa.
Dars so’ngida eng yaxshi qatnashgan 6 kishi baholanadi.
Yakuniy qism: Mehnat haqidagi she’rni yod olish va mehnat haqida insho yozish.
Do'stlaringiz bilan baham: |