Haqiqiy do`stlar



Download 13,08 Kb.
Sana18.04.2020
Hajmi13,08 Kb.
#45632
Bog'liq
HAQIQIY DO`STLAR

HAQIQIY DO`STLAR



Bor ekan-u yo`q ekan, och ekan-u to`q ekan. Qushlar yurti bor ekan, Burgutshoh sardor ekan. Kunlardan bir kuni Burgut hamma qushlarni majlisga chaqiribdi. Barcha qushlar, Bosh Vazir Lochindan tortib usta Qizilishton, ovchi Qirg`ovuldan tortib, Qo`shiqchi Bedanagacha o`rmonda yig`ilishibdi. Shunda Sardor Burgut so`z boshlabdi:

  • Mana do`stlar, issiq kunlar ortda qolib, kuz ham tugay deyapti. Hademay sovuq boshlanadi. Hammangiz tadorigingizni ko`ring-da issiq o`lkalarga uchib ketishga hozirlaning. O`rmonimiz qish kelgach joningizni saqlay olmaydi.

Uning gapini eshitgan Lochin Hayrat bilan so`radi:

  • Shohim, nima hammamiz ketamizmi? O`rmonni kim qo`riqlaydi? Bu yerda uylarimiz, joylarimiz bor. Kelasi yil kelgunimizcha ularni boshqa, begona qushlar egallab olsa nima qilamiz? Bosh vazirning gaplarini ko`pchilik qushlar ma’qullashdi. Shoh Burgut ham uning savoliga javob berdi:

  • Havotir olmang, hammamiz ketmaymiz. O`rmonni qo`riqlayman, qarindoshlarimiz kelgusi yil uchib kelgunlaricha uylariga ko`z-quloq bo`lib turaman degan mard qushlar bo`lsa qolishsin. Shunda qushlar ikkiga ajralishimdi. Bir tomonda souqqa chiday olmaydigan qushlar; bedanaxon, kakkujon, tovus, qizilishton, Turna, va yana bir qancha qushlar. Yana bir tomonda esa sovuqdan qo`rqmaydiganlar: Burgut, Lochin, Qarg`a, mayna, chumchuq, zag`chalar qolishga rozi bo`lishibdi. Chunki ular sovuqqa chidamli qushlar ekan-da. Shu payt qushlar orasidan mayin, yoqimli ovoz kelibdi:

  • Men ham shu yerda, sizlar bilan qolsam maylimi? Burgut bundoq qarasa gapirayotgan Bulbul ekan.

  • Iya, esing joyidami? Sen qishning birinchi kuniyoq sovuqdan o`lasan-ku. Nima uchun biz bilan qolmoqchisan?

  • Meni kechiring Burgutshoh. Lekin qolmasam bo`lmaydi. Polaponlarim negadir bu yil tuxumdan kech chiqishdi. Shuning uchun hali qanot chiqarganlaricha yo`q. shuning uchun bu yil shu o`rmonda qolsam degandim.

Burgut bu vaziyatdan hayron qolibdi. Axir, qish sovuq kelsa, u jonini qanday saqlab qoladi? Lekin uchib ham ketolmaydi, polaponlari hali yosh. Endi nima qildik ekan, deb o`ylay-o`ylay qolishiga ruhsat beribdi. Ertasiga qishlovchi qushlar safarga otlanayotgan qushlarga oq yo`l tilab ularni kuzatishibdi. Birinchi galda turnalar qator- qator bo`lib uchib otishibdi. Ketayotib:

  • Omon qolinglar, biz yana qaytamiz. Unacha uylarimizdan ko`z – quloq bo`lib turinglar, deyishibdi.

Qoluvchilar ham ularga:

  • Omon boringiz, oq yo`l. issiq o`lkalarga bizlardan salom aytinglar. Deya qanotlarini silkishibdi. Shu tariqa boshqalari ham issiq o`lkalarga uchib ketishibdi. Bulbul bechoralar esa ulardan ko`ini uzmay, endi nima qilamiz, deb yig`lar edi. Ko`p o`tmay qish kelibdi, sovuq kunlar boshlanibdi. Bu orada bulbulchalarning qanotlari ham baquvvatlashib, patlari qalinlashib qolibdi. Lekin sovuq bo`lgani sababli ucha olishmas, ota- onalari bunga ruhsat ham berishmas ekan. Ota-ona ikkovi kun bo`yi sovuqda ovqat izlashar, dalalarda qolib ketgan unda-bundadagi donlarni topib kelishar, sovuqdan qotib qolgan asalari bormi, yoki biron boshqa hashorot o`zlari yemasa ham bolalariga ilinishar edi. Chunki polaponlar kundan-kunga kattarar, kundan – kunga ko`p ovqat talab qilishar edi. Oxiri ota-ona bulbullar holdan toyishibdi. Sovuqqa boshqa bardosh berolmay yotib qolishibdi. O`rmonni ko`zdan kechirayotgan Burgut Bulbullarga nima bo`ldi ekan, deb ulardan xabar olgani kiribdi. Qarasa, ota-ona Bulbullar betob bo`lib yotishar, polaponlar esa och edi. Shunda Burgut drhol barcha o`rmonmon qishlovchi qushlarini yig`ibdi va ularga tayinlabdi:

  • Inilarimiz, Bulbullar hozir og`ir ahvolda. Ham sovuq ularning jonidan o`tib ketyapti, ham ochlik. Xo`sh aytingchi, ularga qanday qilib yordam bersak bo`ladi?

Shunda Chumchuq;

  • Agar ular istashsa mening uyimga ko`chib o`tishlari mumkin. Men daraxt kovagida yashayman. Uyim issiq va keng. Hammamiz sig`amiz. Aytibdi u.

  • Ovqat masalasiga esa hammamiz birgalashib yordam beramiz. Navbatma- navbat ovqat olib kelib beramiz.- mehribonlik bilan so`zlabdi bosh vazir Lochin.

Ular xuddi shunday qilishibdi. Bulbullar chumchuqning uyiga ko`chib o`tishibdi. Issiqqina joyda ota-ona Bulbullar sog`ayib ketibdi. Bir kun Burgut ularga ovqat topib kelib berar, ikkinchi kun Lochin, uchinchi kun Qarg`avoy, keyin zag`cha shu tariqa qish ham poyoniga yetibdi. Qorlar erib, Bahor kirib kelgach barcha qadrdon qushlar uchib kelishibdi va o`rmon yana qushlar bilan – to`lib toshibdi. Issiq o`lkalarga uchib ketgan qushlar bahorgacha Bulbullarni o`lib ketadi, deb o`ylashgan ekan. Ularni sog`-omon ko`rib hayron qolishibdi. Shunda bo`lgan voqeani Bulbullar aytib beribdi. Mehribon do`stlariga rahmat aytib, shoxdan-shoxga qo`nib jo`rovozlikda shunday sayrashibdiki, hamma yoqimli qo`shiqdan bahramand bo`libdi.

Shunga aytishadi-da “ Do`st- yomon kunda bilinadi” deb!



H.MURTOZAYEVA
Download 13,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish