Buxoro jahonning eng ko’hna shaharlaridan. Bu shahar bundan yigirma besh asr muqaddam Zarafshon vodiysining quyi qismida qad ko'targan

Download 28.54 Kb.
Sana18.01.2017
Hajmi28.54 Kb.
B U X O R O

    Buxoro jahonning eng ko’hna shaharlaridan. Bu shahar bundan yigirma besh asr muqaddam Zarafshon vodiysining quyi qismida qad ko'targan. Dastavval u daryoning Zerirud nomli quyi tarmog'ining ikki sohilida bir-biriga qarama-qarshi joylashgan uchta qo'rg'on shaklida paydo bo'lgan. Qo'rg'onlarning biri Foxira, ikkinchisi Navmichkat (ba'zan Bu - miskat), uchinchisi esa Faroviz (yoki Farobdiz) nomlari bilan yuritilgan. Qo'rg'onlar tevarak-atrofi qadimdan suvga to'la ko'l- ko'lmaklar va botqoqliklar hamda anvoyi chechaklar bilan qoplangan bepoyon dala-yu dashtdan iborat nihoyatda xushmanzara bo'lgan. Butun vodiy bo'ylab atrofni qoplab yotgan asriy qalin daraxtzor, chakalakzor va to'qaylarda son-sanoqsiz turli-tuman yovvoyi hayvonlar hamda ajoyib-g'aroyib qushlar uya qurgan. Shuning uchun bu о’lkani va unda qad ko'targan dastlabki shaharni aholi qadimda «Bug'-oro», уа'ni «Tangri bezagi», «Tangri jilosi» yoki «Tangri jamoli» ma'nolarini anglatuvchi yagona nom bilan yuritdi. Bu qadimgi uch qo'rg'onning atrofi о'sha zamonlardayoq alohida-alohida mudofaa devorlari bilan о'rab olingan edi. Devorlar baland va qalin bo'lgan. Ular paxsa va yirik xom g'ishtlardan urib chiqilgan. Ularning u yer-bu yerida baland tayanch minora (mo'la)lar bino qilingan. Qamal vaqtlarida dushmanga о'q uzish maqsadida devor va minoralar bo'ylab bir necha qator nishon tuynuk — shinaklar ishlangan. Shaharning bir necha darvozasi bo'lib, har bir qismiga markaziy ko'cha orqali alohida darvozalardan kirilgan. Darvozaxo- nalarda maxsus soqchilar — darvozabonlar nazoratchilik qilib turgan. Kech tushishi bilan darvozalar berkitilib, erta saharda ochilgan. Qamal vaqtlarida ular kecha-yu kunduz tambalanib turgan. Shaharning maxsus devor bilan о’ralgan eng baland qismida bino qilingan istehkomli qo'rg'oni ark deb atalgan. Unda podshoh va amirlar yashagan. Arkda podshohning ko'shki va saroylaridan tashqari devonxona (vazirlar mahkamasi),xazina, chaqa-tangalar chiqariladigan zarbxona, qamoqxona, navkarlar uchun bostirmalar bo'Igan. Shaharning qolgan asosiy ikki qismida shahar а'yonlari, xunarmandlar, savdogarlar yashagan, ularning korxona va do'konlari, shuningdek, ibodatxona va bozor joylashgan. Qadimdan Buxoro Buyuk Ipak уо'li ustida joylashgan bo'lib, bu уо'l orqali buxorolik savdogarlar Xitoy, Hindiston, Eron va Vizantiyaga tuyalar karvonida turli xil savdo mollarini olib borganlar. Aholi soni ko'paygan sari shahar ham kengayib borgan. Shaharning kengaygan qismi xavfsizligini ta'minlash maqsadida IX asrda Buxoro qadimgi uchta qismini ham о'z ichiga olgan yagona tashqi devor halqasi bilan о'rab olingan. Asrlar о'tishi bilan shahar may- doni yanada kengaygan. Uning atrofida, sha- har devori tashqarisida, yangi ko'cha-ko'ylar, guzarlar va mahallalar qad ko'targan. 15— 16-asrlarda esa yana yangi joylarni о'rab о tgan navbatdagi tashqi devor halqalari bino qilingan. Bu davrda shaharga 11 darvozadan kirilgan. Shaharda 12 mahalla, 200 dan ortiq guzar va masjid bо'lgan. Har bir mahallaning katxudosi, guzar oqsoqoli, imomi va poykori — ellikboshisi bo'Igan. Har bir mahallaning mozori bo'lgani kabi, har bir guzarning alohida masjidi bo'lgan. Shahar 100 dan ortiq hovuzlar orqali ichimlik suv bilan ta'minlangan. Hovuzlar shahar Shahrud kanali va shoxobchalari hamda ko'plab yer osti suv inshootlari — tazar va g'ulbalar orqali oyda bir yoki ikki marta suvga to'ldirib turilgan. Maxsus suvchi — meshkoblar xonadonlar, ayniqsa, arkdagi а'yonlarning ehtiyoji uchun charm meshlarda suv tashiganlar. Shaharda yigirmaga yaqin hammom va bir qancha usti gumbazli rasta, toq-u timlar qishin-yozin ishlab turgan. 0'rta asrlarda Buxoro Movarounnahr va Turkistondagina emas, balki butun 0'rta va Yaqin Sharqda ilm-fan, ma'rifat va madaniyat markazlaridan biriga aylangan. Bu shaharda о’z davrining buyuk mutafakkir olim va adiblari Imom Buxoriy, Abu Ali ibn Sino, Abu Bakr Muhammad ibn Jа fаг Narshaxiy, Abu Abdulloh Ja’far Rudakiy, Abu Mansur Muhammad ibn Ahmad Daqiqiy, Bahouddin Naqshband va boshqalar yashab ijod etganlar. Buxorolik mutafakkirlarning islom ta'limoti va targ'ibotiga qo'shgan ulkan hissasi tufayli о'rta asrlardayoq Buxoro «Qubbatul Islom- Islom gumbazi» va «Buxoroiy Sharif» nisbatlari bilan musulmon olamida shuhrat topdi. Chunki turli davrlarda bino qilingan ikki yuzga yaqin madrasalarda minglab talabalar ilm olgan. 1447-yilda Mirzo Ulug'bek tomonidan Buxoroda qurdirilgan madrasa darvozasiga hatto arabcha «Ilm olmoq har bir musulmon erkak va ayolning burchidir» degan so'zlar о'yib bitilgan. 

Asrlar davomida Buxoroning dong'i butun Sharq bo'ylab faqat ilm-u ma'rifat, madaniyat hamda savdo-sotiq sohasidagina emas, balki Turkistonning yirik ma'muriy markazi sifatida ham taralib kelgan. Tarixda bu shahar quyi Zarafshon о'Ikasining qadimgi hokimlari- Buxorxudotlar (1 — 8-asrlar), Somoniylar (9— 10-asrlar), Shayboniylar — Buxoro xonligi (16-asr), Ashtarxoniylar (17 — 18-asrlar), Mang'itlar (18-asr oxiri — 20-asr boshi) tomonidan idora etilgan Buxoro amirligi hamda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (1920— 1924-yillar) ning poytaxti bo'lgan.

Hatto qadimgi Buxoro tojdorlari miloddan avvalgi ikkinchi asrdanoq betiga toj kiygan hukmdor, tersiga otashkada (olovxona) tasviri tushirilgan kumush tangalar zarb etganlar. Ilk о'rta asrlarda buxorxudotlar (mahalliy hukmdorlar) mamlakatni idora etganlar. Buxorxudotlar bu davrda betida ikki о'rkachli tuya ча tersida otashkada tasvirlangan hamda gardishiga «Buxor malik» degan so'zlar bitilgan mis tangalar zarb etganlar.

0'z tarixi jarayonida Buxoro bir necha marta tashqi dushmanlar tomonidan vayron etildi. Fotihu istilochilar asoratiga tushib, qonli janglar maydoniga ay!andi. Lekin yana qayta-qayta tiklandi. 

Buxoro bizning zamonimizda ayniqsa, navqironlashdi. Avvalo shaharning suv ta'minoti tubdan yaxshilandi. U to'la elektrlashtirildi va gazlashtirildi. Eski shaharning yonginasida ko'р qavatli ulkan mikrorayon qad ko'tardi. Yirik sanoat korxonalaridan Qorako'l teri zavodi, Zardo'zlik fabrikasi, neftni qayta ishlash zavodi, ip gazlama kombinati va boshqa ko'pgina korxona hamda qo'shma korxonalar turli-tuman mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. Buxoro, xususan, mustaqillik yillarida yanada obodlashdi vа ko'rkamlashdi. Viloyat hokimiyatining binosi, Xotira maydoni kompleksi, Madaniyat saroyi, Buxoro ча Varaxsha mehmonxonalari, Fayzulla Xo jayev nomidagi Buxoro universiteti va Kimyo texnologiya instituti binolari majmuasi kabi ko'plab zamonaviy me'moriy imoratlar hozirgi vaqtda shahar qiyofasiga husn berib turibdi. Shahardagi uch oliy о'quv yurti va о'nlab litsey, kollej hamda ixtisoslashgan maxsus о'quv yurtlarida minglab yosh avlod vakillari ilm va hunar egallamoqda. Buxoroda markaziy kutubxona, Bolalar kutubxonasi, tarix vа о'lkashunoslik muzeylari, drama teatri, ko'plab kinoteatrlar, sport maydonlari ча oromgohlar bor.

Buxoro tarixiy obidalarga juda boy. Mustaqillik yillarida qadimgi me'moriy yodgorliklarning barchasi ta'mirlanib, о'zining asliy qiyofasiga ega bo'Idi. Hozirgi davrda Buxoro mamlakatimizda tobora kengayib borayotgan turizmning jozibador maskanlaridan biriga ay!andi. Buxoroga уо'l olgan sayohatchilar shaharning dovrug'ini jahonga taratgan noyob me'moriy obidalardan Ismoil Somoniy maqbarasi (9 — 1О-asrlar), Minorai Kalon (12- asr), Masjidi Mag'oki Attori (12-asr) (Chashmai Ayub (12 — 14-asr), Toqi zargaron, Toqi telpakfurushon, Toqi sarrofon ansambllari (16- asr), Ark (mil. av. 4 — 3-asrlar — 20-asr boshi) Ulug'bek madrasasi (1417), Kalon Jome masjidi (16-asr), ayniqsa Labi hovuz maydonidagi me'moriy obidalar majmui (16 — 17- asrlar) kabilarni zavq-shavq bilan tomosha qiladilar. Shuning uchun ham bu obidalar hozirgi kunda minglab sayyohlarning diqqat- e’tiborini о'ziga jalb etmoqda. 1997-yilda UNESKOning qaroriga asosan dunyoning eng ko’hna shaharlaridan biri bo'lgan Buxoroning 2500 yillik yubileyi jahon jamoatchiligi vakillari ishtirokida keng nishonlandi. 

BUXORO AMIRLIGINING DAVLAT TUZILISHI VA IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTI

Rossiya bilan 1868-yilgi shartnoma amirligi taqdirini tubdan o'zgartirib yubordi. Sobiq "islom gumbazi" suverenitet va mustaqillikdan mahrum bo'lib, Rossiyaga qaram va mute bir davlatga aylanib qoldi. Garchi siyosiy mustaqilligidan mahrum bo'lsa-da, Buxoro amiri o'z fuqarolari ustidan cheklanmagan hokimiyatini qo'lida saqlab qolgan edi.|

Davlat lavozimlaridan aksariyat ko'pphiligini egallab turgan mang'itlar vakillari xuddi burungi zamonlardagidek amirning tayanchi bo'lishgan. Shariatga ko'ra amirga fuqarolar hayot-mamoti, shuningdek, butun aholi mol-mulki ustidan hukmronlik huquqi berib qo'yilgan edi.

Amir ixtiyoridagi saroy xizmatida turli lavozimlarni egallagan kishilar soni 3 mingdan oshar edi. Kattato'ra unvoniga ega bo'lgan Karmana viloyati hokimi Buxoro taxtining vorisi bo'lib, qolgan bekliklarga ham amirning yaqin qarindoshlari hokimlik qilishardi.

XIX asr oxirida Buxoro amirligi qariyb 200 ming kv.km. hududni egallagan edi. Aholisi 2 million kishi atrofida bo'lgan. Aholining asosiy mashg'uloti hunarmandchilik, dehqonchilikva chorvachilik edi. Ancha katta shaharlari: Buxoro (poytaxt), Chorjo'y, Kitob, Shahrisabz, Denov edi. Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo va boshqa vodiylar Buxoro amirligi tarkibiga kirardi.

Davlat ishlarini boshqaruvchi oliy amaldor qushbegi bo'lib, u soliqlar yig'imini boshqarar, ma'muriy amaldorlar tarkibiga rahbarlik qilar, mahalliy beklar bilan yozishmalar olib borar va hokazolarni yuritar edi. Qushbegi har kuni shaxsan hukmdorga amirlikdagi ahvol to'g'risida ma'lumot berib turar edi. Barcha amaldorlar qushbegi tomonidan, faqat oliy amaldorlargina amirning o'zi tomonidan tayinlanar edi. Xazina va zakot yig'imini boshqargan devonbegi lavozimi ahamiyati va mavqei jihatidan qushbegidan keyin turardi. Uning ixtiyorida 300 dan ziyod amaldor bo'lgan. Sudlov, notariat ishlarini, ruhoniylar va ta'lim muassasalarini boshqargan boshqozi diniy-sudlov ishlariga rahbarlik qilardi.

Sud hokimiyatiga amirning o'zi rahbarlik qilardi. Sud tizimida amirdan keyin ко'rib chiqilayotgan ish yuzasidan fatvo (xulosa) tuzuvchi muftiylar devoniga rahbarlik qiluvchi Bosh qozi turardi. Joylarda sud hokimiyatini qozilar ifoda etardi. Politsiya hokimiyati esa mirshablar (tungi qorovullar boshliqlari) qo'lida jamlangan edi.

Oliy amaldorlar sirasiga shuningdek qonunlar ijro etilishi, din musaffoligi va axloq muhofazasi, shuningdek, bozordagi tarozilar va o'lchovlar ustidan nazorat qilish vazifasi bo'lmish rais ham kirardi. Rais bosh qoziga bo'ysunardi. Bosh rais amir va bosh qoziga ma'lumot bilan shaxsan kelishi mumkin edi. Uchala oliy amaldor — qushbegi, devonbegi va Bosh qozi har doim Buxoroda bo'lishi lozim edi. Beklar va ularning mol-mulkini ta'lim ko'rgan askarlar — navkarlar qo'riqlashardi.

Mahalliy ma'muriyat — aminlar, oqsoqollar hamda bekliklar vakillari va amir farmonlarini ijro etishi shart bo'lgan ruhoniylardan iborat edi.

Barcha sohalardagi amaldorlar beklar va amirlikning oliy amaldorlari safi o'g'illaridan, ko'pincha aslzoda beklar va xonlarning xonzoda deb nomlanuvchi tabaqasidan to'ldirilar edi.

Butun Buxoro amirligi 27 ta beklikka bo'lingan edi. Ular shaxsan amir tomonidan tayinlanar va lavozimidan bo'shatilar edi. Beklar huzurida ularning qarindoshlari yoki yaqin kishilaridan tayinlangan ulkan amaldorlar guruhi bo'lgan.

Davlatni himoya qilish uchun amirning xalq ko'ngillilari va qo'shinlardan saralab olingan xos lashkari bo'lgan. Lashkarga to'pchiboshi (to'pchilashkar) rahbarlik qilgan. Biroq, XIX asr oxiriga kelib amir lashkari shoshilinch yig'iluvchi, yomon ta'lim ko'rgan va qoloq qurollar bilan ta'minlangan dehqonlardan iborat bo'lgan. Bunday lashkarning bosh maqsadi — zarur bo'lganda Ark qarshisida paradga yig'ilish edi. Lashkar amalda XIX asr boshlaridan beri rivojlanmagan, harbiy ish va armiya qurollari o'ta qoloq holatida edi. Lashkarning soni 11 ming sarboz va 200 ofitserdan iborat bo'lib, ular qurol-aslahasi mingta berdanka miltig'i va bir necha to'plardan tashkil topgandi.

Shunday qilib, bir-biriga qarindosh-urug' bo'lgan amaldorlarning yuki mehnatkash xalq gardaniga tushdi. Mamlakat daromadlarining katta qismi davlat ravnaqi va taraqqiyoti xususida kamdan-kam qayg'uruvchi xizmatchilar ulkan miqdoriga sarflanar edi.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa