Novda shaklini turlicha o‘zgartiradigan o‘simlik organidir



Download 3,72 Mb.
bet9/19
Sana30.05.2022
Hajmi3,72 Mb.
#620366
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
Batanika Roxatoy

Anemofiliy. O‘rtacha iqlimli zonalarda deyarli ko‘pchilik o‘simliklar anemofilliyalar (anemos - shamol) – shamol yordamida changlanuvchilardir. Qutbga borgan sari ko‘pchilik o‘simliklarni bug‘doydoshlar vakillari tashkil etadi. Tropikka yaqinlashgan sari shamol bilan changlanuvchi o‘simliklar kamayib boradi. Shamol bilan changlanuvchilarga: bug‘doydoshlar vakillari, iloq, murakkabguldoshlar, shuvoqlar, kanop, qichitqi o‘t, chinor, qayin, yong‘oq, eman, tut va boshqa ko‘pgina daraxtlar kiradi. Bu o‘simliklarning gullari mayda, ko‘rimsiz, yalong‘och yoki kosachabargli, hidsiz, changlari juda mayda, ko‘p sonli, gullari ko‘pincha bir jinsli bo‘ladi. Changdonlari uzun chang ipida joylashgan. Tumshuqcha uzun tukli bo‘ladi.

10.Urug’lanish jarayoni haqida tushuncha.


1.Urug’lanishga umumiy tavsif.
Urug‘lanish erkak va urg‘ochi jinsiy gametalarning o‘zaro qo‘shilish jarayoni hisoblanib, gulli o‘simliklarning erkak gametasi spermiya urg‘ochi gametasi esa tuxum hujayra deyiladi. Chang donasining bitta hujayrasi teshiklar orqali bo‘rtib chiqib chang nayiga aylanadi. Chang nayi urug‘chi tumshuqchasi orqali ustuncha va tugunchada o‘tadi va urug‘kurtakning chang yo’liga yetib keladi. Chang nayining o‘sish vaqtida vagetativ hujayraning mag‘izi erib, yo’qolib ketadi. Generativ hujayraning mag‘izi esa ikkita hujayra, ya’ni spermiyalarni hosil qiladi. Murtak qopchasida chang nayining uchki qismi yoriladi, spermiyalar murtak qopchasi ichiga tushib, ularning biri tuxum hujayra bilan, ikkinchisi ikkilamchi mag‘iz bilan qo‘shiladi. Bu jarayon qo‘sh urug‘lanishdir. Urug‘langan tuxum hujayra zigotaga aylanadi va zigotadan murtak hosil bo‘ladi. Bunda ikkilamchi mag‘iz triploid holatga o‘tadi, tez bo‘linib endospermni hosil qiladi. Integumentdan urug‘ po‘sti, urug‘kurtakdan urug‘ kelib chiqadi. Sinergid va antipod hujayralar yo’qolib ketadi. Nusellus murtakni oziqlantiruvchi to‘qima sifatida perispermga aylanadi.
Yuqorida tahlil qilinganidek changdagi xujayralar bo‘linib chang naychasini xosil qiladi. Chang naychasi o‘zida ikkta spermiya xujayrasini olib tuxum xujayragacha olib boradi. Ko‘pchilik o‘simliklarda chang naychasi Chazal tomonida kirib chalazogamiyani hosil qiladi. Tuxum xujayraga kirish uchun murtak qopchasiga kiradi va u senergid otqali embrion qopcha devoriga yoki tuxum xujayra bilan senergidning oralig‘iga kiradi va tuxum xujayrani urug‘lantiradi. Urug‘lanish. G‘unchalar batomom ochilib, gul urug‘lanishga tayyor bo‘lganda urug‘chi tumshuqchasiga kelib tushgan changlar, biror to‘sqinlik bo‘lmasa, o‘sa boshlaydi. Bu vaqtda chang ichidagi borliqni o‘rab turgan intina poralar orqali ekzinaga bo‘ritib chiqadi va chang naychasini hosil qiladi. Chang naychasi asta-sekin tumshuqcha to‘qimalari ichida o‘sa boshlaydi. Changda ikkita chang nayini yadrosi va generativ yadro bo‘lib, chang naychasining o‘suvchi qismida joylashadi. Nay ichida generativ hujayra yadrosi ikkiga bo‘linadi va ikkita spermiyni hosil qiladi. Chang naychasi ustuncha orqali o‘sib, tugunchaga yetgandan keyin murtak xalta tomon yo‘nalib mikropile orqali unga kira boshlaydi. Bu jarayon uch xil tipda boradi: a) porogamiya – chang naychasi urug‘kurtakning mikropilesi orqali murtak xaltaga kiradi; b) xalazogamiya – chang naychasi urug‘kurtakning xalaza tomonidagi to‘qimalari orqali o‘sib kiradi; v) mezogamiya – chang naychasi urug‘kurtakning yon tomonidan integumentlar orqali murtak xaltaga o‘sib kiradi.
Chang naychasi murtak xaltaga yetib kelgach, uning devorlari eriydi. Murtak xaltaning ichiga kirgan chang naychasi tuxum hujayra tomon yo‘naladi. Chang naychasining uchki qismidagi hujayralar erib, 2 ta spermiy chiqadi. Endi chang naychasidan chiqqan ikki spermiydan biri tuxum hujayra bilan qo‘shilib diploid zigotani, ikkinchisi markaziy hujayra yadrosi bilan qo‘shilib triploid yadroni hosil qiladi. Bu jarayonga qo‘sh urug‘lanish deyiladi. Qo‘sh urug‘lanishni 1898 yili rus olimi S.G. Navashin ochgan. Urug‘langandan keyin tuxum hujayradan zigota undan keyin murtak, markaziy hujayradan endosperm rivojlanadi.
11.O’simliklarning jinsiy ko’payishi.
1. O‘simliklarning jinsiy ko‘payishi.
2. Jinsiy va jinssiz siklning gallanishi.
Jinsiy ko‘payishda yangi organizm faqat jinsiy jarayon natijasida paydo bo‘ladi. Bu vaqtda 2 ta jinsiy hujayra – gameta qo‘shilib zigota hosil qiladi. Bu jarayonda gametalarning sitoplazmasi va yadrosi qo‘shiladi, lekin yadro xromosomalari o‘zlarining gaploidlik xususiyatlarini saqlab qolib, zigotada diploid xromosomalar to‘plami paydo bo‘ladi.Demak, yadrolarning qo‘shilishi jinsiy jarayonda juda muhim etap bo‘lib, urug‘lanish deyiladi.O‘simliklarda turli tipdagi gametalar bo‘lganligi uchun jinsiy jarayonlar ham turli tiplarda bo‘ladi.

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish