1.Novda metamorfo’zi.
1.Novdada uchraydigan shakl o’zgarishlar. Novda shaklini turlicha o‘zgartiradigan o‘simlik organidir. O‘simliklarning asosiy novdasi o‘zining poyasida yashil barglarni va boshqa organalarni hosil qiladigan, assimilyatsiya jarayonida qatnashadigan, yer ustki organidr. Yer ustki novdalar tiplariga, shakllariga, katta-kichikligiga, ozuqa moddalarni to‘plashiga qarab turli tuman bo‘ladilar. Ba’zida novdalar yoki ularning bir qismi fotosintezlik hususiyatini yo‘qotib, boshqa hayotiy jarayonlari uchun kerak bo‘lgan vazifani bajarishga o‘tib shakllarini o‘zgartiradilar ya’ni metamorfozlashadi. Bu asosan yer ostida joylashgan novdalarga xos bo‘lib, yashash sharoitiga moslashish hususiyatlariga ega bo‘ladi. Yer osti novdalar ko‘p yillik o‘simliklarga xos bo‘lib, ozuqa moddalarni to‘playdigan va o‘simliklarning qayta tiklanishini ta’minlaydigan organ bo‘lib hisoblanadi. Yaxshi rivojlangan o‘q ildizi bo‘lgan, poyaning ko‘p yillik qismi kaudeks deyiladi (ko‘p yillik o‘tlarda, butalarda, lot. soudex - tana). Ildiz bilan birgalikda kaudeksda oziq moddalar to‘planadi, unda ko‘p sonli kurtaklar joylashgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi o‘yqudagi kurtaklar hisoblanadi. Kaudeks kamdan-kam yer ustida uchraydi, asosan yer ostida tuproqqa ko‘milgan bo‘ladi. Yer ustki kaudeks to‘pbargli o‘simliklarning yer ustki qismidan keyin qolgan poyaning qisqa asosidan paydo bo‘ladi, ba’zida gul hosil qiladigan poyaning tuproqqa ko‘milgan to‘p barglar joylashgan qisqargan asosidan paydo bo‘ladi. Kaudeksning novdadan kelib chiqanligi, undagi barg o‘rni va uning qo‘ltig‘idagi kurtakning mavjudligidadir. Kaudeks ko‘p yillar yashagandan so‘ng o‘zak qismidagi parenxima to‘qimasi yemirilib bo‘shliq paydo bo‘ladi. Kaudeks bir necha qismlarga bo‘linib o‘sa boshlaydi, bunga – partekulyatsiya deyiladi. Yer ustki stalonlar va jingalaklar. Yer ustki stalonlar uzoq yashamaydi. Bo‘g‘imlarida fotosintezga qatnashadigan yashil barglar paydo bo‘ladi. Poyasi yer bag‘irlab o‘sadi, so‘ngra uchki kurtagi yuqoriga ko‘tarilib to‘p barglar hosil qiladigan joyga aylanadi. Bo‘g‘imlaridagi barg qo‘ltiqlarida kurtaklar joylashadi (qulupnay, g‘ozpanja). Vazifasi vegetativ ko‘payish va katta maydonlarni egallash. Jingalak – yer usti novda bo‘lib, yashil barglar paydo bo‘lmaydi, poyasi ingichka mo‘rt bo‘lib, biror jismlarga ilashib zaif tanasini tutib turadi (tok, qovoq).
Piyozbosh. Piyozbosh – yer oski, sirak, yer uski novda bo‘lib, juda kalta tanasini, uchki va yon kurtaklarni oziq moddalar to‘playdigan etdor, sukkulent tangacha barglari o‘rab turadi. Uchki va yon kurtaklaridan yer ustki novda o‘sib chiqadi. Tanasining ostki qismida qo‘shimcha ildizlar paydo bo‘ladi. Tuganak piyoz – tashqi tomonidan piyoz boshga o‘xshaydi, lekin ularning tangacha barglari yupqa, quruq bo‘lib, ozuqa moddalar to‘plamaydi. Oziq moddalar parenxima hujayralari yaxshi rivojlangan poya qismida to‘planadi. Tuganak piyozlar – piyozbosh emas, balki bargsiz tuganaklardir, chunki ularning poyasida bo‘g‘imlari, bo‘g‘im oralig‘i klari va yon kurtaklari yaxshi ko‘rinadi. Tikonlar. Kaktuslarning tikonlari barglarning o‘zgarishidan kelib chiqqan. Zirk daraxtining bargi tikonga aylanib shakli o‘zgargan, uning qo‘ltig‘idagi kurtakdan yaxshi rivojlangan yashil bargli qisqargan novda paydo bo‘ladi. Yovvoyi olma, noklarning qisqargan novdalari shaklini o‘zgartib uchlari o‘tkir tikonga aylangan. Do‘lona daraxtining tikoni barg qo‘ltig‘ida paydo bo‘lgan shakli o‘zgargan yon novdalardir. Gledichiya daraxtining tikonlari tanasidagi uyqudagi kurtaklardan paydo bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |