Urug‘chi (Ginetsey). Urug‘chi yopiq urug‘li o‘simliklar gulining muhim organi hisoblanib, u gulning o‘rtasida joylashgan. O‘simlik turlariga qarab gulda bir yoki bir necha shakli o‘zgargan barglardan hosil bo‘lib, ularni mevabarglar deyiladi. Demak, urug‘chi bargning shakl o‘zgarishdan kelib chiqqan. Guldagi mevabarglarning yig‘indisi ginetsey deb ataladi.Urug‘chi faqat yopiq urug‘li o‘simliklar uchun xosdir. Uning kengayganostki qismi tuguncha, o‘rta qismi toraygan ustuncha va uchki qismi tumshuqchalardan iborat. Urug‘chi o‘q xarakterga ega bo‘lib gul huddi novda kabi interpretirovan ekanligini ko‘rsatgan takliflar ham bo’lgan. Willson (1942) fikriga kor urug‘chi changchi kabi tuban o‘simliklar tellomining o‘zgarishdan keb chiqgan deyiladi. Bu xolatda sporangelani o‘zida tutib turgan tellomlarning hosil bo‘lishi bargning hosil bo‘lishiga oxshaydi xuddi tuxum xujayrani o‘zining maydonida tutib turgan organga o‘xshab. Urug‘chi va placentaning kelib chiqishiga asoslanmaydigan bir qancha nazariyalar mavjud. Melville (1961, 1962) tamonidan taklif qilingan gonophyll nazariyasi tuxumdon pushtsiz barglardan va gonophylldan iborat degan fikrni beradi. Ginetsey. Gulda bir yoki bir necha urug‘chi bo‘lishi mumkin. Guldagi urug‘chilar to‘plami ginetsey deb ataladi. Urug‘chi – tuguncha ustuncha va tumshuqchadan tashkil topgan. Tumshuqcha chang tutushga moslashgan. Ustuncha tumshuqchani ko‘tarib turadi, changlanishga yordam beradi. Ba’zi o‘simliklarda (magnoliyalilar, ayiqtovondoshlar) ayniqsa shamol bilan changlanuvchi boshoqdoshlarda ustuncha rivojlanmagan bo‘ladi. Ba’zi yirik gullarda ustuncha juda uzun bo‘lib, shamol bilan changlanishga yordam beradi (piyozguldoshlar). Urug‘chilar yig‘indisi ginesey deyiladi. U faqat yopiq urug‘lilar uchun hos. Urug‘chining kengaygan ost qismi tuguncha, o‘rta qismi toraygan ustuncha, uchki qismi tumshuqchadan iborat. Urug‘chi bitta (dukkakdoshlarda) yoki bir necha mevabargdan hosil bo‘ladi. Ba’zi o‘simlik gullarida bir necha ayrim urug‘chilar bo‘ladi. Urug‘chi gulli o‘simliklarda uzoq davom etgan evolyusiya jarayonida mevabarglardan hosil bo‘lgan. Ba’zida mevabarglar, vegetativ bargga o‘xshab ketadi. Masalan, burchoqdoshlarning urug‘chisi bitta mevabargdan hosil bo‘lgan. O‘simlik gullab bo‘lgandan keyin gultoj barglari va changchilar tushib ketadi, keyin ustuncha tumshuqcha bilan burishib qoladi, ko‘pincha kosachabarglar saqlanib qoladi, tuguncha tez sur’atlar bilan rivojlana boshlaydi va mevaga aylanadi. Urug‘chining asosiy qismi tuguncha bo‘lib, uning ichki tomonida bir yoki bir necha urug‘kurtak joylashadi. Urug‘chini tashkil etgan mevabarglarning holatiga qarab, ginetseylar ikki tipga bo‘linadi: apokarp va senokarp. Apokarp ginetseyning kelib chiqishi. Mevabarglari qo‘shilib o‘smagan ginetseyga apokarp ginetsey deyiladi. Ya’ni mevabarglar o‘zaro birikmay, ko‘pincha spiral holda mustaqil joylashadi. Senokarp tipidagi ginetseyning kelib chiqishi va taraqqiyoti. Mevabarglari qo‘shilib o‘sgan ginetseyga senokarp ginetsey deyiladi. Ko‘pincha qo‘shilib o‘sish faqat tugunchada bo‘lib, stilyodiylari va tumshuqcha erkin qoladi (labguldoshlar, murakkabguldoshlar). Ba’zida mevabarglar barcha tomonlari bilan qo‘shilib o‘sib, ustunchani hosil qiladi (karamdoshlar). Sinkarp ginetsey apokarp ginetseydan kelib chiqib, mevabarglari yon tomonlari bilan ginetseyga qo‘shilib o‘sgan. Parakarp ginetsey deb urug‘ kurtak mevabarglarning devorlarida joylashgan bir uyli ginetseyga aytiladi. Bu tipdagi ginetseyning barcha mevabarglari ayrim bo‘lib, mevabarglar faqat chetki tamonlari bilangina qo‘shiladi (qovoq, don, bodring). Lizikarp ginetsey sinkarp ginetseydan kelib chiqqan bir uyli ginetsey bo‘lib, urug‘ kurtak mevabarglarning ichki tamonlari o‘zaro qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘lgan ustunchada joylashadi (grechixa, chinniguldoshlar). Tuguncha ichida urug‘kurtakning joylashgan joyi plasentasiya deyiladi.
6.Gulning tuzilishi,fo’rmulasi,diagrammasi.
1.Gulning tuzilishi.
2.Gul fo’rmulasi va diagrammasi.
Gul – gul bandi yoki gul o‘rni, gulqo‘rg‘on barglari, changchilar va bir yoki bir necha sondagi mevabarglardan hosil bo‘lgan urug‘chilar bo‘ladi. Gulning o‘rama barglari kosachabarglari gulkosani, tojbarglari esa gultojni tashkil etadi.Kosachabarglar ko‘pincha yashil rangda, kamdan – kam hollardagina rangdor bo‘lishi mumkin. Tojbarglar esa odatda qizil, pushti, havo rang va boshqa ranglarda bo‘yalgan bo‘ladi. Gulkosa ham, gultoj ham erkin yoki qo‘shilgan bo‘ladi. Olma, anor gullarida gulkosa qo‘shilgan, tojbarglar erkin. Erkin gulkosa va gultoji gullar juda kam uchraydi. Qo‘ng‘iroqgulda gulkosa va gultojlar qo‘shilgan. Odatda qo‘shilmagan tojbarglarning uchki tomoni kengayib tashqariga bukilgan, asosi esa toraygan (chinniguldoshlarda) bo‘ladi. Bunday tojbargda toraygan qismi oyokcha, kengaygantomoni esa qaytaqa deb ataladi. Qo‘shilgan tojbarglarda gultoj uch qismdan, ya’ni naycha, tojbo‘g‘iz (naychadan qaytaqaga o‘tish chegarasi) va qaytaqadan tashkil topadi. Gullar yopiq urug‘lilarni reproduktiv organi. Gul tashqi faktorlarning tasirida vegetative novdaning uchida joylashgan, ixtisoslashgan apikal meristemadan shakillangan. Gul ixtisoslashgan barglarning: kosacha barg, toji barg, changchi va meva barglardan iborat. Hamma kosacha barglar qoidaga binoon yashil va kosachani hosil etadi. Hamma toji barglar hamma qoidaga binoon rangli, yoqimli va ularning yeg‘indisi gul tojini hosil etadi. Har qaysi changchi, changchi ipi va changdondan iborat. Changdonda chang donalari yetiladi. Mevachi barglar alohida yoki guruhlarda urug‘chini hosil etadi va uchta qisimga ajratish mumkin: tumshuqcha, ustuncha, tuguncha. Tugunchada tuxum xujayra yetiladi.Gullar to‘g‘ri – aktinomorf, qiyshiq - zigomorf yoki assimmetrik bo‘ladi. Gulqo‘rg‘onining bo‘lishi, bo‘lmasligi va tuzilishiga qarab gullar: 1) gomoxlamid - gulqo‘rg‘oni oddiy kosachabarglardan yoki tojbarglardan tashkil topgan, ular bir xil tuzilishda, ko‘p sonli, gulo‘rnida spiral joylashadi, (lola, magnoliya); 2) geteroxlamid - gulqo‘rg‘oni murakkab, kosacha va tojbarglardan iborat (burchoq, na’matak); 3) gaploxlamid yoki monoxlomid - gulqo‘rg‘oni bir qator, ko‘pincha kosachabarglardan tashkil topgan (gazanda, o‘t qayrag‘och); 4) axlamid - gulqo‘rg‘oni yo‘q yalong‘och (tol, shumtol).
Gulning xarakterli belgilarini qisqacha fo’rmula bilan ko’rsatish mumkin.Buning uchun uning qismlari lotincha nomlarining bosh harflari bilan belgilanadi: gulkosa(Calxy)-Ca, gultoj(Corollo)-Co,changchi(Androtsey)-A,urug`chi(Ginetsey)-G ko’rinishida ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |