Mikrosporogenez. U changdonda mikrosporalar hosil bo‘lishdan e’tiboran, ularning yetilgungacha bo‘lgan davrdagi shakllanishidan iborat murakkab jarayondar. Ona hujayralar meyoz usulda bo‘linib, 4 tadan mikrospora hujayralarini hosil qiladi. Mikrosporalar hosil bo‘lishi bilan gulli o‘simliklarning jinssiz ko‘payishi tugallanadi. Hosil bo‘lgan mikrospora bir oz vaqt bir mag‘izli bo‘lib uning hajmi ortadi va vakuollar paydo bo‘ladi. Keyinchalik uning mag‘zi katta o‘zgarishlarga uchrab changdonda mikrospora o‘sadi va erkak gametofitga aylanadi. Bunda har bir mikrosporaning mag‘zi mitoz usulda bo‘linib, 2 ga ajraladi va umumiy hujayra qobig‘i ostidagi har bir mag‘iz sitoplazma bilan o‘ralib qoladi. Shunday qilib 2 ta umumiy po‘stga o‘ralgan hamda o‘lchami bir – biridan farq qiladigan biri katta, ikkinchisi kichik hujayralar hosil bo‘ladi. Ularning yirigi vegetativ, kichikrogi esa generativ hujayra deb ataladi.
Bu hujayralar o‘z navbatida erkak gematofit hisoblanib, yopiq urug‘li o‘simliklarda chang donachasi deb yuritiladi.
Mikrosporalar mikrosporaning ona hujayrasini meyoz bo‘linishi natijasida paydo bo‘ladi. Bu jarayon ikki tipda amalga oshadi: a) suksessiv tip – yadro avval ikkiga bo‘linadi va hujayralar orasida to‘siq paydo bo‘ladi. So‘ngra qiz hujayralarning yadrosi yana ikkiga bo‘linib, tetrada hosil bo‘ladi b) simultant tip – yadroning birinchi bo‘linishida hujayralar aro to‘siq paydo bo‘lmaydi, balki ular yana ikkiga bo‘linib, avval to‘rtta yadro hosil bo‘ladi, keyinchalik ular o‘rtasida hujayralar aro to‘siq paydo bo‘ladi. Changdonning ichki qavati tapetum bo‘lib, pariyetal hujayralarning bo‘linishdan paydo bo‘ladi va muhim fiziologik vazifani bajaradi. Tapetum hujayralari quyuq sitoplazma bilan to‘lgan bo‘lib, mikrosporalarga oziqa manbai bo‘lib xizmat qiladi.Sporagen hujayralar bir necha marotaba bo‘linishi natijasida mikrosporalarning boshlang‘ich ona hujayralarini hosil qiladi. Changdonning ichida sporogen to‘qimasidan tashkil topgan to‘rtta uyasi paydo bo‘ladi.
9.Gullarning chetdan changlanishga moslanish xususiyatlari.
1. Chetdan changlanish haqida.
Chetdan changlanish ko‘pchilik o‘simliklar uchun qulaydir. Chunki bunday changlanish usulida har xil irsiy belgilarda ega bo‘lgan gametalar qo‘shiladi. Shuning uchun ham chetdan changlanish avtogamiyaga nisbatan ancha ustun turadi.Shunday qilib, chetdan changlanish o‘simliklar uchun foydali hisoblanib, uning birdan – bir kamchiligi har doim amalga oshavermasligi va ko‘pgina omillarga bog‘liqligidadir. Ksenogamiyada changlarni bir guldan ikkinchi gulning urug‘chisi tumshukchasiga kelib tushishi turli vositalar (usullar) bilan amalga oshadi: Etnomofiliya – hashorotlar yordamida: Orintofiliya – qushlar yordamida; Xiropterofitliya – ko‘rshapalaklar yordamida ular o‘lik tabiatning omillari bo‘lgan anemofiliya – shamol yordamida; gidrofiliya – suv yordamidadir.
Hasharotlar yordamida changlanuvchi o‘simliklarda ularni jalb qiluvchi xilma – xil moslanishlar mavjud:
1. Gulqo‘rg‘on, changchilar, gulyobarglar va uchki barglarning rangdor bo‘lishi.
2. Ko‘pchilik etnomofi o‘simliklar gullarida hasharotlarni jalb qiluvchi maxsus bezlar, ya’ni nektardonlardan ajralib chiquvchi nektar katta rol o‘ynaydi.
3. Gul changlarni o‘zi ham hasharotlar uchun muhim ozuqa manbai bo‘lib xizmat qiladi.
4. Etnomofil o‘simliklarning gullarini ko‘pchiligi efir moylariga boy.
Urug‘li o‘simliklarning 10-15%i anemofil o‘simliklardir (oq qayin, terak, hamma ninabarglilar, qandag‘och, qayrag‘och, eman, o‘rmon yong‘og‘i, nasha tut deyarlibarcha qo‘ng‘irboshdoshlar, hilollar, gazanda, zubturum va boshqalar). Bu o‘simliklarning gulari odatda mayda, ko’rimsiz, gulqo‘rg‘onsiz yoki yaxshi rivojlanmagan gulqo‘rg‘onli, nektar yoki hidlarga ega emas. Changdonlar uzun, oson tebranuvchi chang iplariga ega. Changlar juda yengil, shuning uchun ham uzoq masofalarga tarqala oladi (30-70 km). Ular juda ko‘p sonda hosil bo‘ladi.
Ba’zi o‘simliklar o‘z-o‘zidan yopiq - ochilmagan gulning ichida changlanadi va kleystogam changlanish(kleystos - yopiq) deyladi. Bunday o‘simliklar past bo‘yli bo‘lib gullari yerga yaqin joylashadi, masalan, fialkalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |