O‘simliklarni yorug‘likka bo‘lgan munosabatiga ko‘ra uch guruhga ajratish mumkin:
1. Yorug‘sevar o‘simliklar. Ular faqat yorug‘lik yetarli bo‘lgandagina yaxshi o‘sishlari va rivonijlari mumkin. Bunday o‘simliklarga dasht va cho‘l zonalarida o‘suvchi o‘simliklarni, o‘tloqlardagi (yaltirbosh, ajriqbosh, mastak va boshqalar), o‘rmonlarning birinchi qavatini tashkil etuvchi uzun bo‘yli daraxtlar (qarag‘vay) va efemeroidlarni ko‘rsatish mumkin.
2. Soyasevar o‘simliklar. Ular yorug‘lik deyarli kuchsiz tushayotgan joylarda o‘sadilar. Yorug‘lik tik tushganda, ayniqsa boshqa turlar bilan raqobatga bardosh bera olmaydilar.
3. Oraliq o‘simliklar. Yuqoridagi ikki guruh o‘simliklardan tashqari turlar ham uchraydiki, Ularning ko‘pchiligi yorug‘sevar hisoblanib, uncha yorug‘lik yetishmasa ham yoki ortiqcha yorug‘lakda ham o‘sib rivojlanaveradilar. Ularga o‘rtacha iqlimli zonalardagi o‘rmon va o‘tloqlardagi o‘t o‘simliklar – qo‘ng‘irbosh, oqso‘xta va boshqalar, daraxtlardan arg‘uvon, shumurt, qoraqarag‘vay kabilar misol bo‘ladi.
17.O’simliklarning hayotiy shakllarining klassifikatsiyasi.
1.O‘simliklarning hayotiy shakllari haqida tushuncha berish.
2.O‘simliklarning hayotiy shakllarining turlarini o‘rganish.
Gulli o‘simliklar hayotiy shakllariga ko‘ra daraxt, buta, yarim buta, bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik o‘tlarga bo‘linadi.
Daraxtlar - tanasi yog‘ochlashgan, asosan, bitta yo‘g‘on tanasi, baquvvat ildizi va keng shox-shabbasi bo‘lgan baland bo‘yli ko‘p yillik o‘simliklardir. Bular guli, mevasi, to‘pguli, poyasining eni, bo‘yi, shox-shabbasi va barglari bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan, olma, o‘rik, yong‘oq va shaftolining shox-shabbasi yoyiq, qarag‘ay terakniki g‘uj, tik va sada qayrag‘ochniki sharsimon bo‘ladi. Daraxtlar oz yoki ko‘p yil yashashiga ko‘ra turli xil bo‘ladi. Masalan, Afrikada o‘sadigan baobab daraxti 4000-5000 yil, sarv 3000 yil, soxta kashtan 2000 yil, chinor 800 yil, qarag‘ay 500-600 yil, o‘rik, yong‘oq 70-100 yil yashashi mumkin. Daraxtlarning bo‘yi 5-7 m dan 140-150 m gacha (Avstraliya evkalipti va Kaliforniya mamont daraxti), yo‘g‘onligi esa 10-12 m (baobab daraxti) bo‘ladi.
Butalar - poyasi yog‘ochlashgan, bo‘yi 2-3 m dan oshmaydigan bitta yoki bir nechta poya hosil qiladigan sershox ko‘p yillik o‘simlik. Bularga, ayniqsa tog‘lar yonbag‘rida keng tarqalgan irg‘ay, na’matak, zirk, bodomcha, uchqat, madaniy o‘simliklardan anor, limon, qoraqat, ligustrum kabi o‘simliklarni misol qilib keltirish mumkin.
Yarim butalar – poyasining yuqori qismi qishda sovuqdan qurib qoladigan ko‘p yillik o‘simliklardir. CHo‘llarda keng tarqalgan yem-xashak o‘simliklaridan izen, keyreuk, teresken, sarsazan va shuvoq kabilar shular jumlasidandir.
O‘tlar – poyasining yer usi qismi yog‘ochlashmaydigan va gullab meva tukkandan keyin ko‘pincha qurib qoladigan o‘simliklar. Ular ko‘p yillik, ikki yillik va bir yillik o‘tlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |