3-Mavzu: «О‘zbekiston madaniyati tarixi»ga oid manba va biblografik kо‘rsatgichlar.
Reja:
1. “О‘zbekiston tarixi va madaniyati” fani, uning vazifalari, davrlari, manbalari.
2. “О‘zbekiston madaniyati tarixi»ga oid biblografik kо‘rsatgichlar.
Adabiyotlar:
1.О‘zbekiston tarixi va madaniyati. Tuzuvchilar: B.A.Axmedov., A.Ahmedov. T.: “О‘qituvchi”. 1992. 290b.
2.Hamidov H. XVI-XIX asrlar yurtimiz madaniyati tarixidan lavhalar. Toshkent.О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi. «Fan». 2009. 111b.
3.Mualliflar jamoasi. О‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. Toshkent: «О‘qituvchi», 1980.
4.Nisoriy Hasanxoja. Muzakkiri ahbob (Dо‘stlar yodnomasi). Forschadan Ismoil Bekjon tarjimasi. Toshkent: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993.
5.Oydinov Norsaid. О‘zbekiston tasviriy san’ati tarixidan lavhalar. Toshkent: «О‘qituvchi», 1997.
6.Kabirov M., Sagdullayev A. О‘rta Osiyo arxeologiyasi.T., О‘zbekiston, 1990.
Mamlakatimiz uzra esayotgan mustaqillik shamoli О‘zbekiston fuqarolarining sobiq sovet davrida uzoq yillar davom etgan karaxtlik uyqusidan uyg‘otib juda shiddat bilan о‘zligini anglab olishlariga qulay imkoniyatlar yaratib berdi. Ayniqsa, mustaqilligimizning keyingi 23 yili jamiyat a’zolari, xususan yoshlar shuuri va ongiga ijobiy va ijodiy ta’sir kо‘rsatdiki, yoshlarning Vatanimiz tarixi va madanitiga qiziqishlarining ortishi buning yaqqol misolidir.
“О‘zbekiston tarixi va madaniyati” fani dunyodagi eng qadimiy va boy tarixga ega bо‘lgan о‘zbek xalqining qariyb uch ming yillik tarixiy va madaniyat taraqqiyotini о‘rgatuvchi fandir. О‘rta Osiyoda, jumladan О‘zbekistonda yashab kelayotgan xalqlar jahon fani va madaniyati xazinasiga munosib xissa qо‘shib kelmoqdalar.
О‘zbek xalqi О‘rta Osiyodagi barcha xalqlar qatorida doimo erkinlik, hurlik, ozodlik va mustaqillik uchun mustamlakachilar va yod kelgindilarga qarshi kurash olib borgan va shu jihatdan u о‘zining inqilobiy an’analariga egadir.
“О‘zbekiston tarixi va madaniyati” fanini о‘rganishda uning davrlarini tо‘g‘ri – ilmiy asoslash katta ahamiyat kasb etadi. Shu paytga qadar chop etilgan “О‘zbekiston tarixi”ga oid barcha adabiyot yoki bosma asarlarda bu borada jiddiy xatoliklar va nuqsonlarga yо‘l qо‘yildi. Jumladan, kо‘pchilik adabiyotlarda “О‘rta Osiyoning Rossiyaga qо‘shib olinishi va uning ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy oqibatlari” О‘zbekistonnig kapitalizmni chetlab, sotsializmga о‘tishi”, “О‘zbekiston rivojlangan sotsializm davrida”, “KPSS XXV syezdi va О‘zbekiston SSRning yangi tarixiy g‘alabalari” kabi davrlarni kо‘ramiz.
О‘zbekistonning tarixiy taraqqiyotini ilmiy nuqtai nazardan davrlarga bо‘ladigan bо‘lsak, u quyidagi katta davrlarni о‘z ichiga oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |