1-Mavzu: “О‘zbekiston madaniyati tarixi”kursining metodologik ilmiy-nazariy asoslari, tamoyil va usullari
Reja:
1.“О‘zbekiston madaniyati tarixi” fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari, tamoyil va usullari.
2.“О‘zbekiston madaniyati tarixi” fanini о‘rganishning yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati.
Adabiyotlar:
1.Karimov I.A. О‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T.: “О‘zbekiston”. 2011. 727b.
2.Asqarov A.A. О‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi. T.: “Universitet”. 2007. 333b.
3.Jabborov I. О‘zbek xalqi etnografiyasi. T., О‘qituvchi, 1994.
4.Jabborov I. Antik madaniyat va ma’naviyat xazinasi. T., О‘zbekiston, 1999 y.
5.О‘zbekiston tarixi va madaniyati. Tuzuvchilar: B.A.Axmedov., A.Ahmedov. T.: “О‘qituvchi”. 1992. 290b.
«О‘zbekistan xalqlari tarixi va madaniyati fani predmeti, nazariy metodologik asoslari, manbalari va aramiyatiga 6ag‘ishlashan dastlabki diars mashg‘ulotida о‘qituvchi Vatam tarixi va madaniyatini о‘rganshida moddiy va yozma manbalarning о‘rni va ahamiyati behad katta ekakanligiga talabilarning e’tiborini qaratadi. Xalqimizning ma’naviy-madainiy merosi bebaho boylik sifatida maxsus arxivlarda, kugubxona va muzeylarda hamda arxivlarda avaylab saqlanayotganligi ta’kidlanadi.
Manbalar о‘z xolatiga kо‘ra, yozma va moddiy kо‘rinishlarga ega bо‘lishi, tariximizning eng qadimgi, ya’ni yozuvsiz zamonlarga oid davrini о‘rganishda arxeologik, antropologik va etnografik manbalar yordamga kelishi aytiladi.
Moddiy ashyoviy manbalarga mehnat va jang qurollari, sopol idishlar, turmush va xо‘jalikda ishlatiladigan buyumlar, shaxar va qо‘rg‘on xarobalari, xullas, qadimda inson qо‘li bilan yaratilgan xamma narsalar shular jumlasiga kirishi uqtiriladi.
Yozma manbalarga esa qoyatoshlarga, sopolga bitilgan qadimgi yozuvlar yoki kitoblar kiradi. Shu о‘rinda О‘zbekiston tarixi bо‘yicha eng qadimgi manba zardushtiylarning mukddas kitobi «Avesto» ekanligi ta’kidlanadi. Shuningdek, qadimgi davr tarixiga doir yozma manba Erondagi Behistun qoyasi yozuvlari xaqida ma’lumot berib о‘tish bilan birga, qadimgi dunyo, ya’ni Yunon, Rim, Xitoy tarixchilarining asarlarida yurtimiz xalqlarining turmushi, dini, madaniyati, iqtisodiy va siyosiy tuzumi tо‘g‘risida ma’lumotlar berilganligi xususida tо‘xtaliniladi.
Tarixiy manbalar davr nuktai nazaridan qadimiy va kundalik ahamiyatga ega ekanligiga urg‘u berilib, ular о‘z mohiyati va mazmuniga kо‘ra, birlamchi va ikkilamchi ahamiyat maqomiga egaligi, ya’ni tarixiy hujjatlarning asl nushasi birlamchi manbaga kirsa, bu manbalarning e’lon qilingan nusxalari, kitob holiga kelgirilganlari ikkinchi manba deb hisoblanishi qayd etiladi.
Umuman, moddiy va yozma manba ma’lumotlarini solishtirib, qiyoslab, tarixni talqin etish muhim ahamiyat kasb etishi uqtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |