«Klaster» metodi
Klaster tuzish qoidasi
1. Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing. G‘oyalari sifatini muhokama qilmang faqat ularni yozing.
2. Xatni tо‘xtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga e’tibor bermang.
3. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni tо‘xtatmang. Agarda aqlingizda g‘oyalar kelishi birdan tо‘xtasa, u holda qachonki yangi g‘oyalar kelmaguncha qog‘ozga rasm chizib turing.
Topshiriq: Madaniyat sо‘zini klaster kо‘rinishida ishlab chiqish
4-Mavzu: «О‘zbekiston xalqlarining Qadimgi va Ilk О‘rta asrlar davri madaniyati tarixi. (Miloddan avvalgi. VI asrdan - milodiy IV asrgacha)
Reja:
1.Eng qadimgi davr madaniyat tarixi.
2.Ilk о‘rta asrlar madaniyat tarixi.
Adabiyotlar:
1.Karimov I.A. О‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T.: “О‘zbekiston”. 2011. 727b.
2.Asqarov A.A. О‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi. T.: “Universitet”. 2007. 333b.
3.О‘zbekiston tarixi va madaniyati. Tuzuvchilar: B.A.Axmedov., A.Ahmedov. T.: “О‘qituvchi”. 1992. 290b.
4.Islomov О‘.I. Odamzodning paydo bо‘lishidagi ba’zi muammolar: Markaziy Osiyo hududi misolida // О‘zbekistonda ijtimoiy fanlar. № 1-2. Toshkent. 2012. 25-30b.
5.Kabirov M., Sagdullayev A. О‘rta Osiyo arxeologiyasi.T., О‘zbekiston, 1990.
6.Pugachenkova G.A., Rempel L.M. Istoriya iskusstv Uzbekistana. M., 1974 g.
7.Raxmatullayev T. О‘zbekiston xalqlari tarixini о‘qitshda arxeologiya materiallaridan foydalanish. T., О‘qiguvchi, 1994.
«О‘zbekiston xalqlarining Qadimgi va ilk О‘rta asrlar davri madaniyati tarixi» mavzusini yoritish jarayonida о‘zbekistonlik arxeolog olimlar О‘rta Osiyoda ibtidoiy jamiyatning yoshi bir million yildan ziyodroq ekanligini isbotlaganliklari kо‘rsatib о‘tiladi.
Bu borada akademik О‘tkur Islomovning el-yurt oldidagi xizmatlari cheksiz. Farg‘ona viloyatining Sо‘x tumanidagi Selung‘ur g‘oridan topilgan eng qadimgi odamning qoldiqlari katta ahamiyatga ega bо‘ldi. Fanda «Farg‘ona odami» — «Fergantrop» deb nom olgan bu qazilma О‘zbekistonning insoniyat paydo bо‘lib rivojlangan о‘choqlaridan biri ekanligini uzil-kesil tasdiqlagani qayd etiladi. Ilk paleolit, ya’ni, qadimgi tosh davriga oid bunday makonlar Toshkent viloyatining Angren shahri yaqinidagi Kо‘lbuloq mavzeidan, shuningdek, Qizilolmasoy va Toshsoy (Ohangaron) manzilgohlaridan topilganligiga e’tibor qaratiladi.
Bu davr ibtidoiy odamlari tabiatda mavjud bо‘lgan tayyor mahsulotlarni о‘zlashtirib yashaganlar. Ular hayvonot olamidan farq qilib, mehnat qurollarini yasay olishlari bilan farq qilganliklari arxeolok olim О‘tkur Islomov tomonidan isbotlangan. Shu sababli ham akademik О‘tkur Islomovni olimlar orasida “Farg‘ona odami”ning otasi deb bejizga aytmaydilar.
О‘rta paleolit (Mustye) madaniyatiga oid dastlabki yodgoplik Surxondaryo vohasining Boysun tog‘idagi Teshiktosh g‘oridir. Bu davr odami neandertal nomi bilan fanga kirgan.
Teshiktoshdagi g‘ordan topilgan neandertal odam (9 yashar bolaga tegishli)ning suyak qoldiqlari fan olamida jiddiy kashfiyot bо‘ldi.
Hozirgi vaqtda neandertal zamondoshlari yashagan makonlar О‘zbekistonning Toshkent viloyati Bо‘stonliq tumanidagi Xо‘jakent, Obirahmat, Angren yaqinidagi Kо‘lbuloqning yuqori qatlami, Samarkand yaqinidagi Omonqо‘ton, Takalisoy, Zarafshon vodiysidagi Qо‘tirbuloq, Zirabuloq, Uchtut va Ijond manzillarida topilgan va tadqiq qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |