Муќаддима


Qulmuhammad, Abduqodir Nayiy, Xusayn Udiy, Shohquli G‘ijjakiy



Download 3,31 Mb.
bet5/54
Sana15.01.2017
Hajmi3,31 Mb.
#433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
«О‘zbekistan xalqlari tarixi va madaniyati” fani о‘rganish yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, el-yurt va millat manfaatining otashin himoyachilari qilib kamol toptirishda cheksiz imkoniyatlarga egadir. Yurtboshimiz I.A.Karimov “Vatan hissi, vatan tuyg‘usi barcha narsadan qadrliroqdir. Biz farzandlarimiz ongiga va qalbiga ana shu tuyg‘uni singdirishimiz kerak”1 – deb bejiz aytmaganlar.

Vatan deganda nimani anglash kerak?

“О‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga binoan, “Vatan” – kishi tug‘ilib о‘sgan va о‘zini uning fuqarosi hisoblagan mamlakat, ona yurt.

Biz “Vatan” sо‘zini ne-ne sо‘zlarga qо‘shib, ne-ne qadriyatlarga nom topamiz: Vatan adabiyoti, Vatan tuyg‘usi, Vatan tarixi.....

Umrimizning har bir lahzasi Vatanga bо‘lgan munosabat bilan belgilanadi. Vatan – umrimizning mazmuni, maqsadimiz g‘oyasi.

Vatan chegarasini uning tarixi, uning madaniy merosi belgilaydi. О‘tmishni bugun yaratib bо‘lmaydi, о‘tmish bugunni yaratadi. Tarixdagi har bir ijtimoiy yuksalish jamiyatning о‘z merosiga, о‘z о‘tmishiga bо‘lgan munosabatini isloh qilishdan boshlanadi. О‘tmishga bо‘lgan har qanday ijodiy murojaat esa hamisha inqilobiy о‘zgarishlarga zamin tayyorlaydi, о‘tmish aqidalari bugun uchun xizmat qiladi. Biroq о‘tmishga murojaat qilishdan avval unga bо‘lgan munosabatni halol, tо‘g‘ri yо‘lga solish kerak.

Vatan nima demak. О‘tkir Xoshimov - mangu haqiqat - “Ona – bitta, Vatan - yagona” desa, Muhammad Yusuf:
Men dunyoni nima qildim, о‘zing yorug‘ jahonim,

О‘zim hoqon, о‘zim sulton, sen taxti Sulaymonim,

Yolg‘izim, yagonam deymi, topingan koshonam deymi?

О‘zing meni ulug‘lardan, ulug‘imsan Vatanim! –


deydi. Chunki, Vatandan tashqari baxt yо‘q, begona yurt hech qachon Vatan bо‘lolmaydi. Haqiqat vatan manfaati yо‘lida kerak bо‘lsa qurbon bо‘lishga ham tayyor turishda namoyon bо‘ladi. Chunki о‘zingni vatanga qanchalar yaqin his etsang, uni shu qadar vujud kabi aniqroq va sevibroq tasuvvur qilasan. Prezidentimiz aytadilarki, “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir”.

Kо‘hna ona tariximizni о‘rganish, uni bitmas-tuganmas sarchashmalaridan bilimga chanqoq zamondoshlarimizni bahramand etish, ularning mahnaviy talab-ehtiyojlarini qondirish – vatan tarixchilaridan, bu fan jonkuyarlaridan kо‘p narsani talab etadi. Negaki, yosh avlod tarbiyasining kо‘p jihatlari ham mana shunga bog‘liq ekanligini unutmasligimiz kerak albatta. Axir, vatanparvarlik tarbiyasi ota-onaga, о‘z mahalla, qishlog‘iga bо‘lgan cheksiz muhabbat, uning tarixi va madaniyatiga bо‘lgan mislsiz va tengsiz sadoqatidan boshlanmaydimi? О‘z ota-onasi, о‘z Ona tuprog‘i, о‘z millati va xalqi, о‘z tarixi va madaniyatini sevmagan kimsa qanday qilib “begonalar”ni seva olsin?! О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning “Vatanim” qasidasidagi quyidagi satrlarga e’tibor bering-a...

Sen – shoxlari osmonlarga tegib turgan chinorim,

Ota desam, о‘g‘lim deb, bosh egib turgan chinorim,

Qо‘ynimdagi iftixorim, bо‘ynimdagi tumorim,

О‘zing mening ulug‘lardan Ulug‘imsan, Vatanim!


Ha, о‘zbek xalqirning ming-ming yillik boy tarixi bor. Bu ona tarixini bemalol kо‘z-kо‘z qilib, kо‘kragimizni toh qilib, tashviqot va targ‘ibot qilsak, farzand-nabiralarimizni ana shu muqaddas tarixga, madaniyatga sodiqlik ruhida tarbiyalasak, о‘zligimizni anglagan bо‘lur edik.

1.Moddiy-madaniy ashyolar nima?

2.Tarixining qanday yozma manbalarini bilasiz?

3.Tarixiy malbalar davr nuqtay nazaridan, mazmuni va mohiyatga kо‘ra qanday ahamiyatga ega?

4.О‘tmishning eng qadimgi zamonlarini о‘rganishda tarixga qanday fanlar yordam beradi?

5.Vatan tuyg‘usi - deganda nimani tushunasiz?

6.О‘zingizni vatanparvar deb о‘ylaysizmi?
Ushbu mavzuni о‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ma’ruza darslari tashkil etilsa maqsadga muvofiq bо‘ladi. Ushbu mavzuni “Tarozi(Vesi) texnologiyasi asosida tashkil etishni tavsiya etamiz:
Tarozi” (Vesi) texnologiyasi о‘tkazish tartibi

Mazkur texnologiya munozarali mavzularni о‘rganishda qо‘l keladi. U tanqidiy tafakkur, mantiq, ijodiy improvizatsiya, fikriy tajribalarni rivojlantirishga yо‘naltirilgan. Bu texnologiya dalillash qobiliyatini rivojlantirish, о‘z dalillarini yozma va og‘zaki shaklda ishonchli va lо‘nda ifodalashni shakllantiradi (biz og‘zaki ifodalashni nazarda tutdik). О‘z nuqtai nazarini himoya qiladi. Muxolifatlarni ishontiradi, munozara madaniyatiga о‘rgatadi.

“Vesi” texnologiyasi о‘quv materialini о‘rganishning turli bosqichlarida qо‘llanilishi mumkin. Ammo u о‘tilgan materiallar bо‘yicha xulosa qilish bosqichida yuqori samara va natija beradi, chunki, о‘qiyotganlarning yuqori darajada xabardorliklarini va о‘rganilgan materiallardan erkin foydalanishini nazarda tutadi. Bu texnologiya kichik guruhlarda va jamoalar orasida amaliyotga tatbiq etilishi mumkin.

Asosiy tushunchalar:

Mavzu turli nuqtai nazarlarning tо‘qnashuviga imkoniyat beruvchi hamda ularning birontasiga ham imtiyoz bermaydigan tasdiqdir. Mavzu shunday tanlanishi kerakki, u о‘rganilayotgan mavzuning barcha qarralarini ochishi, о‘quvchilarning axborot qidirish hamda izlanuvchanlik faoliyatlarini rag‘batlantirsin.



Argument – bu о‘z nuqtai nazarini tasdiqlashga olib keluvchi asosli dalil, g‘oya, mulohazadir. Dalillash aniq, mantiqli, asoslangan bо‘lishi, faktlar, sharhlar, mulohazalar, isbotlar, misollar, manbalarga, havolalar bilan quvvatlangan bо‘lishi kerak.

Kontrargument- (qarshi dalillash) – bu muholiflarning dalillarini rad etish bо‘lib, u dalillashga qо‘yiladigan talablarga mos kelishi kerak. Tо‘g‘ri tanlangan kontrargument muholiflarning nuqtai nazarini zaiflashtirishi hamda о‘zining himoya yoki rad etish chizig‘ini mustahkamlashi lozim.



Download 3,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish