1.О‘zbekiston xududida ibtidoiy jamoa tuzumi davri.
2.О‘zbekiston xududida quldorlik tuzumi.
3.О‘zbekiston xududida feodal tuzum.
4.О‘rta Osiyo va О‘zbekistonning Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi.
5.О‘zbekiston 1917 yil fevral burjua demokratik va oktyar sotsialistik inqiloblari davrida.
6.О‘zbekiston sovet hokimiyati yillarida (1917 yil oktabr – 1991 yil).
“О‘zbekiston tarixi va madaniyati” fanini о‘rganishda uning manbalarini bilish g‘oyatda muhim. Bunday manbalar nimalardan iborat? Bu eng avvalo о‘tmish ota-bobolarimiz qoldirib ketgan va dunyodagi juda kо‘p xorijiy mamlakatlar, chunonchi, Hindiston, Xitoy, Afg‘oniston, Eron, Turkiya, Angliya, Fransiya kabi davlatlarning hamda ittifoq va О‘zbekistonning kutubxona va arxivlarida saqlanayotgan boy qо‘lyozma asarlaridir.
Biz xalqimizning ana shu о‘tmish tarixini mustaqillik sharofati bilangina о‘rganishga kirishdik. Sobiq sovet davrida chet elga faqat qо‘lyozma izlab borgan olimlarimizning ilk qaldirg‘ochi Hamid Sulaymonov bо‘ldi. U Hindiston, Angliya va Fransiyaga borib bir necha bor safar qildi va nafaqat Navoiy, Hofiz Xorazimiy devonlarining, balki shuningdek, О‘rta Osiyo tarixiga oid talay qо‘lyozma asarlarining mikrofilm va foto nusxalarini olib keldi.
Respublika kutubxonalarida ham kо‘plab hali qо‘l urilmagan qо‘lyozma asarlar navbat kutib turibdi. О‘zbekiston Fanlar Akademiyasi qoshidagi Sharqshunoslik instituti fondida xalqimizning boy о‘tmish me’rosi bor. Ammo, eski о‘zbek tilida - arab alifbosida yozilgan, bu noyob asarlarni О‘zbekistonlik olimlarimiz ilmiy о‘rganib, tarjima qilib, undan xalqni baxramand qilishdek hayrli ishlarni amalga oshirmoqdalar.
Ana shu qо‘lyozmalar orasida xon, amirlar saroyida yashagan salnomachilarning yozib qoldirgan asarlari qimmatlidir. Ular mazkur hukmdorlar yoki ularning keyingi vorislari hukumdorlik qilgan yillarda mamlakatda yuz bergan voqealarni yilma-yid, oyma-oy, hattoki kunma-kun yozib borganlar. Shuning uchun ham salnomachilar yaratgan asarlar hukmdorlarning nomi bilan atalgan: “Zafarnomai Temuriy”, “Shayboniynoma”, “Ubaydullanoma”, “Abdullanoma”, “Tarixi Xudoyorxoni” va hakozo.
Ikkinchi va g‘oyat muhim manbalardan yana biri shoirlar, yozuvchilar, olim-u ulamolarning qoldirgan asarlari ham “О‘zbekiston tarixi va madaniyati” fani bо‘yicha axoyib ma’lumotlar beradi. Al-Xorazimiy, Axmad Farg‘oniy, Beruniy, Aba Ali Ibn Sino, Ulug‘bek, Ali Qushchi, Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muqimiy, Furqat va boshqa allomalarning ijodlarida ular yashagan tarixiy va madaniy muhitga oid qimmatli fikr-xulosalar mavjud.
“О‘zbekiston tarixi va madaniyati” fani о‘rganishda tarixiy obidalar, arxeologik qazilmalar asosida topilgan nodir buyumlar, qadriyatlarimiz, О‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi, san’ati, Turkiston harbiy okrugi va boshqa Respublikamiz muzeylarida muzeylarda saqlanayotgan kо‘rgazma jixozlar g‘oyat qimmatli bilim manbalaridir. Bu sohada Samarqand shahrida joylashgan О‘zbekiston Arxeologiya instituti ham foydali ishlarni amalga oshirmoqda. Shu bilan birgalikda tarixiy qfadriyatlarimizga munosabat va uni kо‘z qorachig‘iday asrashda jiddiy nuqsonlarimiz va loqaydligimiz ham bor. Masalan, О‘zbekistonda agar 50-yillarda 30 000 ta tarixiy yodgorliklar bо‘lgan bо‘lsa, endilikda ulardan 7 000 ta qoldi xolos.
“О‘zbekiston tarixi va madaniyati” fanini о‘rganishda tarixshunos, sharqshunos, adabiyotshunos, madaniyatshunos va boshqa fan olimlari va muttaxasislarning О‘zbekiston tarixi va madaniyatining u yoki bu davrida oid asarlari ham diqqatga sazovordir.
Turkiston va О‘zbekiston tarixi va madaniyatini yaratishda О‘rta Osiyolik va О‘zbekistonlik olimlardan Muhammad Narshahiy, Ahmad Donish, Qori Niyoziy Bо‘lat Soliyev, Musajon Saidjonov, Yaxyo G‘ulomov, Ibrohim Mо‘minov, О‘tkur Islomov, Axmadili Asqarov, Bо‘riboy Axmedov va boshqalar ham bu borada muayyan salmoqli ish olib bordilar.
1.“О‘zbekiston tarixi va madaniyati” fanining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat.
2.“О‘zbekiston tarixi va madaniyati” fanini о‘rganishga doir qanday yozma manblarni bilasiz?
3.Bu manbalarda qanda g‘oyalar ilgari surilgan?
4.“О‘zbekiston tarixi va madaniyati” fanini о‘rganish nima uchun zarur?
5. О‘zbekiston tarixi va madaniyatini yaratishda qaysi о‘zbek olimlari о‘zlarini munosab hissalarini qо‘shganlar.
Mavzusini о‘qitishda “Klaster” metodidan foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
“Klaster” metodini о‘tkazish tartibi
Do'stlaringiz bilan baham: |