Neolit davri (miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklar) О‘rta Osiyo tarixida odamlarni о‘zlashtiruvchi xо‘jalikdan ishlab chiqaruvchi xо‘jalik, dehonchilik, chorvachilik, hunarmandchilikka о‘tish davri bо‘lib, bu davr xо‘jalik shakllariga kо‘ra Joytun (Janubiy Turkmaniston), Kaltaminor (Xorazm) va Xisor (Xisor-Pomir) tog‘lari madaniyatiga bо‘linadi. Bu davrda ypyg‘ jamoasi о‘troq hayotga о‘tib, tosh qurollar yasashning yangi usullarini ixtiro qilganlar. О‘qituvchi ushbu davr madaniyati haqidagi suhbat davomida neolit davrining eng buyuk kashfiyotlaridan biri kulolchilik bо‘lganligiga e’tiborni qaratadi.
Neolit davrida tuxumsimon qilib ishlangan dastlabki idishlardan ovqat pishirishda, saqlashda foydalanilgan. Bu idishlar avval oftobda quritilib, sо‘ng gulxanda pishiriltan. Dastlab qо‘lda tagi yumaloq, turli chiziqli bosma va о‘yma naqshlar solingan sopol idishlar yasash bilan ayollar shug‘ullangan. Bu etnografik taqqoslash va neolit idishlaridagi barmoq izlari daktiloskopiya usuli bilan о‘rganilib isbot qilingan, keyinchalik charxdan foydalanila boshlangach, ularni erkaklar yasagan.
Xorazm xududidagi ushbu davrga oid ovchi va baliqchilarnint qadimgi yodgorligi Kaltaminor madaniyatidir. Mazkur madaniyatga xos naqshlar sopol idishlarda aks etgan bо‘lib, ular juda oddiy boshoq, siniq, chiziq, yuqoridan pastga va gorizontal о‘tkazilgan tо‘g‘ri chiziqlar va ayrim geometrik shakllardan iborat. Zarafshon etaklaridagi Darvozaqir manzili ushbu madaniyatga mansub yodgorlik hisoblanadi.
Miloddan avvalgi 4-3 ming yillikda tosh davri tugab, eneolit (mis-tosh) davri boshlanadi.
О‘qituvchi bu davrning о‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirar ekan, talabalar dikqatini eneolit davriga doir quyidagi tarixiy-madaniy jarayonlarga jalb etadi:
1. Xо‘jalikning boshqa xamma turlariga qaraganda sug‘orma deyehqonchilik qilishi.
2. Xom g‘ishtdan, paxsadan katta jamoalarning kо‘p xonali uylarini qurish.
3. Rangdor sopol buyumlar, ya’ni hayvon, qush, о‘simlik shaklidagi naqshlar bilan bezatilgan idishlarning mavjudligi.
4. Turli hayvonlarning loydan yasalgan va matriarxatga xos xaykallari.
5. Kulolchilikda xumdonlarning ishlatilishi.
6. Tosh qurollar bilan birga mis qurollarning paydo bо‘lishi.
Bu davrga oid eng muhim yodgorliklar Buxoro voxasidagi Lavlakon, Beshbuloq makonlari, Zamonbobo qabristonining eng pastki qatlamlari xamda Panjakent yaqinidagi Sarazm qishlog‘i xarobasi hisoblanadi.
Bronza davri О‘zbekiston yerlarida miloddan avvalgi 3 ming yillik oxiri – 2 ming yilliklarga tо‘g‘ri keladi.
Bronza asri boshlanishi bilan ibtidoiy kishilarning xо‘jalik faoliyati va ijtimoiy tuzumida tubdan о‘zgarishlar yuz berib, madaniyat nisbatan yuqori pog‘onaga kо‘tarildi. Bu davrning muhim xususiyati shundan iboratki, mehnat qurollari mehnat unumdorligini oshirishi natijasida ortiqcha mahsulot naydo bо‘ldi. Bu hol chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishiga olib keldi va birinchi mehnat taqsimoti rо‘y berdi. Shuningdek, urug‘ni yetarli mahsulotlar bilan ta’minlash erkaklar qо‘liga о‘tib, patriarxat boshlandi. G‘ildirak ixtiro qilinib, hayvonlarga qо‘shilgan aravalar vujudga keldi h,amda qо‘l tegirmoni (yorg‘uchoq), kulolchilik charxi, charxpalak kashf qilindi.
Bronza davriga mansub yodgorliklar Xorazmdagi Tozabog‘yob, Amirobod, Surxondaryoning Sopolli, Buxoro viloyati xududidagi Zamonbobo, Farg‘ona vodiysidagi Chust madaniyati nomlari bilan mashhurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |