Муќаддима



Download 3,31 Mb.
bet18/54
Sana15.01.2017
Hajmi3,31 Mb.
#433
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54
Al-Forobiy barcha ilmlar rivojiga katta hissa qо‘shganligi, xususan, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga tanishtirganligi uchun Sharq mamlakatlarida «Ikkinchi Aristotel» deb ulug‘langan.

О‘rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniy (973- 1048 yillar) Xorazmnipg qadimgi poytaxti Kot shahrida tug‘ildi. Uning ilmiy merosi tо‘rtta fan sohalariga doir 150 dan ortiq asardan iborat bо‘lib, ulardan faqat 30 tasi bizgacha yetib keldi.



Beruniy fanning turli sohalarida yangi fikrlar va kashfiyotlarni olg‘a surdiki, bu kashfiyotlar о‘rta asr Sharqida uzoq vaqtgacha fan taraqiyotini belgilab berdi. Jumladan, u birinchi bо‘lib Yerning Quyosh atrofida aylanishi xaqidagi fikrni ilgari surdi va Yerning dumaloq shaklda ekanligini asoslab berdi xamda yer globusini yaratdi. Shuningdek, olim dunyoning geografik xaritasini tuzib, Amerika qit’asi borligini ilmiy bashorat qilgan.

Beruniy turli joylarning geografik kengligi va uzoqligini aniqlash yо‘llarini ishlab chiqqan. Uning foydali qazilmalar qatlamining paydo bо‘lishi, jinslar yemirilishining ahamiyati, tog‘ jinslarining nurashi kabi xulosalari katta ilmiy ahamiyatga ega bо‘ldi. Olim zichlik tushunchasini birinchi bо‘lib fanga kiritish bilan qazilma boyliklarni qidirib topish qonuniyatlari ochilishini boshlab bergan edi. Uning «Qadimgi halqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Geodeziya», «Minerologiya», «Saydana», «Qonuni al- Mas’udiy» kabi asarlarining tarixdagi roli beqiyos.

Beruniy о‘rta asr sharoitida xaqiqiy tajribaga, kuzatish, eksperimentga asoslanuvchi aniq ilmiy tafakkurni boshlab beruvchilardandir.

Sharqning buyuk siymolaridan biri, qomusiy olim, mutafakkir, tabib, faylasuf, shoir Abu Ali ibn Sino (980-1037 yillar) bо‘lib, u Yevropada Avitsenna nomi bilan mashxurdir. Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug‘ilgan, iste’dodli, xotirasi kuchli, zehni о‘tkir bо‘lganligidan о‘z davrida ma’lum bо‘lgan ilmlarni tez egallagan. U 16 yoshdayok, mashhur tabib - xakim bо‘lib tanildi va keyinchalik «Olimlar boshlig‘i», «Tabiblar podshoxi» kabi eng buyuk nomlarga sazovor bо‘ldi.


Download 3,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish