«О‘zbekiston xalqlari madaniyati tarixi»ga oid о‘rta asrlar davri madaniyati” mavzusini о‘tishda dastlab о‘lkamiz hududida shaharsozlik madaniyatining shakllanishi xususida sо‘z yuritiladi.
Bronza davrida aholining о‘trok, dehqonchilikka о‘tishi va keng vohalar bо‘ylab yoyilishi, hunarmandchilik ishlab chiqarishining rivojlanishi bilan bog‘liq, iqtisodiy va madaniy aloqalar, savdo-sotiqning taraqqiy etishi hamda tabiiy-geografik va harbiy-strategik shart-sharoitlar natijasi о‘laroq, mustahkam manzilgohlar о‘rni va atroflarida (masalan, Sopollitepa, Afrosiyob, Jarqо‘ton, Nomozgoh, Qiziltepa, Yerqо‘rg‘on, Uzunqir) dastlabki shahar madaniyati shakllanib rivojlanganligi haqida xulosa chiqariladi.
Ilk shaharlar paydo bо‘lishi esa dastlabki davlatchilik shakllanishida eng muhim va asosiy omil bо‘lib, bu ikkala jarayon uzviy holda kelganligiga talabalar diqqati qaratiladi.
О‘zbekiston xududidagi dastlabki davlat uyushmalari haqidagi yozma manbalar zardushtiylikning muqaddas diniy kitobi «Avesto», ahamoniylar davri mixxat yozuvlari, yunon-rim tarixchilarining asarlari hisoblanadi.
«Avesto»da О‘rta Osiyo, Ozarboyjon va Eron hududlarida yashagan xalqlarning qadimgi davrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam haqidagi tasavvurlari, urf-odatlari, manaviy madaniyati о‘z aksini topgan. Dastlab «Avesto» 21 ta kitobdan iborat bо‘lgan. Bizgacha «Avesto»ning Yasna («Qurbonlik keltirish»), Visprat («Xamma hukmronlar»), Yasht («Qadrlash»), Videvat («Devlarga qarshi qonun») qismlari saqlanib qolgan.
«Avesto» О‘rta Osiyoda miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda harbiy - demokratik tuzilishga ega bо‘lgan davlatlar, xususan, Xorazm, Sо‘g‘diyona, Baqtriya davlatlari haqida ma’lumot beradi.
Umuman, «Avesto» qadim о‘lkamizda buyuk davlat, buyuk ma’naviyat va madaniyat bо‘lganligidan guvohlik beruvchi tarixiy manba ekanligi, uning 2700 yilligi 2001 yili mamlakagimizda keng nishonlantanligiga ypg‘y berib о‘tish lozim.
О‘rta Osiyoning katta qismi (Farg‘ona vodiysi va Toshkent vohasidan tashqari) miloddan avvalgi VI—IV asrlarda Eron ahamoniylari tasarrufida bо‘ldi. Ahamoniylar davlati sarhadlari Misrdan to Shimoli-G‘arbiy Hindistongacha chо‘zilib, turli xalqlar va elatlarni bosib olib birlashtirish yо‘li bilan tashkil topgan edi. О‘rta Osiyo xalqlari ahamoniylarning madaniy yodgorliklarini bunyod etishda muhim xissa qо‘shganlar. Bu davr san’ati ayrim xususiyatlarining ma’lum qismini mahalliy ustalar tomonidan tayyorlangan mashhur Amudaryo xazinasidagi buyumlar ochib beradi. Misol tariqasida О‘zbekistonning 100 sо‘mlik milliy sо‘mida aks etgan taqinchoq tasvirini kо‘rsatish mumkin. Shu davrdagi Naqshi Rustam, Behistun tasvir yozuvlarinish paydo bо‘lishi xam Eron va О‘rta Osiyo xalqlari san’ati bilan bog‘lik namunalarning vujudga kelishiga sababchi bо‘lgan. Mazkur davrda о‘lkamiz aholisi ilk marta zarb qilingan tanga pullar bilan tanishdilar va muomala qildilar. Miloddan avvalgi 329 yilda makedoniyalik Iskandar boshchiligida Yunon-Makedon qо‘shinlari yurtimizga bostirib keladi. U faqat miloddan avvalgi 327 yildagina og‘ir janglardan keyin Baqtriya, Sо‘g‘diyona, Marg‘iyona va boshqa hududlarni egallay oldi.
О‘rta Osiyo xalqlari bosqinchilarga qarshi uch yil davomida mardonavor kurash olib bordilar. Ular yunonlar о‘ylaganidek, «varvarlar» va madaniyatdan orqada qolgan emas, balki о‘z davrining yuksak harbiy san’ati va madaniyatiga ega ekanliklarini namoyish etdilar. Shu bilan birga, О‘rta Osiyo janubiy viloyatlarining ellinistik davlatlar tarkibiga kirishi о‘sha davrda bu xududlarning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida muxim о‘zgarishlarga olib keldi.
Bu yerga Ellin (Ellada) madaniyati kirib keldi. Bu о‘zgarishlar shaxarsozlik, me’morchilik va amaliy san’atda о‘z ifodasini topdi. Yunon yozuvi tarqaladi. Ayniqsa, miloddan avvalgi 250 yilda О‘rga Osiyoning katta qismida mustaqil Yunon-Baqtriya podsholigining vujudga kelishi bu jarayonni kuchaytirdi. Natijada mahalliy va yunon madaniyatlari an’analari о‘zaro omuxta bо‘la bordi. Arxeologik topilma yodgorliklar bu ma’lumotlarni tasdiqlamoqda.
О‘qituvchi mahalliy ustalar va rassomlar yasagan kulolchilik buyumlarida, tanga va taqinchoqlarda, turli kо‘rinishdagi haykallarda xam ellinistik an’analar alomatlari mavjuddigini ta’kidlaydi. Sо‘ngra miloddan avvalgi III asrdan — milodniy IV asrlarigacha О‘rta Osiyoda mavjud bо‘lgan Qang‘, Farg‘ona (Davon), Kushon davlatlarining tashkil topishini va rivojlanishini bayon qilar ekan, Kushonlar saltanati mamlakatimiz davlatchiligi tarixida yangi davr ekanligiga alohida urg‘u beradi.]Milodning boshlarida О‘rta Osiyo qudratli Kushon imperiyasi tarkibiga kiradi. Kanishka (78 - 123 yillar) xukmronlik qilgan davrda Kushon qudratli davlatga aylanib, Rim, Xitoy kabi buyuk davlatlar bilan bir qatorda turadi. Kushonlar podsholigida xо‘jalik, savdo va xunarmandchilikning rivojlanishi, sug‘orish inshootlarining kengayishi xaqida tо‘xtalib о‘tilgach, uning xalqaro savdo aloqalari xarakteriga talabalar diqqatini tortish maqsadida quyidagi masala ustida fikr yuritish taklif qilinadi: «Arxeologik qazilmalar natijasida olimlar Hindiston, Xitoy, Rim imperiyasida tayyorlangan xar xil buyumlar, boshqa mamlakatda zarb qilingan tanga pullar topganlar. Bu tonilmalarga asoslanib qanday xulosa chiqrish mumkii?»
Ularning xulosalari tinglangach, kushonlar davrida xо‘jalikning rivojlanishi xaqidagi masalani yakunlab, Buyuk Ipak yulining sharqiy qismi kushonlar qо‘lida bо‘lganligi, bu esa tashqi savdoning rivojlanishiga ijobiy ta’sir kо‘rsatganligi qayd etiladi.
Talabalar iqtisodiy sohadaga rivojlanish madaniy hayotning xam gullab-yashnashiga olib kelganligini tushunib olishlari kerak. Avvalo, kushonlar davridagi din masalasini yoritishga о‘tib, Kushon davlati xukm surgan I—IV asrlarda о‘lkamizda zardushtiylik dini bilan bir qatorda, budda dini xam xududimiz janubida tarqalganligi aytiladi. Budda ibodatxonalari va u bilan bog‘liq san’at asarlari namunalari Surxondaryoning Kо‘xna Termiz, Dalvarzintepa, Xolchayon, Ayritom, Zartepa, Fayoztepa, Qoratepa, Kampirtepa kabi yodgorliklaridan topilgan. Bu davrga mansub kо‘pgina yodgorliklar Xorazmda xam (Tuproqqal’a, Govurqal’a, Ayozqal’a, Anqaql’a) topilib, tadqiq qilingan. Shuni ta’kidlash joizki, О‘rta Osiyoning asosiy xududlarida zardushtiylik va buddaviylik ustunlik qilishiga qaramasdan, ular bilan bir qatorda yunon dinlari, moniylik ham yoyilgan edi.
Kanishka tomonidan о‘sha davrda barcha dinlarga erkinlik berilishi bilan birga, buddizmga keng kо‘lamda xomiylik qilingan.
Kushon madaniyati tо‘g‘risida talabalarda tо‘liq tasavvur hosil bо‘lishi uchun yuqorida zikr qilingan yodgorliklardan topilgan tasviriy san’at namunalarining ayrimlarini olimlarimiz tomonidan nashr etilgan kitoblardagi rasmlardan foydalanib, sharxlab tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, yurtimiz qadimgi haykaltaroshligining ajoyib namunalaridan biri Termiz yaqinidagi Ayritomdan topilgan piramon, ya’ni ibodatxonaning yuqori qismiga yopishtirilgan xaykal xoshiyasi xisoblanadi. U mahalliy oxakgoshdan yasalgan bо‘lib, unda qо‘shnay, arfa, ud, xind nog‘orasini chalayotgan uch ayol sozanda, qо‘llarida gulchambar, meva va idishlar kо‘garib kslayoggan qiz-yigitlarning tasviri ishlangan. Xalqimizning qadimgi zamonlardagi san’ati namunasi sifatida Xolchayon tо‘g‘risida qisqacha gapirib о‘tish mumkin. Denov shahri yaqinidagi Xolchayonda ochilgan saroy xaykal va devoriy rasmlar bilan bezatilgan.
U yerdan haykaltaroshlik san’atidagi barcha talab va qonuniyatlarga javob bera oladigan darajada ishlangai bir turkum haykallar topilgan. Bu yerdagi xaykallar diniy mazmunga ega bо‘lishi bilan birga, ularda dunyoviy tasvirlar xam bor. Chunonchi, xarbiy kishining bosh qiyofasi tasvirlangan xaykalni olaylik. Bu xaykalda bosh skeletining tuzilishi, yuz kiyofasidagi peshona, burun, kо‘z, lab kabi a’zolarning shakllari meyoriga yetkazilgan xolda katta mahorat bilan ishlanganligi yaqqol kо‘zga tashlanadi.
Devoriy tasvir va haykaltaroshlik namunalarida uzoq tarix qvridagi bobokalonlarimiz e’tiqodi, dini, mehnat va hayot tarzi aks etadi.
Odamlar dunyoqarashining rang-barang ifodasi namoyon bо‘lgan, inson bosh qismining barcha anatomik tuzilishlariga tо‘liq javob bera oladigan bunday san’at asarlari sirasiga Fayoztepa va Kampirtepadan topilgan Budda, Dalvarzintepadagi boshiga toj kiygan Kushon shahzodasi, Devvoto boshi kabi haykal namunalarini kiritish mumkin.
Shu о‘rinda talabalarga shunday savol beriladi: arxeologik qazilmalar natijasida topilgan haykallar, devoriy rasmlar о‘sha xalqlarning diniy e’tiqoddidan tashqari yana nimalar haqida ma’lumot beradi? Talabalarning javoblari umumlashtirilib, О‘rta Osiyo xalqlarining Kushonlar podsholari davridagi san’ati yuksak bо‘lgan, degan xulosaga olib kelinadi va uning eng muhim xususiyatlaridan biri haykaltaroshlik va rangtasviriing me’morchilik bilan uyg‘unlashuvida namoyon bо‘lganligi qayd etiladi.
San’at asarlari bunday mukammal bо‘lganligini Xorazm davlatining milodning 305 yiligacha poytaxti bо‘lgan Tuproqqala yodgorligi misolida ham gapirib berish lozim. Tuproqqalning asosiy boyligi unda ochilgan devoriy rasmlar va haykallardir. Rassomlar rang-barang bо‘yoqlardan foydalanib, ssrmazmun rasmlar chizgan bо‘lishsa, xaykaltaroshlar odamlar va haykallarning jonli tasvirlarini yaratganlar. Haykallar asosan loydan, qisman ganchdan tayyorlangan. Katta haykallar, barelyeflar qurilish arxitekturasi bilan uyg‘unlashtirilgan, devor rasmlari bilan hamohang mazmunga ega. Haykallarning umumiy soni 138 ta.
Qadimgi xalklar madaniy darajasini kо‘rsatuvchi belgilardan biri yozuv hisoblanishi, arxeologik qazilmalar tufayli turli yozuv namunalari mamlakatimiz xududida topilayotganligi qayd qilib о‘tiladi. Bular Oromiy, Xorazm, Sо‘g‘d, Kushon-Baqtriya, Kxaroshtxi, Yunon yozuvlaridir.
Eng kdsimgi yozuv miloddan avvalgi IV—III asrlarga tegishli bо‘lib, u Amudaryo xazinasi buyumlaridan bо‘lgan gemma (muxr)da bitilgan oromiy yozuvidir. Oromiy yozuvi asosida Sо‘g‘d, Xorazm yozuvlari vujudga kelgan va rivojlangan. Teri va taxtaga bitilgan xorazmiylar yozuvi namunasi ilk bor Tuproqqal’adan, hind alifbosiga asoslangan kxaroshtxi yozuvi kо‘xna Termizdan topilgan. 22 harfdan iborat Yunon-Baqtriya yozuvining namunalari Qoratepa, kо‘xna Termiz va Ayritomdan topilib, bunda xarflar burchakli, tо‘rtburchakli va aylana shaklda bо‘lgan.
О‘qituvchi yozuvlar haqidagi hikoyasini tugatib, uning turlichaligi О‘rta Osiyo xalqlari tillarining xilma-xilligi nishonasi ekanligini uqtirib о‘tadi. Shundan sо‘ng Buyuk ipak yо‘liniig tiklanishi va rivojlanish bosqichlari bilan tanishtiriladi. Sharq va G‘arb xalqlari о‘rtasida tarixiy-madaniy aloqalar va savdo munosabatlari taraqqiyotida Buyuk ipak yо‘li muhim о‘rin tutdi. Miloddan avvalgi II asrda vujudga kelib, 16 asrgacha harakatda bо‘lgan bu yо‘l 12 ming km bо‘lib, Xitoydan О‘rta Yer dengizining shimoliy qirg‘oqlariga qadar chо‘zilgan. Buyuk ipak yо‘li tashkil topmasdan oldin О‘rta osiyo va qadimgi sharq hududida savdo va madaniy ayirboshlash uchun turli-tuman yо‘llar bо‘lgan.
Eron ahamoniylar saltanati davrida uning hududi bо‘ylab “Shoh yо‘li” о‘tgan. Undan ham ilgariroq О‘rta va yaqin Sharqda Badaxshon lojuvardi “la’l - tosh”ga bо‘lgan ehtiyojining ortishi natijasida “Lojuvard yо‘li” paydo bо‘lgan.
Xitoydan О‘rta Osiyoga olib keluvchi yо‘lning birinchi kashfiyotchisi xan imperiyasining elchisi Chjan Syan edi.
Bu yо‘l fanga “Ipak yо‘li” nomi bilan 1877 yilda nemis olimi Rixdgofen tomonidan kiritilgan. Ilgari u “G‘arbiy meridional yо‘l” deb atalgan. Bu yо‘lning tarixiy rivojlanishi bir tekisda ketmagan. Masalan, mо‘g‘ullar istilosi davrida harakatdan tо‘xtagach, bu yо‘lni Amir Temur qayta tiklagan.
16 asrga kelib Buyuk geografik kashfiyotlar davrida asosiy savdo yо‘llari dengizga kо‘chganidan sо‘ng Buyuk ipak yо‘lining mavqei pasayib, bu yо‘l bо‘ylab harakat tо‘xtadi.
Buyuk ipak yо‘lining ahamiyati haqida gapirganda uning faqatgina Xitoyni О‘rta Osiyo orqali Sharqiy О‘rta yer dengizi mamlakatlari bilan bog‘langanligi hamda undan noyob va qimmatbaho mollar olib о‘tilganligi bilan cheklanmaslik lozim. Bu yо‘l xalqlarni va ular madaniyatini о‘zaro bog‘lagan, ularning bir – birlariga yaqinlashuviga imkon yaratgan.
О‘zbekiston hududi Buyuk ipak yо‘lining chorrahasida turadi. Bu yо‘l tufayli О‘rta Osiyo xalqlari Sharq va G‘arb mamlakatlari iqtisodiyoti va madaniyati bilan oshno bо‘lishi barobarida G‘arb mamlakati xalqlari ham bizlarning ilg‘or madaniyatimizni о‘zlari uchun kashf qildilar. Shu sababli Buyuk ipak yо‘lining tarixini va madaniyatini о‘rganishga bо‘lgan qiziqish keyingi yillarda butun dunyo miqyosida keng avj oldi. 1987 yilda YUNESKO “Buyuk ipak yо‘li – muloqot yо‘li” dasturini qabul qildi.
1998 yili Boku shahrida bu yо‘lni Yevropadan Yaponiyagacha qaytib tiklash masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bо‘lib о‘tdi. TRASEKA deb nom olgan bu qurilishda О‘zbekiston faol ishtirok etmoqda.
Mavzuning mazmunini yoritishda Eftaliylar davlati, Turk xokonligi, Arab xalifaligining tashkil topishi, rivojlanishi hamda yurtimizning arablar tomonidan istilo qilinishiga bag‘ishlangan masalalarga ham e’tibor qaratish zarur. Eftaliylar davri madaniyatiga oid savolni о‘rganish davomida О‘zbekiston xalqlarining V-VI asrlardagi hayoti, moddiy madaniyat va san’atda oldin о‘tgan davr bilan uzviylik saqlanib qolganligini kо‘rsatish zarur.
Madaniyat xaqidagi savolni yoritish о‘rganilayotgan davrning yozuvi bilan tanishtirishdan boshlanadi. Shu narsa ta’kidlanadiki, bu davrda Xorazm, Sо‘g‘d hamda Baqtriya yozuvi asosida paydo bо‘lgan 25 harfdan iborat eftallar yozuvi tarqalgan edi.
Malumki, eftallar siyosiy jihatdan kо‘p xalqlarni birlashtirganligi sababli turli e’tiqoddadagi aholi yonma-yon yashagan. Zardushtiylik va budda (shomon) kabi dinlarga e’tiqod qiluvchilar bilan birga, shaharlarda nestorian-xristian va yahudiy jamoalari ham mavjud bо‘lgan. Ayrim viloyatlarda esa Moniy va Mazdak talimotlari tarqala boshlagan edi.
Bu davrda kо‘chmanchilarning tazyiqi ostida о‘troq xayotning madaniy an’analari dasht udumlari bilan omuxtalashib, ilk о‘rta asrlarga xos madaniyat shakllana boshladi. Bu о‘zgarishlar binokorlik, me’morchilik va tasviriy san’atning ayrim jabhalarida kо‘proq namoyon bо‘ldi. Ushbu davrda о‘lkamizning dehqonchilik vohalarida baland tagkursi ustiga bino qilingan kо‘plab istehkomli qasrlar va feodal qо‘rg‘onlari qad kо‘tardi.
V-VI asrlarda diniy e’tiqod va tasavvurlari bilan uzviy bog‘liq bо‘lgan tasviriy san’at - koroplastika -ma’budalarning sopol haykalchalarini yasash keng yoyildi. Bu davrga oid sopol haykalchalar juda kо‘pligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi.
Eftaliylar davri tarixiga oid moddiy madaniyat yodgorliklari Buxoro viloyatidagi Poykand, Varaxsha shahar xarobalaridan, Surxondaryo viloyagining Angor tumanida joylashgan Bolaliktepa kо‘rg‘onidan, Xorazmning qadimiy Kat (Beruniy yaqinida) shahridagi Fir- qal’adan topilgan.
Shuni ta’kidlash joizki, VI-VII asrlarda О‘zbekiston xududida tasviriy san’at yuksak chо‘qqiga kо‘tarildi. Bularning namunalaridan biri sifatida Bolaliktepa va Varaxsha rang-tasvir san’ati haqida о‘uzlab о‘tish о‘rinli. Bolaliktepa yodgorligidan topilgap xashamatli saroyga о‘xshash bino devorlarining ttrtala tomoni xam turli kо‘rinishdagi rangdor tasvirlar bilan tо‘ldirilgan bо‘lib, odamlarning о‘tirgan xolatdagi kо‘rinishlari aks ettirilgan. Gilamchalarga о‘xshash tо‘shamalar ustida sharqona tiz chо‘kib, chordona qurib, yonboshlagan holda juft-juft bо‘lib о‘tirgan erkak va ayollarning obrazlari diqqatga sazovor.
Erkaklar egnidagi kamzulga о‘xshash kiyimlar uzun, yoqasi uchburchak shaklda keng qaytarmali kо‘rinishga ega. Bellarida ingichka tasma va unga о‘tkazilgan xanjar tasvirlari aniq kо‘rinib turibdi.
Ayollarning liboslari esa о‘ta rang-barang. Quloq, bо‘yin va barmoqlariga serbezak taqincholdar taqilgan. Kо‘zgu ushlab turgan bu ayollar chiroyi sharqona kо‘rinishga yanada joziba kiritgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |