F- fikringizni bayon eting
S- fikringizni bayoniga sabab kо‘rsating
M- kо‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi misol keltiring
U- keltirilgan fikr, sabab, misolarni umumlashtiring
1-guruh
Savol
|
Islom renesansi davrida madaniyat ravnaqi haqida nimalar bilasiz?
|
F - fikringizni bayon eting
|
|
S- fikringizni bayoniga sabab kо‘rsating
|
|
M- kо‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi misol keltiring
|
|
U- keltirilgan fikr, sabab, misolarni umumlashtiring
|
|
2-guruh
Savol
|
?
|
F - fikringizni bayon eting
|
|
S- fikringizni bayoniga sabab kо‘rsating
|
|
M- kо‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi misol keltiring
|
|
U- keltirilgan fikr, sabab, misolarni umumlashtiring
|
|
7-Mavzu: Mо‘g‘ullar istilosi davrida madaniyatning topatalishi va asta sekin jonlanishi XSH asr - XIV asrning birinchi yarmi
Reja:
1.XSH asr - XIV asrning birinchi yarmida me’morchilik.
2.Mо‘g‘ullar istilosi davrida madaniyatning topatalish.
Adabiyotlar:
1.Buyuk siymolar, allomalar (uch kitob). T., Meros 1995, 1996, 1997 yy.
2.Dostchanov T., Xasanov S. Zvezdi akademii Mamuna. T., TMI. 2004 g.
2.Jabborov I. О‘zbek xalqi etnografiyasi. T., О‘qituvchi, 1994.
3.О‘zbekiston tarixi (qisqacha ma’lumotnoma). T., Sharq, 2000 y.
Mо‘g‘ullar istilosi va asorati Movarounnaxr yurtiga qanchalik vayronagarchilik keltirmasin, mag‘pyp va masrur ajdodlarimiz iste’dodini, bunyodkorlik dahosini sо‘ndira olmadi. Aksincha, ular vayron bо‘lib, kuli kо‘kka sovrilgan shaxaru qishloqlar о‘rnida fusunkor me’moriy binolar, tarixiy obidalar, kо‘rkam arxitektura yodgorliklarini bunyod etdilar. Bu davrda barpo etilib, gavjum savdo-sotiq xunarmandchilik markazlariga aylana borgan Andijon, Qarshi, Urganch qaytadan ta’mirlanib, chiroy ochgan, oldingi mavqei, ahamiyatini birmuncha tiklagan Samarqand, Buxoro, Shosh, Xо‘jand singari shaharlar, ularning о‘ziga xos me’morchilik qiyofasi shundan dalolat beradi. Bu davr me’morchiligida xashamatli diniy ziyoratgohlar, masjidu maqbaralar qurilishi kо‘proq kо‘zga tashlanadi. Bu, bir tomondan, islom an’analari davomi bо‘lsa, ikkinchi tomondan, mо‘g‘ullar hukmronligi davrida xalq orzu-armonining о‘ziga xos ifodasidir.
Kо‘hna Urganchda qad kо‘targan, balandligi 62 m bо‘lgan ulug‘vor minora XIII asrning noyob yodgorligi xisoblanadi. Musulmon olamining yetuk olimlaridan biri, shayx Sayfiddin Boxarziy (vafoti 1258) nomi bilan Buxoroda barpo etilgan maqbara va unga tutash binolar majmui xam о‘rta asr me’morchiligining gо‘zal namunasidir.
Samarqanddagi Shohizinda majmui, Buxorodagi Bayonqulixon maqbarasi, Kо‘hna Urganchdagi Najmidsin Kubro, Tо‘rabekxonim, Xо‘janddagi Tо‘baxonim maqbarasi va shu singarilar XIV asrning nodir me’moriy yodgorliklari sirasiga kiradi.
Usta Abdurahmon tomonidan 1321 yilda ishlangan, naqshinkor bezaklar bilan jilolangan ikkita kо‘za topilmasi yoxud Xorazm va Janubiy Turkmanistonda topilgan sirli sopol idishlar namunalari xam о‘zining yuksak badiiy qimmati bilan ajralib turadi.
Ilm-fan va badiiy adabiyot. О‘rta Osiyo xalqlarining ma’naviy madaniyati, xususan, ilm-fan va badiiy adabiyot ham katta kiyinchiliklar bilan bо‘lsa-da, bu davrda rivoj topib bordi.
Sufiylik ta’limoti, ilmu nujum, tarixshunoslik kabi sohalarda zabardast olimu fuzalolar yetishib chiqdi. Ular yaratgan о‘lmas asarlarda о‘sha zamonning muhim muammolari, tarixiy voqealar, xodisalar tafsilotlari bayon etilgan yoxud sharxlab berilgan. Butun Sharq, olamiga mashhur bо‘lgan Najmiddin Kubro (1145—1221), shayx Sayfudsin Boxarziy Baxovuddin Naqshband (1318— 1389) singari ilohiyotchi olimlarning tarixiy asarlari xozirda ham о‘z qimmatini yо‘qotmagan. Juvayniy (vafoti 1383), Fazlulloh, Rashididdin (1318 yilda о‘ldirilgan) kabi tarixnavis allomalar xam shular jumla- sidandir. Masalan, Rashididdinning «Jome ut-tavorix» asari, kо‘plab mu’tabar olimlarning e’tiroficha, о‘rta asr «Jaxon tarixi»ni yaratish bobidagi dastlabki jiddiy urinishlardan biri bо‘lgan edi.
О‘rta Osiyo xalqlari dahosining eng yuksak badiiy in’ikosi о‘sha davrda yetishib chiqqan nafis adabiyotning kо‘plab yirik namoyandalari ijodida yorqin aks etdi. Jaloliddin Rumiy, Muslihiddin Sa’diy, Amir Xusrav Dehlaviy, Nosiriddin Rabg‘uziy, Pahlavon Maxmud, Qutb Xorazmiy, Sayfi Saroyi singari xalq orasidan chiqqan mumtoz ijodkorlar ijodiga nazar tashlar ekanmiz, bu davr adabiyotida yaratilgan qanchalar umrboqiy, о‘lmas asarlarga, ularda yuksak badiiy mahorat bilan aks ettirilgan, hamma zamon kishilarini birdek hayratlantiruvchi, tо‘lqinlantiruvchi umumbashariy g‘oyalar, tuyg‘ularga tan bergimiz keladi.
Asl nasl-nasabi xorazmlik bо‘lib Turkiyadan qо‘nim topgan, she’riyat daholaridan Jaloliddin Rumiy (1207—1277) ning 6 jildli, 25 ming 700 baytdan iborat muqaddas kitob darajasida ulug‘langan gо‘zal «Masnaviy»si, nazm va nasrda barobar qalam tebratgan ulug‘ g‘azalnavis shoir Sa’diy She’roziy (1219—1292) ning mashhur «Bо‘ston» va «Guliston»i yoxud Pahlavon Maxmud (vafoti 1322) ning chuqur falsafiy mazmun bilan yо‘g‘rilgan boy ruboiyoti va, shuningdek, XIII asr oxiri — XIV asr birinchi yarmida yashab, ijod etgan Rabg‘uziyning ilk о‘zbek nasr namunalarini о‘zida aks ettirgan ikki jildli «Qissai Rabg‘uziy» asari va shu singarilar mana shunday hayotbaxsh ruh va mazmun bilan sug‘orilgandir.
Bular jumlasiga XIV asrning birinchi yarimlarida ijod etib, о‘zlaridan boy meros qoldirib ketgan Xorazmiy, uning о‘zbek dunyoviy she’riyatining dastlabki ajoyib namunasi hisoblangan «Muxabbatnoma», Qutbning «Husrav va Shirin», Sayfi Saroyining «Suhayl va Guldursun», «Gulistoni bitturkiy» singari gо‘zal dostonlarini ham nisbat berish mumkin. Ularda yuksak ohanglarda tarannum etilgan vafodorlik, mehr-muhabbat, sadoqat, fidokorlik, mardlik singari olijanob insonparvarlik g‘oyalari hech bir kimsani befarq qoldirmasligi, aksincha, ular kishilarga olam-olam quvonch, ma’naviy ozuqa berishi shubhasizdir.
Shunday qilib, XIII—XIV asrlar davomida Movarounnar hududi mо‘g‘ullar xukmronligi bilan bog‘liq qanday ziddiyatli, murakkab yotiy jarayonlarni boshdan kechirmasin, uning kо‘hna madaniyati, ilm-urfoni о‘ziga yо‘l topib rivojlanishda davom etdi. Xalq dahosi, ijodkorligi, uning asl iste’dodli, salohiyatli namoyandalari say-harakatlari ila sayqal topib, yangi jozibador qirralar kashf etib bordi. Bu esa, shubhasiz, о‘lka xalkdari ma’naviy merosi, qadriyatlarining mazmunan boyib, yuksalishiga ijobiy ta’sir kо‘rsatdi.
-
XIV asrning nodir me’moriy yodgorliklaridan misollar keltiring.
-
Ushbu memoriy yodgorliklarning qaysi biri hozirgi kungacha о‘z tarovatini yuqotmagan.
-
XIII asr oxiri — XIV asr birinchi yarmida yashab, ijod etgan ijodkorlardan kimlarni bilasiz?
-
XIII asr oxiri — XIV asr birinchi yarmida sufiylik ta’limoti, ilmu nujum, tarixshunoslik kabi sohalarda qanday zabardast olimu fuzalolar yetishib chiqdi? Misollar keltiring.
Mavzuni о‘qitishda «Insert» usulidan foydalanish dars samaradorligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |