Qulmuhammad, Abduqodir Nayiy, Xusayn Udiy, Shohquli G‘ijjakiy va boshqalar shular jumlasidandir.
Navoiy, Jomiy, Binoiy musiqa nazariyasiga doir asarlar yaratganlar.
XII-XIII asrlarda Movarounnahr va Xurosonda keng tarqalgan “Duvozaqmaqom” («12 maqom») turkumi takomillashib, yangi kuylar bilan boyidi.
Xattotlik san’ati о‘ziga xos soha bо‘lib, arabcha xusnixat yozuvchi ma’nosini beradi. Xattotlik – yozuv (xat) san’ati, kitob kо‘chirish hamda me’moriy inshootlar, badiiy buyumlarning yozuvli qismlarini yaratish kasbi. Ayniqsa, arab yozuvining keng tarqalishi tufayli xattotlikning rivoji tezlashgan.
Turkistonda kitob bosish vujudga kelgunga qadar qо‘lyozma kitob tayyorlash, ularning nushalarini kо‘paytirish (matn kо‘chirish) bilan xattotlar shug‘ullanganlar. Xattotlar saroylarda, ayrim amaldorlar huzurida guruh bо‘lib ishlashgan. Masalan, temuriy shahzoda Boysung‘ur Mirzo (1397-1433) saroyidagi kutubxonada musavvir, naqqosh va boshqa ustalar bilan bir qatorda 40 dan ziyod xattotlar qо‘lyozma kitoblar tayyorlash, ta’mirlash bilan mashg‘ul bо‘lganlar.
Kitobat san’ati bilan bir qatorda binolarning kitobalari, qabrtoshlardagi bitiklar va buyumlarga yozuvda ham xattotlik keng qо‘llanilgan. Umuman olganda, Movarounnahrda kitobat san’ati X-XII asrlarda muayyan soha sifatida shakllangan va XIV-XV asrlarga kelib yangi taraqqiyot bosqichiga kо‘tarilgan. XV-XVI asrlarda bir qancha iste’dodli xattot, musavvir, lavvoh, sahhoflar Abdurahmon Xorazmiy, Sultonali Mashhadiy, Sultonali Xandon, Mirali Qilqalam va boshqalar yetishib chiqqan. Shaxsan Sultonali Mashhadiy Nizomiy, Hofiz, Sa’diy, Navoiy, Husayn Boyqaro va boshqalarning asarlarini kо‘chirib shuhrat qozongan. U kо‘chirgan 50 dan ortiq kitoblar bizgacha yetib kelgan.
Deyarli barcha hukmdorlar saroyida kutubxonalar bо‘lib, ularning boshliqlari «kutubxona dorug‘asi», «kitobdor» deb atalgan.
Endi ana shu yuqorida nomlari zikr etilgan ijod yо‘nalishlarining xonliklar davridagi rivojiga e’tibor qaratsak. Keyingi asrlar tasviriy san’ati rivojiga muhim asos bо‘lib xizmat qilgan Hirotdagi mashhur Kamoliddin Behzod maktabi (XV asr II yarmi) ni eslab о‘tish joiz. Behzod ijodidan ilhomlangan izdoshlari Qosim Ali, Sulton Muhammad, Muzaffar Ali, Yusuf Mullo, Rustam Ali, Mirsaid Ali, Mahmud Muzahhib, Abdullo kabilar keyingi asrlar ushbu janrlar rivojini yuksalishida samarali ijod qilib, madaniyatimiz xazinasini boyitdilar.
О‘rganilayotgan davrida yurtimizdan yetishib chiqqan kitobat, xattotlik va musavvirlik ijodining ayrim vakillari faoliyati haqidagi ma’lumotlarni keltirib о‘tamiz.
Darvesh Muhammad Toqiy (XV asr II yarmi-XVI asr boshlari). Xirotlik. Mashhur xattot, nasta’liq xati ustasi. Jomiy va Alisher Navoiy asarlarini, Husayn Voiz Koshifiyning «Lubob ul-albob» asarini, Alisher Navoiyning 3 ta terma devonini, Muhammad Tohiriy G‘azzoliyning «Ma’rifat ul-Mazohib» asarini, Nizomiy Ganjaviyning «Xamsa»sini nasta’liq xatida kо‘chirgan. Bu asarlar О‘z FA SHI fondida, Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shchedrin kutubxonasida saqlanmoqda.
Qosim Ali (XV asr II yarmi-XVI asr 30-yillari). Xirotlik. Musavvir, xattot va olim. Kamoliddin Behzodning eng yaqin shogirdi. Xirot miniatyura maktabining yirik vakili. Alisher Navoiyning shaxsiy kutubxonasida ijod qilgan. Husayn Boyqaro xukmronligi davrida saroy kutubxonasida ishlagan. Qosim Ali chizgan «Alisher Navoiy va Sulton Muhammad Mirzo» asari mashhur bо‘lgan. Shuningdek, u Navoiyning, Nizomiy Ganjaviyning «Xamsa» dostonlari va boshqa qо‘lyozmalarini nafis, mо‘jaz rasmlar bilan bezagan. Rasmlar rangga boyligi, tiniqligi va kishilarni о‘ziga xos xususiyatlarini kо‘rsatishga intilganligi bilan diqqatga sazovordir.
Sulton Muhammad Nur (1472-1530). Xirotlik. Xattot, nasta’liq xati ustasi. Sultonali Mashhadiyning shogirdi. Alisher Navoiy homiyligida xattotlik san’atini о‘rgangan. Asosan Xirotda ijod qilgan. Ma’lum muddat Buxoroda ham bо‘lgan. Salim kotib, Ayniy va boshqa bir qator yetuk xattot shogirdlar tayyorlagan.
Sulton Muhammad kо‘chirgan qо‘lyozmalar: Abdulla Hotifiyning «Xamsa» dostonidan terma baytlar, Sa’diyning «Bо‘ston» asari, Nizomiyning «Xamsa»si, Jomiyning «Yusuf va Zulayho», «Suhbat ul-abror» asarlari, Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»si, Nizomiyning «Xusrav va Shirin», Navoiyning «Devon»i, «Kalila va Dimna» asarlari bugungi kunda Britaniya, Texron, Nyu-York, Istanbul, Lohur, Hindiston, Rossiya davlatlari muzeylari va kutubxonalarida saqlanmoqda.
Sulton Muhammad Xandon (XV asr-XVI asr II yarmi). Xirotlik xattot, shoir va nasta’liq xati ustasi. Sultonali Mashhadiyning shogirdi. О‘zi ham kо‘plab shogirdlar tayyorlagan.
Xandon kо‘chirgan qо‘lyozmalar: Sa’diyning «Bо‘ston» asari, Hofizning «Devon»i, Husrav Dehlaviyning «Devon»i va «Qiron us-sadayin» asari, Jomiy va Navoyining «Devon»lari bizgacha yetib kelgan.
Mahmud Shahzoda (XV asr oxiri-XVI asr). Naqqosh va musavvir. Behzod, Og‘a Miraklardan ta’lim olgan. Behzod an’analarini davom ettirib, о‘ziga xos maktab yaratgan. Musavvir Hofiz Sheroziyning «Devon»i, Jomiyning «Tuhfat ul-afkor», «Haft lanzar», Nizomiy Ganjaviyning «Mahzan ul-asror», Sa’diy Sheroziyning «Bо‘ston», «Ravzat ul-muhibbin» qо‘lyozmalariga miniatyuralar yaratgan.
Yusuf Naqqosh (XV asr oxiri-XVI asrning 30-yillari). Xirot va Movarounnahrda ijod qilgan musavvir. Kamoliddin Behzoddan ta’lim olib, ustoz an’analarini Movarounnahrda davom ettirgan.
Tarixchi Zayniddin Vosifiy musavvirning bilimi va mahoratiga baho berib:
«Mavlono Jaloliddin Yusuf fazilat va kamolot mujassami, badiiy rasmlar musavviri, latif raqamlar nafis ijodkori, naqqoshlik va suratgarlik san’atida kamolot martabasida erdi», deb yozgan edi.
Yusuf Naqqosh shayboniylar xonlaridan Abulmuzaffar Sulton va Muhammad Bahodir saroyida xizmatda bо‘lgan.
О‘qituvchi temuriylar davri shaharsozligi va me’morchiligini keyingi paragraflarda alohida va batafsil tо‘xtalsa maqsadga muvofiq bо‘ladi.
1. Amir Temur va temuriylar davri memorchiligining о‘ziga xos xususiyatlari aks etgan me’moriy yodgorliklarni tavsiflang.
2. Temuriylar davrida ilm-fanning barq urib rivojlanishi sabablarini nimadan deb bilasiz?
3.Ulug‘bekning ilmiy ijodi xaqida nimalarni bilasiz?
4. Temuriylar davri adabiyotining rivojlanishi, badiiy uslub jihatidan takomillashganligini о‘sha asrlarda faoliyat yuritgan shoir va adiblar ijodi orqali ta’riflang.
5. Tasviriy san’atdagi yutuqlar, «Sharq Rafaeli» - Behzod ijodi hakdla gapirib bering.
6. Musiqa san’atining rivojlanishida XIV-XV asr yangi bosqich bо‘lganligini isbot qiling.
7.Ktgobat san’ati deganda siz nimalarni tushunasiz?
8.Temuriylar davri madaniyati olamshumul tarixiy ahamiyat kasb etganligini kо‘rsatib bering.
Mavzuni о‘qitishda «Aqliy hujum” metodidan foydalanish dars samaradorligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |