Sо‘nggi paleolit (miloddan avvalgi 40-12 ming yillik) davriga kelib odamlarning hayoti va turmushida turli о‘zgarishlar sodir bо‘ladi. Zamonaviy qiyofadagi odam (kromonyon) shakllandi. U ongli, idrokli odam - xomosapens deb ataladi. Ularda dastlabki diniy e’tiqodlar paydo bо‘lganligini tog‘ g‘orlarida chekilgan sо‘nggi paleolit davriga doir tasvirlar isbot etadi. Zotan, tasviriy va amaliy san’atning ibtidosi ham о‘sha davrdan boshlanadi. О‘zbekiston xududida bunday rasmlar mezolit davrida kashf etilgan.
Olimlarning aksariyati О‘rta Osiyodagi sо‘nggi paleolit davrini asosan uchta - Samarqand, Xо‘jag‘or (Farg‘ona vodiysi) va Kо‘lbuloq (Angren yaqinida) madaniyatlariga ajratadilap.
О‘zbekiston olimlari о‘rta tosh asri - mezolit davriga oid 100 dan kо‘proq yodgorliklarni о‘rganganlar. Obishir (Farg‘ona vodiysi), Qо‘shilish (Toshkent), Machay (Surxondaryo) makonlari shular jumlasiga kiradi.
Bu davrdaО‘zbekiston xududida ungurlar devoriga, qoyalarga chizilgan yoki rangli buyoqlar bilan tasvirlangan ibtidoiy san’at paydo bо‘ldi. Shu о‘rinda о‘qituvchi ajdodlarimiz tarixining eng qadimgi davrlarida tasviriy ifodalar beqiyos ahamiyat kasb etishi ustida tо‘xtaladi. Chunonchi, eng qadimgi odamlar bir-birlarga fikrlarini, munosabatlarini, istaklarini chiziqlar, oddiy shakllar, sodda tasvirlar orqali yegkazishga intilganlar. Masalan, ular ov qurollarini tasvirlash orqali ovga bormoqchi ekanliklarini ifodalasalar, yovvoyi buqa va boshqa turli hayvonlar tasvirlari orqali о‘sha xayvonlarni ovlamoqchi ekanliklarini bildirganlar.
Hozirgi О‘zbekiston xududida xam shunday ibtidoiy jamoa davriga mansub tasvirlar qoldiklari topilgan bо‘lib, ular yuzdan ziyoddir. Bularning eng nodir namunalari Surxondaryo viloyatidagi Zaravutsoy, Jizzax viloyatidagi Takatosh, Zarafshon etaklaridagi Sarmishsoy qoya tasvirlaridir.
Qoyatosh rasmlari ishlash usuliga kо‘ra ikki xildir. Bir xillari bо‘yoq (oxra) bilan, ikkinchi xillari esa urib-о‘yib ishqalash-chizish bilan ishlangan. Bunday rasmlar keng tarqalgan.
Shulardan biri - Zarautsoy g‘orida qizil bо‘yoq bilan tasvirlangan ov manzarasining kattalashtirilgan rasmi о‘qituvchi tomonidan kо‘rsatilib, atroflicha sharxlab berilsa, maqsadga muvofiq bо‘ladi.
Zarautsoy sо‘zi zar - oltin, ut - olov, ya’ni «Oltin olov darasi» degan ma’noni bildiradi. Unda ov manzarasidagi turli rasmlarni kuzatish qadimgi odamlarniig hayotini, turmush tarzini jonli tasavvur qilishga yordam berishi, ibtidoiy odamlar hayotida ovchilik asosiy mashg‘ulot turi bо‘lganligi sababli ibtidoiy tasvirlarda ov manzarasi keng о‘rin egallaganligi kо‘rsatiladi. Umuman, qoyatosh, daralar va g‘orlardagi rasmlar mazmunan boy bо‘lishi bilan birga, xilma-xil ekanligi, bu rasmlarda har bir belgi, qoralama va shakl о‘ziga xos fikrni, hatto sehru- jodularni ifodalab berishi bois ajdodlarimiz hayotida, turmush tarzida tasviriy san’at alohida о‘rin tutganligi uqtirib о‘tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |