H – O
C = O
H – O
Karbonat kislota kuchsiz elektrolitlar qatoriga kiradi.
TUZLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
Tuzlarning ta’snifi
Tuzlar deb tarkibida metall atomlari va kislota qoldigʻi boʻlgan anorganik birikmalarga aytiladi. Tuzlar gidroksidlar va kislotalarning oʻzaro ta’sir mahsuloti boʻlib, ular turli tarkibli boʻladilar.
Oʻrta tuzlar – tarkibi faqat metall atomi (yoki ammoniy guruhi) va kislota qoldigʻidan iborat boʻlib MxEy yoki MxEyOz formulaga mos keladi. Bunday tuzlarga: NaCl, KF, LiJ, Rb2S, CsNO3, MgSO4, CaCO3, Ca3(PO4)2, FeSO4, NH4Cl, NH4NO3 va boshqalarni kiritish mumkin.
Nordon tuzlar – tarkibida metall atomi, kislota qoldigʻidan tashqari vodorod atomi saqlagan tuzlardir. Bu tuzlar: NaHCO3, Mg(HCO3)2, Ca(HCO3)2, KH2PO4, Fe(H2PO4)2, LiHS, Mg(HS)2, KHSO3, NaH2PO4 va boshqalar misol boʻladi.
Asosli tuzlar – tarkibida metall atomi kislota qoldigʻi va –OH– gidroksil gruppalari saqlagan tuzlar. Ularga : Mg(OH)Cl, (CuOH)2CO3, Fe(OH)(CH3COO)2, Al(OH)SO4, Al(OH)2, Fe(OH)2NO3.
Qoʻsh tuzlar – tarkibida bir xil kislota qoldigʻi va ikki xil metal atomlari saqlagan tuzlar hisoblanadi. Masalan : KAl(SO4)2, (NH4)2Fe(SO4)2
Kompleks tuzlar - tarkibida murakkab (kompleks) ionlar kiradi. Bunday tuzlar dissotsilanganda kompleks ion shundayligicha ajraladi. K4[Fe(CN)6]; K3[Fe(CN)6]; Na3[Co(NO2)6]; Na2[ptCl6]; K2[HgJ]; Na2[Zn(OH)4] kabi moddalar kiradi.
Tuzlarning nomlanishi
- Oʻrta tuzlar metall nomiga (valentligiga) kislota qoldigʻining nomini qoʻshib aytish bilan nomlanadi: CuSO4 – mis sulfat, FeCl2 – temir (II) xlorid, FeCl3 temir (III) xlorid, Sn(NO3)2 – qalay (II) nitrat, Cr2(SO4)3 – xrom (III) sulfat.
- Nordon tuzlar metall (valentligi) va kislota qoldigʻi nomiga, agar tuz tarkibida vodorod atomi bitta boʻlsa, “gidro” yoki ikkita boʻlsa, “digidro” qoʻshimchalari qoʻshib aytiladi. Masalan: NaHCO3 – natriy gidrokarbonat (yoki natriy bikorbanat); KHSO3 – kaliy gidrosulfat (yoki kaliy bisulfit); CaHPO4 – kalsiy gidrofasfat, NH4H2PO4 – ammoniy digidrofosfat, Mg(H2PO4)2 – magniy digidrofosfat, KH2BO3 – kaliy digidroborat.
- Asosli tuzlar metall nomi (valentligi) va kislota qoldigʻi nomiga “gidrokso” soʻzi qoʻshib nomlanadi. Masalan: Mg(OH)NO3 – magniy gidroksonitrat, Fe(OH)Cl – temir (II) gidroksoxlorid, Fe(OH)2Cl – temir (III) digidroksoxlorid, Al(OH)2CH3COO – alyuminiy digidroksoatsetat.
- Qoʻsh tuzlar avval valentligi (oksidlanish darajasi) katta metall, keyin valentligi kichigining nomi va oxirida kislota qoldigʻining nomi aytilishi bilan nomlanadi: KAl(SO4)2 – alyuminiy kaliy sulfat, (NH4)2∙Fe(SO4)2∙12H2O – temir ammoniy sulfat. Bular umumiy nom bilan “achchiqtosh”lar ham deb aytiladi. Shunga muvofiq, birinchi – alyuminiy kaliyli achchiqtosh, ikkinchisi – temir ammoniyli achchiqtosh deb aytiladi.
- Kompleks tuzlarni nomlashda, avval kislota qoldigʻi (yoki neytral molekula)ning lotincha soni, keyin uning nomi, ,metallarning nomi (valentligi) va tashqi sferadagi metall (yoki kislota qoldigʻi) nomi aytiladi. Masalan: K3[Fe(CN)6] – geksatsianoferrat (III) kaliy, K2[PtCl4] – tetraxlorid platinat (II) kaliy, [CrCl2(H2O)4Cl] – dixlorotetraakva xrom (III) – xlorid. Agar tashqi sferada boshqa ionlar boʻlmasa: [CrCl3(H2O)3] – trixlorotriakva xrom (III) kabi nomlanadi.
Fizik xosslari
Tuzlar boshqa birikmalardan mustasno tariqasida qattiq kristall moddalar boʻlib, turli ranglarda boʻladi. Ular suvda eruvchanligiga qarab yaxshi eriydigan (NaCl, KCl, NH4NO3, KNO3, CaCl2), kam eriydigan (CsSO4, Ag2SO4, PbCl2) va juda kam ya’ni amalda erimaydigan (CaSiO3, Al(SiO3)3)larga boʻlinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |