Makro va mikro o‘g‘itlar. O‘simlikning o‘sib rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan asosiy kimyoviy elementlar quyidagi 10 ta elementlardir: C, O, H, N, P, K, Ca, Mg, Fe, S. O‘simliklarning mineral oziqlanishi uchun zaruriy elementlardan N, P, K va ba’zi boshqalari o‘simliklarga ko‘p miqdorlarda kerak bo‘ladi. Shu sababli ular makroelementlar deyiladi, tarkibida shu elementlar bor o‘g‘itlar makroo‘g‘itlar deyiladi.
Lekin tirik organizmlarda yuqorida aytib o‘tilgan 10 ta element bilan birga juda oz miqdorlarda (mikromiqdorlarda B, Cu, Co, Mn, Zn, Mo, J2 kabi kimyoviy elementlar ham zarur. Ular mikroelementlardir, tarkibida shunday elementlar bor o‘g‘itlar mikroo‘g‘itlar deyiladi.
Hozirda mikroo‘g‘itlarsiz – dalalarning vitaminlarsiz ish yuritib bo‘lmaydi, chunki ulardan foydalanish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. O‘g‘itlar orasida azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlar eng katta ahamiyatga ega.
Azotli o‘g‘itlar tarkibida, ilgari ta’kidlab o‘tilganidek, bog‘langan azot bo‘ladi. Bular selitralar (natriy, kaliy, ammoniy va kalsiy nitratlari), ammoniy turlari, suyuq ammiak, ammiakli suv, mochevina – CO(NH2)2 (qoramollar ozig‘iga ham qo‘shib beriladi, tarkibida eng ko‘p – 47%). Hozirgi vaqtda bu o‘g‘itlardan eng ko‘p ishlatiladigani ammiakli selitra, ya’ni ammoniy nitratdir. U bir – biriga qovushib qolmasligi uchun donador (granula) holda ishlab chiqiladi.
Fosforli o‘g‘itlar – bular fosfat kislotaning kalsiy va ammoniy tuzlardir. Ular ishlab chiqariladigan barcha mineral og‘itlarning yarmini o‘g‘itlar quyidagilardir:
Fosforit talqoni, fosforitlarni mayda tuyish yo‘li bilan olinadi. Uning tarkibida kam eriydigan tuz, Ca3(PO4)2 borligi sababli o‘simliklar faqat kislotali o‘g‘itlar, masalan, (NH4)2SO4 yoki go‘ng bilan birga solish o‘zlashtirilishini osonlashtiradi.
Oddiy superfosfat, apalit va fosforitlarga sulfat kislota bilan ishlov berish orqali olindi. Ishlov berishdan maqsad - o‘simliklar har qanday tuproqda yaxshi o‘zlashtiradigan eruvchan tuz olishdir:
Ca3(PO4)2 + H2SO4 → Ca(H2PO4) +2CaSO4
Donador o‘g‘itlarning kukunsimon o‘g‘itlarga nisbatan ancha afzaliliklari bor: ularni saqlash oson (qovush qolmaydi), o‘g‘it seyalkalari yordamida tuproqqa solish qulay, lekin asosiysi u ko‘pchilik tuproqlarda hosilni ancha oshiradi.
Qo‘sh superfosfat – tarkibi Ca(H2PO4)2 bo‘lgan konsentrlangan fosforli o‘g‘it. Oddiy superfosfatga nisbatan taqqoslanganda tarkibida ballast – CaSO4 yo‘qligi jihatdan afzal.
Pretsipitat – tarkibi CaHPO4∙2H2O bo‘lgan konsentrlangan fosforli o‘g‘it. Suvda kam eriydi, lekin organic kislotalarda yaxshi eriydi. Fosfat kislotani kalsiy gidroksid eritmasi bilan neytrallash orqali olinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |