. FOSFORLI O’G’ITLAR
Reja
1. O’simliklar uchun fosforning ahamiyati.
2. Tuproqdagi fosfor shakllari va miqdori.
3. Fosforli o’g’itlar olinishi, tarkibi, xossalari va qo’llanishi.
Tayanch iboralar:fosfor, ATF, fitin, leysitin, qandli fosfatlar, fosforli o’g’itlar, suvda eriydigan, kam eriydigan, erimaydigan fosforli o’g’itlar, superfosfat.
Adabiyotlar: A4, A5, Q5, Q6, X1, X2
Ma’lumki deyarli barcha tirik organizmlar uchun fosfor zarur hisoblanadi. Fosforsiz tirik hujayra mavjud bo’lishi mumkin emas. Hujayra yadrosining asosiy tarkibiy qismi – nukleoproteidlar fosfor moddasi saqlaydi. Nukleoproteidlar - nuklein kislotalarning oqsil bilan hosil qilgan murakkab birikmalaridir. Uning ikki turi mavjud (RHK, DNK). Nuklein kislotalar prosiy axborotni saqlaydigan, tashiydigan, oqsil sintezi to’g’risida ma’lumot beradigan birikmalardir.
Nuklein kislotalar tarkibida 20% ga yaqin P2O5 hisobida fosfor uchraydi. O’simlik organlarida uning miqdori turlichadir. Barg va poyalar 0,1-1% P2O5 saqlasa, urug’, changchi hamda poya va ildiz uchlarida esa ancha ko’p uchraydi.
Fosfor bundan tashqari fitin, lesitin, qandli fosfatlar kabi qator organik birikmalar tarkibiga ham kiradi.
Fitin - olti atomli spirt inozit va olti molekula fosfor kislotasining efirsimon birikmasi bo’lib, 27,5% fosfor saqlaydi. Urug’ va vegetativ organlarda fosforli birikmalar ichida eng ko’p fitin uchraydi. Dukkakli va moyli ekinlar urug’ida 1-2%, donli ekinlar donida 0,5-1% fitin bor.
Lesitin - yog’simon fosfatidlar guruhiga mansub bo’lib, asosan o’simlik urug’ida uchraydi. Lesitin tarkibida 1,37% P2O5 bor. Lesitin juda muhim biologik ahamiyatga ega. U fosfolipid membranalar tarkibiga kiradi, hujayra plazmolemmasi o’tkazuvchanligini boshqaradi.
Qandlarning fosforli efirlari - qandli fosfatlar - nafas olishda, oddiy uglevodlardan murakkab uglevodlar biosintezida, fotosintez fosforni ko’p o’zlashtiradi, o’zida zahira hosil qiladi, keyinchalik ushbu hosil bo’lgan zahirani barcha organlar bo’yicha qayta taqsimlaydi.
O’suv davri boshida fosfor yetishmasligini keyingi har qancha oziqlantirish bilan o’rnini bosib bo’lmaydi. Bu holat ayniqsa g’o’za yetishtirishda yaqqol namoyon bo’ladi.
Yirik ekinlarning urug’i (makkajo’xori, g’o’za) urug’ endospermida ham fosfor zahirasi tezda tugaydi, bu davrda tuproqda harakatchan fosfor miqdori kam bo’lishi, maysalarning o’sishdan ortda qolishga, fosfor yetishmasligi tashqi belgilari paydo bo’lishiga olib keladi. G’o’za chigitdagi fosfor zahirasini 10-20 kun mobaynida to’liq o’zlashtirib bo’ladi, makkajo’xori esa 14 kunda o’zlashtiradi.
Fosfor o’simlik o’sish va rivojlanishi mobaynida asosan tovar qismida ko’p to’planadi, bu jihat o’g’itlarni qo’llash tavsiyasida o’z ahamiyatiga ega. Chunki ko’pchilik hollarda tovar mahsulot xo’jalik hududlaridan chetga olib ketilib, fosfor balansida salbiy rol o’ynaydi. Bundan tashqari fosfor balansini hisobga olganda yem-xashak ekinlari bilan xo’jalikdan chiqib ketgan fosfor miqdori, o’g’itdan foydalanish koeffisiyenti ham hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |