H3PO4 + Ca(OH)2 = CaHPO4 * 2H2O
Presipitatda xom ashyo sifatiga bog’liq ravishda 25-27% dan 30-35% gacha P2O5 saqlanadi. P2O5 limon kislotasida eriydi va o’simlik bemalol o’zlashtiradigan holda bo’ladi. Presipitat qotib qolmaydi, yaxshi sepiluvchan oq yoki oqish-kul rang, kukunsimon o’g’it.
Presipitat asosan kuzgi shudgor davrida qo’llash uchun tavsiya etiladi. Nordon tuproqlarda presipitat superfosfatga nisbatan samarasiga ko’ra ustun keladi. Qo’llash me’yori xuddi superfosfatniki kabi bo’ladi.
F t o r s i z l a n t i r i l g a n f o s f a t – fosforli o’g’it. Superfosfat ishlab chiqarish sanoati sulfat kislotasini asosiy iste’molchisi hisoblanadi. Ammo H3PO4 ishlab chiqarish uchun xom ashyo yetishmaydi. Shu tufayli fosforli o’g’it ishlab chiqarishda kislotasiz ishlov berish texnologiyalarini yaratish dolzarb muammolardan sanaladi. Bu sohada ayniqsa termik ishlov berish yo’nalishi bo’yicha katta yutuqlarga erishilgan.
Ftorsizlangan fosfat ishlab chiqarish 1400-1450 0C haroratda apatit (2-3% kremnezem qo’shib) yoki fosforit (ohak qo’shib) suv bug’lari ishtirokida qizdiriladi.
Apatitdan olingan o’g’itda 30-32% P2O5, fosforitdan olinganda 20-22% P2O5 saqlaydi.
T o m a s sh l a k - fosforga boy temir rudalarini Tomas uslubida qayta ishlash jarayonida olinadigan qo’shimcha mahsulot.
Metal eritilayotganda kuydirilgan ohak qo’shiladi. Bunda P2O5 ohak bilan reaksiyaga kirishib, tetrakalsiy fosfat hosil qiladi 4CaO*P2O5 Bu shlak eritma yuziga so’zib chiqadi, ajratib olinib, maydalanadi. Bu usulda olingan o’g’it tarkibida 7-8% dan 16-20% gacha P2O5 saqlaydi.
M a r t ye n f o s f a t sh l a k i - cho’yandan po’lat olishda fosforni biriktirib olish uchun ohak qo’shiladi. Bu chiqindida tomasshlakka nisbatan kam fosfor bo’ladi. Bu o’g’itda kalsiy tetrafosfati qo’sh tuzi va kalsiy silikati, temir, marganes, magniy va boshqa moddalar mavjud.
P2O5 miqdori 8-12% limon kislotasida eriydi. Asosiy o’g’itlash uchun kuchsiz va kuchli kislotali tuproqlarda tavsiya etiladi.
Suvda va kuchsiz kislotada erimaydigan kuchli kislotada eriydigan fosforli o’g’itlar.
F o s f o r i t u n i - fosforitni mayda un holigacha maydalash orqali olinadi. Fosfor gidroqsilapatit, karbonat-apatit, ftor-apatit shaklida uchraydi. Ca3(PO4)2 suvda erimaydi. Tuproq potensial kislotaligi 100 g tuproqda 2,5 mg.ekv. dan kam bo’lmagan hollardagina fosforit eriydigan holga o’tadi. Tuproqning asoslar bilan to’yinish darajasi 70% dan kam bo’lganda fosforit samarasi yuqori bo’ladi.
Fosforit uni tarkibida - oliy navida 25% fosfor, birinchi navida –22%, ikkinchi navida 19% fosfor bo’ladi, namligi barcha navlarda - 3% dan oshmaydi, maydaligi 0,18 mm elakda qolishi lozim bo’lgan miqdori 20% dan oshmasligi lozim.
Nazorat savollari
1. O’simlikda modda almashinishi jarayonida fosfor elementining o’rni
2. O’simliklarda fosfor yetishmasligini aniqlash yo’llari
3. O’zbekistonda qo’llaniladigan asosiy fosforli o’g’itlar
4. Suvda eriydigan fosfatlarni erimaydigan holga o’tish sharoitlari
5. Fosforli o’g’itlarni samaradorligini oshirish yo’llari
Do'stlaringiz bilan baham: |