Bolalar serebral falajida(BSF) davolov-pedagogik ta’sirni erta boshlash zarur, bu motorikani, nutqni kommunikativ xulqni rivojlantirishga yо‘naltirilgan. BSFda xarakat va nutqiy buzilishlarning aloqasi kuzatiladi. Nutq xarakat analizatorining organik jaroxatlanishi tovushlar talaffuzining buzulishiga, ovoz, nafas bо‘limining, prosodikaning buzilishiga olib keladi.Serebral falajli bolalarda psixik va nutqiy rivojlanishni ta’lim va tarbiyani erta stimullashtirish qо‘llaniladi.BSFda logopedik korreksiya dizartriya shaklidan, nutqiy rivojlanish darajasidan, bolaning yosh va individual xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi.
BSF da logopedik ishlarning asosiy vazifalari quyidagilar xisoblanadi:artikulyatsiya holati va xarakatini xis qilishni rivojlantirish ; dispraksiyani ogoxlantirish va bartaraf etish; umumiy motorikani rivojlantirish logopedik korreksiyaning о‘ziga xosligi differensial artikulyatsion massaj va gimnastikaning, logopedik ritmika, davolovchi jismoniy tarbiya , fizioterapiya va medikomentoz davolashning birga olib borilishi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |