Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika fakulteti



Download 2,16 Mb.
bet5/370
Sana30.12.2021
Hajmi2,16 Mb.
#194234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   370
Bog'liq
Rivojlanish kompleks

Pedagogik reabilitatsiya maxsus ta’lim va tarbiya jarayonida, rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni pedagogik qо‘llab quvvatlash jarayonida amalga oshiriladi.Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar va о‘smirlar maxsus ta’limi tizimiga maktabgacha, umumiy va kasbiy ta’lim kiradi, bunda imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun maxsus sharoitlar yaratiladi.

Kompleks reabilitatsion tadbirlar pedagogik va ijtimoiy qarovsizlikni bartaraf etish, kasbga tо‘g‘ri yо‘naltirish rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar va о‘smirlarning intelektual, sensor,nutqiy, shaxsiy xususiyatlarni, imkoniyatlarini xisobga olib о‘tkaziladi, bu ularning xayotga moslashishiga shart-sharoitlar yaratadi (ijtimoiy reabilitatsiya )

Ijtimoiy, tibbiy,psixologo-pedagogik reabilitatsiya faoliyati tizimli, doimiy va izchil bо‘lishi kerak va reabilitatsion ishlarning asosiy prinsiplariga tayanishi kerak:

-ketma-ketlilik prinsipi reabilitatsiya ishini doimiy intensiv о‘sishda olib borishni,bir reabilitatsiya turidan boshqasiga о‘tish imkonini beradi;

-dialektika birligi prinsipi faqatgina izchillik uchun emas, balki bir vaqtning о‘zida tibbiy , ijtimoiy , psixologo-pedagogik reabilitatsiyani birga olib borish uchun imkoniyat yaratadi.

-Har tomonlamalik prinsipi reabilitatsiya jarayonining kо‘p yо‘nalishligini xisobga oladi, oilaviy -turmush, madaniy-oqartuv, kasbiy va reabilitatsion ishlarning boshqa soxalarini birga qо‘shib olib borishni xisobga oladi;

-Hamkorlik prinsipi rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bola yoki о‘smirni faol korreksion reabilitatsion jarayonga jalb qilishni, uning ijtimoiy psixologik xolatini tiklash va jamiyatga integratsiyalash maqsadida uni obyektdan reabilitatsiya subyektiga aylantirishni nazarda tutadi.

Korreksion pedagogikaning eng dolzarb muammolaridan biri- bolalarda nuqsonni korreksiyalashdan, ularning tibbiy-psixologo-pedagogik reabilitatsiyaga о‘tish varivojlanishda nuqsoni bо‘lgan bolalar va о‘smirlarni ularning ruxiy va jismoniy imkoniyatlari darajasini xisobga olib ijtimoiy xayotga moslashtirish xisoblanadi. Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy adaptatsiya nuqtai nazaridan eng muammoli guruxlardan biri xisoblanadi.Ularning moslashish imkoniyatlari ruxiy va jismoniy sog‘lig‘idagi kamchiliklar natijasida, ijtimoiy tajribaning cheklanganligi, ba’zida esa yomon oilaviy-iqtisodiy vaziyat natijasida pasaygan bо‘ladi.

Zamonaviy sivilizatsiyalashgan jamiyatning insonparvarlik qadriyatlari rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan xar bir bolaga yaxshi xayot kechirishi imkoniyatini berishini talab qiladi.Bu yо‘ldagi tо‘siqlardan biri ijtimoiy moslashishdagi qiyinchiliklar xisoblanadi, qaysiki rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan xar bir bola buni boshidan kechiradi.Bolalarda nogironlik adaptatsiya mexanizmining shakllanishi va adaptatsiya jarayonining borishini qiyinlashtiradigan omil bо‘lib xisoblanadi.

N.I.Xvorostyanovaning (2001) ta’kidlashicha,nogiron bolaning moslashish imkoniyatlari quyidagi xolatlarni susaytiradi:

1.Jismoniy rivojlanishidagi kamchiliklar. Nogiron bolalar tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ularning nogironligiga bog‘liq bо‘lmagan kasalliklar bilan kasallanadi.Jismoniy sog‘liqning kamchiligi (nutqning,eshitishning,umumiy motorikaning buzilishi) muloqot uchun jismoniy imkoniyatlarni cheklaydi.

2.Muloqat uchun psixologik imkoniyatlarning yetishmasligi. Yopiq muassasa sharoitida yoki yomon oilaviy sharoitda tarbiyalanadi, uyda о‘qitish, tengdoshlarining extiyotkorona munosabati, kattalar tomonidan mulozamatlar bolalar shaxsiyatining ruxiy va ijtimoiy infantil bо‘lib shakllanishiga imkon beradi.

3.Nogiron bolalarning maxsus extiyojlarini qondirish uchun kerakli moddiy vositalarning yetishmasligi ( eshitish apparati, maxsus moslamalar) shuningdek jamiyatning arxitektura va psixologik baryerlari nogiron bolaning ijtimoiy moslashish imkoniyatlarini sezilarli darajada cheklaydi.

Nogiron bolalarning о‘zlarining yoshlariga mos faoliyatda ( о‘yin, о‘qish, mexnat, kommunikativ) qatnashish imkoniyatlarining cheklanganligi bolani ijtimoiy adaptatsiya bazasidan maxrum qiladi. Ota-onalar va jamiyat bunday bolalarning adaptatsiya xolatlarida qatnashishlaridan saqlashga xarakat qiladi, bu esa adaptatsiya mexanizmining shakllanishi va mustaxkamlanishiga imkon bermaydi va bola shaxsiyatining rivojlanishini tо‘xtatadi.

Turli xil psixologik nuqsonlar va buzilishlar-mustaqillikning cheklanganligi, о‘zining yoshiga mos biron-bir faoliyat bilan shug‘ullanish qobiliyatining buzilishi-bularning barchasi tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri va bevosita nogiron bolalarning ijtimoiy adaptatsiyasini va jamiyatga integratsiyalashuvini qiyinlashtiradi.Bunday kategoriyadagi bolalar ijtimoiy adaptatsiyasining о‘ziga xosligi ularda ijtimoiy yetishmovchilikning mavjudligi bilan bog‘liq.

Ijtimoiy muxitga moslashishi uchun faoliyat turlarini egallash imkonining yо‘qligi, ijtimoiy rol, xulq-atvor normalari va qoidalarini egallash imkonining yо‘qligi kabi xolatlar ijtimoiy yetishmovchilik xolatini yuzaga keltiradi, bu esa nogiron bolaning ijtimoiy kamchiliklarining asosiy sabablaridan xisoblanadi.

Ijtimoiy yetishmovchilik tushunchasiga quyidagilar kiradi:

-о‘z-о‘ziga xizmat qilish qobiliyatining cheklanganligi;

-Jismoniy mustaqillikning cheklanganligi ;

-О‘zini jamiyatda adekvat tutish qobiliyatining cheklanganligi ;

-Yoshiga mos faoliyat bilan shug‘ullanish qobiliyatining cheklanganligi;

-Iqtisodiy mustaqillikni cheklanganligi;

-Kasbiy faoliyatga qobiliyatining cheklanganligi;

-Jamiyatda interatsiyalashish qobiliyatining cheklanganligi:

N.I.Xvorostyanova insonning adaptiv potensialini ijtimoiy xayotning о‘zgarib turadigan sharoitlarga moslashishga yordam beradigan jismoniy ruxiy imkoniyatlarining majmui sifatida, aqliy va kommunikativ qobiliyatlar, shaxsiy sifatlar, ijtimoiy bilim va kо‘nikmalarning majmui sifatida ajratib kо‘rsatib beradi.

Ijtimoiy adaptatsiyaga qobiliyatni rivojlantirish,ijtimoiy tajriba,albatta, xayotga moslashish imkoniyatini kengaytiradi.Bola nerv sistemasining mustaxkamligi bu imkoniyatni oshiradi. Bunda bolaning adaptatsiya imkoniyatlarida ishga xos xususiyatlar va tanqidiy davrlar paydo bо‘ladi, bular kommunikativ munosabatlarining rivojlanish bosqichlari va ma’lumotlarini bola miyasidan qayta ishlab chiqish qobiliyatini rivojlantirish bosqilari bilan mikrosotsial muxit sharoitlarida namoyon qilinadigan xulq shakllari ilk adaptatsiya holati xisoblanadi. Bu sharoitlarning о‘zgarishi , masalan: bog‘chaga borish , turar-joyning almashishi, oilaning barbod bо‘lishi, keyingi bolaning tug‘ilishi, xulq -atvorning о‘zgarishini talab qiladi, moddiy muxitda xam shaxsiy munosabatlarda ham. Turli yosh davrlarida turli xil darajadagi murakkab muammolar yuzaga keladi.

Bunday muammolar zо‘riqish, vahima,emotsional stress holatlarini chaqiradi, ya’ni keskin ijtimoiy adaptatsiya holatini yuzaga keltiradi.

Bu zо‘riqish yengil ijtimoiy adaptatsiyaning yangi darajasi shakllanishi , yoki adaptiv potensialning о‘sishi yoki stressdan distress xolatiga о‘tishi bilan tugashi mumkin.

N.I.Xvorostyanovaning fikricha, bolaning adaptiv potensiali quyidagilarga bog‘liq:

-bolaning jismoniy va ruxiy sog‘lig‘i;

-atrof-muhitga , boshqa odamlar va о‘ziga adekvat munosabatda bо‘lish qobiliyatining shakllanganligi;

-adaptatsiya tajribasi va muvaffaqiyati;

-bolada adaptatsiya xavfsizligi zonasining bо‘lishiga , bola о‘zi moslashgan kichik muhitning bо‘lishiga bog‘liq.Aniqlanishicha, о‘zlarining oilaviy sharoitiga yaxshi moslashgan bolalar bog‘chaga borishni yengil boshidan kechiradilar.

Adaptiv potensial juda ham о‘zgaruvchan, u biologik sabablar( sog‘liqning holati , yoshi), shuningdek ijtimoiy sabablar (oila va ijtimoiy muxitning adaptatsiya tajribasi va muvaffaqiyati) tufayli о‘zgarishi mumkin. Maxsus о‘tkazilgan tadqiqod natijasida shu narsa ma’lum bо‘ldiki, adaptiv о‘zgarishlar sog‘lom va nogiron bolalar xulqida о‘xshash,xar ikkala holatda ham kо‘proq bolalarning faolligi buziladi, ikkinchi о‘rinda muloqatga kirishish, keyin esa kayfiyat va о‘zini his qilish kо‘rsatkichlari buziladi. Shu tarzda nogiron bolalar adaptatsiyasi sog‘lom bolalar adaptatsiyasidan kelib chiqadi, ya’ni umumiy adaptatsiya mexanizmi ramkasida bо‘ladi.

Biroq nogiron bolalarning yuqorida yozilgan kо‘rsatkichlari faqatgina sog‘lom bolalar kо‘rsatkichlaridan emas , balki sog‘lig‘i susaygan bolalar kо‘rsatkichlaridan ham yomon. Nogiron bolalarda eng yomon kо‘rsatkich kayfiyatning AP(adaptiv pasayishi)-33%,о‘zini his qilish AP-20%.

AP kompleks kо‘rsatkichi (AP=О‘AP+KAP+FAP+MAP-Adaptiv pasayish-о‘zini xis qilishining adaptiv pasayishi, kayfiyatning,faollikning, muloqotga kirishuvchanlikning adaptiv pasayishi summaliga teng)dan bolaning adaptiv imkoniyatlarini baxolash mumkin.

AP qachalik yuqori bо‘lsa, bolaning adaptatsiya imkoniyati shunchalik kam bо‘ladi. Bundan kelib chiqib, quyidagi formulani chiqarish mumkin;

bu yerda FAP-faollikning adaptiv pasayishi.

MAP-muloqotga kirishuvchanlikning adaptiv pasayishi.

KAP-kayfiyatning adaptiv pasayishi.

О‘AP- о‘zini his qilishning adaptiv pasayishi.

Agar AP=O holita bо‘lsa , AI cheksizlikk intiladi.

Ushbu formula nogiron bolaning adaptatsiya imkoniyatlarini baholash imkonini beradi, bu kam adaptatsiyalashgan va yuqori adaptatsiyalashgan bolalar guruhini aniqlash imkonini beradi va ular uchun reabilitatsion tadbirlarni yuqori darajada rejalashtirish imkonini beradi. Oxirgi yillarda nazariy asosini L.S.Vigotskiy va V.P.Kashenkolar ishlab chiqqan davolovchi pedagogika rivojlanmoqda.

YE.M.Mastyukova (1997) davolovchi pedagogikani ogohlantirish, rivojlanishdagi turli xil nuqsonlarni, ruhiy asab somatik buzilishlarini davolash va korreksiyalash maqsadiga ega bо‘lgan davolov-pedagogik tadbir tizimi sifatida kо‘rib chiqadi.

Davolovchi pedagogikaning vazifalariga quyidagilar kiradi: bolalarning aqliy va jismoniy rivojlanishini yaxshilash, rivojlanishdagi nuqsonlarni korreksiyalash (ruhiy rivojlanishi ,xulq-atvori, nutqining orqada qolishi,motorikaning, muloqot va boshqa funksiyalarning buzilishi) bolaning har tomonlama rivojlanishi,uning cheklangan imkoniyatlari bilan hisobga olib.Davolovchi pedagogikaning muhim vazifalaridan maxsus individual va guruhli metodlarni va bolalarda buzilgan funksiyalarni korreksiyalash dasturini, oilaviy tarbiya, oilaviy psixoterapiya dasturini ishlab chiqish hisoblanadi.

Davolovchi pedagogikaning asosiy prinsiplari quyidagilar hisoblanadi; davolash vapedagogik jarayonlarning birligi; har bir bolaga uning rivojlanishining spetsifik strukturasini, sog‘liqning umumiy holati , yoshi, saqlangan ruhiy-asab funksiyalari va shaxsiyatining ijobiy xususiyatlarini hisobga olib individual yondashishning zaruriyligi; rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarga beriladigan talablar va vazifalar ularning sog‘lig‘ining holati , ruhiy va jismoniy imkoniyatlarga muvofiq bо‘lishi.

Erta boshlangan va tizimli rivojlanishda olib borilgan ta’lim va davolov-korreksion tadbirlar imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy adaptatsiyasiga imkon beradi.

Bolalarni rivojlantirish va о‘qitishning о‘ziga xos xususiyatlari bо‘lishiga qaramay ba’zi bir umumiy qiyinchiliklar va buzilgan ruhiy-asab rivojlanishining qonuniyligi aniqlanadi.Bu birinchi о‘rinda past aqliy ish qobiliyat, diqqat, xotira konsentratsiyasining yetishmasligi, nutqiy orqada qolish, hissiy irodaviy sferaning yetilmaganligi, atof-muhit haqidagi tasavvurlar va bilimlar zapasining cheklanganligi, motor funksiyalarning yetarlicha rivojlanmaganligi, fazoviy tasavvurlarning rivojlanishida orqada qolishi.

Kо‘pchilik rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar uchun qiziqishlarni bildirishning yetarlicha emasligi, sensor va nutqiy informatsiyani qabul qilish va qayta ishlab chiqish buzilishi xosdir.

Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning keyingi rivojlanishida faqatgini anomal rivojlanishining xarakteri emas, balki davolov-korreksion va rivojlantiruvchi tadbirlarning boshlanish vaqti katta axamiyatga ega. Xozirgi vaqtda shu narsa aniqlandiki, erta boshlangan va о‘tkazilgan tizimli davolov - pedagogik korreksion tadbirlar bolalarning yaxshi rivojlanishiga , о‘qishiga va ijtimoiy adaptatsiyaga ma’lum darajada yordam berishi mumkin.

Rivojlanishida nuqsoni bor bolalar bilan tibbiy-psixologo-pedagogik va korreksion tadbirlarni о‘tkazishda quyidagi asosiy prinsiplarga rioya qilishlari muximdir.

1. Bolalar xuquqlari haqidagi Konvensiyada mustahkamlangan bolalar xuquqlariga rioya qilishdan kelib chiqib, shaxsiyati, aqliy a jismoniy qobiliyatlrni rivojlantirishni kо‘rib chiqadigan bolalarning ta’lim olishga xuquqlarini amalga oshirishga intilish, shuningdek, rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning xuquqlarini ularning individualligini saqlagan holda amalga oshirish.

2.Korreksion -rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarda barcha bolalarni , shu о‘rinda rivojlanishida kо‘pgina nuqsonlari bor bolalarni ham kiritish, bu ularning xar birining rivojlanishining va korreksiyasining individual dasturini ishlab chiqqan xolda amalga oshiriladi.

3.Bolaning rivojlanish dinamikasini baholashda boshqa bolalar bilan taqqoslamaslik, ularni oldingi rivojlanish bosqichlardagi kо‘rsatkichlari bilan taqqoslash.

4.Bola uchun dо‘stona atmosferani yaratish, psixologik xavfsizlik hissini shakllantirish , bolaga uning rivojlanishidagi qiyinchiliklar va muammolarning о‘ziga xosligini tushungan xolda munosabatda bо‘lishi har bir bolani , ularning psixik va shaxsiy rivojlanishidagi ijobiy tomonlarni topishga intilish, bunga pedagogik ishda erishiladi.

5. Bolaning rivojlanish dinamikasini tо‘g‘ri va insonparvarona baholab, uning rivojlanishi va ijtimoiy adaptatsiyasining keyingi imkoniyatlarini aniq tasavvur qilish.

6.Barcha bolalarga, shu о‘rinda jismoniy sustlashgan, ta’sirchan bolalarga bir xil va sabr -toqat bilan munosabatda bо‘lish.

7.Xar bir bola aqliy va jismoniy faoliyati gigiyenasini tо‘g‘ri tashkil qilish bо‘yicha dastur ishlab chiqish, bu bolalarning tez toliqishini ogohlantirishga va bolani aniq kun tartibiga о‘rgatishga yо‘naltirilgan.

8.Mutaxassislar kasbiy axloq qoidalariga rioya qilishlari kerak. Xar bir bolaning diagnozi va prognozi mutaxassislarning kasbiy siri predmeti bо‘lishi kerak.

9.Bolalarning aqliy va xissiy rivojlanishini ularning psixik xolatlari xursandlik, xotirjamligiga tayangan xolda stimullashtirish.Bolaning individual qobiliyatlari va qiziqishlarini rivojlantirish.

10.Doimiy va tizimli ravishda bolani о‘z qilgan ishlarini mustaqil baholashga о‘rgatish.

11. Bolaga о‘xshash shaotlarda kerali faoliyat turlaridan foydalanish malakalarini sabr bilan о‘rgatish , bunga bir faoliyat turidan boshqasiga о‘tish, topshiriqni bajarishda ijodkorlik va ixtirochilikni stimullashtirish kiradi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan korreksion ishlarni olib borish jarayonida turli xil faoliyat turlariga tayangan xolda muxim, asosiy usullar va metodlardan foydalanish kerak: о‘yin, elementar mexnat va faolyatning barcha samarali turlaridan foydalanish kerak, lekin asosiy e’tibor rivojlanishning ushbu yosh bosqichining bosh faoliyati sifatida о‘yinga asosiy e’tibor beriladi.

Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarga tibbiy-pedagogik yordamni tashkil etishni shartli ravishda 3 bosqichga bо‘lish kerak:

Birinchi bosqich bu markaziy nerv sistemasi jaroxatlangan ilk yoshdagi bolalarga maxsus yordamni tashkil etish. Yordam tug‘ruqxonada bо‘lishdan boshlanadi va maxsuslashtirilgan statsionarlarda va yangi tug‘ilgan chaqoloqlar shifoxonalardagi bо‘limlarda davom etadi, keyinchalik ambulator sharoitlarda bolalar nevropatologi yoki psixatri kuzatuvi ostida, shuningdek maxsuslashtirilgan bolalar yaslilarida va bolalarning uyida davom ettiriladi.

Bosqichda asosiy e’tibor tibbiy yordamga va kompleks davolov-korreksion tadbirlarga qaratiladi, bu nuqsonlarni bartaraf etish va psixomotor rivojlanishidagi ikkilamchi nuqsonlarni ogoxlantirishga yо‘naltirilgan bо‘ladi.

Ikkinchi bosqichda maxsuslashtirilgan yordam rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarga maxsuslashtirilgan statsionarlar, sanatoriyalar, bolalar bog‘chalari,bolalar uylarida, rayon poliklinikalarida va psixonevrologik dispanserlarda beriladi.Bolalar bog‘chalari va bolalar uylariga yо‘llanma berish tuman, viloyat,shaxar psixologo-tibbiy-pedagogik konsultatsiya yordamida о‘zlarining bolalarini nevropatolog yoki psixonevropatolog va boshqa mutaxassislar tavsiyasi bilan olib keladi.

Davolov sog‘lomlashtirish va korreksion tadbirlarning bu bosqichida pedagoglar, defektologlar, logopedlar tomonidan amalga oshiriladigan korreksion -pedagogik va tarbiyaviy ishlarga katta e’tibor beriladi. Maxsus bolalar ta’lim muassasalari rivojlanishidagi nuqson xarakteri va nuqsonning og‘irlik darajasiga qarab ajratiladi.

Maxsus bolalar bog‘chalarining asosiy vazifalari quyidagilar xisoblanadi:

-Korreksion ta’lim jarayonida tashxisni aniqlash;

-Asosiy nuqsonni va u bilan bog‘lik rivojlanishidagi ikkilamchi nuqsonni maxsus kompleks korreksiyalash;

-Bola nuqsonining xarakteri va tuzilishini xisobga olib, uning xar tomonlama shaxsiy rivojlanishi uchun yaxshi sharoitlar yaratish ;

-Bolani maktabga tayyorlash;

Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar bog‘chalari maxsus dastur bо‘yicha ishlaydilar, bu dasturda maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy va u bilan bog‘liq rivojlanishidagi ikkilamchi nuqsonni, yoshi, ruhiy va jismoniy imkoniyatlarini xisobga olib ishlab chiqiladi.Dasturning barcha bо‘limlarida ta’lim, tarbiya va korreksiya chambarchast bog‘liq xolda kо‘rib chiqiladi: bolaning aqliy,jismoniy , axloqiy , estetik va nutqiy rivojlanishini ta’minlaydi.

Uchinchi bosqich rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar va о‘smirlarga maxsuslashtirilgan yordam tuman poliklinikalarida va psixonevroptologik dispanserlarda, maxsuslashtirilgan sanatoriyalarda, sanator-maktablarda maxsus maktablarda va maktab-internatlarida, bolalar uylari va nogironlar uylarida amalga oshiriladi.

Davolovchi pedagogikaning muxim va dolzarb muammosi quyidagi xisoblanadi: rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar va ularning sog‘lom tengdoshlari о‘rtasida aloqalarni kengaytirish ; rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar va ularning ota-onalari bilan ishlaydigan pedagoglar, vrachlar,psixologlarning maxsus jamiyatlarini tuzish.

Ruhiy faoliyatning rivojlanishi normal bolada ham, rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar ham bir xil kechadi, idrok v tasavvurdan kо‘rgazmali-amaliy,kо‘rgazmali-obazli tafakkurga-ongli tafakkur elementlariga. Ushbu xarakterlarning barchasida nutq asosiy о‘rin egallaydi.

Nutq ma’lumot, ijtimoiy axloq, atrofdagilarga ta’sir qilish funksiyasini amalga oshiradi.(L.S.Vigotskiy),fikrni shakllantirish usuli xisoblanadi. Nutq barcha faoliyatlarni amalga oshirishning zaruruy sharti va muxim komponenti, bilimlarni egallashning muxim vositasi, bolani о‘qitishning va rivojlantirishning muxim sharti xisoblanadi.

Nutq bolaning barcha asosiy ruhiy jarayonlarini qayta ishlab chiqadi: nutqning ishtiroki tufayli idrok umumlashgan xarakterga ega bо‘ladi,tasavvur rivojlanadi,xotira takomillashadi.Nutqning axamiyati xulq-atvorni boshqarishda yanada oshadi.

Bola doimiy parvarishda kattalar va tengdoshlari bilan birgalikdagi faoliyatida nutqni egallab boradi, bu nutqiy kо‘nikma va malakalarni egallab borish va rivojlantirishni stimullashtiradi.

Nutqiy rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarda nutq sistemasining aloxida bо‘limlari yoki butun nutq sistemasining buzilishi natijasida nutqiy kо‘nikma va malakalarning bosqichma - bosqich shakllanishi kechadi, qiyinchiliklar uchraydi, bu muloqot vositasi yetishmovchiligini kuchaytiradi, kerakli nutqiy tajribani egallash sharoiti bо‘lmaydi. Nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolada kerakli korreksion tadbirlar olib borilmasligi tufayli intelektual rivojlanishning kechishi sekinlashadi, bu bolaning atrofdagilar bilan muloqot qilishning yetarlicha emasligi va tasavvur doirasining ma’lum darajada cheklanganligi natijasida kelib chiqadi.


Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish