Logopedik reabilitatsiya -rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar va о‘smirlarning kompleks tibbiy-psxologo-pedagogik reabilitatsiya va ijtimoiy adaptatsiyaning muxim tarkibiy qismi xisoblanadi. Shu о‘rinda ilk yoshdagi bolalarga tegishli bо‘lgan logopedik abilitatsiya gapirib о‘tish tо‘g‘ri bо‘ladi, nutqiy funksiyani shakllantirishni, yangi nutqiy imkoniyatlarni yaratishni, kommunikativ faoliyatini normallashtirishni, ijtimoiy potensialini о‘stirishni kо‘rib chiqadi.
Bolada rivojlanishida xar qanday nuqsonda nutq rivojlanishining orqada qolishi va boshqa buzilishlar kuzatiladi, bular bolaning atrofidagilar bilan muloqot qilish jarayonini, kommunikativ xulqining tо‘liq shakllanishini qiyinlashtiradi, bolaning atrof-muxit bilan ijtimoiy aloqalar о‘rnatishiga xalaqit beradi.
Maxsus logopedik reabilitatsiya jarayonida maxsus usullar va metodlarni qо‘llash orqali nutq funksiyasinining buzilishlari bartaraf etiladi, nutqning kommunikativ funksiyasi tiklanadi, bu esa rivojlanishida turli xil nuqsonlari bor bо‘lgan bolalar va о‘smirlarning ijtimoiy adaptatsiya jarayoniga yordam beradi.
Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar kompleks reabilitatsiyasi ijtimoiy adaptatsiyasining asosiy vazifalaridan biri nutqi va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish xisoblanadi.Eshitmaydigan bolalarda nutq mustaqil ravishda rivojlanishi mumkin emas, ular nutqni mustaqil egallash xolatida emas, ular nutqning yо‘qligini muloqotning о‘ziga xos shakllari-mimika, daktilologiya, labdan о‘qish kabilar bilan almashtirishga urunadilar.
Eshitishi buzilgan bolada kattalar va tengdoshlari bilan nutqiy muloqatga extiyojni shakllantirish uning tо‘liq rivojlantirishning asosiy shakli xisoblanadi.
Eshitish buzilishi yaqqol ifodalangan bolada nutqni shakllantirishni erta boshlash uning tafakkurining anomal rivojlanishini , bilishni, bilim faoloiyatini buzulishini ogoxlantirish imkonini beradi.
Eshitmaydigan bolalarda nutqning rivojlanishini stimullashtirish bosqicha-bosqich va kommunikativ aloqalarni о‘rganish motivi qо‘lga kiritiladigan ketma-ket о‘zgarishlar bilan 3 asosiy yо‘nalish bо‘yicha о‘tkaziladi: til qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish; nutqiy faoloiyatini rivojlantirish; tilning asosiy qonuniyatlarini о‘zlashtirishga tayyorgarlik;
Bu darajadagi bolalar bilan davolov-pedagogik, shu jumladan logopedik ishlar erta boshlangan, kompleks va eshitish nuqsonining og‘irligi va xarakteri, bolalar nutqining va intellektining xolatidan kelib chiqib , differensial bо‘lishi kerak.Nutqiy eshitish va nutqiy muloqat shakllanishi va rivojlanishining natijasi mutaxassis tomonidan emas, jamiyat tomonidan baholanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |