Logopediya bu nutq buzilishlari xaqidagi maxsus taʼlim va tarbiya vositasida nutq buzilishlarini oʼrganish, tuzatish va oldini olish xaqidagi pedagogik fandir. Logopediya nutq faoliyati buzilishining sabablari, mexanizmlari, alomatlari, oqimlari tarkibini oʼrganadi. Shuning uchun uni maxsus pedagogika sarasiga qoʼshadilar. Logopediya termini grekcha loges, peydeo soʼzlaridan tashkil topgan boʼlib, tarjimada toʼgʼri nutqni tarbiyalash maʼnosini anglatadi. Fan sifatida logopediya nutq nuqsonini tuzatish, nutqiy faoliyati zaiflashgan shaxslarni oʼqitish va tarbiyalash jarayoni xisoblanadi. Logopediyaning asosiy maqsadi nutqida nuqsoni bor shaxslarni oʼqitish, tarbiyalash va qayta tarbiyalashning ilmiy asosalangan sistemasini ishlab chiqish, shuningdek nutq nuqsonining oldini olishdan iboratdir. Logopediya fani nutqida nuqsoni bor bolalarning shaxs sifatida har tomonlama rivojlan I.P.Pavlov taʼlimotiga muvofik nutq bosh miyaning murakkab psixo-fiziologik funktsiyasini, uning ikkilamchi signal sistemasini oʼzida namoyon etadi. Birinchi va ikkinchi signallar sistemasi bir-biri bilan uzviy bogʼlangandir. Ikkinchi signal sistemasi birinchi sistema asosida shakllanadi. Аmmo keyinchalik ikkinchi signal sistemasining birinchi signal sistemasiga tartibga soluvchi taʼsiri namoyon boʼladi. Soʼz aloxida xususiyatning signali, umumlashtirish qurolidir. Birinchi va ikkinchi signal sistemalari orasidagi oʼzaro murakkab aloqalarni xisobga olish nutq buzilishini tuzatish, boʼzilgan nutq va nutqsiz funktsiyalarning oʼrnini bosish ustida samarali logopedik ish olib borish uchun imokniyat yaratadi.
Logopediya fanining quyidagi vazifalarini ajratib koʼrsatish mumkin:
1.Nutq buzilishining turli shakllarida nutq faoliyatining ontogenezini oʼrganish.
2.Nutq buzilishlarining keng tarqalganligi, alomatlari va darajalarini aniqlash.
3.Nutqiy faoliyati buzilgan bolalarning oʼz -oʼzidan va biror maqsadga qaratilgan rivojlanish dinamikasini, shuningdek nutqiy zaiflikni ularning shaxs sifatida yetishuviga, ruxiy rivojlanishiga, turli koʼrinishdagi faoliyatlarni namoyon qilishga, oʼzlarini tutishlariga taʼsirini aniqlash.
4.Rivojlanishida turli xil farqlar boʼlgan bolalarda nutqning shakllanishi va nutq buzilishlari xususiyatini oʼrganish.
5.Nutq buzilishining kelib chiqish sabablari, mexanizmlari, tuzilishi va alomatlarini aniqlash.
Logopediyaning yuqorida koʼrsatilgan vazifalarida uning ham nazariy, ham amaliy yoʼnalishlari belgilab berilgandir. Uning nazariy tomoni nutq buzilishlarini oʼrganish hamda ularning oldini olish, aniqlash, tuzatishning ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqishdan iboratdir. Аmaliy tomoni nutq buzilishini oldini olish, aniqlash va bartaraf etishni oʼz ichiga oladi. Logopediyaning nazariy va amaliy vazifalari bir-biriga chambarchas bogʼlangandir. Logopedik jarayonni tashkil etish nutq buzilishini toʼgʼrilash bilan bir qatorda psixofizik nuqsonlarni ham tugatish yoki yengillatish uchun sharoit yaratadi. U pedagogik taʼsir qilishning muxim maqsadi boʼlgan shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |