Tayanch iboralar: mujassam nukson, korreksiya, kompensatsiya, reabilitatsiya, maktabgacha yosh, maxsus ta’lim, psixologiya, ijtimoiy adaptatsiY.
Rivojlanishda mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalarga korreksion-pedagogik yordam kо‘rsatish, ularning individual va ijtimoiy extiyojlarini qondirishga yо‘naltirilgan bо‘lib, bu shakl va funksional tizimni tartibga solishni talab etadi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda turli xil maxsus umumta’lim muassasalari mavjud.Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun bog‘chalar , korreksion –rivojlantiruvchi markazlar va boshqalar faoliyat yuritmoqda.Rivojlanishida turli xil nuqsonga ega bо‘lgan maktab yoshidagi bolalar I-VIII-turidagi maxsus muassasalarda о‘qimoqda. Rivojlanishda mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalar uchun maxsus muassasalar juda kam; ulardan mashhurlari Maskva oblastidagi Sergiyevo- Posadskiy kо‘r -karlar bolalar uchun bolalar uyi, Tula oblastidagi aqli zaif kо‘r va zaif kо‘ruvchi bolalar uchun Golovenkovskiy maktab- internati.Turli nuqsonlar qо‘shilib kelgan bolalar qaysidir bitta nuqsoniga mо‘ljallangan duch kelgan maxsus korreksion muassasaga tushib qolishi mumkin.Shunga kо‘ra, ular ta’lim va tarbiya olishi uchun I-turdagi №65 maktab –intarnatdagi kabi qandaydir guruxlar yoki sinflar ochilishi mumkin.I.L.Solovyeva (2001) ning tadqiqot natijalariga kо‘ra, bu muassasada 30%ga yaqin bolalar turlicha qо‘shimcha nuqsonlarga ega(ruxiy rivojlanishning sustlashganligi, debil darajadagi aqli zaiflik, BSF va boshqalar).Ba’zi umumlashtirilgan turdagi maktabgacha ta’lim muassasalarida korreksion guruhlar faoliyat yuritib, unga tayanch- xarakat apparatida nuqsoni bо‘lgan bolalar yuboriladi.Bu guruhlarda tarbiyalanayotgan bolalar populyatsiyasini о‘rganish orqali deyarli barcha tayanch –harakat apparati nuqsonlari qо‘shimcha buzilishlar bilan birga keladi: kо‘rishish, eshitish, ruxiy rivojlanish va boshqalar.
Bizning oldimizga bunday bolalarga ta’lim va tarbiyani qanday tashkil etish kerak,- degan muammo qо‘yiladi.Korreksion ta’lim tizimini tashkil etishdagi izlanishning obyekti mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalarninig о‘zlari bо‘lib, ularning individual imkoniyatlarini hisobga olish talab etiladi.
Rivojlanishda murakkab nuqsonga ega bо‘lgan turli toifadagi bolalarni о‘rganish asosida bolalar bilan korreksion ishlarning muvoffaqiyati uchun ma’lum, bu tizimning nazariy asosi uchun axamiyatli tamoyillar va xolatlarni aniqlash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |