REJA:
1. Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda nutq buzilishi turlari va nutqning shakllanganlik darajasi.
2. Aqli zaif bolalarda nutq buzilishlarining tarqalganligi. Intellektida nuqsoni bo‘lgan bolalarda nutq nuqsonlari simptomatikasi.
3. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda nutq nuqsonlari.
4. BSFli bolalarda nutq nuqsonlari
Tayanch iboralar: Zaif eshituvchi bolalar, zaif kuruvchi bolalar, BSF,gemiplegiya, akli zaif bolalar,oligofreniya, birlamchi nukson, ikkilamchi nukson, maxsus ta’lim muassasalari.
Nutq - insonning mujassam psixik faoliyati bо‘lib, insonlarda bilish qobiliyatlari, о‘z-о‘zini boshqarish, ma’naviy yetukligini shakllaninishdagi muhim ahamiyatga ega bо‘lgan bо‘g‘in hisoblanadi.
Meyoriy nutqiy faoliyat uchun miyaning barcha tizimini butunligi va saqlanganligi, tо‘liq analizator tizim zarur.Anomal bolalarning psixik rivojlanishining о‘ziga xos va umumiy qonuniyatlaridan kelib chiqib, V.I.Lubovskiy (1971) barcha turdagi nuqsonli bolalarda turli darajada nutqiy muloqotning buzilganligi, axborotlarni qabul qilish, saqlash, va foydalanish qobiliyatining pastligi, bevosita yangi aloqalarni paydo bо‘lishida nutqiy buzilishlar, tushunchalarning sust shakllanishini kо‘rsatadi. Nutq nuqsonlari barcha toifa anomal bolalarga xos xususiyat. Bolalardagi nutqiy buzilishlar muammosini о‘rganishning dolzarbligini til va nutqning ijtimoiy roli va insonning shakllanishidagi ularning ahamiyati belgilaydi. Tadqiqot materiallariga kо‘ra nutq nuqsoni va rivojlanishida boshqa nuqsonlarga ega bо‘lgan ba’zi mujassam nuqson turlarini kо‘rib chiqamiz.
Kо‘rish buzilishi bilan nutq nuqsonini qо‘shilib kelgan mujassam nuqson bizda maxsus qiziqish uyg‘otdi.Kо‘rlar ichida tovushlar talaffuzi buzilgan bolalar guruxini ajratish mumkin, M.YE.Xvatsev (1959) kuzatishlariga kо‘ra, ular 21 % ni tashkil etadi.Kо‘rishida nuqsonga ega bо‘lgan bolalarning kattagina qismida nutqning u yoki bu komponentiga (fonetik, leksik, grammatik) turli darajada ta’sir etuvchi tizimli nuqsonlar aniqlanadi.Tadqiqotchilar nutqning shakllanganligini tо‘rtta darajasini farqlaydilar, ulardan har biri turlicha namoyon bо‘ladi, tovushlar talaffuzining kamchiliklaridan to fonematik analiz va sintez jarayonlarining tо‘liq shakllanmasligigacha. Nutqning shakllanish darajasining, nuqson tuzilishining xilma- xilligi kо‘r va zaif kо‘ruvchi bolalarni pedagogik ta’sir jarayonida nutqining takomillashtirish dinamikasining xilma -xilligini ham tushuntiradi.Nutq nuqsonlarini oldini olish va tuzatish uchun nutq buzilishlarini erta aniqlash va maqsadli logopedik ishlarni olib borish zarur (Volkova L.S, Korobko S.L ,1982).
Maxsus pedagogikada aqli zaif bolalar о‘rtasida nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalarning kо‘pligidan dalolat beruvchi anchagina material tо‘plangan (Levina R.YE 1959, Kashe G.I 1957).
Aqli zaif bolalarga umuman tovushlar talaffuzidagi nuqsonlar xos bо‘lib, bu turli sabablar bilan tushuntiriladi:nutqning tovush tarkibini egallashga yо‘naltirilgan bilish faoliyatining shakllanmaganligi;mujassam psixik faoliyat turi xisoblangan fonematik idroknining kech rivojlanishi ; umumiy matorikaning, ayniqsa nutqiy matorikaning rivojlanmaganligi; nutqiy muskullarning paralichi, parezlari, artikulsiya a’zolarning tuzilishidagi nuqsonlar - lab, qattiq va yumshoq tanglay va jag‘lardagi buzilishlar (Paramonova L.G. 1973).
Yordamchi maktab о‘quvchilarida tovushlar talaffuzi va yozuv buzilishlarini kо‘p tarqalganligi aniqlanadi.Maktab ta’limi jarayonida yozuv buzilishiga ega bо‘lgan bolalar soni asta- sekin kamayadi, ammo yuqori sinflarda ham 30% о‘quvchilarda disgrafiya kuzatiladi (Orlova D.I 1967)
Yordamchi maktab sinflarining barchasida о‘qish kamchiliklariga ega bо‘lgan о‘quvchilar aniqlangan.Fonematik tizim va kо‘ruv-fazoviy funksiyalarning rivojlanmaganligi bilan bog‘liq disleksiyani bartaraf etish bо‘yicha ba’zi ish usullari tafsivlangan (Lalayeva R.I 1978)
Aqli zaif bolalar ichida ancha keng tarqalgan og‘zaki nutq buzilishlari dislaliya, rinololiya, dizartiya xisoblanib, ba’zi hollarda duduqlanish uchraydi.Kо‘p hollarda alaliya kо‘rinishidagi nutq nuqsonlari uchraydi(Lyapidevskiy S.S1973, Kovshikov V.A 1985). YE.M.Mastyukova turli shakldagi mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalarni turli xil tekshirish metodikalarini (tibbiy, psixologik, neyrofiziologik va boshqalar) qо‘llagan holda о‘rganib, alaliya mustaqilligi haqida nozologik birlik va oligofreniya sindromi ichida alohida paydo bо‘luvchi holatdir degan xulosaga keldi.Uning fikricha, elektromiografik ma’lumotlar alalik sindromi bilan qо‘shilib keladigan о‘ziga xos intellektual yetishmovchilik shaklini mavjudligi xaqidagi tibbiy kuzatishlarni tasdiqlaydi.
Oligofreniya shakllarini klinik klassifikatsiyalashda M.S.Pevzner (1966) bosh miyaning lokal jarohatlanishi natijasida kelib chiqadigan birlamchi nuqsonli bolalarni aqli zaiflikning asoratli guruhiga kiritadi. Turli darajada og‘irlikdagi nutq nuqsonlariga ega bо‘lgan yordamchi maktab о‘quvchilarining impressiv va ekspressiv nutqining rivojlanish xususiyatlarini va korreksion ta’sir ostida nutqning shakllanish dinamikasini о‘rganish natijalari yordamchi maktabda logopedik mashg‘ulotlarni olib borish metodikalarini takomillashtirishni talab etadi. (Aleksina L.I., 1977).
Aqli zaiflardagi nutqiy nuqsonlar tizimidagi yetakchi komponent semantik nuqson hisoblanadi.Bu yerda nutqiy buzilish tizimli xarakterda bо‘ladi, shuningdek, nutq butun bir tizim sifatida aziyat chekadi, nutqning fonetiko- fonematik, leksik, grammatik tomonlari buziladi. Nutqning impressiv , ekspressiv tomonlarining shakllanmaganligi ham kuzatiladi. R.I.Lalayeva tadqiqotlarida aqli zaif о‘quvchilarning nutq buzilishlariga keng tavsif berilgan, shuningdek, tovushlar talaffuzi, nutqning leksik-graamtik tomonidagi , yozish va о‘qishdagi kamchiliklarni korreksiyalash metodikalari ochib berilgan. Kо‘rsatilgan nuqsonlarni bartaraf etish uchun kо‘pchilik olimlarning fikricha, erta tashxis va intellektual nuqsonning xususiyatlarini hisobga olgan holda о‘z vaqtida yakka logopedik ishlarni boshlash zarur. Nutq kamchiliklarining keng tarqalganligi ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarga ham xos ( V.A.Kovshikov, YE.V.Malseva, N.A.Sipina, S.T.Shevchenko va boshqalar). Bunday bolalarni о‘rganishning asosiy yо‘nalishi nutqni rivojlantirish muammosidir. Kо‘pgina tadqiqotchilar bu toifa bolalarning psixik rivojlanishi, bilish faoliyatlarining о‘ziga xosligiga bog‘lagan holda, nutqiy rivojlanish xususiyatlarini ochib beradi. Bu nutqning semantik tomonini, nutqiy qonuniyatlar va umumlashmalarning о‘zlashtirish jarayonida namoyon bо‘ladi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda sо‘z yasash va sо‘zli ijod jarayonlari kech paydo bо‘lishi kuzatiladi. Bu toifa bolalarning nutqiy faoliyati xususiyatlarini tahlil qiluvchi R.D.Triger, YE.S.Slepovich ishlarida, ularda nutq asosan vaziyatli xarakterda ekanligi ta’kidlanadi. Bu katta miqdorda shaxs olmoshlari va kо‘rsatish olmoshlarida, ularni nutqda kо‘p qо‘llashida, shuningdek, lug‘at boyligini chegaralanganligida aks etadi. Bu bolalarda lug‘at boyligining kambag‘alligini S.G.Shevchenko ham kо‘rsatib о‘tgan (1976). N.Y.Boyarskiyning tadqiqotlarida nutqiy ifodalashning, xususan, ichki dasturlash va grammatik qurilishni shakllanmaganligi qayd etilgan. Nutqiy nuqsonlarning xilma-xilligini kо‘pchilik olimlar kо‘rsatishgan. YE.M. Malseva (1990) nutq nuqsonlarining xarakteriga kо‘ra, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni uch guruhga bо‘ladi. Birinchi guruhga, olim, alohida fonetik nuqsonlilarni kiritadi , bunda faqatgina bir guruhga tegishli tovushlarning notо‘g‘ri talaffuzida namoyon bо‘lib, bu artikulyatsion apparat qurilishidagi nuqsonlar va nutqiy motorikaning rivojlanmaganligi bilan bog‘liq. Ikkinchi guruhni fonetiko- fonematik nuqsonga ega bо‘lgan bolalar tashkil etadi. Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar ikki – uch guruh tovushlarning buzilishini qamrab oladi va fonetik jihatdan yaqin tovushlarni farqlay olmaslikda, shuningdek, tovushlarni eshituv differensatsiyasining va fonematik tahlilning buzilganligida aks etadi. Uchinchi guruhga nutqning hamma tomonlari tizimli rivojlanmagan bolalar kiritiladi. Ularda fonetik-fonematik nuqsonlardan tashqari, nutqning grammatik qurilishini rivojlanishiga xos kamchiliklar –lug‘at boyligining kabag‘alligi va farqlanmaganligi, gaplarning sodda tuzilishi, agrammatizmlar kuzatiladi. Og‘zaki nutqning buzilishi yozma nutqda ham aks etadi.Nutqiy nuqsonlarning xarakteriga kо‘ra, ruhiy rivojlanishi sustlashgan birinchi sinf о‘quvchilari besh guruhga bо‘linadi: monomorf dislaliyali; polimorf dislaliyali ; funksional dislaliyadan tashqari, fonematik analiz va sintez shakllanmagan, shuningdek, о‘qish va yozish kamchiliklariga ega dislaliyali va disleksiyali bolalar va nihoyat, yedirilgan (stertaya) dizartriyali bolalar. (Smirnova I.A., 1981).
8 yoshli ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda nutqning rivojlanmaganligi xususiyatlari ikkita klinik gruhda aks ettirilgan:
1. mujassam bо‘lmagan infantilizmda (M.S.Pevzner klassifikatsiyasiga kо‘ra), bunda nutqiy rivojlanish meyorda rivojlanayotgan ancha kichik yoshdagi bolalarning nutqiy rivojlanishiga mos keladi;
2. mujassam infantilizmda va turli genezisdagi serebral holatlar natijasiga kо‘ra. Nutq buzilishlari tizimli xarakterda bо‘ladi, tovushlar talaffuzi, nutqning leksik –grammatik tomonlarining buzilishi, sо‘zlarni tovush-harfli tahlilini qiyinligi, nutqiy ifodalashda mantiqiy bog‘liqlikni buzilishi va til bо‘yicha bezakdorlikning kambag‘alligi kuzatiladi. Nutqning о‘ziga xosligi bilish faoliyati va hissiy – irodaviy sohalarning rivojlanmaganligida aks etadi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan va nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarni qiyosiy о‘rganish, nuqson tuzilishining mujassamligini kо‘rsatib, bunda bilish faoliyatidagi kamchiliklar nutq sohasining rivojlanmaganligi bilan qо‘shilib kelib, mujassam nuqson tuzilishining о‘ziga xos mustaqil xarakteri haqida gapirish imkonini beradi (Volkovskaya N.T. 2003).
Bu toifa bolalardagi nutq nuqsonlari muammmolarida R.I.Lalayeva, N.V.Serebryakova, S.V.Zorina (2001)larning ishlari katta ahamiyatga ega bо‘lib, unda bu bolalarning nutqiy rivojlanish xususiyatlari ochib berilgan, nuqsonlarni keltirib chiqaruvchi etiopatogenetik omillar tahlil qilingan. Olimlar nutq nuqsonlarining tarqalish muammolarini ochib beradi va ularning har biriga tо‘liq tavsif beradi, ularni mexanizmlarini ochib beradi, bu aniq tashxis qilish imkonini beradi. Qо‘llnamada ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar bilan nutqning fonetik-fonematik, leksik, grammatik tomonlaridagi nuqsonlarini tuzatish bо‘yicha olib boriladigan korreksion ishlarning yо‘nalishlari, tamoyillari, bosqichlari va logopedik ta’sir usullari tо‘liq ochib berilgan.
Tayanch-harakat apparatidagi nuqsonlar bilan nutq buzilishlarining qо‘shilib kelishi mujassam tibbiy- pedagogik- psixologik muammolardan biri hisoblanadi.Bunday mujassam nuqsonli bolalarni о‘rganish bо‘yicha kо‘pgina maxsus tadqiqotlar olib borilgan( YE.F.Arxipova, L.A.Danilova, M.V.Ippolitova, YE.M.Mastyukova, M.V. Panchenko va boshqalar). Nutq buzilishining xususiyatlari va uning namoyon bо‘lish darajasi miya jarohatining tarqalganligi va og‘irligiga bog‘liq. BSFdagi nutq buzilishlari asosida nutqiy va psixologik faoliyatda muhim ahamiyatga ega bо‘lgan bosh miya qobig‘idagi bо‘limlarning shakllanmaganligi yoki rivojlanmaganligi yotadi.
Serebral falaj bolalarda kо‘p uchraydigan nutq buzilishlari dizartriyaning turli shakllari bо‘lib, bu nutqiy va harakat nuqsonlarining birligi hisoblanadi.
Serebral falajlikdagi dizartriyaning aniq klassifikatsiyasini M.B.Eydinova va YE.N. Pravdina-Vinarskayalar keltirishgan.Ular bolalar serebral falalajining quyidagi turlarini tavsiflashgan: paretik, spastik. Giperkinetik, aralash, rudiment(stertaya( yedirilgan)). Keltirilgan shakllar u yoki bu simptomni mavjudligiga asoslanadi. Olimlar harakat va artikulyatsion motorikaning jarohatlanish mexanizmi umumiyligini kо‘rsatishdi.
K.A.Semenova (1979), YE.M.Mastyukova (1985)lar tadqiqotlari BSF da nutqiy va harakat buzilishlarining patogenetik umumiyligi haqidagi tasavvurlarni aniqlashtirdi va kengaytirdi.
BSF li bolalarda kо‘pincha dizartriya kо‘rinishidagi tovushlar talaffuzining buzilishi kо‘p aniqlanadi (L.A.Danilova, M.V.Ippolitova, I.I.Panchenko). Ayniqsa, markaziy nerv sistemasining og‘ir jarohatlanishida artikulyatsion apparat faoliyatining yaqqol buzilishlari namoyon bо‘lib, bu anartriyaga- tovushlar talaffuzining nutq-harakat muskullarining falajligi natijasida umuman yoki deyarli yо‘qligiga olib keladi( Ippolitova M.V, Mastyukova YE.M , 1984). Bunday bolalar odatda kam hollarda umumta’lim muassasalariga bordi, asosan uyda bо‘ladilar. Kо‘pchilik ota –onalar mutaxassislarga murojaat qiladilar. Bu holatda an’anaviy logopedik ish usullari ijobiy natija bermaydi, shuning uchun noverbal aloqa usullarini izlash zarur.
BSFli bolalarda dizartriya bilan birga boshqa nutq nuqsonlari ham mavjud: sensomotor nutq buzilishlari-alaliyaning turli shakllari ( M.V.Ippolitova, YE.M.Mastyukova, N,N.Traugott, M.B. Eydinova, YE.N.Pravdina-Vinarskaya). M.V. Ippalitova, N.N.Malofeyev,N.V.Simonova, L.B.Xalilovalar tomonidan tayanch-harakat apparatida nuqsonga ega bо‘lgan bolalarni tekshirib, ularning kо‘pchiligida turli xil nutq nuqsonlarini aniqlashagan. Nutq faoliyatlarini tizimli yondoshuv tamoyili asosida о‘rganish nutq nuqsonlarini ularning tizimli va semantik butunligi aspektida kо‘rish imkonini beradi. Kо‘pgina tadqiqotlarda lug‘at boyligini shakllanishi, nutqning grammatik va leksik tomonlarini о‘ziga xos egallashlari kuzatilgan.
Serebral falajli bolalarning nutqiy nuqsonlari muammolariga va aniqlangan nuqsonlarning korreksiyalashga I.Y.Levchenko va O.G.Prixodko (2001)larning ishlari bag‘ishlangan. Qо‘llanmada BSFli bolalardagi nutq nuqsonlariga tavsif berilgan, dizartriyaning turli shakllari va ularning paydo bо‘lishini tizimlashtirishga, shuningdek, bu toifa bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning о‘ziga xosligini ochib berishga harakat qilinagan.
Nutq holati, uning rivojlanish darajasi- inson psixikasida mavjud va о‘ziga xos kо‘p tomonlarining kо‘rsatkichidir.
Nutqiy nuqson tabiati yetarlicha mujassam bо‘lib, nutqni amalga oshirishda kо‘pgina organik tizimlar о‘zaro aloqada bо‘ladi. Ulardan birining buzilishi yoki faoliyatining pasayishi jiddiy oqibatlarga olib keladi,bu nutqiy faoliyatda va bolaning umumiy rivojlanishida aks etadi. Ma’lumki, bunday holatlarda biz rivojlanishdagi kо‘p faoliyatli nuqsonlarini о‘rganamiz. Uning barcha tarkibiy elementlarini tarqalaganligi nutq buzilishlarida, intellektual yetishmovchilikda, analizatorlar ishining kamchiliklarida aks etib, о‘zida bir-biriga о‘zaro ta’sir etuvchi, nuqsonni tо‘laligicha yanada chuqurlashtiruvchi kompleks nuqsonlarni aks ettiradi. Yana shu narsa ham ma’lumki,nutq nuqsoni, kо‘rishida nuqsonga ega bо‘lgan, tayanch-harakat apparatida nuqsoni bо‘lgan, intellektida nuqsoni bо‘lgan bolalarda yanada yaqqol namoyon bо‘ladi, shuning uchun mujassam nuqsonlarni bartaraf etish bо‘yicha maxsus ish yо‘nalishlarini topish talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |