Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika fakulteti



Download 2,16 Mb.
bet68/370
Sana30.12.2021
Hajmi2,16 Mb.
#194234
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   370
Bog'liq
Rivojlanish kompleks

Tayanch iboralar: BSF,gemiplegiya, akli zaif bolalar,oligofreniya, birlamchi nukson, ikkilamchi nukson, maxsus ta’lim muassasalari, geminarez, giparkine, gemiplegiya, diplegiya, dispraksiya, amimiya, genezis, tremor, maxsus pedagogika.

Rivojlanishda tayanch –harakat apparati tizimning buzilishi va intellektual nuqsonlar qо‘shilib kelgan bolalar mujassam nuqsonlarning ancha murakkab toifasiga kiritilib, ularning psixologik- pedagogik korreksiyasiga differensial yondoshuvni talab etadi.

BSF da intellektual nuqsonlarning tarqalganligi juda keng: intellektual rivojlanishning sezilarsiz buzilishidan,chuqur aqli zaiflikkacha.

Psixik infantilizm turi bо‘yicha ruhiy rivojlanishi sustlashgan va BSF li bolalar guruhlari aniqlangan bо‘lib, shubhasiz, bu bola rivojlanishining bir qancha boshqa yо‘llarini belgilaydi.(Vlasova T.A., Pevzner M,S.,1973, Ippalitova M.V.1985, Mastyukova YE.M. !985, Kalijnyuk YE.S. 1972 va boshq). Bunday bolalarda rivojlanish tempining pastligi va bir meyorda emasligi, alohida psixik faoliyatlarning shakllanishidagi disproporsionallik kо‘zatiladi, bu aniqlangan psixik xususiyatlar holatini о‘ziga xos rivojlanishga yoki psixik rivojlanishdagi anomaliyalarga kiritishga asos bо‘ladi ( kirichenko.YE.I. 1975).

I.Y.Levchenko, O.G.Prixodko (2001), I.G.Sinelnikova(2002)lar BSFli bolalardagi sezilarli polimorfizmni kо‘rsatishadi.” BSFdagi psixik buzilishlarning asosiy turlari bu- ruhiy rivojlanganlikning sustlashganligi (50% gacha) va oligofreniya (25%) bо‘lib, psixik dizontogenezning kamchil turini sust rivojlanish yoki rivojlanmay qolganlik turdagi dizontogenezning qо‘shilib kelishidan dalolat beradi. Shu bilan birga harakat patologiyalarining og‘irligi va intellektual kamchilik darajalari о‘rtasidan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri aloqa yо‘q.”8

Aqli zaiflik qо‘shilib kelgan BSF li bolalar uchun miya tizimining erta jarohatlanishi va ularning total rivojlanmaganligi xos xususiyatdir.Rivojlanishdagi anomaliyalarning bu shaklidagi birlamchi nuqson oliy tafakkur faoliyat shakli- mantiqiy tafakkurning rivojlanmaganligidir.Bolalarda sensor-perseptiv jarayonlarning buzilganligi yaqqol namoyon bо‘lib, bu idrokning predmetliligi va doimiyligining rivojlanmaganligi, predmetlarni tanishning sekin kechishi, sensor signallarni umumlashtirishdagi kiyinchiliklar hisoblanadi ( Mamaychuk I.I., 1978) M.V.Ippolitova, YE.M.Mastyukova, N.V.Simonovalarning tadqiqotlari BSF va aqli zaiflikdagi nuqsonlar tuzilishini tо‘liq ochib beradi.

Bu bolalarning intellektual nuqsonlari xususiyatlarining tahlili, ularda bosh miya qobig‘i faoliyatlarining rivojlanmaganligi, optik- fazoviy gnozis, konstuktiv gnozis, hisobni buzilganligini kо‘rsatadi. Optik- fazoviy gnozisdagi nuqsonlar geometrik shakllarni ajratish va ifodalashdagi, rasm chizishdagi, qо‘l mehnati bо‘yicha topshiriqlarni amalga oshirishdagi qiyinchiliklarda namoyon bо‘ladi ( Bolalar berilgan namunani kog‘ozga tushirishiri olmaydi).Ularda predmetlarning fazodagi joylashuvini bildiriuvchi tushunchalar yaxshi shakllanmagan; ular konstruktiv faoliyatda butunning qismlarini joylashtirishda qiynaladilar. Mantiqiy tafakkurning shakllanmaganligi hisobni о‘zlashtirishida ham namoyon bо‘ladi. Hisobni о‘zlashtirish muammolari ularda turg‘un bо‘lib, bu ta’limning ancha kech bosqichlarida yuzaga chiqadi. BSF li aqli zaif bolalarning о‘ziga xos xususiyatlari: faoliyatning maqsadga qaratilishini buzilganligi, hulq-atvor, hissiy-irodaviy sohalarining buzilganligi ham yaqqol namoyon bо‘ladi.Ma’lumki, ularga fikrlarini ketma-ket bayon etishning buzilganligi, hikoyadagi, syujetli rasmlardagi asosiy mazmunni ajrata olmaslik xosdir. Ba’zi fanlarni о‘zlashtirishlari haddan ziyod qiyinligi kuzatiladi.

Shuningdek, intellekti buzilgan BSF li bolalarda sensomotor nuqsonlar va har qanday faoliyat turiga nisbatan motavatsiyaning pastligi bilan bog‘liq ravishda psixik rivojlanishning bir maromda kechmasligi anqlangan.Eshituv va kо‘ruv idrokining buzilishida nuqson tuzilishi yanada og‘ir xarakterga ega bо‘ladi.

BSF da intellektual nuqsonlardagi polimorflik, bu toifa bolalarning bilish faoliyatlarining individual xususiyatlarini Markaziy nerv tizimi jarohatlanishini tibbiy namoyon bо‘lishini hisobga olgan holda, nafaqat sifat jihatidan , balki son jihatidan ham tashxis qilish imkonini beruvchi metodlarni tanlashga e’tiborni yanada oshiradi. Nuqson tuzilishini tushunish- bilish faoliyatidagi birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarni hisobga olgan holda, rivojlanishdagi anomaliyalarni differensial tashxis qilish va davolovchi –korreksion tadbirlarni qо‘llashning samarador usullarini tanlash uchun zarur ( Mastyukova YE.M., Peresleni L.I., Pevzner.M.S., 1988). Faqat BSF yoki faqat aqli zaif bolalarga mо‘lajallangan ta’lim dasturi bilan ishlash mujassam nuqsonli bolalar bilan ishlashga tо‘g‘ri kelmaydi, chunki ularning rivojlanish xususiyatlari boshqacha bо‘lib, boshqa korreksion ta’sir usullarini talab etadi.

Bunday bolalar bilan ishlash yosh va psixik rivojlanish xususyaiyatlari, nuqsonning og‘irlik darajasini hisobga olgan holda tuzilgan individual dasturlarni talab etadi.

Tayanch –harakat apparatida nuqsonga ega bо‘lgan bolalar ham klinik jihatdan , ham psixologik- pedagogik munosabatga kо‘ra, haddan tashqari xilma-xildir. Bolalarda serebral falajlikdagi harakat buzilishlarining og‘irligiga qaramasdan kо‘rish va eshitish nuqsonlari ham kuzatiladi.I.Y.Levchenko, M.V.Ippolitova, I.A.Xayrulina (1997) lar bu bolalarni о‘qitish uchun umumta’lim predmetlarni moslashtirish, tovushlar talaffuzini korreksiyalash va nutq о‘stirishni kо‘zda tutuvchi maxsus metodikalarni ishlab chiqish zarurligini kо‘rsatadi.

Hozirgi kunda biz harakat va sensor nuqsonlar qо‘shilib kelgan mujassam nuqsonli bolalarni о‘rganuvchi tadqiqot materiallariga ega emasmiz. Bu qо‘llanmaning sо‘nggi boblarida BSF va eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarga psixologik-pedagogik xarakteristika berishga urinish , shuningdek, ularni ilk yoshda (maktabgacha yoshda) о‘qitishning korreksion dasturining modeli keltirilgan.




Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish