2.Bunday bolalarga korreksion - pedagogik yordam eng avvalo, ijtimoiy yо‘naltirishga qaratilgan.
Bu yondoshuvni umumiy tarzda kо‘rib chiqa turib , u shaxs va jamiyatni shaxsni shakllanishida va rivojlanishidagi ijtimoiy asos sifatida о‘zaro aloqasi muammosini qamrab oladi,-deyish mumkin.
Rivojlanishda mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalarga munosabatda xayotiy kо‘nikmalarni shakllantirish yetakchi bо‘lib, u aloxida faoliyat va harakatlarni korreksion –pedagogik , psixologik jarayon davomidagi maxsus ta’lim va tarbiya ta’sirida amalga oshirishga erishishida namoyon bо‘ladi.Rivojlanishida turli nuqsonlar qо‘shilib kelgan odam uchun , insonlar xayotiga kirishish uchun xal qiluvchi ta’sir shakllari va yо‘nalishlarini topish zarur.
3.Korreksion ta’sirning muvoffaqiyati uchun bir butunlik tamoyili muxim xisoblanib, u diagnostika va korreksia birligini kо‘zda tutadi.Ma’lumki aniq tarbiyaviy va pedagogik ishda kompleks diagnostik tekshiruv mavjud bо‘lib uning asosida bolaning rivojlanish darajasi haqida birlamchi xulosa chiqariladi, unga ta’sir etishning maqsad va vazifalari belgilanadi.Shu bilan birga korreksion tadbirlar rejasini amalga oshirish bola rivojlanishi, uning xulq- atvori va boshqalardagi о‘zgarishlar dinamikasini tizimli nazorat qilinishini talab etadi.Uning natijalari ,pedagogik yordam dasturiga о‘z vaqtida zarur tuzatishlar kiritish imkonini beradi.
4.Korreksion -pedagogik ishlarni tashkil etishning muhim holatlarga kompleks ta’sir etish tamoyili ham kiritiladi.
Maxsus psixologiya va maxsus pedagogika sohasidagi zamonaviy tadqiqotlar, bu tamoyilning mazmunini tо‘liq ochish imkonini beradi. Rivojlanishda muammosi bо‘lgan bolalarga yordamni tashkil etishni kо‘rib chiqa turib, uni muvoffaqiyatli amalga oshirish. Turli soha mutaxassislarini о‘zaro aloqasini talab etishini kо‘rsatib о‘tamiz.Bu –yagona ilmiy – amaliy hizmat tizimini yaratishni kо‘zda tutadi: pedagogik, psixologik, tibbiy. Shunga kо‘ra, O.N.Usanovaning (1995) tadqiqotlarini keltirish mumkin, bunda bolalarga psixologik,korreksion-pedagogik, ijtimoiy va tibbiy yordam kо‘rsatishga mо‘ljallangan ta’lim tizimdagi parallel xizmatlarning kompleks konsepsiyasi ochib beriladi.Bu tamoyilni qо‘llash murakkab nuqsonga ega bо‘lgan har bir bolaga nisbatan kompleks diagnostika ma’lumotlari asosida о‘quv- tarbiyaviy -korreksion ta’sirda ishtirokchilarning hammasini natijalarini hisobga olgan holda, aniq xulosa qilindi.Turli xil mutaxassislarning hamkorlikdagi faoliyatlari yо‘nalishlari, parallel xizmatlar kompleks modeli sifatida belgilanadi. Biz ongli ravishda “blok” tushunchasidan voz kechdik, bu bizning tushunishimizcha, ba’zi yopiq chegaralangan qandaydir birlashishini aks ettiradi. ”Model” tushunchasi O.N.Usanova tavsifiga kо‘ra “mutaxassislarni kasbiy maxorotlarini yuqori darajada о‘zaro xamkorlikda amalga oshirish imkoniyatini ta’minlaydi(о‘qituvchilar, psixologlar, logopedlar, fiziologlar, vrachlar va xakozolar)”.9
Turli soha mutaxassislarning о‘zaro aloqasi quyidagi doimiy dinamik modellar doirasida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |