Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika fakulteti



Download 2,16 Mb.
bet72/370
Sana30.12.2021
Hajmi2,16 Mb.
#194234
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   370
Bog'liq
Rivojlanish kompleks

Tayanch iboralar: Nutk, korreksiya, kompensatsiya, reabilitatsiya, adaptatsiya, talaffuz, rezonator, ichki nutq, og‘zaki nutq, retseptorlar, eshituv idroki.

Nutq- inson miyasini shaklllanishi darajasida rivojlanadi. Nutq ham boshqa psixik faoliyatlar kabi turli salbiy omillar ta’sirida turlicha buzilishi mumkin. Nutq nuqsoni turli shakllarda namoyon bо‘ladi va shunga kо‘ra insonning ijtimoiy moslashish imkoniyati chegaralanadi.

Ma’lumki, nutq eshitish asosida shakllanadi. Eshituv tizimining jarohatlanishi impressiv va ekspressiv nutqning rivojlanmasligiga olib keladi.Eshituv patologiyasidagi nutq nuqsonlari xarakteri uni yо‘qotilish darajasiga, eshituvni yо‘qotgan vaqtiga, maxsus mashg‘ulotlarni о‘z vaqtida boshlanishiga, shuningdek, bolaning individual xususiyatlariga bog‘liq.

Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni о‘qitishdagi murakkab muammolardan biri, nutqni shakllantirishdir.Bu yо‘nalishning ahamiyati nutqni egallanishiga va kо‘p tomondan uni umumiy rivojlantirishga bog‘liq.

Nutq bola tomonidan ma’lum ketma-ketlikda о‘zlashtiriladi va о‘zining rivojlanishida qator bosqichlarni bosib о‘tadi.Nutqni meyorda shakllanishining umumiy qonuniyatlari eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar nqtqini shakllanishida ham mavjud, ammo u о‘ziga xos tarzda kechadi.Eshituvning yо‘qligi yoki qimsan yо‘qotilishi atrof olamni anglash imkonini bermaydi yoki sezilarli darajada bunga tо‘sqinlik qiladi. Ammo , miya, I.P.Pavlovning ta’limotlariga kо‘ra muhim kompesator zahiralarga ega va u yoki bu nuqsonga ega bо‘lgan odamlarni reabilitatsiyasida shu xususiyatlarga tayaniladi. Kompensatsiyalash jarayonida mavjud saqlangan, о‘zaro aloqadagi buzilgan funksiyalarni о‘rnini bosish yoki qayta ishlash amalga oshiriladi va takomillashtiriladi.

Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarda nutqni о‘ziga xos rivojlanishida nutqiy faoliyatni amalga oshirish uchun saqlangan analizatorlar - taktil, kо‘ruv, kinestetik va qisman eshitish analizatorlarining о‘zaro aloqasini qayta ishlash zarur.Ularning nutqiy rivojlanish xususiyatida nutqning asosiy bosqichlarini sekin egallash namoyon bо‘ladi. Meyordagi kabi eshitmaydigan bolalarda ham nutqni shakllantirish maxsus ta’lim sharoitida ancha yuqori pog‘onaga kо‘tariladi.

Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni о‘qitish shunday tashkil etiladiki, ular turli nutq shakllarini – daktil, og‘zaki, yozma nutqni egallaydilar, nutq tizimini tashkil etuvchi barcha nutqiy faoliyat turlarini о‘zlashtirishadi. Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning nutqiy rivojlanishini о‘rganish jarayoni, ularni о‘qitishning samarali usullarini izlash kar bolalarni maxsus ta’lim asosida о‘qitishda nutqiy faoliyat yaxshilanadi, ular bog‘langan nutq, uning leksik va grammatik qurilishini о‘zlashtiradilar ( V.I.Beltyukov, R.M.Boskis, K.A. Volkova, A.P.Rozova, A.G.Zikeyev, S.A. Zikov, K.V.Korovin, YE.P.Kuzmicheva, F.F.Rau, N.F.Slezina va boshqalar).

Amaliyotning kо‘rsatishicha, eshitishida nksonga ega bо‘lgan bolalar orasidan sensor nuqson buzilishi oqibatida kelib chiqmagan nutq nuqsonlariga ega, shuningdek, nutq va eshitish nuqsonlari qо‘shilib kelgan mujassam nuqsonlarga ega bо‘lgan bolalar guruhlarini ajratish mumkin. Bunda ularda intellektual rivojlanish uchun saqlangan asosga ega bо‘lishi mumkin.Keltirilgan mujassam nuqson atrofdagilar bilan aloqa о‘rnatishni qiyinlashtiradi, ta’lim –tarbiya jarayonini tashkil etishni haddan ziyod murakkablashtiradi, shaxs rivojlanishigan salbiy ta’sir kо‘rsatadi.Nutqga о‘rgatishdagi qiyinchiliklar biz taxmin qilganimizdek, har doim ham ta’lim metodikasining takomillashmaganligi yoki uni pedagog tomonidan qayta ishlanmaganligi emas.Buning sabablarini eshitish nutqiga bog‘liq bо‘lmagan nutqiy buzilishlardan izlash kerak. Eshitish nuqsoni va nutq buzilishlarining qо‘shilib kelishiga kо‘p qirrali nuqson sifatida qaraladi, har ikkala nuqson о‘zining xususiyatlarini saqlab qoladi va bu bolada tо‘laligicha nuqsonlarning tuzilishida namoyon bо‘ladi. Mavjud nuqsonlarning har biri ma’lum darajada bir-biriga ta’sir kо‘rsatadi, о‘ziga xos asoratlar qoldirib о‘zaro faoliyat yuritadi.

Nutq nuqsonlari va uning xususiyatlarini aniqlashning qiyinligi eshitmaydigan bolalarni differensial diagnostikasidagi qiyinchiliklarga bog‘liq bо‘lib, bunda nutq kamchiliklari ma’lum eshituv patologiyasidagi ikkilamchi xarakterdagi kamchilik sifatida kuzatiladi. Bunday ikkilamchi nuqsonlar ancha murakkab tabiatga ega birlamchi nutqiy nuqson hodisalari ortiga bekinishi mumkin.

Eshitish nuqsoni asorati bо‘lmagan nutq nuqsonlarini aniqlash va ularni о‘xshash hodisalardan ajratish uchun nutqni tashxis qilishning zamonaviy adabiyotlarda tavsiflangan, moslashtirilgan psixologik-pedagogik metodikalaridan foydalaniladi (N.S.Jukova, S.D.Zabramnaya, YE.M.Mastyukova, T.B. Filicheva, G.V.Chirkina va boshqalar) shuningdek, nutqida nuqsoni bо‘lgan har bir bola uchun ma’lum mutaxassislarning ham maslahatlari zarur: nevropatolog, neyrofiziolog, otoronolaringolog, ortadont, stomatolog .

Eshitmaydigan bolalarda nutq buzilishlarining xilma-xilligi kuzatiladi. U yoki bu holatni ma’lum nutq nuqsonlari guruhiga moslashtirish, logopediyada tavsiflangan nutq nuqsonlari klassifikatsiyasiga kо‘ra keyinchalik qanday pedagogik ta’sir yо‘nalishini tanlash uchun muhim har bir bolada turli shakldagi nutq nuqsonlari bо‘lib, ular о‘ziga xos simptomlarga va dinamikaga ega.

Eshitmaydigan nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalarda dizartriya xarakteridagi nutq nuqsonlari aniqlangan. Bu nuqson ayniqsa, og‘zaki nutq ustida ishlashda yaqqol namoyon bо‘ladi.Adabiyotlarda keltirilishicha, dizartriya nerv sistemasinin markaziy va periferik jarohatlanishining tarqalganligiga va nuqsonning og‘irligi darajasiga bog‘liq ravishda turli darajada namoyon bо‘ladi . Dizartrik buzilishlarning sababi homiladorlik va rivojlanishning ilk bosqichlarida salbiy ta’sir etish oqibatida markaziy nerv sistemasining organik jarohatlanishi hisoblanadi. Dizartriya kо‘pincha, bolalar serebral falajida kuzatiladi.Qator yaqqol namoyon bо‘lgan artikulyatsiya buzilishlari bilan bir qatorda , masalan, BSFda unchalik yaqqol namoyon bо‘lmagan yedirilgan dizartriya (stertaya) shakli, hozirgi kunda kо‘pincha minimal dizartrik buzilishlar deb nomlanayotgan, maxsus tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar kuzatilayotgan shakllar ham kuzatilishi mumkin .

Kar va zaif eshituvchi о‘quvchilar ichida artikulyatsion motorika buzilishlari, lab, til muskullarining tortishishi, artikulyatsion harakatlarning noaniqligi, ma’lum artikulyatsion pozitsiyalarni saqlashda va bir harakatdan ikkinchi harakatga о‘tishdagi qiyinchiliklar kuzatiladi.

Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarda bunday nuqsonlar tashqi kо‘rinishga qarab aniqlanadi: og‘izni ochiq holati, tilni о‘rtasidan bir tomonga og‘ishi, sо‘lakni oqib turishida.

Kо‘p hollarda bolalar bir qancha tovushlarni alohida tо‘g‘ri talaffuz qiladi, ammo iboraviy nutqda ular buzib talaffuz qilinadi. Artikulyatsion mashqlarni bajarishning sekinligi va ovoz tarqalishining zaifligi xos. Talaffuz ustida ishlashda qiyin talaffuz qilinadigan tovushlar: sirg‘aluvchi, affrikat va titroqli tovushlarni nutqga kiritishda katta qiyinchiliklar yuzaga keladi. Ularni tо‘g‘ri talaffuz qilish uchun kuchli havo oqimi, nutq organlarining harakatida muskullar bosimi, masalan: til uchini miklarga qadash, til о‘rtasini kо‘tarish va hakazo.

Keltirilgan nutqiy nuqsonlar va dinamikasi tahliliga asoslanib, ularni bartaraf etishda bizning fikrimizcha, ularni dizartrik buzilishlar qatoriga kiritish tо‘g‘ri bо‘ladi. Umuman bunday nuqsonli bolalarga nutqiy motorikaning buzilganligi xos bо‘ladi. Buzilishning namoyon bо‘lish darajasi nevrologik holat anamnezining og‘irligiga kо‘ra turlicha bо‘lishi mumkin. Nutqiy nuqsonni aniqlash va dizartrik nuqsonlar qatoriga qо‘shishda biz yaqqol namoyon bо‘ladigan artikulyatsion apparatdagi funksional buzilishlarni,logopediyada tavsiflangan dizartriya shakllarini hisobga olgan holda eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni tekshiruvdan о‘tkazdik.

Dizartriya kо‘rinishidagi nutq nuqsonlari va eshitiu nuqsonlari qо‘shilib kelgan bolalarning nutqiy faoliyatini baholay turib, birlamchi nuqsonning о‘ziga xosligi va namoyon bо‘lishiga , shuningdek, eshitish darajasiga e’tibor qaratish kerak. Aynan shu ma’lumotlar bu toifa bolalar muhtoj bо‘lgan korreksion-tayyorlov, logopedik ishlarni tashkil etish va qayta ishlashga asos bо‘lishi kerak.

Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarda ochiq rinolaliya asorati bо‘lgan tanglay rivojlanishidagi kamchiliklar, tanglaydagi yoriqliklarni aniqlash mumkin.

Shuningdek, tovushlar talaffuzida artikulyatsiyaning buzilishi oqibatida, akustikaning meyordan chiqishi, gipo yoki gipernazallik (burunlanish) kuzatiladi. Nutqning ravonligiga ta’sir etuvchi karlardagi talaffuz nuqsonlaridan biri ochiq yoki yopiq manqalanish bо‘lib, unlilarni dimog‘da tallaffuz qilinishida, yoki ularni til orqa undoshlar bilan birga dimog‘da , huddi inglizcha “ng”(ng) kabi tallaffuz qilinishida namoyon bо‘ladi. Bunday nuqsonni paydo bо‘lishi talaffuz paytida artikulyatsiya organlarining noaniq faoliyatida va eshituv nazorati imkoniyatlarini chegaralanganligi bilan tushuntiriladi. Kо‘rilayotgan holatda talaffuz nuqsoni nutq apparatining anatomo-fiziologik kamchiliklariga bog‘liq bо‘lib, bunda fonatsiya, tovushlar artikulyatsiyasi meyordan farq qiladi. Bu nutq nuqsonlariga ega bо‘lgan bolalarning og‘zaki nutqi ustida ishlashni qiyinlashtiradi.

Bunday bolalar bilan ishlash malakasi unchalik katta emas, chunki bunday holat amaliyotda kam uchraydi.Ammo , shu narsa ma’lumki, eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarda rinolaliya kabi nutq nuqsoni qо‘shilib kelganda olib boriladigan korreksion ishlarda saqlangan analizatiorlarni kompleks holda qо‘llashga tayanish, shuningdek, ta’limda zarur texnik vositalardan keng foydalanish mumkin, masalan, vibroskoplar, “Kо‘rinarli nutq” kompyuter dasturi va boshqalar.

Boshqa ahamiyatli guruhni alaliya turidagi nutq buzilishlariga ega bо‘lgan bolalar tashkil etiladi.Bu nutqiy nuqsonni eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarda aniqlash ikoniyati nuqtai nazaridan qaraganda, aniqlash imkoniyati ancha qiyin. Differensial tashhis qilishning murakkabligi alaliya va karlikdagi nutqiy hodisalarini tashqi о‘xshashligi bilan bog‘liq. Hozirgi vaqtda mavjud nutqiy klassifikatsiyalarni – tibbiy va psixologik-pedagogik tavsifni e’tiborga olgan holda biz “ alaliya” atamasini tibbiy klassifikatsiyasiga kiritib, ongli ravishda “ nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi”, “nutqiy rivojlanishning sustlashuvi” atamalaridan qochdik, bunday nuqsonni eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning ikkilamchi nuqsonlariga kiritdik. Avvaliga, eshitmaydigan bolalarda bunday nutq nuqsonlaridagi belgilar, shubhasiz, lug‘atni boyitish va faollashtirish bо‘yicha ishlarni natijalariga ta’sir kо‘rsatdi. Daktil nutqni idrok etish, nutq ma’nosini , qaratilgan nutq mazmunini tushunishda о‘ziga xos qiyinchiliklar kuzatildi.Shunga о‘xshash ma’noviy xatoliklar bolalarning predmetlarni, ular bilan faoliyatni, savollarga javob berishdagi daktil nutqlarida ham kuzatildi. Daktil nutqda ham, yozma nutqda ham sо‘zlarni buzilishiga xos bir qancha xatoliklar mavjud bо‘ladi.

О‘quv jarayonida bolalar boshqalarga qaraganda nutq materialini sezilarli darajada sekin egallashadi.Bunday nutq nuqsoniga ega eshitmaydigan bolalarda ba’zi neyrofiziologik, elektroensefalografik buzilishlar ham aniqlandi.

Eshitmaydigan bolalardagi alaliya nutq nuqsoni asosida suzning daktil-tovush-harf tarkibiniegallash jarayoninig buzilishi yotadi. Bu о‘quvchilar sо‘zni aytishda katta qiyinchiliklarga uchraydi, uning tug‘ri belgili obrazini о‘zlashtira olmaydi. Ularning og‘zaki nutqini tekshirish va tovushlar talaffuzining shakllanishinii kuzatishlar bu talaffuz kamchiliklari artikulyatsion apparat nuqsonlari hisobiga kelib chiqmayotganligi haqida xulosa qilish imkonini beradi (Bu ba’zi hollarda kuzatilmaydi). Aniqlanishicha, о‘quvchilarning asosiy e’tibori biror bir tovushni talaffuz qilish uchun artikulyatsiya a’zolarini zarur holatga qо‘yishni uzoq izlashga qaratilgan.Buning sababi, aniq artikuyatsiya obrazlarini yaratishadagi qiyinchiliklari hisoblanadi. О‘quvchi kо‘rsatishi karak bо‘lgan artikulemalarni, ularning elementlarini ham, butun bir birlikda jamlangan atikulemalarni ham kо‘rsatishda bajarilayotgan nutqiy harakatlarni tushuna olmaydi. Shunga kо‘ra, bunday bolalarda о‘z nutqiy harakatlarini analiz va sintez qilishda yaqqol namoyon bо‘lgan qiyinchiliklar haqida gapirish mumkin.

Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning sо‘zli xotirasini yangi sо‘zlarni о‘zlashtirish misolida baholay turib, nutqiy jarayonning ba’zi xususiyatlarini birlamchi xarakterdagi alaliya nutq nuqsoniga ega bо‘lmagan va shu nuqsonga ega bо‘lgan bolalarga qiyoslaymiz.Eshitmaydigan alaliya nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalarda nutqiy hotiraning yetarli emasligi aniq namoyon bо‘ladi, bu shubhasiz, ta’lim samaradorligiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi.Yangi sо‘zlarni о‘zlashtirish jarayoni va yod olingan sо‘zlarni eslab qolishdagi individual kо‘rsatkichlarini qiyoslash bizga bunday birlamchi nutqiy nuqson ba’zi eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarda ham kuzatilishi mumkinligi xaqida asoslanib gapirish imkonini beradi.Ularda nutqni sezilarli darajada rivojlanmaganligi kо‘pchilik eshitmaydigan bolalar kabi faqatgina eshitish nuqsoniga bog‘liq bо‘lmasdan balki mustaqil tabiatga ega. Kuzatilayotgan nutq buzilishi idrok jarayonlari kabi nutqning paydo bо‘lishiga ham ta’sir kо‘rsatadi.

Bu bolalar boshqa eshitmaydigan bolalrdan kо‘ra, nutqiy rivojlanishda sezilarli darajada sekin rivojlanadi. Sо‘zlarni о‘zlashtirishda mavjud “yо‘qotishlar” ularga о‘quv materialini tushunishni qiyinlashtiradi, ular xatto tanish materialni ham yetarli darajada о‘zlashtira olmaydi va yangilarin qayta ishlay olmaydi.

Shuni tan olish kerakki alaliya nutq nuqsoniga ega eshitmaydigan bolalarda nutqini rivojlantirish bо‘yicha ishlar olib borish juda qiyin.Bu yо‘nalishdagi tadqiqotlar davom etirilishini talab etadi.

Tadqiqot natijalari bizni turli toifadagi mujassam nuqsonli bolalar haqidagi tasavvurlarimizni kengaytiradi.

Kar va zaif eshituvchi bolalarni о‘qitish nazariyasida yana bir muhim ish bо‘g‘ini paydo bо‘lib, u differensial yondashuv bilan bog‘liq, bunda eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar nutqi ustida ishlashdagi maxsus metodlar va logopediya metodlari birlashtirilishi kerak.



Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish