17-mavzu. Intellekti va eshitishi buzilgan bolalar.
REJA:
Intellekti va eshitishi buzilgan bolalarning rivojlanish xususiyatlari.
Intellekti va eshitishi buzilgan bolalarning ta’lim jarayonining o‘ziga xosligi.
Tayanch iboralar:.Zaif eshituvchi,akli zaif, birlamchi nukson, ikkilamchi nukson, maxsus ta’lim muassasalari, akli zaiflik, oligofreniya, debillik, oligofrenopedagogika, surdopedagogika.
L.I.Tigranova (1978), M.F.Titova, L.S.Tomoshyunene (1973), M.S.Pevzner, G.P.Bertin, N.Y.Donskaya (1979) va boshqa olimlarning tadqiqot ishlari intellekti va eshitishi buzilgan bolalarni о‘rganishga bag‘ishlangan. Bu toifaga kiruvchi mujassam nuqsonli bolalarni tavsiflay turib, olimlar tashxis qilishning qiyinligini ta’kidlashadi. Eshituv pasayishida ikkilamchi о‘ziga xos intellekt buzilishlarini differensial-diagnostik chegaralash muhim qiyinchiliklar keltirib chiqaradi.( Pevzner M.S., Bertin G.P., Donskaya N.Y., 1979).Eshituv nuqsonida intellekti pasaygan bolalardan farqi, о‘rganayotgan toifa bolalarda yaqqol namoyon bо‘ladigan inertlik, bir faoliyat turidan ikkinchisiga о‘tishdagi qiyinchiliklar, berilgan yordamdan foydalana olmaslik, о‘z-о‘zini boshqarish nazoratining pastligi va hulq-atvoriga nisbatan tanqidiy munosabatning yо‘qligini kuzatish mumkin. Nutqiy rivojlanishning sezilarli darajada ortda qolishi ham kuzatiladi: lug‘at haddan tashqari chegaralangan, iboraviy nutq boshlang‘ich holatda bо‘ladi.
Bu toifa bolalarning xususiyatlari hisobga olingan holda, kar va zaif eshituvchi bolalar uchun maktablarning boshlang‘ich sinflarida о‘qitish uchun ta’lim dasturi ishlab chiqilgan. Shu bilan birga olimlar amaliyotchi pedagoglar oldida paydo bо‘layotgan muammoloarni hal etish uchun tadqiqot ishlarini davom ettirish zarurligini ta’kidlaydilar.
Atrof- olam haqidagi tasavvurlarining chegaralanganligi, qiziqishning yо‘qligi, hissiyotlarning kambag‘alligi, aqli zaif karlarning rivojlanish sifati va tempiga ta’sir etuvchi omillardir.
Eshitishida nuqsoni bо‘lgan aqli zaif bolalarning fikrlash faoliyatlari xususiyatlari ularni о‘quv vazifalarini tushunishini qiyinligiga ta’sir etadi. Yordamning yо‘qligi predmetlarni egalashdagi takroriy harakatlarida, muammoni hal etish usullarini izlashni almashinuvida, bola harakatlarining mantiqsizligida namoyon bо‘ladi. Bolalar katta qiyinchiliklar bilan о‘quv faoliyatiga kirishadilar, ularga pedagog yordamini haddan tashqari oz qabul qilishi xos bо‘lib, topshiriqni tushunishiga, uning maqsadi va mazmunini uzoq vaqt va kо‘p marotaba takrorlagandan keyingina erishiladi.
Asosiy qiyinchiliklar qurish-yasash, syujetli rasmdagi yetishmaydigan qismlarni topish bо‘yicha topshiriqlarini bajarishda kuzatiladi. Bolalar predmetlarning о‘zigi xos belgilarini ajrata olmaydi, bunda ularga xos bо‘lmagan belgilarga chalg‘ishi ayniqsa, yaqqol namoyon bо‘ladi, masalan, turli obyektlarni taqqoslashda. Bolalarda predmetlarning fazoda joylashishini idrok etish shakllanmagan, ular kо‘rilayotgan predmetning tо‘liq obrazini xotirada saqlab qololmaydilar.
Bu toifa bolalarning bilish faoliyatlarini tahlili shuni kо‘rsatadiki, ikkita birlamchi nuqsonlarning qо‘shilib kelishi (eshitishning pasayishi va aqli zaiflik) shablonlarga (qoliplar), stereotiplarga moyillikka olib keladi. Kuzatishlar ehtiyoj shakllantirilganda og‘zaki nutqdan foydalanishning juda pastligini kо‘rsatadi ( DonskaY.N.Y., 1998). О‘zlashtirishi past zaif eshituvchi bolalar tekshirilganda, bir guruh aqli zaif bolalar aniqlangan va tavsiflangan.
Ular zaif eshituvchilar uchun mо‘ljallanagan maktabning maxsus sinflarida о‘qitilishi kerak yoki ular bilan individual dasturlar asosida ishlash lozim (Tigranova L. I., 1978). Bu tadqiqotlar intelletida nuqsonga ega bо‘lgan va bunday nuqsonlarga ega bо‘lmagan zaif eshituvchi bolalarning differensial ta’lim tamoyillarining psixologik asosi bо‘ldi.
Hozirgi kunda kо‘pgina I, II turdagi, ta’lim maxsus kar bolalar uchun umumta’lim maktablari dasturi bо‘yicha olib borilayotgan maktablarda shunday yordamchi sinflar mavjud. Aqli zaif kar va zif eshituvchi bolalarni о‘qitishning asosiy vazifasi- ularni ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlash, ularda egallay olishi mumkin bо‘lgan mehnat faoliyatlarini tashkil etish va amalga oshirish malakalarini shakllantirish hisoblanadi.
Maxsus sinflardagi ta’lim dasturi kar bolalar uchun mо‘ljallangan maktab dasturiga tayangan holda va shuningdek, yordamchi maktabninkiga о‘xshash dastur asosida tashkil etiladi. Intellektida nuqsoni bо‘lgan kar bolalar bilan olib boriladigan ishlarning о‘ziga xos xususiyatlari ta’limning boshlang‘ich bosqichidayoq namoyon bо‘ladi. Tizimli ta’lim mashg‘ulotlarining avvalida tayyorgarlik davri bо‘lib, u keyingi ishlardagi ma’lum vazifalarni hal etishda muhim ahamiyatga ega: bolalarning dastur talablarini bajarishga tayyorgarligi darajasi, shuningdek yashirin imkoniyatlari aniqlanadi.Pedagogik kuzatishlar jarayonida о‘qituvchi har bir bolaning bilim va malakalari, о‘ziga xos xususiyatlari shuningdek, nutqiy rivojlanishini aniqlaydi va olingan ma’lumotlar asosida differensial yondashuv usulini belgilaydi.
Tо‘qqiz yil davomida eshitishi va intellektida nuqsonga ega bо‘lgan bolalar elementar matematika asoslari, ona tili, tabiatshunoslik , tasviriy san’atni о‘rganadi, jismoniy tarbiya, ritmika, mehnat va predmetli amaliy ta’lim bо‘yicha mashg‘ulotlar о‘tadi.Shuningdek, ularda eshituv idroki va og‘zaki nutqni rivojlantirish bо‘yicha ishlar olib boriladi. Eshitishi va intellektida nuqsonlari qо‘shilib kelgan о‘quvchilarning ta’limi bilimlarni о‘zlashtirishning umumiy qonuniyatlari asosida va bu toifa bolalarning rivojlanish xususiyatlarini xisobga olgan holda tashkil etiladi.
Sо‘nngi yillarda zaif eshituvchi bolalar uchun mо‘ljallangan maktabgacha ta’lim muassasida rivojlanishida mujassam nuqsonga ega bо‘lgan tarbiyalanuvchilar soni ortdi. Amaliyotninig kо‘rsatishicha, bu bolalar zaif eshituvchi bolalarni о‘qitish bо‘yicha tuzilgan ta’lim dasturi mazmunini egallay olmaydi, shuninig uchun, ularning imkoniyatlari xisobga olingan ta’lim tarbiya ishlari mazmuni, shakli va metodlarini о‘zgartirilgan holda ta’limni tashkil etilishiga muhtojdirlar.
L.A.Golovchits, N.D.Shmatko, O.P.Gavrilushkinoy, L.V.Dmitriyevoy, N.D.Sokolovoy va V.M.Shagovalardan iborat olimlar jamoasi “Rivojlanishida murakkab (mujassam) nuqsonga ega bо‘lgan zaif eshituvchi maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim va tarbiyasi dasturi”ni ishlab chiqishdi(2003). U uch yillik ta’limga mо‘ljallangan va quyidagi bо‘limlarni о‘z ichiga oladi: Jismoniy tarbiya, atrof -olam bilan tanishtirish, о‘yin, mehnat, tasviriy faoliyat va qurish – yasash, nutq о‘stirish, elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish. Dastur mazmuni bu toifa bolalarning psixik rivojlanishi xususiyatlariga mos ravishda sezilarli farqlarga ega: material kо‘lamining chegaralanganligi, uni о‘zlashtirishga talablarning pasayganligi.Olimlar bu dasturdan foydalanish uchun tо‘liq tushuntirish beradilar va shu bilan birga bu dastur “Maktabgacha yoshdagi zaif eshituvchi bolalarni ta’lim va tarbiyasi”(M.1991) dasturiga nisbatan о‘xshash bо‘lishi mumkinligini kо‘rsatib о‘tadi, va dastur materiallaridan foydalanishda differensial yondashuv zarurligini takidlashadi.
Eshitishida nuqsoni bо‘lgan aqli zaif bolalarning ta’limi ularning rivojlanish xususiyatlari va kompleks nuqsonning о‘ziga xosligini xisobga olgan xolda, maxsus tashkil etilgan о‘quv tarbiyaviy muhiti sharoitida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |