Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi 21-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining nemis tili fani o’qituvchisi Karimova Nargiza Madiraximovnaning “Chet tilini o`qitishda o`qituvchilar nima uchun interfaol usullardan foydalanmaydilar? ” mavzusida yozgan pedagogik innovatsion loyihasi
Ishtirokchi elektron pochta manzili: yangibozor21@inbox.uz
Annotasiya.Ushbu loyihada o`qituvchilarning dars jarayonida interfaol usullardan foydalana olmaslik muammolar va ularning echimi innovatsion metodlar orqali ochib berilgan.
Chet tilini o`qitishda o`qituvchilar nima uchun interfaol usullardan foydalanmaydilar?
Inson qalbiga yo`l , avvalo, ta`lim-tarbiyadan boshlanadi.
I.A.Karimov
Bugun O’zbekistonda zamonaviy maktab ta’limini samarali tashkil etish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. ”Ta’lim to’g’risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlar natijasida dunyoning hech bir mamlakatidan kam bo’lmagan sharoitlarga egamiz.Bu pedogogik jamoa va har bir o’qituvchiga katta mas’uliyat yuklaydi. Menimcha , bugun zamonaviy o’qituvchi maktabda o’z fanining o’qitilishi samaradorligini rivojlantirishning uzoq muddatli, chuqur o’ylangan dasturini ishlab chiqishi, ta’lim-tarbiyani shu asosda tashkil etishi kerak. Chunki oldindan puxta rejalashtirilgan har bir dars o’quvchining yangi qirrasini ochishda , bilim va ko’nikmalarini shakllantirishda muhim rol o’ynaydi. Har bir pedagogdan yangiliklarni uzluksiz o`rganish, izlanishva o`z pedagogik faoliyatiga doimiy ijodiy yondashish, ta`lim-tarbiya jarayonida erishilgan natijalarni tahlil etish, kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni belgilab olish kabi vazifalarni bajarishni taqozo etadi.
Bugungi kunda ta`lim sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar, ta`lim mazmunini takomillashtirishga oid qabul qilingan hukumat qarorlari, o`qitish samaradorligini oshirish hamda tez taraqqiy etib borayotgan jamiyat uchun barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirishni talab qiladi. Shuningdek, ta`lim jarayoni, asosan, an`anaviy uslublarda olib borilayotganligi bois, uning barcha bosqichlarida, qolaversa, chet tillarni o`rganishni tashkil qilishdagi ta`lim standartlari o`quv dasturlari va darsliklari zamon talablariga, xususan, ilg`or axborot va media- texnologiyalaridan foydalanish borasidagi talablarga to`liq javob berishni taqozo etadi. Shu maqsadda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida”gi PQ-1875-sonli qarori qabul qilingan bo`lib, yurtimizdagi barcha ta`lim muassasalarda keng qamrovli ta`lim islohatlarining uzviy davomi sifatida jiddiy yondashilib, o`rganilmoqda. Bu qarordan chet tillarni o`rgatishda uyg`un kamol topgan, o`qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirish hamda Respublikamizning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo`naltirilgan tizimni yaratish maqsad qilib olingan. Su bois, zamonaviy pedagogik axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o`qitishning ilg`or uslublarini joriy etish yo`li bilan o`sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o`qitish, shu tillarda erkin so`zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish pirovard maqsad qilib belgilangan.
O`zbekiston Respublikasida ta`limning barcha bosqichlarida chet tilini o`qitishning asosiy maqsadi o`rganuvchilarning ko`p madaniyatli dunyoda kundalik, ilmiy va kasbga oid soh alarda faoliyat olib borishi uchun chet tilida kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishdan iborat.
Maktab ta`limida namunali pedagogik mahoratga ega o`qituvchilarimizning darslarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta`limiy o`yinlar va AKTdan foydalanib tashkil qilishlari tahsinga loyiq. Lekin, shunday holatlar ham uchrab turibdiki, har bir dars, har bir mavzuni o`ziga xos texnologiyasini to`g`ri tashkil qilishga va interfaol metodlardan foydalanib dars o`tishga mas`uliyatsizlik bilan yondashmoqdalar.
Dars jarayonida o`quvchilarning faolligini oshirishda, ta`lim samaradorligini oshirishda interfaol metodlar juda muhim rol o`ynaydi. Darslarda interfaol usullarni qo`llagan holda o`tish his-hayajon, diqqat, imkoniyat, mujassamlik va kuchli bilimni talab qiladi, mustaqil qaror qabul qilishga o`rgatadi, o`quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg`otadi, dars samaradorligini oshiradi. Eng muhimi, interfaol metodlarni qo`llash orqali o`qituvchi o`quvchilarning aniq ta`limiy maqsadga erishish yo`lida o`zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etish, yo`naltirish, boshqarish, nazorat va tahlil qilish orqali xolis baholash imkoniyatini qo`lga kiritadi.
“Interfaol” tushunchasi ingliz tilida “interact”, rus tilida “interaktiv” so`zi bilan ifodalanib, lug`aviy nuqtai nazardan “inter” – o`zaro, ikki taraflama, “act”-harakat qilmoq, ish ko`rmoq kabi ma`nolarni anglatadi.
Interfaol ta`lim- ta`lim jarayoni ishtirokchilarining bilim, ko`nikma, malaka hamda muayyan ahloqiy sifatlarini o`zlashtirish yo`lida birgalikda, o`zaro hamkorlikka asoslangan harakatini tashkil etuvchi ta`lim.
Interfaol ta`lim o`quvchilarning qobiliyatini rivojlantirish, mustaqillik, o`z-o`zini nazorat qilishi, o`z-o`zini boshqarish, samarali suhbatlar olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil hamda tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, o`z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning yechimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga yordam beradi. Men buni o`zimning pedagogik faoliyatim jarayonida sinab ko`rganman. Afsuski, ko`pchilik pedagoglar dars jarayonida interfaol usullardan foydalanmaydilar, ular darsni avvalgi eskirgan an`anaviy usulda olib borishni ma`qul ko`radilar. Buning sabablarini o`rganib, shunday xulosaga keldim. O`qituvchilar interfaol metodlar haqida yetarli darajada tushunchaga ega emas.
Shuning uchun ham o`qituvchilarning interfaol metodlar haqida tushunchaga ega bo`lishlari uchun :
1.Umumta`lim maktablarda oliy ta`lim muassasalari bilan samarali hamkorlikni yo`lga qo`yish. Bunda professor o`qituvchilar maktablarda o`quv- seminarlari, konferensiyalar , seminar-treninglar o`tkazish va o`qituvchilarga metodik yordam berishi ko`zda tutiladi. Ular interfaol metodlar va ularni o`rinli, maqsadga muvofiq qo`llash qanday samara berishi haqida, uning mohiyati nimalardan iborat ekanligi haqida o`z ma`ruzalarida, o`quv-mashg`ulotlarida bayon qilib, interfaol metodlar maqsad, vazifalari, mazmun-mohiyatini yoritib berishlari kerak.
Taklifim: Umumiy o`rta ta`lim maktablarida oliy ta`lim bilan uzluksiz hamkorlik yo`lga qo`yilsa, maqsadga muvofiq bo`lardi.
Professor o`qituvchilar tomonidan tashkil qilingan o`quv-seminarlari umumta`lim maktablarida faoliyat olib borayotgan pedagog o`qituvchilarning nafaqat interfaol metodlar, balki, ta`lim sohasidagi barcha yangiliklardan boxabar bo`lish imkonini beradi.
Amalga oshirish muddati: 1 yil Loyihani bajarish bosqichlari: 1) Oliy ta`lim muassasalari bilan uzviy aloqani o`rnatish; 2) O`qituvchilarga interfaol usullar va uning afzalliklari bilan tanishtirish ; 3) Oliy ta`lim professor o`qituvchilari va maktab pedagogik hodimlari o`rtasida samarali hamkorlik uchun sharoit yaratish . Resurslar: Respublika oliy ta`lim muassasalari, umumta`lim maktablari Natijasi: O`qituvchilar ta`limdagi barcha yangiliklardan xabardor bo`ladilar, dars jarayonida qo`llaniladigan interfaol usullar haqida ma`lumotlarga ega bo`ladilar , bu esa o`z faoliyati davomida qo`llay olish imkonini beradi.
2.O`qituvchilarning chet el pedagogik hodimlari tajribalari bilan tanishishishi, ular bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish . Kerak bo`lsa, o`qituvchilarni chet ellarda malaka oshirishlarini yo`lga qo`yish. Taklifim: O`qituvchilarni chet elda malakasini oshirib, ularning tajribalarini o`rganish lozim. Amalga oshish muddati: 2 yil Amalga oshish bosqichlari: 1) Chet el ta`lim tizimi bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish 2) Chet ellarda maktab ta`limining rivoji bilan tanishtirish va tajribalarini o`rganish Resurslar: chet el maktablari, umumta`lim maktablari o`qituvchilari . Natijasi: chet el tajribalari o`qituvchilar tomonidan o`rganilinib, afzal tomonlari ta`limga jalb qilinadi. Natijada umumta`lim maktablarida ta`lim samaradorligi oshadi, ta`lim sifati yaxshilanadi. O`qituvchilar malakasi, bilimi , tajribasi oshadi. 3.”Mahorat maktablari” doirasida eng tajribali va ilg`or o`qituvchilar tomonidan “Ochiq darslar”ni samarali tashkil qilish va ular darslarini kuzatish va o`rganish. “Mahorat maktablari” doirasida tadbirlar, o`quv-seminarlar, videoseminarlar, mahorat darslari tashkil etilib, o`rganuvchi pedagog hodimlar uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
Taklifim: “Mahorat maktablari”da ta`lim muassasalari o`qituvchilarini qiziqtirgan mavzular, o`qitish metodlari va ta`lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish bo`yicha tavsiyalar berilishi maqsadga muvofiqdir. Amalga oshish muddati: 2 yil Loyihani bajarish bosqichlari: 1) ”Mahorat maktablari” faoliyatini samarali yo`lga qo`yish va muntazam tashkil qilish; 2) o`qituvchilarning tajriba almashinishi, o`zlarini qiynagan muammolar va ularning yechimi haqida davra suhbatlari tashkil etishni yo`lga qo`yish; 3) “Mahorat maktablari”ni samarali tashkil qilish uchun shart-sharoit yaratish.
Resurslar: viloyat va tuman metodika kabineti, umumta`lim maktablar, maktab psixologlari Natijasi: Doimiy ravishda ochiq darslarni tashkil etish umumta`lim maktablarining pedagogik xodimlariga zamonaviy innovatsion texnologiyalar va interfaol usullarni o`rganishsh, AKT, pedagogika va psixologiyaga oid bilimlarni yanada mustahkamlash, uni o`quv-tarbiya jarayonida qo`llay olish imkonini beradi. “Mahorat maktabida” o`zaro tajriba almashish va hamkorlik orqali ko`p narssalarga erishish mumkin.
4. Ta`lim jarayonida masofaviy ta`lim tizimini joriy qilish.
Taklifim: har bir o`qituvchi vaqti-vaqti bilan erkin ravishda o`z malakasini oshirishi lozim. Malaka oshirish kurslarida olgan bilimlarini dars jarayonida shu zahoti qo`llash imkonini beradi. Masofaviy ta`lim yo`lga qo`yilsa, tajribali o`qituvchilar bilan “Interfaol metodlar” borasida fikr almashish va tajribalarini amalda qo`llash imkoniyati tug`iladi. Amalga oshish muddati: 2yil Loyihani bajarish bosqichlari: 1) Malaka oshirish institutlari bilan uzviy aloqani tiklash; 2) O`qituvchilarni masofaviy ta`lim va uning afzalliklari bilan tanishtirish; 3) O`qituvchilarning masofaviy ta`lim olishlari uchun qulau sharoit yaratish. Resurslar: Respublikamiz malaka oshirish institutlari Natijasi: Umumiy o`rta ta`lim maktablari pedagogik xodimlarning vaqti tejaladi, sarf-harajatlar, safar harajatlari kamayadi. Ta`limning sifat samaradorligi 25-30% ga oshadi.
5. Umumta`lim maktablarida o`qituvchilar tomonidan internet saytlaridan ma`lumotlar to`plash va ularni ta`lim jarayonida qo`llash . Maktabning barcha o`qituvchilari kompyuter tarmoqlari bilan ishlash salohiyatini osirish zarur.O`qituvchilar o`zlariga kerakli bo`lgan ma`lumotlarni internet xizmatidan foydalangan holda to`playdilar, ta`lim jarayonida eng samarali interfaol usullar haqida bilimga ega bo`ladilar. Taklifim: Pedagog xodimlarning internet tizimidan foydalanishlarini samarali tashkil qilish. Ta`lim muassasalarida internet tarmog`idaga ta`limiy saytlarga kirish va ma`lumotlar olish, o`z tajribalaridan kelib chiqqan holda samara bergan metodlar haqidagi ma`lumotlarni joylashtirish ham juda katta yordam beradi. Buning uchun , avvalo, ta`lim muassasalari rahbarlari o`qituvchilarning internet tarmog`idan foydalanishlari uchun imkoniyatlar yaratib berishlari kerak .O`qituvchilarning internet sohasidagi bilimlarini hosil qilish uchun o`quv-mashg`ulotlar, seminarlar o`tkazish lozim. Ana shundagina ular metodlar haqida ma`lumotlar oladilar va darslarda qo`llashni joriy qiladilar. Bu ham o`qituvchilarga katta yordam beradi. Bu ortiqcha sarf-harajat talab qilmaydi. Amalga oshish muddati: 1 yil Loyihani bajarish bosqichlari: 1) O`qituvchi hodimlarni internet tizimi va uning afzalliklari bilan tanishtirish; 2) O`qituvchilarni internet tizimidan foydalanishga o`rgatish maqsadida maktablarda informatika o`qituvchisi bilan birgalikda o`quv-seminarlar tashkil etish; 3) Maktab o`qituvchi xodimlarining kompyuter tarmoqlari bilan ishlash salohiyatini oshirish; 4) Internet tizimi bilan bog`liq muammolarni bartaraf etib, zaruriy shart-sharoitlar yaratish.
6.Maktab kutubxonasi fondini interfaol metodlar haqidagi adabiyotlar bilan boyitish va ularni jahon va respublika kutubxonalari bilan bog`lash.
Taklifim: Bugungu kunda zamon shiddat bilan rivojlanib borayotga bir davrda har bir o`qituvchidan zamon bilan hamnafas bo`lishni va ta`lim sohasidagi yangiliklarda xabardor bo`lishni talab qiladi.Kutubxonalarda internet, “ZiyoNet” tarmoqlaridan foydalanishni keng yo`lga qo`yish, kutubxona fondini yangi adabiyotlar bilan boyitib borish, maktabning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash zarur.
Amalga oshirish muddati: 1yil Loyihani bajarish bosqichlari: 1) o`qituvchilarning kutubxona bilan hamkorligini yanada kuchaytirish; 2)Maktab kutubxonasida o`qituvchilarning ilmiy adabiyotlar foydalanishlari uchun keng sharoitlar yaratish . Resurslar: maktab kutubxonasi, respublika, viloyat kutubxonasi Natijasi: o`qituvchilar zamon bilan hamnafas ravishda ish yuritishi uchun imkon yaratiladi. Fan-texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlari bilan tanishish imkoni yaratiladi.
Ushbu loyihamda men o`qituvchilarning interfaol metodlardan nima uchun foydalana olmayotganliginining sabablarini tahlil qildim. Bu muammolarni bartaraf etish yo`llarini imkon qadar ko`rsatib berishga harakat qildim. Bugungi kunda har bir o`qituvchida loyihalar, fikrlar, turlicha qarashlar mavjud. Ta`limga yangicha metodlar orqali yondashish va uning omillarini ko`rsata oladigan turli xil fikrlar o`rganilib, tahlil qilinib, uning afzalliklari ta`limga joriy qilinsa, buning ijobiy tomonlari hayotda o`z aksini topardi.
Men yuqorida ko`rsatib o`tgan omillar orqali, albatta, o`qituvchilar dars jarayonida interfaol usullardan samarali va to`la to`kis foydalana olishga erishadilar. Shundagina sifatli ta`lim berishga erishiladi. Shundagina yosh avlodga chet tillarni o`rgatish bilan bir qatorda ma`naviy kamol topgan, o`qimishli, zamonaviy fikrlovchi komil insonlarni tarbiyalab yetishtiramiz.
Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi 21-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining nemis tili fani o’qituvchisi Karimova Nargiza Madiraximovnaning “Dars jarayonida interfaol metodlardan samarasiz foydalanish” mavzusida yozgan innavatsion loyihasi
Ishtirokchi elektron pochta manzili: yangibozor21@inbox.uz
Annotasiya.Ushbu loyihada o’quvchilarning savodxonlik darajasini oshirishda o’qituvchiga to’sqinlik qiladigan muammolar va ularning echimi innavatsion metodlar orqali ochib berilgan.
Savodxon o’quvchidan- savodli,yetuk kadr tomon
Bugun O’zbekistonda zamonaviy maktab ta’limini samarali tashkil etish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. ”Ta’lim to’g’risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlar natijasida dunyoning hech bir mamlakatidan kam bo’lmagan sharoitlarga egamiz.Bu pedogogik jamoa va har bir o’qituvchiga katta mas’uliyat yuklaydi. Menimcha , bugun zamonaviy o’qituvchi maktabda o’z fanining o’qitilishi samaradorligini rivojlantirishning uzoq muddatli, chuqur o’ylangan dasturini ishlab chiqishi, ta’lim-tarbiyani shu asosda tashkil etishi kerak. Chunki oldindan puxta rejalashtirilgan har bir dars o’quvchining yangi qirrasini ochishda , bilim va ko’nikmalarini shakllantirishda muhim rol o’ynaydi. Ona tili fani o`qitishda yozma nutq ustida ishlash og’zaki nutqqa qaraganda ancha murakkab jarayon.Men mana 14 yildan beri ona tili va adabiyot fanidan dars berib kelmoqdaman .Ba’zan shaxsiy, ba’zan kasbim taqazosi bilan turli tashkilotlarga murojaat qilaman .Ular bilan turli rasmiy hujjatlarni hujjatlashtiraman.Shu jarayonda tashkilot xodimlarining oddiy xatolarga yo’l qo’yayotganligi yoki yozma nutqining o’ta “qashhshoq” ekanligini ko’rib,mutaxasssisligim bo’yicha bunday achinarli holga befarq qarab turolmayman.Oddiy bank xodimining bugun yo’l qo’ygan xatosi moddiy va ma’naviy muammolarni keltirib chiqishi hech gap emas.Savodxonligi yaxshi bo’lmagan xodimni o’z ishining mohir mutaxxassisi deya olamizmi? Bunday holatning oldini olish uchun biz nima qilishimiz kerak? Xo’sh ,o’qituvchi o’quvchining yozma savodxonligini oshirish ,o’quvchida husnixat madaniyatini shakllantirish uchun nimalar qilishi lozim?
Ta’limda yozma nutq ustida ishlash og’zaki nutqqa qaraganda ancha murakkab jarayon. Bu nutq turining murakkablik darajasi shundaki, unda imlo, tinish belgilarni o’rinli qo’llash ,fikrni uslub talablariga mos bayon qilish talab etiladi.O’quvchilarda uchraydigan imlo xatolar quyidagi omillar orqali kelib chiqadi: -ayrim o’quvchilarning orfografik-grammatik qoidalarni tushunmasligi; -qoidalarni esdan chiqarganliklari; - diqqatni jamlay olmaslik; -o’quvchi uchun mutlaqo yangi bo’lgan so’zlar xatosi;
I.Yozma nutq jarayonida ayrim xatolar o’quvchilarning orfografik-grammatik qoidalarni tushunmasligidan yoki mavzuni bo’sh o’zlashtirganligidan kelib chiqadi.Bunda men takrorlash darslarida “Kim zehnli va topqir? “ metodidan foydalanaman. O’qituvchi tartib bo’yicha har bir o’quvchiga qoida bo’yicha savol beradi.Savolga to’g’ri javob berolmagan o’quvchi o’yindan chiqadi .To’g’ri javob bergan o’quvchi esa o’z o’rnida qoladi.O’yin faqat bitta o’quvchi g’olib bo’lguniga qadar davom etadi.O’yin davomida savolga javob berolmagan o’quvchiga ham imkoniyat beriladi.Ya’ni boshqa o’quvchi tomonidan topilmagan savolga javob berishi va yana o’z o’rnini egallashi mumkin. O’quvchilarda so’zlarni to’g’ri yozish ko’nikmalarini rivojlantirish uchun har bir soatda o’qituvchi tomonidan tuzilgan lug’at diktant olish tavsiya etiladi. Chunki o’qituvchi o’z o’quvchilarining qaysi so’zlarda ko’proq xatoga yo’l qo’yishlaridan xabardor. Buning uchun oldindan slayd tayyorlanadi va so’zlar monitoring orqali o’quvchilar e’tiboriga havola qilinadi. O’quvchilar eslarida qolgan so’zlarni daftarlariga ko’chirib yozadilar. Bu usulda har xil rasmlardan foydalanilsa ham bo’ladi.Ushbu usul orqali o’quvchining eslab qolish qobiliyati ham rivojlanadi.Imlo xatolarni bartaraf qilishning yana bir osongina yo’li bor.Bunda o’quvchi o’zi xato yozadigan so’zlarni maxsus lug’at daftar tutib , har bir soatda 5 ta so’zdan yozib boradi.Sinfda 30 o’quvchi bo’lsa 30 ta lug’at daftar jamlanadi.O’qituvchi daftarlarni nazorat qilib boradi.Va jamlangan daftarlardagi so’zlarni o’zi ham maxsus daftarga yozadi.O’qituvchi o’quvchilarning qaysi so’zlarni yozishda qiynalayotganini bilib oladi.O’quvchi va o’qituvchi o’rtasida moammolarni birgalikda hal qilish munosabati paydo bo’ladi. Buning uchun hech qancha mablag’ sarflanmaydi.
Natijada: O’quvchilar qoidalarni qayta eslaydilar,to’g’ri javob bergan do’stlarining javoblaridan xulosa chiqaradilar.So’zlarni imlo qoidalariga muvofiq to’g’ri yozadilar.
II.Ayrim o’quvchilar imlo qoidalarini esdan chiqarganliklari uchun imlo xatolarga yo’l qo’yadilar.Bunday xatolar o’tilgan mavzularni qayta takrorlash ,eslatish yo’li bilan tuzatiladi.Yozma nutqida qiyinchiliklar sezadigan o’quvchilar xatosini ko’rib , uni takrorlamasligi uchun turli xil usullardan foydalanish mumkin.”Bittasi ortiqcha” usuli (Bunda noto’g’ri yozilgan so’z ustiga chiziladi,to’g’ri yozilgan so’zlar o’zgarishsiz qoldiriladi) va “To’g’ri variant” usuli (Bunda dastlab barcha yo’l qo’yilgan xatolar tagiga chiziladi va uning to’g’ri varianti beriladi) dan foydalanish yaxshi samara beradi.
III.O’quvchilar ba’zida diqqatini yaxshi jamlay olmasliklari uchun xatolarga yo’l qo’yishadi.Bunda ichki (o’quvchidagi ruhiy o’zgarishlar…) va tashqi omillar (ota-ona,do’stlari bilan munosabatlaridagi ayrim kelishmovchiliklar…) sabab bo’lishi mumkin.O’qituvchi har bir o’quvchini kuzatish doirasiga olishi va hatti-harakatlaridan boxabar bo’lib turishi lozim. ”O’zing angla!” usliga ko’ra o’qituvchi berilgan topshiriq javoblarini ko’rib chiqadi ,matnda yo’l qo’yilgan xatolar va uning miqtorini aytib, o’quvchiga daftarini qaytarib beradi. O’quvchi o’z ishini qayta ko’rib chiqib , xatolarini bartaraf qiladi. O’qituvchi o’quvchining ishini qayta ko’rib , unga yo’l-yo’riq ko’rsatadi.
Natijada: O’quvchilar o’z xatosini o’zi to’girlashi kerakligini , xatosiz yozish o’ziga bog’liqligini tushunib yetadi.
IV.O’quvchi uchun mutlaqo yangi bo’lgan so’zlarda xatolarga yo’l qo’yishini oldini olish boshqalariga qaraganda ancha qiyin jarayon .Buning yagona chorasi esa o’quvchida badiiy kitob mutaola qilish madaniyatini shaklllantirish hisoblanadi. Badiiy kitob o’qish o’quvchining tafakkurini rivojlantiradi, dunyoqarashini kengaytiradi. O’quvchi kitob o’qish jarayonida yangi so’zlarning ma’nosi va ularning yozilishi haqida tasavvurga ega bo’ladilar. Negaki, ”Kitob –sahroda suv, Zulmatda nur keltiradi”
O’quvchilar grammatik va ma’no jihatdan to’g’ri jumla tuzish uchun qanday usullardan foydalanish yaxshi samara beradi?
Yozma nutq o’quvchidan grammatik va mazmun jihatdan to’g’ri jumla qurish,har bir so’zni o’z o’rnida ishlatish, fikrni ixcham , izchil, sodda va ravon ifodalashni talab qiladi.O’quvchilarda jumla tuzishda ega va kesim shaxs –sonda moslashmasligi, berilgan fikr oldingi fikrga zid kelishi, uslubiy jihatdan so’zlarning noo’rin qo’llanishi kuzatiladi.O’qituvchi bu masalaga ijodiy yondashib,o’quvchining ijodiy salohiyatiga turtki bo’ladigan , ularni mantiqiy fiktlashga , yaratuvchanlik, ijodkorlik qobiliyatini shakllantirishga asos bo’ladigan topshiriqlarni tayyorlashi kerak.Bu topshiriq o’quvchining eng yoqtirgan mavzusi bo’yicha yoki ijodiy bo’lishi mumkin.
”Hamkorlik” usuli grammatik topshiriq bajarilgandan so’ng o’tkaziladi. O’quvchilar o’zaro bir-birlari bilan daftarlarini almashib,xatolarini tuzatadilar.So’ng ish natijalarini birgalikda muhokama qiladilar va muayyan xulosalar chiqaradilar.
Natijada: O’quvchilar xatolarni tuzatishda bir-biriga yordamlashadi va ularda hamorlik hissi paydo bo’ladi.
Tinish belgilarining xato qo’llanishi bilan bog’liq muammolarni qanday innovatsion usullar orqali bilan bartaraf etish mimkin?
Har bir tinish belgisining qo’llanishi har soatda eslatib turiladi.Tinish belgilari haqidagi she’riy asrlardan ham foydalansa bo’ladi. Chunki qoidaga qaraganda o’quvchi she’rni tez yodlab oladi va xotirasida yaxshi saqlaydi. O’quvchining tinish belgilarida xatolarga yo’l qo’yishi o’qituvchining intonasiyasiga ham bog’liq.Chunki har bir tinish belgisi o’ziga xos to’xtam bilan aytiladi. O’qituvchi o’quvchining kamchiligini aniqlagach , bolaning o’zidan nima uchun aynan shu tinish belgisi qo’yilishi lozimligi sababini so’raydi va javonbini tinglagach,o’z fikrlari bilan umumlashtiriladi, yo’l-yo’riq ko’rsatadi. O’quvchilar ko’proq uyushiq bo’laklarda, diolog va ko’chirma gapli qo’shma gaplarda tinish belgilarining isshlatilishida xatolarga yo’l qo’yadilar.
“O’rniga qo’y!” usulida o’qituvchi sinf taxtasiga tinish belgilari surati tushurilgan qog’ozlarni osadi va atayin tinish belgilari tushirib qoldirilgan gaplar yozadi. O’quvchilar aynan qaysi belgi tushirilib qoldirilganini aniqlab, sinf taxtasiga yozib qo’yadi.
Qo’shma gaplar tuzishda o’quvchi nima uchun qiynaladi?
O’quvchilarning aksariyat qismi qo’shma gaplar tuzishda qiynaladilar. Shu sabab darslarda gaplar tuzish lozim bo’lgan mashqlarni ishlash jarayonida o’qituvchi o’quvchidan qo’shma gaplar tuzishni talab qilishi kerak. Bunda “Fikrni davom ettiring “ metodi qo’l keladi.Masalan,”Ilm ummon bo’lsa,…”,”Kitob eng yaxshi do’st, chunki…”, ”Navro’z umumxalq bayrami hisoblanib,…” o’quvchilar fikrni davom ettiradilar . Eng yaxshi tuzilgan gap o’qib eshittiriladi.O’quvchilarning xato va kamchiliklari aniqlanadi. Ushbu metodning yana bir afzalligi shundki, u o’quvchini fikrlashga undaydi.
Natijada ,bir-biridan o’zgacha va rang-barang fikrlar tug’iladi
O’quvchilarning matn yaratish ko’nikmalarini rivojlantirish uchun nimalar qilish lozim?
Ona tili darslarida matn yaratishga katta e’tibor qaratilgan.Ayniqsa , uyga beriladigan topshiriqlarning ko’pchiligi turli xil mavzularda matn yaratish topshirilgan. O’quvchi matn yaratish jarayonida quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim.
Bugungi kunda o’quvchi har bir bajaradigan vazifasini oldindan rejalashtirishi lozim mana masalan :
Adabiyot fani darslarida o’quvchilarning yaxshi o’zlashtirishiga to’sqinlik qiladigan omillar:
Asar tahlili jarayonida birinchi bo’lib,badiiy asar mazusini yozuvchini qalam ushlashga majbur qilgan hayotiy materialni aniqlab olish darkor. So’ngra badiiy asar poetikasi , ya’ni asarning tuzilishi, sujet va kompozitsiyasi, til xususiyatlari ,ifoda tarzi umuman uning badiiy olamini anglash lozim.Birin-ketin asarning bosh g’oyasi, bosh , ikkinchi darajali, epizodik obrazlar aniqlanadi.Ushbu muammoni yechishda “Qiyosiy tahlil,sharhlab o’rganish” qulay usul hisoblanadi:
1.Obrazlarni qiyoslash. 2.She’rlarni qiyoslash. 3.Davrni qiyoslash. 4.Tarixiy jarayonni qiyoslash. 5.Yozuvchining uslubiy,tasviri vositalarini qiyoslash. 6.”Venn diagrammasi” usulida ikki asar yoki ikki obrazni qiyoslash.
Aksariyat o’quvchilar she’riy asarlardan she’riy san’ati topishda qiynaladilar.She’r matnidan she’riy san’atlarni topishdan oldin o’quvchi matn bilan sinchkovlik bilan tanishib chiqishi kerak.Lug’at so’zlar ustida ishlashi hamda matnning mazmuni va mohiyatini chuqur anglamog’i lozim .Masalan, Jamoling vasfini qildim chamanda ,Qizordi gul anjumanda.(Jamoling ya’ni husning ta’rifini chamanzorda bayon etgan edim,(Gullar) majlis(i)da gul uyalganidan qizardi.) Demak, o’z-o’zidan ko’rinib turibdiki,bu misralarda tashxis san’ati qo’llangan. Chunki uyalish, qizarib ketish insonlarga xos xususiyatdir. Adabiyot fanlari darslarida “Ijodiyot darslari”ni tashkil qilish ham bu muammoning yechilishida muhim rol o’ynaydi. O’quvchilarning o’zlari she’r yozsalar, bu mavzuni tezda o’zlashtirib olishadi.
Adabiyot fanining asosiy vazifalardan biri o’quvchilar nutqini o’stirish va ifodali o’qish qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.O’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirishda “Men jurnalistman”, ”Men aktyorman” metodlari yaxshi samara beradi.Bu usulga ko’ra o’quvchi dars mavzusi bo’yicha o’quv kinofilmining ssenariysini yozadi.Bunda har qanday usulni (jiddiy,hazilona,qayg’uli) va har qanday shakldan foydalanishi mumkin.Yagona amal qilish lozim bo’lgan shart; mantnni yoddan aytish yoki ifodali o’qish 3 daqiqadan oshmasligi shart.Bunda o’tiladigan mavzu oldindan e’lon qilingan bo’lsa ,yanada yaxshi samara beradi. Jurnalist xohlagan o’quvchidan mavzu bo’yicha intervyu olishi mumkin . Dars jarayonida kichik lirik chekinish qilinadi va o’qituvchi tomonidan masal yoki hikoyat aytiladi. O’qituvchi uning mazmunini o’quvchilardan qayta so’raydi. O’quvchining og’zaki nutqidagi kamchiliklarni aytib to’g’irlab boradi.O’quvchining nutqini o’stirishda ovoz yozish moslamalaridan foydalansa ham bo’ladi. Bunda o’quvchu o’z –o’zini nazorat qiladi va kamchiligini o’zi sezib bartaraf qiladi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak ,o'quvchining o'g'zaki nutqini o'stirish , savodxonligini oshirish, ifodali o'qish texnikasini rivojlantirishda badiiy adabiyot mutoalasi asosiy o'rinni egallaydi.Bugun biz nafaqat o'quvchini badiiy adabiyot o’qishga jalb qilishimiz, balki ota-onada ham ushbu ko’nikmani hosil qilishimiz kerak .Chunki “Qush uyasida ko’rganini qiladi”. Kitobsevar oila farzandlari ,albatta, kitobsevar bo’lib etishadi. Qadimdan xalqimizda kitob o’qish an’analari mavjud bo’lib, uzun qish kechalari bedilxonlik, navoiyxonlik, fuzuliyxonlik kechalari tashkil qilingan. A.Qodiriy “O’tkan kunlar” asarini yozish jarayoni haqida o’z xotiralarida yozilishicha, adib yashayotgan qishloqda har shanba kuni gap bo’lar , gapda yozuvchi asarning qo’lyozmalaridan o’qib berar, qishloq ahli maroq bilan eshitib, uy-uylariga tarqalishar ekan. Asar nihoyasiga etib , yozuvchi har galgidek,asar mantini o’qishdan oldin ,ulardan ovqat tanovul qilib olishlarini maslahat beribdi. Ammo qishloq ahli bunga rozi bo’lishmabdi. Qodiriy asarni o’qib tugatgach ,ular ovqatdan bir qoshiq ham olmay,yig’lab uy-uylariga tarqalishgan ekanlar. Yana bir misol , H.Olimjon bolalik kunlarini shunday xotirlaydi:
Bolalik kunlarimda,
Uyqusiz tunlarimda .
Ko’p ertak eshitgandim,
So’zlab berardi buvim.
Yoshlikdan ertak eshitib ulg’aygan bolada tinglab tushunish, gapirish, yozish kompetensiyasining shakllanishi alohida rol o’ynaydi. Demak, biz o’quvchini faqat badiiy kitob o’qishga emas, balki nozik didli kitobxon qilib tarbiyalashimiz kerak.Toki o’quvchi qaysi kitobni o’qish ,qaysi kitobni o’qimasligini,qaysi gazeta-jurnalni o’qish –o’qimaslik kerakligini anglay olsin. Kelgusida biz o’qitgan o’quvchilar Davlatimiz uchun kerakli,mas’uliyatli va muhimi savodli hodimlar bo’lib yetishsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |