Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika fakulteti



Download 2,16 Mb.
bet60/370
Sana30.12.2021
Hajmi2,16 Mb.
#194234
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   370
Bog'liq
Rivojlanish kompleks

Nazorat savollari


  1. Rivojlanishdagi mujassam (murakkab) nuqsonlarga tavsif bering.

  2. Rivojlanishdagi mujassam( murakkab) nuqsonlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni ayting.

  3. “ Asoratli nuqson” nima?

4. Rivojlanishdagi mujassam va asoratli nuqsonlarning tuzilishi sxemasini keltiring


15-mavzu. Rivojlanishda mujassam nuqsonlarning tarqalganligi haqida.






REJA:

1.Murakkab nuqsonlarning tarqalganligi haqidagi tadqiqotlar sharhi.

2. Mujassam nuqsonga ega bo‘lgan bolalarni o‘rganish bo‘yicha ba’zi ma’lumotlar.


Tayanch iboralar: Kompleks nuqson, murakkab nukson, ikkilamchi nukson, asoratli nuqson, Marshal sindromi, Usher sindromi, Alport sindromi, Lou sindromi

Turli toifadagi bolalarning rivojlanishini о‘rganishning yuqori darajadagi zamonaviy texnologiyalar 20 dan ortiq murakkab va birlamchi sensor, harakat, nutqiy, hissiy nuqsonlarning biri-biriga qо‘shilib kelishi namoyon bо‘ladigan kо‘p nuqsonlilikni, shuningdek, bu nuqsonlarni turli darajadagi aqli zaiflik bilan qо‘shilib kelishini aniqlash imkonini beradi ( T.A.Basilova, 2002).

T.V.Rozanovaning ma’lumotlariga kо‘ra (2003), 20- 35% kar va zaif eshituvchi bolalarda markaziy nerv tizimining yetishmovchiligi bilan bog‘liq birlamchi ruhiy rivojlanishning sustlashuvi kuzatiladi. Serebral falajlik bilan aziyat chekayotgan bolalar eshitiuv muammolariga ega bolalar populyatsiyasining 3- 3,3% tashkil etadi.

Qо‘shimcha nuqsonlarning (aqli zaif bolalarda) tarqalishi muammosi haqidagi kо‘rib chiqishda O.Shpek G. Zonderzorge, X.Barta (1963), F.Xill(1971) tadqiqotlariga tayandi. Bu olimlar aqli zaiflikni kо‘p hollarda kо‘p qirrali nuqsonlar sifatida guruhlarga ajratish mumkin, degan xulosaga kelishgan. Buni M.S.Lipman tadqiqotlari ham tasdiqlaydi. Bu tadqiqot natijalariga kо‘ra, 26, 11% aqli zaif bolalada bitta qо‘shimcha nuqson , 39,3% ida – ikkita, 19, 8%ida- uchta, 2,6 % ida- tо‘rtta qо‘shimcha nuqson kuzatiladi, faqat 11, 9% idagina qо‘shimcha nuqsonlar aniqlanmadi. (Lipmann. M.S. 1979).

E.Fisher (Fisher.E., 1992), “ kо‘p nuqsonlilik”ni Reynland-Pfals yeridagi 41-yordamchi maktabning о‘quvchilarida о‘rgana turib, bunday nuqsonlarni 1981 ishtirokchining 11,5% ida aniqladi, bunda “qо‘shimchalar” sifatida faqat ma’lum sensor va jismoniy nuqsonlar hisobga olingan. Ular quyidagicha taqsimlangan: gavda buzilishlari- 76%, kо‘rish nuqsonlari- 23%, eshituv nuqsonlari-12, 8% bolalarda kuzatilgan.

Mujassam nuqsonlar ichida eng kо‘p tarqalgani- nutq nuqsonlaridir. Kichik maktab yoshidagi aqli zaif о‘quvchilarning 40 % - 60% ida nutqning fonetik tomonini buzilgan bо‘ladi( Kashe.G.A., 1957, Orlova D.I., 1967).

R.I.Lalayevaning ma’lumotlariga kо‘ra (2001), aqli zaif birinchi sinf о‘quvchilarining 65-70% ida disleksiya kuzatiladi.

Namoyon bо‘lishiga kо‘ra, nutq nuqsonlarining murakkab xarakteri kо‘rishida nuqsoni bо‘lgan bolalarda kuzatiladi, bunday nuqsonlar kо‘radiganlardan kо‘ra ularda kо‘proq uchraydi ( Volkova L.S, 1989).

Rivojlanishida mujassam nuqsonlarga ega bо‘lgan bola-haddan tashqari murakkab holat.Uni rivojlanishini muvoffaqiyatli boshqarish va jamiyatdagi hayoti uchun zarur bilim, malaka va kо‘nikmalarni shakllantirishga ijobiy ta’sir kо‘rsatish uchun mutaxassisga nuqson tuzilishi va bu bolalarning psixologik rivojlanishi haqida chuqur bilamlar zarur.

Rivojlanishida mujassam va asoratli nuqsonlarga ega bо‘lgan turli maxsus muassasalarga qatnaydigan bolalarning populyatsiyasini о‘rganish va nuqson tuzilishini tashkil etuvchi komponentlarni tо‘liqroq ochish maqsadida biz tomondan ba’zi maxsus maktablar о‘rganildi (2005). Ularning tahlili 1 – jadvalda keltirilgan. Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan kо‘rinib turibdiki, rivojlanishida ma’lum nuqsonlarga ega bо‘lgan bolalarni о‘qitishga mо‘ljallangan maxsus maktablarning barchasida ikki yoki undan ortiq nuqsonlilik holatlari uchraydi . Bundan tashqari, asoratli nuqsonga ega bо‘lgan bolalar ham aniqlanadi.

Sensor nuqsonga ega bо‘lgan tarbiyalanuvchilarning kattagina qismida qо‘shimcha intellektual nuqsonlar qayd etiladi (17,4 va 35,3%).Intellektual nuqsonga ega bо‘lgan bolalarga asosan nutq buzilishlari (47, 4%) va tayanch –harakat tizimidagi buzilishlar (23,7%) xosdir.Nutq nuqsonlarida esa, kо‘pincha, ruhiy rivojlanishning sustlashuvi (46, 3%) va asoratli nuqsonlar kuzatiladi. BSF li bolalarda turli xil buzilishlar uchraydi.

Amaliyotning kо‘rsatishicha, mujassam nuqsonlar qо‘shimcha yaaqqol namoyon bо‘lmaydigan bо‘zilishlarga ega bо‘lib, bu mujassam nuqsonning tuzilishini ham murakkablashtiradi. Ammo, har bir holatda nuqsonlarni turlicha qо‘shilib kelishi ma’lum qiyinchiliklar bilan birga kelgan nuqsolarga individual tavsifni talab etadi. 1-jadvalda asoratli mujassam nuqsonlar keltirilmagan, ammo, ularni korreksion ish olib borishda hisobga olish zarur.

Quyida rivojlanishida mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalarning о‘rganilgan toifalari xususiyatlari tо‘liq tavsiflangan.


Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish